ar
Feedback
Omar Xalil

Omar Xalil

الذهاب إلى القناة على Telegram

Shiorimiz: • Ezgulik va taqvo yo'lida hamkor bo‘lish • Solih odamlarning hayotini o'rnak qilish • Samimiylik va muhabbatni tarannum etish • Alloh va rasuliga oshiqlikni targ‘ib qilish Murojaat uchun: @Omar_Xalil_bot

إظهار المزيد

📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام Omar Xalil

تُعد قناة Omar Xalil (@umarhalil) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 11 386 مشتركاً، محتلاً المرتبة 7 815 في فئة الدين والقيم الروحية والمرتبة 6 815 في منطقة Uzbekistan.

📊 مؤشرات الجمهور والحراك

منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 11 386 مشتركاً.

بحسب آخر البيانات بتاريخ 18 سبتمبر, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار -230، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -4، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.

  • حالة التحقق: غير موثّقة
  • معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 18.26‎%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 8.68‎% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
  • وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 2 079 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 988 مشاهدة.
  • التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 28.

📝 الوصف وسياسة المحتوى

يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
Shiorimiz: • Ezgulik va taqvo yo'lida hamkor bo‘lish • Solih odamlarning hayotini o'rnak qilish • Samimiylik va muhabbatni tarannum etish • Alloh va rasuliga oshiqlikni targ‘ib qilish Murojaat uchun: @Omar_Xalil_bot

بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 19 سبتمبر, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة الدين والقيم الروحية.

11 386
المشتركون
-424 ساعات
-637 أيام
-23030 أيام
أرشيف المشاركات
photo content

Bir kun o‘zingizga bergan va’dangizni bajarmasligingiz — muammo emas. Ammo bu holat qayta-qayta takrorlansa, ichingizda sekin
Bir kun o‘zingizga bergan va’dangizni bajarmasligingiz — muammo emas. Ammo bu holat qayta-qayta takrorlansa, ichingizda sekin bir fikr paydo bo‘lishi mumkin: “Men baribir o‘zimni o‘zgartira olmayman…” O‘ziga ishonch faqat katta yutuqlardan qurilmaydi. U har kuni o‘zingizga bergan kichik va’dalaringizni bajarishdan ham quriladi. Chunki boshqalarning sizga ishonishi muhim. Lekin o‘zingizning o‘zingizga ishonishingiz undan ham muhimroq. Bugun katta o‘zgarish shart emas. O‘zingizga bitta kichik va’da bering. Va bu safar uni bajaring.

Qaysi vaziyatda o’zingizga bo’lgan ishonchingiz ko’proq tushib ketadi?
Anonymous voting

🍂Bir narsaga e’tibor berganmisiz? Yaqin insonimiz qiynalsa: «O‘zingni buncha ayblama...» «Qo‘lingdan kelganini qilding...» «
🍂Bir narsaga e’tibor berganmisiz? Yaqin insonimiz qiynalsa: «O‘zingni buncha ayblama...» «Qo‘lingdan kelganini qilding...» «O‘zingni ham ehtiyot qil...» deymiz. Ammo shu gaplarni o‘zimizga aytishga kelganda, ichimizda nimadir qarshilik qiladi: «O‘zimga yon bosib ketmayapmanmi?» Qiziq... Nega mehr boshqalarga berilganda fazilat, o‘zimizga berilganda esa zaiflikdek tuyuladi? Siz o‘zingizga ham yaqin insoningizdek munosabatda bo‘la olasizmi?

Qur’oni Karim ma’nolarining izohli tarjimasi: 53 - Najm surasi

🌿Izohlaringizni birma-bir o‘qib chiqdik... Kimdir o‘zini ko‘p koyishini yozdi. Kimdir o‘ziga shafqatsizligini hatto normal d
🌿Izohlaringizni birma-bir o‘qib chiqdik... Kimdir o‘zini ko‘p koyishini yozdi. Kimdir o‘ziga shafqatsizligini hatto normal deb bilishini. Yana kimdir kechira olmay qiynalayotganini... Bir narsani sezdik: ba’zan insonning eng og‘ir suhbatlari boshqalar bilan emas, o‘zi bilan bo‘lar ekan. O‘zimizdan ranjiymiz, o‘zimizni ayblaymiz, yana o‘zimizni ovutishga harakat qilamiz... Siz yozgan har bir izoh biz uchun qadrli. Chunki keyingi suhbatlarimizni aynan siz aytgan kechinmalar asosida davom ettiramiz. Bu mavzuni hali birga chuqurroq ochamiz...

QIZIQ, O‘ZIMIZGA BUNDAY MUNOSABATNI KIM O‘RGATGAN? Bugungi javoblaringiz orasida bir gap ko‘p takrorlandi: «Nega men doim shu
QIZIQ, O‘ZIMIZGA BUNDAY MUNOSABATNI KIM O‘RGATGAN? Bugungi javoblaringiz orasida bir gap ko‘p takrorlandi: «Nega men doim shunaqa qilaman?» O‘ylab ko‘ring... Do‘stimiz xato qilsa, uning bir xatosidan butun shaxsiga hukm chiqarmaymiz. Ammo o‘zimiz xato qilsak, bir voqea birdan: «Men nega shunaqaman?» «Mendan yaxshiroq chiqishi kerak edi...» «Boshqalar uddalayapti, men esa...» degan ichki suhbatga aylanib ketadi. Eng qizig‘i — biz buni ko‘pincha shafqatsizlik deb ham bilmaymiz. Uni talabchanlik, vijdon, mas’uliyat, hatto o‘z ustida ishlash deb ataymiz. Lekin ular rostdan ham bir narsami? O‘ziga talabchan bo‘lish bilan o‘ziga shafqatsiz bo‘lishning chegarasi qayerda? Siz bu chegarani qanday ajratasiz? Javoblaringizni yozing. Keyingi suhbatimiz aynan shu yerdan boshlanadi.

Qur’oni Karim ma’nolarining izohli tarjimasi: 52 - Tur surasi

Xato qilganingizda, ichingizdagi ovoz sizga nima deydi? Biror ishni eplay olmadingiz. Noto‘g‘ri qaror qildingiz. Yoki kutgan natijangizga erisha olmadingiz... Shunday paytda o‘zingizga odatda nima deysiz? 📊 OVOZ BERING 👇 🔘 Mayli, xato qildim. Tuzataman. 🔘 Nega men doim shunaqa qilaman?! 🔘 Men bundan yaxshiroq qilishim kerak edi. 🔘 Boshqalar uddalayapti, men esa... 🔘 O‘zimdan hafsalam pir bo‘ldi. Ko‘p o‘ylamang. Sizda birinchi bo‘lib paydo bo‘ladigan javobni belgilang. Kechroq natijalarni birgalikda tahlil qilamiz.

🌿 BUGUN O‘ZINGIZGA BIR SAVOL BERING... Tasavvur qiling... Siz uchun juda qadrli inson katta xato qildi. Uning ko‘ngli cho‘kd
🌿 BUGUN O‘ZINGIZGA BIR SAVOL BERING... Tasavvur qiling... Siz uchun juda qadrli inson katta xato qildi. Uning ko‘ngli cho‘kdi va sizga shunday dedi: — Men yana eplay olmadim... Men hech narsaga yaramayman shekilli. Siz unga nima degan bo‘lardingiz? Uni ayblarmidingiz? Xatosini yuziga solarmidingiz? Yoki aksincha, tushunishga va dalda berishga harakat qilarmidingiz? Endi esa bundan ham muhimroq savol: Xuddi shu xatoni O‘ZINGIZ qilganingizda, o‘zingizga qanday gapirasiz? Ba’zan biz boshqalarga aytishga tilimiz bormaydigan darajada og‘ir gaplarni o‘zimizga bemalol aytamiz. «Nega yana shunday qildim?» «Mendan hech narsa chiqmaydi.» «Boshqalar uddalayapti, men esa...» «Men bundan yaxshiroq bo‘lishim kerak edi.» Balki insonning o‘ziga bo‘lgan munosabati ham aynan shu yerdan boshlanar... Bugun kun davomida shu mavzu haqida gaplashamiz. 👇 Siz-chi? Xato qilganingizda o‘zingizga qattiq gapirasizmi?

🎧 Nihoyat, kutganingiz tayyor!✨ Bir oz vaqtni o‘zingizga ajrating, quloqchinlarni taqing va shunchaki tinglang... Ba’zan birgina fikr ham insonning o‘ziga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirib yuborishi mumkin.

photo content

Bugungi juma hadyasini siz tanlaysiz. Bugun sizlarga kichik bir hadyam bor. 🎧 Qaysi audio kitobimizdan bir parcha eshitishni
Bugungi juma hadyasini siz tanlaysiz. Bugun sizlarga kichik bir hadyam bor. 🎧 Qaysi audio kitobimizdan bir parcha eshitishni xohlaysiz? Izohlarda kitob nomini yozing. 👇 Qaysi kitob nomi eng ko‘p yozilsa, aynan o‘sha kitobdan sizlar uchun eng ta’sirli parchani chiqarib beraman. Bugun kitobni men emas, siz tanlaysiz. 👇 Qaysi kitobni eshitishni xohlaysiz? Nomini yozib qoldiring! 📖

+1
💙💙💙 Musobaqada Qur'on o'qing va qimmatbaho pul mukofotini qo'lga kiriting! 🔊 "Tajvid Center" kanalida QUR'ON MUSOBAQASI boshlandi! 💰Musobaqada qatnashsangiz, qimmatbaho pul mukofotlariga ega bo'lasiz. Musobaqa g'oliblari qimmatbaho pul mukofoti bilan taqdirlanadi: 1 - O'RIN 💰200$ 2 - O'RIN 💰100$ 3 - O'RIN 💰50$ ▫️Musobaqadan so'ng Qur'on va tajvid kurslari boshlanadi, bu orqali bilimingizni yanada mustahkamlashingiz mumkun. ⏳ Joylar soni cheklangan, Musobaqada qatnashish va barcha shartlarni bilish uchun hoziroq kanalimizga qo'shiling! Telegram kanalimiz: @tajvid_center

“Hayotingizda iz qoldirgan kitob qaysi?” Javoblaringizni o‘qib, rostini aytsam, hayratda qoldik… 🥹 Kimdir bir kitob sabab yi
“Hayotingizda iz qoldirgan kitob qaysi?” Javoblaringizni o‘qib, rostini aytsam, hayratda qoldik… 🥹 Kimdir bir kitob sabab yig‘laganini, kimdir bir kitob sabab uyg‘onganini, kimdir esa aynan bir kitobdan keyin kitob o‘qishni boshlaganini yozdi. Eng ta’sirlisi — ayrim kitoblar sizlar uchun shunchaki kitob emas ekan… Kimdir uchun — otasining xotirasi. Kimdir uchun — hayotidagi burilish. Kimdir uchun — Islomni yanada chuqurroq anglashga sabab. Kimdir uchun esa — qayta-qayta o‘qigisi keladigan bir olam.

Bir kitob. Bir jumla. Bir o'zgarish… Ba’zan hayotimizda shunday kitob uchraydiki, uni yopganimizdan keyin ham qalbimizda davo
Bir kitob. Bir jumla. Bir o'zgarish… Ba’zan hayotimizda shunday kitob uchraydiki, uni yopganimizdan keyin ham qalbimizda davom etaveradi. Bir jumlasi xayolimizdan ketmaydi… Bir qahramoni yodimizda qoladi… Bir voqeasi esa o‘zimizga qarashimizni o‘zgartiradi. Balki sizda ham shunday kitob bordir… 📖 Ayting-chi, hayotingizda iz qoldirgan kitob qaysi? Va eng qizig‘i: Agar o‘sha kitobni bugun yana bir marta tinglash imkoniyati berilsa — tinglarmidingiz? 👇 Kitob nomini yozing va nega aynan u siz uchun qadrli ekanini biz bilan bo‘lishing. Balki sizning javobingizni o‘qib, yana bir inson o‘sha kitobni izlab qoladi…

HADYALAR O‘Z EGALARIGA YETIB BORDI… 🎁 Alhamdulillah, mehr bilan yo‘lga chiqqan har bir hadyamiz o‘z egasini topdi. Kimdir yaqinini xursand qildi, kimdir uzoqdagi insoniga mehrini yubordi, kimningdir qalbiga esa go‘zal bir esdalik bo‘lib kirdi. Bizga ishongan va bu go‘zal hadyada ishtirok etgan barchangizga chin qalbimizdan rahmat! Alloh hadya qilgan qo‘llaringizni, hadya qabul qilgan qalblaringizni hamisha xursand qilsin. 🤲 Har bir hadya — bir mehr. Har bir mehr — bir duo.

SO‘NGGI 1 SOAT! Alhamdulillah, hadyalarimizning sanoqli qismi qoldi! ⏰ Aksiya tugashiga atigi 1 SOAT! Yaqin insoningizga “Payg‘ambarning atirgullari”ni hadya qilish uchun so‘nggi imkoniyat. Shoshiling — hadyalar juda kam qoldi! 📩 “HADYA” deb yozing.

🌹 HADYALAR O‘Z EGALARIGA YETIB BORYAPTI! 🎁 Alhamdulillah, birin-ketin hadyalar o‘z egalariga yetib boryapti. Siz ham yaqin insoningizni ma’noli hadya bilan xursand qiling. ⏳ Shoshiling, hadyalar soni cheklangan! 📩 “HADYA” deb yozing.