3rd English faculty
الذهاب إلى القناة على Telegram
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz ! Dekan muovini: Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
إظهار المزيد1 721
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-97 أيام
-6230 أيام
جاري تحميل البيانات...
القنوات المماثلة
سحابة العلامات
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
الإشارات الواردة والصادرة
---
---
---
---
---
---
جذب المشتركين
يوليو '26
يوليو '26
+2
في 1 قنوات
يونيو '26
+16
في 3 قنوات
Get PRO
مايو '26
+43
في 5 قنوات
Get PRO
أبريل '26
+70
في 5 قنوات
Get PRO
مارس '26
+81
في 8 قنوات
Get PRO
فبراير '26
+112
في 4 قنوات
Get PRO
يناير '26
+56
في 4 قنوات
Get PRO
ديسمبر '25
+46
في 3 قنوات
Get PRO
نوفمبر '25
+45
في 2 قنوات
Get PRO
أكتوبر '25
+101
في 11 قنوات
Get PRO
سبتمبر '25
+399
في 5 قنوات
Get PRO
أغسطس '25
+25
في 2 قنوات
Get PRO
يوليو '25
+42
في 4 قنوات
Get PRO
يونيو '25
+22
في 3 قنوات
Get PRO
مايو '25
+78
في 7 قنوات
Get PRO
أبريل '25
+87
في 3 قنوات
Get PRO
مارس '25
+50
في 3 قنوات
Get PRO
فبراير '25
+66
في 3 قنوات
Get PRO
يناير '25
+44
في 5 قنوات
Get PRO
ديسمبر '24
+91
في 8 قنوات
Get PRO
نوفمبر '24
+82
في 4 قنوات
Get PRO
أكتوبر '24
+74
في 2 قنوات
Get PRO
سبتمبر '24
+462
في 4 قنوات
Get PRO
أغسطس '24
+100
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '24
+85
في 1 قنوات
Get PRO
يونيو '24
+31
في 4 قنوات
Get PRO
مايو '24
+85
في 12 قنوات
Get PRO
أبريل '24
+98
في 11 قنوات
Get PRO
مارس '24
+90
في 9 قنوات
Get PRO
فبراير '24
+81
في 5 قنوات
Get PRO
يناير '24
+60
في 4 قنوات
Get PRO
ديسمبر '23
+88
في 6 قنوات
Get PRO
نوفمبر '23
+153
في 12 قنوات
Get PRO
أكتوبر '23
+168
في 5 قنوات
Get PRO
سبتمبر '23
+426
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '23
+195
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '23
+31
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '23
+26
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '23
+44
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '23
+50
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '23
+91
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '23
+37
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '23
+130
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '22
+70
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '22
+117
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '22
+104
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '22
+625
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '22
+683
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '22
+34
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '22
+41
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '22
+72
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '22
+87
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '22
+138
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '22
+289
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '22
+276
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '21
+233
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '21
+219
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '21
+198
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '21
+438
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '21
+482
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '21
+12
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '21
+12
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '21
+334
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '21
+587
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '21
+293
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '21
+183
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '21
+14
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '20
+606
في 0 قنوات
| التاريخ | نمو المشتركين | الإشارات | القنوات | |
| 06 يوليو | 0 | |||
| 05 يوليو | 0 | |||
| 04 يوليو | 0 | |||
| 03 يوليو | 0 | |||
| 02 يوليو | +1 | |||
| 01 يوليو | +1 |
منشورات القناة
| 2 | ✅Joriy yilning 2-iyul sanasida 3-ingliz tili fakultetida Rahbarlar boshchiligida ishtirokchilar bilan “Ochiq kutubxona” mavzusida mazmunli va ma’rifiy suhbat tashkil etildi.
📝Suhbat davomida kitob mutolaasining inson tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida fikr almashildi. Shuningdek, kutubxonalardan samarali foydalanish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda badiiy va ilmiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📚Tadbir ishtirokchilarda mutolaa madaniyatini yuksaltirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va bilim olishga bo‘lgan intilishni kuchaytirishga xizmat qildi. Suhbat yakunida kitobxonlikni keng targ‘ib etish yuzasidan tavsiyalar berildi. | 632 |
| 3 | 🟦🟦
O‘zDJTUda navbatdagi dissertatsiya ishi kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasidan o‘tkazildi
2026-yil 2-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan navbatdagi dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Muhokama oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.
Muhokamada Boysariyeva Fotima Tursinaliyevnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Xorijiy tillarni ikkinchi chet tili sifatida o‘qitishda lingvomadaniy yondashuv” mavzusidagi dissertatsiyasi atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ilmiy muhokama davomida tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati, xorijiy tillarni ikkinchi chet tili sifatida o‘qitishda lingvomadaniy yondashuvning samaradorligi hamda tadqiqot natijalarining ta’lim jarayoniga tatbiq etish imkoniyatlari yuzasidan batafsil fikr-mulohazalar bildirildi. Dissertatsiya muallifi amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar, erishilgan natijalar va taklif etilgan metodik yechimlar bo‘yicha taqdimot o‘tkazib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdi.
Muhokamada ilmiy rahbar, filologiya fanlari doktori (DSc), professor D. M. Teshabayeva, taqrizchilar hamda ilmiy jamoatchilik vakillari tomonidan dissertatsiya yuzasidan xulosalar va tavsiyalar bildirildi. Tadqiqot ishining ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati e’tirof etilib, uni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Muhokama yakunida dissertatsiya ishi belgilangan tartibda keyingi bosqichga tavsiya etish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt | 247 |
| 4 | 🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩
🚩🚩🚩🚩
“Bitiruvchi–2026” bayram tadbiridan fotolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt | 180 |
| 5 | 🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩
🚩🚩🚩🚩
OʻzDJTUda “Bitiruvchi–2026” bayram tadbiri boʻlib oʻtdi
2-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida bitiruvchi talabalar uchun “Bitiruvchi–2026” bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbir avvalida OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi prorektorlar hamda bitiruvchi talabalar tantanali ravishda sahnaga taklif etildi.
Shundan soʻng universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov bitiruvchilarni samimiy muborakbod etib, ularga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yuksak marralar va Vatan ravnaqiga munosib hissa qoʻshishlarini tiladi.
Tadbir davomida universitetning jamoat, ilmiy, sport, ijodiy va innovatsion faoliyatida alohida faollik koʻrsatgan bitiruvchilar “Eng yaxshi tashabbuskor”, “Eng yaxshi sportchi”, “Eng yaxshi innovator”, “Eng yaxshi ijodkor” hamda “Eng yaxshi yetakchi” nominatsiyalari boʻyicha taqdirlandilar. Gʻoliblarga maxsus statuetkalar, faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Shuningdek, bitiruvchi talabalarning ota-onalari ham tadbirga taklif etilib, farzandlarining yutuqlariga guvoh boʻldilar. Tadbir yakunida universitetning iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etilib, bayram ishtirokchilariga koʻtarinki kayfiyat ulashildi.
“Bitiruvchi–2026” bayram tadbiri bitiruvchilar uchun unutilmas xotiralar, quvonchli lahzalar va ezgu tilaklarga boy tarzda oʻtdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt | 57 |
| 6 | 🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩
🚩🚩🚩🚩
OʻzDJTUda “Bitiruvchi–2026” bayram tadbiri boʻlib oʻtdi
2-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida bitiruvchi talabalar uchun “Bitiruvchi–2026” bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbir avvalida OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi prorektorlar hamda bitiruvchi talabalar tantanali ravishda sahnaga taklif etildi.
Shundan soʻng universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov bitiruvchilarni samimiy muborakbod etib, ularga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yuksak marralar va Vatan ravnaqiga munosib hissa qoʻshishlarini tiladi.
Tadbir davomida universitetning jamoat, ilmiy, sport, ijodiy va innovatsion faoliyatida alohida faollik koʻrsatgan bitiruvchilar “Eng yaxshi tashabbuskor”, “Eng yaxshi sportchi”, “Eng yaxshi innovator”, “Eng yaxshi ijodkor” hamda “Eng yaxshi yetakchi” nominatsiyalari boʻyicha taqdirlandilar. Gʻoliblarga maxsus statuetkalar, faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Shuningdek, bitiruvchi talabalarning ota-onalari ham tadbirga taklif etilib, farzandlarining yutuqlariga guvoh boʻldilar. Tadbir yakunida universitetning iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etilib, bayram ishtirokchilariga koʻtarinki kayfiyat ulashildi.
“Bitiruvchi–2026” bayram tadbiri bitiruvchilar uchun unutilmas xotiralar, quvonchli lahzalar va ezgu tilaklarga boy tarzda oʻtdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt | 215 |
| 7 | 🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakulteti talabasi
Topildiyeva Dilafruz tomonidan yozgi oromgohda dam olayotgan bolalar ishtirokida "Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni" munosabati bilan ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
✅Tadbir davomida bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida kitob mutolaasi, qiziqarli suhbatlar va interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
✅Bolalar o‘zlari sevib o‘qigan kitoblari haqida fikr almashib, kitobning inson kamolotidagi o‘rni haqida qimmatli ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.
✅Mazkur tadbir yosh avlod qalbida kitobga mehr uyg‘otish, ularni muntazam mutolaa qilishga undash hamda ma'naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qildi.
📖"Kitob – eng yaqin do‘st, bilim esa porloq kelajak sari yetaklovchi eng buyuk boylikdir."
#UzDJTU
#InglizTili3
#Kitobxonlik
#IjodiyTanlov | 359 |
| 8 | 🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥
📚 KITOBXONLIK MADANIYATINI OSHIRISH KUNI
✅"Kitob o‘qigan insonning fikri teran, maqsadi ulug‘ va kelajagi porloq bo‘ladi."
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti tyutorlari tomonidan "Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni" munosabati bilan ma'rifiy tadbirlar tashkil etiladi.
📖Tadbir doirasida:
🔥 "Kitob sovg‘a" aksiyasida ishtirok eting va o‘qib bo‘lgan foydali kitoblaringizni kutubxonaga hadya qiling. Kitob almashish tashabbusiga qo‘shiling, yangi asarlar bilan tanishing.
✅ Sevimli kitoblaringiz haqida fikr almashing, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qiling.
✅Bilim ulashing, ma'rifatni birgalikda yuksaltiraylik!
🌱 Bir kitob — bir qalbni yoritadi. | 335 |
| 9 | 🟦🟦🟦
Assalomu alaykum, aziz yoshlar, qadrli talabalar, yosh olimlar, tadqiqotchilar, yosh pedagoglar, xodimlar hamda bo‘lajak talabalar!
Sizlarni 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan chin yurakdan samimiy tabriklayman!
Yoshlar – har qanday davlat va jamiyatning bebaho boyligi, ertangi kun bunyodkorlari, taraqqiyotning eng katta harakatlantiruvchi kuchidir. Bugungi Yangi O‘zbekistonda yoshlarning bilim olishi, o‘z salohiyatini namoyon etishi, ilm-fan, innovatsiya, madaniyat, sport va boshqa sohalarda yuksak natijalarga erishishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu ishonch va e’tibor sizlarning yanada ulkan marralarni zabt etishingiz uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olayotgan talabalar, ilmiy izlanishlar olib borayotgan doktorantlar va yosh tadqiqotchilar, fidoyilik bilan mehnat qilayotgan yosh pedagoglar hamda xodimlar universitetimizning bugungi yutuqlari va ertangi taraqqiyotining muhim tayanchidir. Sizlarning bilimga intilishingiz, izlanuvchanligingiz, tashabbuskorligingiz va Vatanga sadoqatingiz har qanday yutuqning asosiy omilidir.
Bugun oliy ta’lim muassasasi ostonasiga qadam qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lajak talabalar uchun ham bu kun alohida ahamiyat kasb etadi. Sizlarni katta orzular sari dadil intilishga, ilmni eng katta boylik deb bilishga va o‘z ustingizda tinimsiz ishlashga chorlayman. Bilim va mehnat bilan erishilgan har bir muvaffaqiyat nafaqat shaxsiy yutug‘ingiz, balki Vatanimiz ravnaqiga qo‘shilgan munosib hissadir.
Aziz yoshlar!
Sizlarning zamonaviy bilimlarni egallagan, xorijiy tillarni mukammal biladigan, keng dunyoqarashli, yuksak ma’naviyat va vatanparvarlik ruhida kamol topgan barkamol avlod bo‘lib yetishishingiz biz uchun eng muhim vazifalardan biridir. Universitetimiz jamoasi bundan buyon ham sizlarning bilim olishingiz, ilmiy va ijodiy salohiyatingizni ro‘yobga chiqarishingiz hamda xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashingiz uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etadi.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, cheksiz kuch-g‘ayrat, ilmiy va kasbiy faoliyatingizda ulkan zafarlar, ezgu maqsadlaringiz ro‘yobi yo‘lida bardavom muvaffaqiyatlar tilayman.
Yoshlar kuni barchangizga muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori,
professor Ilxomjon Tuxtasinov
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt | 289 |
| 10 | #YoshlarKuni
🙋 Aziz yoshlar! Bugun — sizning kuningiz! 30-iyun — “Yoshlar kuni” bilan barchangizni chin yurakdan tabriklayman!
🔎 Bilasizmi, sizlarga qarab faxrlanamiz, sizlarga ishonamiz! Chunki bu yurtning ertangi kuni, porloq kelajagi aynan sizlarning qo‘lingizda. Bugungi yoshlar esa – iqtidorli, jasur, g‘ayratli, orzusi baland! Har biringizda yuksalishga intilish, hayotingizni o‘zgartirishga bo‘lgan kuch bor.
👥 Bir narsani unutmang: siz yolg‘iz emassiz. Biz ko‘maklashishga tayyormiz. Faqat to‘xtab qolmang. O‘rganing, urinib ko‘ring, xatolardan qo‘rqmang, orzularingizdan voz kechmang!
🎁 Sizlarning har bir yutug‘ingiz — biz uchun bayram. Yoshligingiz quvonchga, hayotingiz g‘alabalarga va yutuqlarga to‘la bo‘lsin, yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yoshlar!
🇺🇿 Hurmat bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi va “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Sattarov Xayrulla Fayzullayevich
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube | 323 |
| 11 | Celebrating stories. Connecting cultures. Honouring women.
As part of Phase 2 of our International Academic Collaboration Programme Young Researcher, join us for the premiere screening of cross-cultural films exploring "The Evolving Role of Women in Family & Society."
Date: Monday, 29 June 2026
Time: 11:00 AM – 13:00 PM
Where: Online —Zoom link:
https://zoom.us/j/93052907021?pwd=gUHMbIaenfuPP6GLcbbjqYggfpIisB.1
Meeting ID: 930 5290 7021
Passcode: utarki26
Expect inspiring video screenings, a live networking session, the announcement of winners, and special remarks from representatives of Indonesia, Uzbekistan, and Malaysia.
Every story connects us. Every voice empowers us. Together, we inspire change.
Don't miss it! Join us and support our Young Researchers | 475 |
| 12 | Xalqaro hamkorlik doirasida yangi takliflar muhokamasi
2026-yil 24-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish doirasida Buyuk Britaniyaning Portsmouth universiteti vakillari bilan rasmiy uchrashuvning mantiqiy davomi sifatida 2026-yil 25-iyul kuni norasmiy uchrashuvlar davom ettirildi.
Tor doiradagi uchrashuvda Ingliz tili amaliy fanlar 3 fakulteti katta o‘qituvchisi Saodat Agzamxodjayeva va Portsmouth universitetidan Ta’lim, xorijiy tillar va lingvistika fakulteti dekani Dr. Mat Round hamda fakultetning xalqaro masalalar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i yordamchisi, fransuz tili va tarjimonlik yo‘nalishi katta o‘qituvchisi Dr. Claire Reid qatnashdi.
Uchrashuv davomida rasmiylar ikki universiteti raxbariyati uchun Rasmiy uchrashuv buyicha hisobatlar tayyorlandi. | 432 |
| 13 | Hamkorlik uchrashuvlari davom etmoqda
2026-yil 24-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish doirasida Buyuk Britaniyaning Portsmouth universiteti vakillarini rasmiy uchrashuvda qabul qildi.
Kuning 2-qismida mehmonlar universitet hududi, tuzilmasi, o‘quv binolari, axborot - resurslar Markazi, fakultetlar bilan tanishdilar. Tanushuv davomida ular O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i Ibragimov Nuriddin Talibovich va bo‘lim xodimlari bilan tanishdilar.
Shundan so‘ng, mehmonlar Amaliy fanlar 3 kafedrasi professor- o‘qituvchilari uchun seminarlar utdilar. Portsmouth universiteti vakili Dr. Claire Reid va Ta’lim, xorijiy tillar va lingvistika fakulteti dekani Dr. Mat Round seminardan so’ng kafedra professor-o‘qituvchilari bilan do‘stona ruhdagi davra suhbatida o‘z unversitetdagi o‘zagarishlar, yangiliklar bilan o‘rtoqlashishdi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari orasida Portsmouth universitetining CCPD kurslarini muvofaqqiyatli o‘tab kelganlardan Shukurova Shoxsanam mehmonlar bilan Britaniya taasurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, kurs davomida ortirgan bilim va ko‘nikmalarini amalda qo‘lanishi, yangi o‘quv qo‘llama, dasturlar ishlab chiqarilayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Seminar va davra suhbati davomida hamkor universitetning yangi takliflari ham muhokama qilindi va tomonlarni qiziqtirgan savolarga atroflicha javob berildi. | 460 |
| 14 | 🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥
🇺🇿 “Mening 30 kunlik sog‘lom hayot tajribam” fleshmobi
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti talabalari o‘rtasida “Mening 30 kunlik sog‘lom hayot tajribam” fleshmobiga start berilmoqda.
🇺🇿Ushbu fleshmob talabalarning hayotiga ijobiy odatlarni olib kirish, o‘z ustida ishlash ko‘nikmasini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan. Unda ishtirok etuvchi har bir talaba 30 kun davomida o‘zi uchun bir foydali odatni tanlab, uni kundalik hayotiga tatbiq etib boradi. Bu sport bilan shug‘ullanish, erta turish, kitob o‘qish, to‘g‘ri ovqatlanish, smartfondan kamroq foydalanish yoki boshqa ijobiy odat bo‘lishi mumkin.
🇺🇿Fleshmob davomida ishtirokchilar o‘zlarining kichik qadamlar orqali katta natijalarga erishish mumkinligini his etadilar. Bu esa ularda iroda, sabr, intizom, mas’uliyat va o‘ziga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlaydi.
✅ Har bir yaxshi odat — yangi va go‘zal hayot sari tashlangan muhim qadamdir!
✅Bugundan boshlab siz ham o‘zingizning 30 kunlik sog‘lom hayot tajribangizni boshlang! | 460 |
| 15 | 🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥
🇺🇿 “Sog‘lom turmush” aksiyasi
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakulteti talabalari o‘rtasida “Sog‘lom turmush” aksiyasi tashkil etilmoqda.
🇺🇿Mazkur aksiya talaba-yoshlarni bir muddat smartfondan uzoqlashib, vaqtlarini mazmunli va foydali mashg‘ulotlarga yo‘naltirishga chorlaydi.
✅Aksiya davomida talabalar kitob mutolaa qilish, mazmunli suhbatlar qurish, tabiat qo‘ynida sayr qilish hamda foydali faoliyatlar bilan shug‘ullanish orqali o‘z kun tartibini yanada samarali tashkil etish imkoniga ega bo‘ladilar.
✅Bugungi shiddatli axborot oqimi davrida insonning o‘ziga, ruhiy xotirjamligiga va ma’naviy o‘sishiga vaqt ajratishi juda muhimdir. “Sog‘lom turmush” aksiyasi aynan shu maqsadni ko‘zlab, yoshlarni sog‘lom fikrlashga, foydali odatlarni shakllantirishga va vaqtning qadriga yetishga undaydi.
🇺🇿 Sog‘lom turmush — sog‘lom fikr, yuksak kayfiyat va porloq kelajak sari muhim qadamdir! | 383 |
| 16 | 🟦🟦🟦🟦
O‘zDJTUda Buyuk Britaniyaning Portsmouth universiteti vakillari bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 24-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish doirasida Buyuk Britaniyaning Portsmouth universiteti vakillari bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda O‘zDJTU Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektori Abduraxim Abdimutalipovich Nasirov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Husanboy Ibragimovich Yuldashev, Amaliy fanlar 3 kafedrasi mudiri Baxtigul Hujamovna Isaqulova hamda kafedraning katta o‘qituvchisi Saodat Abrarovna Agzamxodjayeva ishtirok etdi.
Portsmouth universitetidan esa Ta’lim, xorijiy tillar va lingvistika fakulteti dekani Dr. Mat Round hamda fakultetning xalqaro masalalar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i yordamchisi, fransuz tili va tarjimonlik yo‘nalishi katta o‘qituvchisi Dr. Claire Reid qatnashdi.
Uchrashuvni O‘zDJTU Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektori Abduraxim Abdimutalipovich Nasirov ochib berib, universitetning faoliyati, tuzilmasi, erishilgan yutuqlari, xalqaro aloqalari va amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi.
Shuningdek, Portsmouth universiteti vakili Dr. Claire Reid o‘z universitetining yangilangan tashkiliy tuzilmasi, ta’lim yo‘nalishlari hamda istiqboldagi xalqaro hamkorlik loyihalari yuzasidan taqdimot o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida tomonlar avval imzolangan Anglashuv memorandumi asosida hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish hamda universitetlar o‘rtasidagi istiqbolli tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv ochiq muloqot, qizg‘in fikr almashuvlar va savol-javoblar ruhida o‘tdi. Yakunda tomonlar istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralarni ishchi guruhlar doirasida izchil davom ettirishga kelishib oldilar.
Rasmiy uchrashuv so‘ngida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Portsmouth universiteti vakillari o‘rtasida esdalik sovg‘alari almashildi va uchrashuv ishtirokchilari xotira suratiga tushdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt | 429 |
| 17 | 🟦🟦🟦🟦
O‘zDJTUda Buyuk Britaniyaning Portsmouth universiteti vakillari bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 24-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish doirasida Buyuk Britaniyaning Portsmouth universiteti vakillari bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda O‘zDJTU Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektori Abduraxim Abdimutalipovich Nasirov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Husanboy Ibragimovich Yuldashev, Amaliy fanlar 3 kafedrasi mudiri Baxtigul Hujamovna Isaqulova hamda kafedraning katta o‘qituvchisi Saodat Abrarovna Agzamxodjayeva ishtirok etdi.
Portsmouth universitetidan esa Ta’lim, xorijiy tillar va lingvistika fakulteti dekani Dr. Mat Round hamda fakultetning xalqaro masalalar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i yordamchisi, fransuz tili va tarjimonlik yo‘nalishi katta o‘qituvchisi Dr. Claire Reid qatnashdi.
Uchrashuvni O‘zDJTU Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektori Abduraxim Abdimutalipovich Nasirov ochib berib, universitetning faoliyati, tuzilmasi, erishilgan yutuqlari, xalqaro aloqalari va amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi.
Shuningdek, Portsmouth universiteti vakili Dr. Claire Reid o‘z universitetining yangilangan tashkiliy tuzilmasi, ta’lim yo‘nalishlari hamda istiqboldagi xalqaro hamkorlik loyihalari yuzasidan taqdimot o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida tomonlar avval imzolangan Anglashuv memorandumi asosida hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish hamda universitetlar o‘rtasidagi istiqbolli tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv ochiq muloqot, qizg‘in fikr almashuvlar va savol-javoblar ruhida o‘tdi. Yakunda tomonlar istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralarni ishchi guruhlar doirasida izchil davom ettirishga kelishib oldilar.
Rasmiy uchrashuv so‘ngida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Portsmouth universiteti vakillari o‘rtasida esdalik sovg‘alari almashildi va uchrashuv ishtirokchilari xotira suratiga tushdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt | 11 |
| 18 | ✅Rahbarlar boshchiligida Sog‘lom turmush tarzi kuni munosabati bilan Ingliz tili 3-fakultetida davra suhbati o‘tkazildi.
Joriy yilning 25-iyun sanasida Sog‘lom turmush tarzi kuni munosabati bilan Ingliz tili 3-fakultetida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, shaxsiy gigiyena, zararli odatlardan voz kechish hamda ruhiy salomatlikni asrash masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Suhbat jarayonida sog‘lom turmush tarzining inson salomatligi va hayot sifatini yaxshilashdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda sog‘lom hayot kechirish bo‘yicha tavsiyalar bilan tanishdilar.
Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib,sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi. | 570 |
| 19 | 👩🏻⚕️Sog‘lom turmush tarzi kuni munosabati bilan Ingliz tili 3-fakultetida davra suhbati o‘tkazildi
🗓️Joriy yilning 25-iyun sanasida Sog‘lom turmush tarzi kuni munosabati bilan Ingliz tili 3-fakultetida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, shaxsiy gigiyena, zararli odatlardan voz kechish hamda ruhiy salomatlikni asrash masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
📑Suhbat jarayonida sog‘lom turmush tarzining inson salomatligi va hayot sifatini yaxshilashdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda sog‘lom hayot kechirish bo‘yicha tavsiyalar bilan tanishdilar.
✅Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib,sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi. | 173 |
| 20 | 🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovini e’lon qiladi.
📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, 30-iyunga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi.
✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5);
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet;
🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;
✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32;
🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi.
➡️Tanlov nizomini o‘qish
Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang. | 315 |
متاح الآن! بحث تيليغرام 2025 — أهم رؤى العام 
