cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali Murojaat uchun: t.me/tosh_vil_maslahat Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56 Sayt: soliq.uz Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
3 172
المشتركون
-724 ساعات
-467 أيام
+1 01130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

01:12
Video unavailableShow in Telegram
🔰Barqarorlik reytingining mezonlari haqida mutaxassis fikri.
إظهار الكل...
mutaxasis sharxi.mp413.mp460.11 MB
Xatlov tadbirlari Parkent tumanida 🔹Avval xabar berganimizday, soliq qo‘mitasi raisining 2024- yil 7 -iyundagi 173-sonli buyrug‘iga asosan, o‘zining asosiy ishidan ozod etilmagan holda Parkent tumani soliq inspeksiyani nazorat qilish boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari A. Zulfanovga yuklatilgan edi. ♻️A. Zulfanov Parkent tumanida belgilangan prognoz ko‘rsatgichlarni o‘z vaqtida bajarilmayotganligini o‘rganish bilan birga korxonalar faoliyatini ham tahlil qildi. Undirilmayotgan soliq qarzdorligi bor korxonalar faoliyatini o‘rgandi. ⚡️Shundan so‘ng, viloyatning Soliq qarzdorligini undurishni tashkil etish bo‘limiga topshiriq berilib, qarzdorligi bor tadbirkorlik sub’ektlariga xatlov tadbirlari o‘tkazildi. ❇️Jarayonlarda tumandagi “ASL OZODBEK ASRI” MCHJning 10.7 mln so'm AOS soliq qarzdorligi hamda mazkur tumandan ro‘yxatdan o‘tgan, “SO`QOQ CHINOR” MCHJning ham 10.0 mln.so‘m AOS soliq qarzdorlliklari undirildi. 📍Bundan tashqari jami 128,6 mln.so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi bo‘lgan "BOTIR" MCHJ ning qarzdorligini undirish maqsadida Toshkent viloyati soliq boshqarmasi hamda Parkent tumani MIB hodimlari bilan hamkorlikda jamiyatga tegishli bo‘lgan noturar bino va tayyor mahsulotlari xatlandi.
إظهار الكل...
Topshiriqlar ijrosi amalda 🔹Soliq qo‘mitasi raisi topshirig‘i bilan Angren shahri soliq inspeksiyasini nazorat qilish viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari R.Tursunboevga yuklatildi. ⚡️Berilgan topshiriqlar ijrosini ta’sinlash maqsadida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Angren shahrida bo‘lib, amaldagi vaziyatni o‘rgandi. ❇️Rahbar ishni xodimlar bilan suhbatlashishdan boshlab, soliq tushumini tushurish va rejalarni bajarishda qo‘yilayotgan sustkashliklar sababi bilan yaqindan tanishdi. Qo‘yilgan xato va kamchiliklarni muhokama qildi. 📌Shundan so‘ng, R.Tursunboev tadbirkorlik sub’ektlarida bo‘lib, undirilmayotgan soliq qarzdorligi bor korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi va ularga tushuntirishlar berdi. ♻️Natijada, jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha 631,8 mln.so‘m, Aylanmadan olinadigan soliq tushumi bo‘yicha 162,0 mln.so‘m soliqlar undirilib, mahallabay ishlash yo‘nalishidagi samaradorlik ko‘rsatkichlari 44,4 ball bilan viloyat bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichdagi hududlar qatorida to‘rtinchi pog‘anada bormoqda. 📈Mazkur yo‘nalishdagi ishlar davom etadi. ✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
إظهار الكل...
#soliq_hisoboti My3.soliq.uz saytidagi Yuridik shaxslarning shaxsiy kabinetida soliq to‘lovchilarning interaktiv taqvimi joriy etildi Yangi interaktiv taqvim har bir soliq to‘lovchining soliq majburiyatlariga moslashtirilgan bo‘lib, tadbirkorlik subyektlarining soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etishi haqida ma’lumot berib boradi. “Mening taqvimim” boʻlimida oʻz vaqtida taqdim etilgan hisobotlar, kelgusi hisobotlar, shuningdek, taqdim etilmagan hisobotlar haqida batafsil maʼlumotlar aks etadi. Yaqin kunlarda interaktiv taqvim haqida onlayn-seminar o‘tkazish rejalashtirilgan. Ushbu seminarda sizlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob beradi. Savollaringizni - Soliq qo‘mitasining soliq.uz sayti, - yoki Soliq mobil ilovasidagi "Bizga xabar yuboring" qayta aloqa tizimi orqali yo‘llang. *interaktiv taqvim test rejimida ishlamoqda. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
00:24
Video unavailableShow in Telegram
#mol_mulk_soligi #yer_soligi Mol-mulk va yer soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lash mumkin Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15- aprel va 15-oktabrgacha teng ulushlarda to‘laydi. Joriy yil uchun soliq summasining birinchi yarmi 15-aprelgacha to‘lanmagan bo‘lsa, kechiktirilgan har bir kun uchun penya hisoblanadi. Soliq to‘lovlarini uydan chiqmasdanSoliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin. _____ #налог_на_имущество #земельный_налог Уплатить налоги на имущество и землю можно в мобильном приложении Soliq Физлица уплачивают налоги на имущество и землю равными долями до 15 апреля и 15 октября. Если вы не уплатили первую половину от суммы налога за текущий год до 15 апреля, то за каждый день просрочки начисляются пени. Произвести оплату можно не выходя из дома - в мобильном приложении Soliq. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
mol mulk_yer.mp45.52 MB
#SAYYOR_SOLIQ_TЕKSHIRUVI ♻️Soliq to`lovchilarning soliqlar va yig`imlarni hisoblab chiqarish hamda to`lash sohasidagi ayrim majburiyatlarini, shuningdеk soliq to`g`risidagi qonunchilikda bеlgilangan boshqa majburiyatlarini bajarilishini tеkshirish sayyor soliq tеkshiruvidir. 🔎Sayyor soliq tеkshiruvi chog`ida hisobga olish hujjatlarining, tovar-moddiy qimmatliklar va pul mablag`lari harakatining, shuningdеk soliq to`lovchining faoliyati bilan bog`liq bo`lgan boshqa axborotning tahlili o`tkaziladi. 🧾Sayyor soliq tеkshiruvlarini o`tkazish chog`ida soliq organlari profilaktika tadbirlarini va xronomеtraj kuzatuvlarini amalga oshirishga, nazorat-kassa tеxnikasi va to`lov tеrminallari qo`llanilishini tеkshirishga va soliq nazoratining boshqa tadbirlarini o`tkazishga haqli. 📑Sayyor soliq tеkshiruvi soliq organi rahbarining (rahbari o`rinbosarining) buyrug`i asosida o`tkaziladi. Buyruqda soliq to`lovchining nomi, tеkshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimi, tеkshiruvlarni o`tkazish muddatlari va maqsadi ko`rsatiladi. ⏰Sayyor soliq tеkshiruvi o`n kundan ko`p bo`lmagan muddatda o`tkaziladi. ⏳Sayyor soliq tеkshiruvini tayinlash to`g`risidagi buyruqda ko`rsatilgan sana ushbu tеkshiruvni o`tkazish muddatining boshlanishi dеb hisoblanadi. ✅Sayyor soliq tеkshiruvi o`tkazish to`g`risidagi nizom O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#barqarorlik_reytingi Barqarorlik reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlarni ragʻbatlantirish choralari joriy etilishi tushuntirildi 🔺Toshkent viloyati soliq boshqarmasida biznes vakillari uchun tadbirkorlik sub`ektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. 🔹Boshqarmaning Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda tadbirkorlarga 100 ball olish imkonini beruvchi 10 ta umumiy mezon, yana qo‘shimcha 45 ball olish mumkin bo‘lgan rag‘batlantiruvchi, shu bilan birga, kamaytiruvchi mezonlar haqida ma’lumot berildi. ♻️Ta’kidlash kerakki, Toshkent viloyatida A toifadagi korxonalar soni 251 ta, B toifadagi korxonalar soni 7391 ta, C toifadagi korxonalar soni 25 627 ta hamda D toifadagi korxonalar soni 16 935tani tashkil etadi. 📌Uchrashuvda korxona rahbari hamda hisobchisiga shaxsiy kabinet orqali reytingdagi toifasini muntazam kuzatib borishlari, kamchiliklarni qanday bartaraf etish haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkinligi tushuntirildi.
إظهار الكل...