53-DIUM RASMIY
الذهاب إلى القناة على Telegram
637
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
-1530 أيام
أرشيف المشاركات
"Osh Musobaqasi" dan lavhalar
"Milly Taomlar Ko'rgazmasi" ostida maktabimizda tashkil qilingan bugungi "Osh Musobaqasi" jarayonidan lavhalar.
@student_government_53
+8
Qizlar forumi – o‘zgarishlar yetakchilari! 🌸
11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Namangan davlat pedagogika institutida “Qizlar o‘zgarishlar yetakchisi sifatida” shiori ostida Qizlar forumi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyatdagi rahbar ayollar, faol ayol-qizlar hamda “Qizlar ovozi” va “Qizlarjon” klubi koordinatorlari ishtirok etdilar. Forumning asosiy maqsadi — yosh ayol-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni yetakchilik, innovatsion fikrlash va tashabbuskorlik ruhida qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.
Forumda 120 dan ortiq faol qizlar liderlik, kommunikatsiya, gender tenglik va shaxsiy rivojlanish yo‘nalishlarida bilimlarini mustahkamlashdi.
🔹 Chortoq tumani 53-maktab 10-sinf o‘quvchisi Abdulhamidova Dilrabo Akramjon qizi “Qizlar ovozi” Namangan viloyati “Bandlik va tadbirkorlik” yo‘nalishi koordinatori etib tayinlandi.
Forum yakunida faol ishtirokchilar “Qizlar ovozi” klubi tomonidan ishonch yorliqlari bilan taqdirlandilar.
♻️ Bizni kuzatishda davom eting:
🌐 @qizlarovozi_namangann
+9
“Зулфияхоним издошлари” аниқланди
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 1999 йил 10 июндаги «Зулфия номидаги Давлат мукофотини таъсис этиш бўйича таклифларни қўллаб-қувватлаш тўғрисида»ги 2326-сонли Фармони ижроси юзасидан муайян ишлар амалга оширилмоқда.
Барча ҳудудларда ўзбек қизлари учун юксак ишонч намунаси бўлган Зулфия номидаги Давлат мукофотига муносиб номзодларни танлаш бўйича саралаш босқичлари бўлиб ўтмоқда.
Хусусан, Чортоқ туманидаги иқтидорли қизларни қўллаб-қувватлаш, муносибларини Зулфия номидаги Давлат мукофотига тавсия қилиш мақсадида туман саралаш босқичи бўлиб ўтди.
Танловда адабиёт, санъат, маданият, фан, таълим, спорт ва жамоатчилик йўналишларида ижод қилаётган, фаолият юритаётган иқтидорли қизлар ҳужжатлари кўриб чиқилиб, ижодий ишлари билан танишиш баробарида номзодлар суҳбатдан ўтказилди.
Юқоридаги кўрсатилган мезонларга асосан Чортоқ туманидан муносиб деб топилган 7 нафар номзодлар вилоят босқичига йўлланмани қўлга киритишди.
Каналга уланиш
👇👇👇
https://t.me/chortoqhokimligiuz
+3
Chortoq tumanidagi 53- sonli ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan sinflari mavjud umumiy oʻrta taʼlim maktabi psixologi tomonidan Jinoyatchilikka, zararli odatlarga, tajavvuzkor yoki oʻziga zarar yetkazuvchi katti harakatlarga qarshi profilaktika boʻyicha 8-A sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Oʻz oʻzini baholash " mavzusida korreksion mashgʻulot oʻtkazildi.
