“DREAM SCHOOL”
الذهاب إلى القناة على Telegram
1.Bitiruvchi o'quvchilarni Oliy o'quv yurtlariga kirish imtihonlariga tayyorlash 2.Prezident maktablariga kirish imtihonlariga tayyorlash 3.Sizning farzandingiz-DA'HO Biz buni isbotlab beramiz Manzil: Dream education Mo'ljal: Quva gilam bozori orqasida
إظهار المزيد1 272
المشتركون
-124 ساعات
-227 أيام
-6330 أيام
أرشيف المشاركات
1 273
Mana yanada kuchliroq va qiziqarli matn:
🎓 Hurmatli 1–2-sinf bitiruvchilari va ota-onalar!
📅 1-iyul (chorshanba)
🕗 Soat 08:00
🏆 “Oy sarhisobi” olimpiadasi bo‘lib o‘tadi!
📚 Fanlar:
🧮 Matematika
🇬🇧 Ingliz tili
💵 Qatnashish narxi: 10 000 so‘m
🎁 G‘oliblar:
🥇 Sertifikat
🎁 Qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
✨ Bir yil davomida olgan bilimlaringizni namoyish qilish, o‘zingizni sinab ko‘rish va eng kuchlilar safidan joy olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
🔥 Bitiruvchi bo‘lsangiz, bilimingizni natija bilan yakunlang!
Dream School – har bir mehnat munosib e’tirof etiladi. 💙
1 273
Hurmatli 1-sinfga farzandini Dream School’ga bermoqchi bo’lgan ota-onalar!
1-sinf o’quvchilarining hujjatlarini davlat bazasiga kiritish jarayoni boshlandi.
Hozirgi kunga qadar 21 nafar o’quvchining metrikasi (tug’ilganlik haqidagi guvohnomasi) asl nusxada qabul qilindi va ularning hujjatlari bazaga kiritilmoqda.
❗ Metrikaning asl nusxasi topshirilmagan o’quvchilarni bazaga kiritishning imkoni yo’q.
Agar farzandingizni Dream Schoolga qabul qildirmoqchi bo’lsangiz, metrikaning asl nusxasini imkon qadar tezroq maktabga olib kelib, ro’yxatdan o’tkazishingizni so’raymiz.
Oldindan hamkorligingiz va mas’uliyatingiz uchun rahmat! 🌸
1 273
Imtihonga tavsiya....
Imtihondan bir kun oldin dam ol, yengil takrorla, yaxshi uxla!!
Tajribalar asosida shuni aytish kerakki, imtihondan oldingi kunda yangi yoki juda murakkab mavzularni o'rganish chalkashlikni oshiradi va o'quvchining o'ziga bo'lgan ishonchini kamaytiradi. Shuning uchun imtihondan bir kun oldin yengilgina takrorlash yoki faqat dam olish tavsiya qilinadi. Shunda miya dam oladi, stress kamayib o'quvchi imtihonda asabiylashmaydi va diqqatni jamlash osonlashadi.
Demak, o'quvchilar BUGUN dam olamiz😊.
Biz DREAM SCHOOL ustozlari hammalaringizni sevamiz. Biz sizlarga ishonamiz. Biz sizlarni katta hayotda qoqilmay yashash uchun bugundan boshlagan harakatlaringizdan mamnunmiz. Ishonamiz, ishonaman va hamma ishonadi SIZ imtihonga TAYYORSIZ!
SIZ UDDALAYSIZ...
DREAM SCHOOL USTOZLARI...
1 273
Repost from Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
#qabul_2026
DIQQAT, E’LON!
🔴 2026/2027-o‘quv yilidan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 2026-yil 1-iyundan 15-iyunga qadar 5-, 6- va 7-sinflarga ariza.piima.uz hamda my.gov.uz platformalari orqali onlayn tarzda amalga oshirildi. Qabul jarayonida maktab-internatga o‘qishga kirish istagini bildirgan talabgorlardan jami 22315 ta ariza kelib tushdi.Prezident maktablarida qo‘llanilayotgan ilg‘or tajriba asosida Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilishning shaffof, adolatli va xolis tizimini joriy etish maqsadida Cambridge Assessment xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 🖌 5–7-sinflar uchun kirish imtihonlari bir bosqichda quyidagi fanlar bo‘yicha o‘tkaziladi: ✅ Matematika fanidan: 🖱️ 16 ta tanqidiy fikrlash (Critical Thinking); 🖱️ 24 ta muammoni yechish (Problem Solving). Jami: 40 ta test savol. ✅ Ingliz tili fanidan: 🖱️ Matn bilan ishlash (Reading component); 🖱️ Grammatika (Grammar component). Jami: 40 ta test savol. Kirish imtihonlari xalqaro standartlar asosida, ochiqlik, adolat va shaffoflik tamoyillariga muvofiq tashkil etiladi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
1 273
⚡️ Hurmatli ota-onalar!
Prezident maktabi imtihonlari boshlandi. To‘lovni hali amalga oshirmagan bo‘lsangiz, bugunning o‘zida yakunlab qo‘yishingizni so‘raymiz.
Farzandingiz imtihonga qarzdorlik bilan emas, duo va xotirjamlik bilan borsin!
📚 Omad barchangizga yor bo‘lsin! 🤲
1 273
Hilolahon yaxshimisiz biz ham qizimizni yutuqlaridan hursand boʻlib sizlarni duo qilyabmiz ilohim Ibn sinoga prezident maktablariga tayyorlayotgan oʻquvchilaringizni hammasi yuqori ballar bn kirib yuzlaringni yorugʻ qilsin shular qatori qizim ham talim berayotgan domlalariga sizga oʻz minnaddorchiligimni bildiraman sogʻ boʻlilar
متاح الآن! بحث تيليغرام 2025 — أهم رؤى العام 
