cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Sevgi hikoyalari ♥️⛓

Kanalimizga xush kelibsiz☺️ 💞Baxtli💞 🥀G'amli🥀 😅Kulguli😅 💌Hayotiy Hikoyalar Kanali😇 Kanalda hikoya joylash 📝 Taklif...🤝 Shikoyat...👊 Va boshqa narsalar uchun CREATOR : @Mr_Numonov

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 741
المشتركون
+424 ساعات
-127 أيام
-4630 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Sen ila...❤️‍🩹 2-fasl 29-qism -Yigitlar bizga bemani gaplar qilishgach Alini to'xtatib ketamiz deyotgandim. Ammk keyingi gaplardan o'zimni tutib turolmay ulardan birini yaraladim. Keyin janjal boshlandi. Ularni do'stlariyam kelib qoldi. So'ng... -Yaraladim deb nimani nazarda tutyapsan? -Ya'ni...kalla qo'ydim🙁 -Kalla qo'ydingmi?😂 Ilhom kulib Samiraga qaragach Samira qovog'ini osdi. -Ilhom hecham kulgili emas bu -Keyinchi... -Keyin, Ali kelib meni olib ketmoqchi edi. -Behosdan yaralandim Ali Malika gapini tugatmay oraga tushgach. Malika yana gapida davom etdi -Ya'ni behosdan unga urib yubordim -Aytmoqchisanki, Alini sen jarohatlading? -Pochcha men bilmasdan qildim. Ali ayting, atay qilmadim🥺 Malika borib Alini qo'lidan tortib gapira boshlagach Ali nima deyarini bilmay yerga qarab qoldi. Ilhom esa kulib yubormaslik uchun o'zini zo'rg'a ushlab turardi -Mayli. Bo'lar ish bo'libdi, hamma xonasiga. Samira yur biz ham xonaga chiqaylik Ilhom va Samira xonasiga kirib ketgach Ilhom kulib yubordi -Bularda bor gap bor. Alini uyalib ketganini ko'rdingmi? -Kulmang voy Ilhom. Alini jarohatini ko'rmadingizmi Malika qildi deyishdan qancha uyaldi... Malika ham juda oshirib yuboryapti -Yo'q hecham, Malika va Ali bir-birlariga mos tushyapti kundan kunga😂 -Sizga faqat kulish bo'lsa🤨 Ilhom kechasi eshik taqillashidan uyg'onib ketdi -Kim? -Boshliq, Xurshid telefon qildi. Ilhom tezda o'rnidan turib Samirani ustiga ko'rpasini yopib tashqariga chiqdi. -Nima bo'ldi? -Jiyangiz...Umid kechadan beri isitmasi tushmabdi shifoxonaga olib ketishibdi. -Ahvoli qanday ekan? -Bilmadim telefonni ko'tarmayapti Xurshid. -Meni pastda kutib tur, kiyinib tushaman Ilhom xonasiga qaytganda Samirani uyqusrab o'rnidan turayotganini ko'rdi. -Nima bo'libdi? -Sen uxlayver, meni ozroq ishim chiqdi. Ilhom ustini almashtirayotganda Samira ham uni oldiga keldi -Ali jiyaningiz degandek bo'ldi -Ha Umidni mazasi qochibdi. Men xabar olib kelaman -Nima..? Men ham boraman to'xtab turing -Sen qolaver Men o'zim.. -Nima deganingiz bu? Jiyaningiz haqida ketyapti gap. Samira kiyimlarini olayotganini ko'rib Ilhom uni peshonasidan o'pib chiqib ketdi -Yaxshi seni pastda kutaman. ................ Ilhom shifoxonaga kirib kelayotganda qabul bo'limi oldida Xurshid kutib oldi -Ahvoli qanday Xurshid? -Hozir yana bir marta tekshirishyapti -Nima deganing u? -Doktorlar halicha hech narsa deyishmadi. Ilhom va Samira Xurshidni ortidan ketayotganda yo'lak oxirida Gulsorani ko'rishdi. Gulsora yig'lab qo'l qovushtirib doktorni kutib turganda Ilhom va Samirani ko'rib o'rnidan turdi. -Yangaa -Ilhom, hammasi meni deb bo'ldi. -Tinchlaning oldin. Nima bo'ldi o'zi? -Kecha ozroq isitma qilib turgandi e'tibor bermagandim. Keyin hech narsa yemay qo'ydi😭 -Gulsora...yig'lamang hammasi yaxshi bo'ladi. Samira Gulsorani tinchlantirishga urinayotganda doktor chiqib qoldi. -Doktor nima bo'ldi? -Havotirga o'rin yo'q... Ko'k yo'tal bo'lishi mumkin deb ikki marta tekshirdik, ammo hammasi joyida. Ozroq o'pkachasi shamollagan. -Yaxshi bo'lib ketadimi🥹 -Havotir olmang oyisi, biz dorilar yozib beramiz. Muntazam davolanishda bo'lsa tezda sog'ayib ketadi. Sora yoshlarini artib Ilhom bilan doktorni ortidan ketgach, Samira Xurshid bilan birga yo'lakda qoldi. -Sen yaxshimisan? -Rahmat yanga, o'zizchi? Sizlar yaxshimisizlar? Malika ham shifoxonadan chiqdi deb eshitgandim. -Ha yaxshimiz. U ham yaxshi, Ali bilan asta-sekin tashqariga chiqa boshladi. Ammo ko'pincha uyda qolishni afzal bilyapti -Ha... -Kecha Ali bilan tortishib jarohatlanib kelishibdi ham. Akang asabiylashdi ozroq -Malika yaxshimi? -Malika...Ha u yaxshi. Ali ozroq jarohat olgan yuzidan Malikani deb... -Qoyil Malika o'rganib olibdida demak -Nimadir dedingmi? -Ha yo'q, o'zim shunchaki. Sizga choymi, suvmi olib kelaymi? -Suv..iltimos -Xo'p Samira Xurshidni ortidan qarab o'ylanib qoldi. -Birdan Malikani ahvolini so'radi, o'rganib olibdi dedimi? Nimani nazarda tutdi? Bu bolada nimadir bor🤔 Davomi bor #Muallif_Ifora #Muallif_Shahnoza
إظهار الكل...
👍 28 5🥰 1🐳 1
Qushilila zirikdi odam 😅
إظهار الكل...
👍 1
إظهار الكل...
True mafia black 😎

Manbaa @Sevgi_hikoyalari_hayotiy 🤍

Qushilila zirikdi odam😅
إظهار الكل...
إظهار الكل...

Sen ila...❤️‍🩹 2-fasl 28-qism -Sevishganlarmi? -Ha😅 -Ammo menga siz haqingizda aytmagan? Sabab nima bo'lishi mumkin? Samira Anis tomon yaqinlashayotganda ichkariga Farida kirib qoldi. -Sizlar... -Ha keling Farida. Anisaxon menga qanaqa qilib meni erimni sevgilisi bo'lganini tushintirmoqchi edi -Sevgilisimi? -Haligi men..tashqariga chiqa qolay Anisa eshik tomon ketayotganda Samira uni qo'lidan ushlab qoldi. -Meni kim deb o'ylading bilmaymanu. Men birinchi bo'lib o'zimni erimga ishonaman, qayerdagi sarqitlarga emas -Tort qo'lingni... Anisa jahl bilan chiqib ketgach Farida Samiraga qarab qoldi. -Vauv..qoyil Ilhomni didiga ishonardim, ammo bunchalik ajoyib ekaniga shubham bor edi. Qoyil qoldirdingiz meni -Avvalambor uzr so'rayman, sizni dugonangiz edi. Ammo... -Yo'q e'tibor bermang, u bilan ancha yil oldin munosabatlarni uzganmiz. -Hm...mayli -Samira -Labbay? Samira eshikni ochayotib birdan to'xtadi -Anisa nimalarni aytdi bilmaymanu, ammo Ilhom hech kimni yaqiniga yo'latmagan ya'ni qizlar borasida. Maktabdayam kollejdayam shunaqa edi. Avval keyin o'zgarmagan bo'lsa...hali ham shunaqa odam -Buni yaxshi bilaman🙂, ammo sizga ham rahmat Samira jilmaygancha chiqib kelgach, Ilhom unga qarab qoldi. -Hayotim, hammasi joyidami? -Ha joyida. Anisa qani? -Ha, u chiqib ketdi hozirgina. Ozroq asabiy ekan ketgani yaxshi bo'ldi manimcha -Hm... Samira erini oldiga o'tirgach Ilhom Samirani yuzidan o'pib qo'ydi. -Bizga ruxsat endi, boradigan joyimiz bor edi. O'zi ozroqqa kirmoqchi edik -Voy hali kelganlaringizga 1 soat ham bo'lmadi. -Bugun bir muhim tadbirimiz bor edi. O'zi o'sha yerga bormoqchi edik, so'ng birrov bu yerga ham kirib o'tishni istadik ............... -Kino sizga yoqmadimi? -Yoqdi ammo uncha qiziqarli emasdi. -Ali, qo'ysangizchi. Bu romantik tragediya edi. Axir hamma yig'ladi nahot sizni umuman ta'sirlantirmadi? -Nimasiga yig'ladi hamma? Erini o'lishini... -Ohoo anavi qizni ketvorganini qaranglar Ali Malikani orqasidan gapirib kelayotganda chekkada o'tirgan yigitlarni Malikaga qarab shivirlashishayotganini eshitdi. -Bir o'rab ko'rmaysanmi? Balki bir kecha mehmon qilar bizni -Hoy...nima deding sen? -Nima debmiz? Malika oldinda ketayotib ortga burilganda Alini ikkita yigit oldiga borayotganini ko'rib qoldi. -Sen u qiz haqida nima deding? -Do'stim yo'lingdan qolmasangchi, senga hech narsa demadik axir -Menga qara men bilan o'ynashma ha deb, boshqa gapirolmaydigan bo'lib qolasan -Ali...Aliii tinchlaning -Malika to'xta.. -Ali qo'ying ketamiz. Ali iltimos yuring -Sen to'xta Malika... -Ali dedim, meni ketgim kelyapti Malika Alini qo'lidan torta boshlagach Ali indamay Malikani orqasidan ketayotganda orqadan yana bir-ikki gaplar eshitildi. -Ko'ppakka o'xshab oyimchasini ortidan ketishinichi Malika bu safar to'xtadida Alidan oldin o'zi harakat qildi -Tushinmadim. Nima deding? -Bizmi...? Malika jahl bilan bordida yigitlardan birini yoqasidan o'ziga tortib bitta kalla qo'ydi -Malikaaa😳 Ali nima bo'layotganini anglab ulgurmay yigit burnim deb baqira boshladi. -Hey tinchlan... Ali borib Malikani vaqtida ushlab qolishga ulgurdi. -Seni o'ldiraman men. Ko'ppakmish, sen avval o'zingni epla ayolsifat...ko'rsatib qo'yaman senga oyimcha kim ekanini. -Og'riyaptimi? Malika Alini yuzidagi jarohatga puflab turib savol bera boshladi -Hammasini tugatib ketayotganda yana nega ortinga qaytib ikkinchisini tepding? -Gapiga javob berdi hammasi. Siz nega oyog'im tagida o'ralashdiz? -Senga nimadir bo'lmasin deb harakat qilayotgandim jag'imga tushirib qoldingku o'zing... -Uff bo'ldi bilmay qoldim. Unga urmoqchi edim birdan kelib qoldiz ................ -Xo'sh bu yuz nima? -Aka men.. -Sen kimdan tayoq yeding? Ali, sen hech kimdan tayoq yemaydigan yigit edingku... ahvolinga qaraa -Aka avval meni eshiting, bularni hammasi o'zi... -Hammasi meni aybim pochcha -Nima deganing u Malika? Davomi bor #Muallif_Ifora #Muallif_Shahnoza
إظهار الكل...
25👍 10🤣 2 1😁 1🤨 1
Reaksiya va koment kamku🙁
إظهار الكل...
👍 9
Sen ila...❤️‍🩹 2-fasl 27-qism Ertasi kun -Samiram, bo'laqol... -Pochcha🥹 -Tinchlikmi Malika? -Hali kelmasangizlar Ali bilan kinoga borsak bo'ladimi? -Iya bizga, hech qayerga borgim yo'q deb endi kino qayerdan chiqdi? -Pochcha, oldindan kinoni reja qilib yurgandikda😌 Ilhom birdan eshik oldidagi Aliga qaradi. -Boshliq, meni hech narsadan xabarim yo'q edi😳 -Pochchajon iltimooos🥹 -Mayli🤨 faqat kech qolmanglar juda. Ali unga ko'z-quloq bo'l -Xo'p aka😅 -Uff meni rafiqam bugun tushadimi o'zi? Kech qolishimiz mumkin axir -Tushyapman -Ohoo opa😳 Samira uzun, yengi zarli to'rdan tikilgan va beli karsetli qora ko'ylagini kiyib chiqqach hamma unga qarab qoldi. Ilhom esa bu go'zallik oldida nima deyarini bilmay lol qoldi. -Yarashibdimi..? -Sen..shunchaki.. -Nima shunchaki? Samira Ilhomni oldiga kelib savol bergach Ilhom unga yana boshdan oyoq nazar soldi. -Meni rafiqam buncha go'zal? -Balki sizni rafiqangiz bo'lgani uchundir? -Qanday ishim uchun mukofotim bunaqa mukammal go'zallik bo'lgan ekan? Ilhom kulib Samirani ustki kiymini eshik oldidagi javondan oldida rafiqasiga uzatib, yuzidan o'pib qo'ydi. Ilhom va Samira bazm uchun chiqib ketgach Malika tepaga kiyingani yugurib chiqib ketdi -Uf bu qiz meni tamom qiladi🤦🏻. Anchadan beri reja qilgandik deganichi..? -Nimadir dedizmi??? -Tezroq tushing xonim deyman🙁 .............. Ilhom Samirani sinfdoshlar bilan yig'ilishiga olib keldi, ammo Samira ichkariga kirgach biroz hijolat bo'ldi. -Yagonam -Ha... -Yuraqol Ilhom va Samira restoranga kirgach Ilhom rafiqasini ustidagi kiyimni yechishga yordamlashdi. -Voy ana Ilhom.. -Oldidagi rafiqasimi nima? -Ilhom o'ziga o'xshab xushbichimidan topibdiku ana -Oddiy qizku, buncha😒 -Anisa, nima bo'ldi. Hayollaringda oldidagi qiz o'rnida o'zingni tasavvur qilib yubordingmi? -To'g'ri gapir Odil Anisa Samiradan ko'z uzmay turganda Ilhom uni qo'lidan ushlaganini ko'rib boshqa joyga qarab oldi. -Salom eski qadrdonlar? -Assalomu alaykum -Xush kelibsizlar yosh oila -Yaxshimisizlar? Taklif uchun rahmat alohida -Bu nima deganing Ilhom qani o'tiringlar -Salom, meni ismim Farida. Siz... -Samira... -Tanishganimdan xursandman Samira, juda qiz ekansiz ko'z tegmasin -Rahmat Farida🙂 Samira va Ilhom Anisani ro'parasiga o'tirgach Ilhom Anisani Samiradan ko'z uzmayotganini payqab avval o'zi gap boshladi -Anis, qandaysan? -Rahmat Sen so'ragandan beri ancha yaxshi. O'zing qalaysan Ilhom Anisa kulib Ilhomga gapira boshlagach Samira eriga va Anisaga qarab qoldi. Ilhom esa gap davomida Samirani qo'lidan ushlab olgach Samira hayron bo'lib yana eriga qaradi -Yaxshiman rahmat. Seni chet elda deb eshitgandim. -Ha 1 haftacha oldin kelgandim. -Ha.. seni rafiqam bilan tanishtirmadim shekil. Samiram, bu Anisa sinfimiz FAXRI Ilhom oxirgi so'ziga kuchli urg'u bergach hamma sinfdoshlar jimib ularga qarab qoldi. -Anisa, bu kelganimizdan beri ko'zingni ololmayotgan qiz meni rafiqam Samira bo'ladi -Hm😕tanishganimdan xursandman Anisa indamay sharbatini ichib ko'zini olib qochgach qolganlar ham indamay oldiga qaradi. -Biror muammo bormi? -Yo'q, hayotim hammasini keyin tushintiraman. -Hm mayli. Men unda yuvinish xonasiga borib kelay Samira turib ketgach biroz o'tib telefoni jiringlab Anisa ham turib ketdi. -Anisani kelishini nega aytmadingiz? -Men bormayman degandi Ilhom -Bir og'iz aytish qiyinmidi Odil? -Ilhom tinchlan, balki o'zgargandir Anis -Xadicha... Anisani qanday qaraganini ko'rmadimmi nima? Samira yuvinish xonasida qo'lini yuvayotganda Anisa kirib qoldi. -Voy siz ham shu yerdamisiz? -Ha..😅 Samira qo'lini quritayotganda Anisani bilagidagi chandiqqa ko'zi tushdi. Anisa lab bo'yog'ini surtayotib Samira unga qarab turganini sezib unga qaradi. -Biron narsa bo'ldimi? -Ha, yo'q. Shunchaki qo'lingizga ko'zim tushgandi. -Hm buni aytyapsizmi..? Ilhom uchun qilgan axmoqgarchiligim -Tushinmadim? -Ilhom sizga men haqimda aytmaganmi? Oldindan biz...ya'ni ancha avvaldan sevishganlar edik. Davomi bor #Muallif_Ifora #Muallif_Shahnoza
إظهار الكل...
👍 29 12🤗 6👏 3💔 3
Sen ila...❤️‍🩹 2-fasl 26-qism Samira yig'lab cho'kkalab qolgach Ilhom uni oldiga borib o'tirdi. -Seni sevaman Samira. Menga sen keraksan. Hammasini boshidan boshlashimiz uchun hamma narsa bor. Nahot bittagina imkon bermasang bizga? -Bilmayman, qiynalib ketdim. Havo yetishmayotgandek menga Ilhom rafiqasini bag'riga bosgach Samira battar yig'lab uni bo'ynidan qattiq quchoqladi. -Uyimizga ketamiz xo'pmi? Samira yig'lab indamay bosh irg'agach Ilhom uni qattiq bag'riga bosib ko'tarib oldi -Nima qilyapsiz voy?🥲 -Nima qilayapman ekan? Rafiqamni ko'targim keldi. ................ -Boshqa muammo bo'lishini istamayman. Oddiy yashasak bo'lmaydimi? Axir o'g'lingiz bor, yangam ham oldingizda qoladi endi. Men charchadim bunaqa botqoqlikdan o'taverishga. Akam hammamizni qo'g'irchoqdek o'ynatdi. Hatto siz qanday qilib bunaqa ishga qo'l urdingiz? -Mehmonxonani hamma narsalarini senga o'tqazib, seni hayotingdan chiqaman degandi. Ammo men atay qilmadim, ya'ni... mashinani tormozi ishlamay qoldi. Buni akam qilganini bilgandim, lekin bunchalikka borishini tasavvur qilolmagandim🙁 -Eh..aka🤦🏼‍♂. Mayli sizni ham tezroq bu yerdan chiqarishga urinaman. Ammo iltimos oldingidek yashamaslikka va'da bering -Ilhom, o'ylab gapiryapsanmi? Oldingidek yashashga balo bormi endi? Bolamni va rafiqamni yo'qotay dedim -Mayli o'ylamang.. yangam va jiyanimga Xurshid ko'z-quloq bo'ladi chiqqunizcha ular bizga omonat Ilhom akasi bilan ko'rishib chiqqach tashqarida Umarni kutib turganini ko'rdi. -Xo'sh..? -Komil aytgandek akamni gaplari va dalillar bir-biriga mos emas. Akam mashina tormozi buzuq dedi. -Balki akang... -Yo'q, uni bilaman. Ming yomon bo'lsa ham bolasi va rafiqasini birinchi o'rinda qo'yadi, ularni o'ylamay bu ishga qo'l urolmaydi. -Men hozir nima qilishga hayronman... bu yerdan akang begunoh, ammo o'lgan odam meni rafiqamni dadasi va meni yaqin odamim -Umar, senga qachalik qiyin ekanini bilyapman. Ammo men bu yerda akam aybsiz ham demayapman. Shuncha payt yashirgan hammasini. Elyor akam meni o'rtaga qo'yib akamdan foydalanib qolibdi. Tavba men qanaqa odamlar ichida katta bo'ldim? -Kimlar oldida katta bo'lganing emas, kim bilan hayot kechirayotganing muhim menimcha endi😅 -Hozir ko'ngilga hazil sig'maydida Umar... ................. -Singiljonim🥹 -Opaaa -Malikam yaxshimisan? -Ha men ancha yaxshiman. Siz qanaqasiz? Sizni bir o'limdan qoldi deyishdi -Men yaxshiman.. -Aniq yaxshimisiz? Opaa juda qo'rqib ketdim men -Qo'rqma qara axir yaxshiman dedim. Endi yanada yaxshi bo'laman. -Nima bo'ldi? -biz bilan ketasan🥲, pochchang hozir hujjatlarni to'g'irlagani ketdi -Meni sizlar bilan ketishimga ruxsat bormi? -Albatta🥹 -Voy opaaaa, narsalarimni yig'ay unda Samira singlisini xursand ekanini ko'rib, o'zi undan ham ko'p xursand bo'lib Malikani bag'riga bosdi. Hujjatlarni to'g'irlab kelayotgan Ilhom rafiqasini xursand ekanini ko'rib kayfiyati ko'tarildi. -Qani endi ketsak bo'ladi. Malika, sen ancha yaxshimisan? -Ha, avvalgilaridan yaxshi ko'rinmayapmanmi? -Avvalgimi? Nima degani bu? Samira singlisini gapidan keyin hayron bo'lib, unga tikilib qoldi -Ya'ni pochcham buncha vaqt ichida ko'rgani kelib turdilar -Shunaqami? Samira eriga qaragach Ilhom nima deyishni bilmay qoldi -Ha, doktorlar bilan gaplashgani kelib turgandim. -Ammo meni xabarim yo'qku -Senga aytmagandim, sen ham kelaman derding, keyin uni olib ketishni istab yig'lab qolarding deb aytmagandim Samira indamay qo'ygach birinchi bo'lib xonadan o'zi chiqib ketdi. -Pochcha, opam hafa bo'lmadi ta'sirlandi. -Hafa bo'lgan bo'lsa bu safar ham uyga kirolmaymanmi deb qo'rqaman😅 -Yordamlashaman o'zim havotir olmang -Eh bu hayot qanaqa ajoyib qayni singil bilan siylagana meni. Pochchasini o'ylaydiganlar kam bu hayotda -Sizdaka pochchalar ham kam chunki Ilhom va Malika kulishib tashqariga chiqishgach Ilhom narsalarni mashinaga joylab rolga o'tirdi. Samirani xafa emasligini ko'rib biroz tinchlanib mashinani yurg'izishga tushdi. Davomi bor #Muallif_Ifora #Muallif_Shahnoza
إظهار الكل...
👍 30 4
00:19
Video unavailableShow in Telegram
5💯 1💔 1