cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Karim Raximov

Yo asling kabi ko'rin, Yo ko'ringaning kabi bo'l! Jaloliddin Rumiy FREE PALESTINE 🇵🇸 https://sites.google.com/view/karimraximov

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 367
المشتركون
-124 ساعات
-57 أيام
-230 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Repost from KHISO| Rasmiy kanal
01:23
Video unavailableShow in Telegram
Bugun "Yozgi maktab" da ochilish marosimi va ilk darslar boʻlib oʻtdi! 🚂 Dastlab soat 9:00 da Xorazm viloyatidan kelgan ko‘p sonli o‘quvchilar kutib olindi va yotoqxonaga joylashtirildi. Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida loyiha rahbari Sardor Bozorboyev qoidalar va #yozgi_maktab_ustozlari ni tanishtirdi. 👨‍🏫 Shundan soʻng xalqaro olimpiada g‘oliblari ishtirokida maharot darslari boshlanadi. Darslarda faol bo‘lgan o‘quvchilar maxsus valyutalar bilan to‘plashdi. 🍛 Tushlik, erkin grafik va kechki ovqat tashkil qilinadi. ➡️ Ertaga sizni yanada qiziqarli darslar va tadbirlar kutmoqda 📍 LOKATSIYA Loyiha homiylari TTPU va TIFT universitetlari ℹ️ Koordinatorlar +998932825657 (Zafarbek), +998939290006 (Dilnoza), +998942030108 (Nilufar)
إظهار الكل...
IMG_2090.MOV65.61 MB
👍 22 1😁 1
Show comments
Iqtisodchilar matematikani o'qishi bo'yicha ajoyib tavsiya. Ma'lumot o'rnida: hozircha Toshkentda matematikani o'qitish bo'yicha O'zbekiston Milliy Universitetiga yetadigani yo'q. @karimraximov
إظهار الكل...
👍 91 30🤣 11 6🔥 4😁 3💯 3
03:08
Video unavailableShow in Telegram
Odatda yozda juda ko‘p ishlayman va ko`p natijalarimni aynan yozda olganman. Erkin va bosimsiz ishlash insonga yangi natijalar olishga ko‘makchi bo‘ladi. Shuning uchun anchadan buyon telegram kanalimda post yozishga vaqtim bo‘lmadi, lekin ajoyib inson Bekzod aka To‘xtasinov tashabbusi bilan qilingan ishlarni ko`rib buni albatta ulashishim kerak deb oyladim. Bekzod aka respekt. Bekzod aka va qilingan ish bo‘yicha to‘liqroq ma'lumot: https://t.me/bazarbaevs/10468 @karimraximov
إظهار الكل...
IMG_1626.MP468.28 MB
👍 56👏 6💯 6 3
Kriptografiya va Matematika Yaqin insoningiz bilan boshqalar tushunmaydigan qilib gaplaringizni shifrlab gapirib ko'rganmisiz? Shuni o'zi kriptografiyadi shifrlashning bir ko'rinishi. Shifrlash anchadan buyon juda dolzarb hisoblanadi va ayni damda esa super dolzarb. Kriptografiyaga yaqinda qiziqib oz oz o'rganib boshlagan edim. Lekin ajoyib yosh matematiklarimizdan biri Dr. Aliyev Abdurahmon mendan oldin qiziqib ancha narsa o'rganib qo'yibdi. Bugun Fikratda shu haqida suhbatlashdik. Matematikani zamonaviy kriptografiyadagi roli juda katta ekanligini ushbu ko'rsatuvda oz bo'lsada anglab olishingiz mumkin deb umid qilaman: https://www.youtube.com/live/8Dr2G9F4BTs?si=vQ21ZxQ4MLKTPKgK @karimraximov
إظهار الكل...
👍 49 12👏 5🔥 4
Repost from Sodiq School
01:11
Video unavailableShow in Telegram
2-son ❤️‍🔥Bu safargi podkastimizda ayrim muammolarga matematiklar nuqtayi nazaridan fikr bildirishga harakat qildik. O‘zbekistonda xalqaro darajadagi matematiklar bormi? Ular yiliga qancha pul topa olishi mumkin? Xalqaro matematik olimpiadani nega yuta olmaymiz? Finlandiya yoki Singapur? Qaysi birining ta’lim tizimi biz uchun ma’qul? Shu kabi savollarga quyidagi spikerlar javob berishadi: Karim Rahimov – V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti yetakchi ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori. Sardor Bazarboyev – bir necha xalqaro olimpiadalar g‘olibi, xalq ta’limi a’lochisi, matematikaga oid kitoblar muallifi. Azimjon Mahmudov – "Sodiq School" maktabi matematika va SAT fani ustozi, “Abituriyent” gazetasi va kitobi muallifi. Hasanxo‘ja Muhammad Sodiq – "Sodiq School" maktabi asoschisi, matematika fani ustozi. P.S. bundan keyin buxanka trendga chiqsa kerak. 🕸To'liq videoni ko'rish uchun https://youtu.be/oQhNtTutVhc
إظهار الكل...
Sequence 01_1.mp483.87 MB
👍 43🔥 8 6 2🏆 2😁 1
Inson uchun oddiy lekin robot uchun murakkab! Bilasizmi kundalik hayotda inson miyasi murakkab darajadagi matematikaga tayanib ishlaydi, lekin insonning o`zi buni uncha his qilmaydi. Eng sodda misol: Barchamiz katta yo`llarni kesib o`tganmiz, ayniqsa bizda odatiy hol bo`lgan svetofor ishlamay qolganda bu ishni amalga oshirish ancha diqqat talab qiladi, lekin inson odatda vaziyatni tez tahlil qiladi va o`zi uchun optimal vaqt topib yo`lni kesib o`tadi. Aynan shu vaziyatda robot shu ishni bajarishi uchun nima qilishi kerak bilasizmi? U yo`lni kesib o`tishdagi optimal vaqtni topish uchun xususiy hosilali differensial tenglama yechishiga to`g`ri keladi, bu esa oddiy hisob kitob emas, bu murakkab darajadagi matematika. Inson bu o`zini haligacha to`liq anglay olmagan bir mo`jiza. O`zimizni oz bo`lsada anglay olish undan tashqari dunyoda o`z o`rnimizni munosib egallash uchun kompleks bilim kerak bo`ladi, bu uchun esa ilm olishdan, murakkab bo`lsada yuqori darajadagi aniq fanlarni o`rganishdan to`xtamaslik kerak. O`zimiz o`rgana olmasak ham hech bo`lmaganda shu fanlar muhimligini his qilishimiz va yoshlarni aniq fanlarni chuqur o`rganishga targ`ib qilishimiz lozim. @karimraximov
إظهار الكل...
89👍 64 9🔥 2👏 2💯 2
Ramazon hayiti barchamizga muborak bo'lsin! Alloh vatanimizga tinchlik bersin barchamizni iymonimizni mustahkam qilsin, xalqimizga ilm bersin, musofirlarimizga kuch quvvat bersin, zolimlarga insof bersin va tez orada bizni ozod Falastin bilan mukofotlasin! @karimraximov
إظهار الكل...
👍 81🔥 28👏 8 4 2
Ozginadan keyin Fikrat dasturida Fraktallar haqida gaplashamiz: https://www.youtube.com/live/Igh0gckoZ80?si=ruPOwo_rTKKbFSSh @karimraximov
إظهار الكل...
👍 39 14🔥 10🏆 4👏 2 1💯 1
Sen ratsional emassan, irratsionalsan, buni bilish uchun necha necha matematiklar umrini senga bag`ishladi. Seni verguldan keyingi sonlaringni topish uchun qanchadan qancha matematiklar doiraga ichki va tashqi ko`pburchaklar chizib yuzalarni solishtirdi. Seni yetarlicha aniqlikda topish uchun 2^62-burchakni yuzi bilan ishlashlariga to`g`ri keldi. Lekin Nyuton seni yetarlicha aniqlikda topishning eng yaxshi usuli bo`lgan qatorni integrallash usuli bilan seni aniqlashni o`ylab topdi va Matematik analiz rivojlanishiga katta poydevor qo`ydi. Hozir kompyuterlar seni verguldan keyingi millionlab raqamlaringni topyabdi, lekin bu ham seni to`liq anglash imkonini bermaydi, sen takrorlanmassan. Bugun sening kuning (03.14), lekin o`zing bilmaysan janob π=3.14159265... Xalqaro matematiklar kuni bilan barchani tabriklayman, doimo π sonidek muhim, murakkab va o`rganilishga arziydigan bo`lib yuring! @karimraximov
إظهار الكل...
135👏 51👍 34🤣 6 5😁 4🔥 2
Kirib kelgan Ramazon oy barchamizga muborak bo'lsin!!! @karimraximov
إظهار الكل...
👍 138🔥 24 7 2👏 2🏆 2
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.