cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

TOYLOQ.UZ | Rasmiy xabarlar

Kanal orqali Toyloq tumaniga oid eng soʼnggi yangiliklar, voqea-hodisalar, shuningdek, tuman hokimining ish faoliyatidan xabardor boʼlib borishingiz mumkin. Kanaldan ma'lumot ko‘chirilganda manbasi ko‘rsatilishi shart.

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
5 403
المشتركون
+2024 ساعات
+767 أيام
+9030 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

KITOBXON YOSHLAR ISHTIROKIDAGI TADBIRLAR QIZIQARLI O‘TDI Tuman axborot kutubxona markazida 18 mingga yaqin kitob fondi mavjud va bu yerda kitobsevalar mutolaasi uchun barcha qulaylik va shart-sharoitlar yaratilgan. Qolaversa, 142 ta brayl yozuvidagi adabiyotlarning mavjudligi va bu yerda maxsus guruh shakllantirilganligi ko‘zi ojir kitobxonlar uchun ham e’tibor namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda. Yoshlar festivali doirasida kutubxonada "Mutolaa zavqi", "Yangi asar taqdimoti", "Kitobxon ona-kitobxon bola", "Men sevgan asar" davra suhbati, "Kitob bizning do‘stimiz" ovozli o‘qish, yosh shoirlar mushoira kechasi kabi tadbirlar tashkil qilindi. Faol kitobxonlar rag‘batlantirildi.
إظهار الكل...
#Yoshlar_festivali "IKKI AVLOD UCHRASHUVI" - YOSHLARNI YANGI MARRALAR SARI YETAKLADI Toyloq tumanida o‘tkazilayotgan yoshlar festivali doirasida 2-son kasb-hunar maktabida "Ikki avlod uchrashuvi" tashkil qilindi. Unda tumandagi keksa avlod vakillari yoshlarga o‘z hayot yo‘llari, erishgan yutuq va muvaffaqiyatlari, tajribalari haqida so‘zlab berdi. Bugungi yoshlar mamlakatimizning ertangi yorqin istiqbolini belgilashda muhim ahamiyat kasb etishini aytib, ularning baxtli kelajagiga ishonch bildirishdi. A’lochi va faol o‘quvchilar Tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
E’LON Vaqtincha gaz o‘chadi    Gaz quvurlarida texnik-ta’mirlash  ishlarini amalga oshirish maqsadida joriy yilning  25-iyun kuni ertalab soat 8:00 dan 26-iyun kuni kech soat 18:00 gacha Qo‘rg‘oncha, Charog‘bon, Birlik, Qo‘shchinor, Bog‘ichinor, Bog‘izog‘on, Sariosiyo, O‘zbekiston va Yangi Hayot mahallalarida gaz o‘chadi. “Toyloqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi. Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt
إظهار الكل...
YOSHLAR FЕSTIVALI BOLAJONLARGA HAM BIR OLAM QUVONCH BAG'ISHLADI Toyloq tumanida o'tkazilayotgan "Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!" shiori ostidagi yoshlar fеstivali doirasida tumandagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun qug'irchoq tеatri tomoshalari tashkil etildi. 29-son bolalar musiqa va san'at maktabida Samarqand "Mulki turon" qug'irchok tеatri ijodkorlari tomonidan "Sеhrli tosh" tomoshasi namoyish qilindi. Turli ertak qahramonlarning chiqishlari bolajonlarga bir olam quvonch bag'ishladi.
إظهار الكل...
Yoshlarfestivali "Mening qonunim- mening taqdirim" Tuman adliya bo‘limi tomonidan Toyloq Pedagogika kollejida "Mening qonunim- mening taqdirim" tanlovi o'tkazildi. “O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi festival doirasida tashkil etilgan ko‘rik-tanlovda umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari hamda Toyloq Pedagogika kollejining talaba-yoshlaridan iborat 5 ta jamoa ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda qonunchilikka oid bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Berilgan shartlarni aniq va tezkor bajarib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
إظهار الكل...
#Yoshlar_festivali #Toyloq_tumanj Toyloq tumanida “O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi festival tadbirlari davom etmoqda. Ayni damda tumandagi “Yoshlar” istirohat bog‘ida yoshlar uchun ko‘ngilochar o‘yinlar, shoular, shuningdek, sport musobaqalari, qo‘l mehnatlari, rassomchilik, harbiy qurol-aslahalar ko‘rgazmasi,  sog‘lom ovqatlanish va salomatlik burchagi, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi, kitobxonlik kabi tadbirlar tashkil etilgan.
إظهار الكل...
أرشيف المشاركات
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.