ar
Feedback
𝐢𝐲𝐦𝐨𝐧𝐥𝐢_𝐢𝐛𝐫𝐚𝐭𝐥𝐢

𝐢𝐲𝐦𝐨𝐧𝐥𝐢_𝐢𝐛𝐫𝐚𝐭𝐥𝐢

الذهاب إلى القناة على Telegram
1 677
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+57 أيام
-3730 أيام
أرشيف المشاركات
✨🌙 Arafа – mag‘firat va rahmat kuni! 🌙✨ Bu muborak kunda duolaringiz qabul, ibodatlaringiz maqbul bo‘lsin. Alloh taolo barchamizni o‘z rahmatiga olsin! 🤲💖

✨🌙 Арафа – мағфират ва раҳмат куни! 🌙✨ Бу муборак кунда дуоларингиз қабул, ибодатларингиз маqbул бўлсин. Аллоҳ таоло барчамизни ўз раҳматига олсин! 🤲💖

🌸🍃АССАЛАМУ АЛАЙКУМ РАМАЗОННИНГ 29-КУНИ, АРАФА КУНИНГИЗ МУБОРАК!!! 🌙 АРАФА МУБОРАК ҚАДРДОНЛАРИМ!!! Мунаввар тонг тўла нур, Сочилиб барокат дур, Ҳайитга дегандай юр. Хуш келдинг, Арафа кун. Саждалар қабул бўлар, Гуноҳлар буткул ўлар. Инсонлар бахтга тўлар, Хуш келдинг, Арафа кун. Юзни ёруғ қилдирган, Қалбни нурга тўлдирган. Қувончларни илдирган, Хуш келдинг, Арафа кун. Садоқат ҳидоятга, Чақириб ибодатга. Файз ила барокатга, Хуш келдинг, Арафа кун. Райёнларга етаклаб, Дилу-тилларни поклаб. Ой-кунларнинг тез оқлаб, Хуш келдинг, Арафа кун. Сендан бошқа йўқ илоҳ, Қўллагувчисан Аллоҳ. Улуғ кунда тилаб оҳ, Хуш келдинг, Арафа кун.

Har bir hayrli yo‘l sinov bilan boshlanadi. Ammo kim sabr qilsa, Alloh uni huzur va baraka bilan mukofotlaydi..!

Haqiqiy halovat na boylikda, na martabada, balki seni Alloh uchun sevgan qalblarda.🫀

"Qalbingizga taskin istasangiz, bandalarga emas, Robbingizga yuzlaning!"

"Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir!" (Qadr surasi, 3-oyat)

🔹 "Ba’zan yolg‘izlik – qalb uchun eng go‘zal osoyishtalikdir... 🍃" 🔹 "Sokin yolg‘izlik ba’zan qalbga eng chiroyli huzurni baxsh etadi... 🍃"

"Odamlar qilgan yaxshiliklaringizni unutishi mumkin, ammo Alloh ularni abadiy yodda saqlaydi. Ezgulikdan charchamang – mukofotingiz Uning huzurida tayyor."

Alloh bilan bo‘lgan qalb hech qachon yolg‘iz emas, chunki U bandasini tark etmaydi va unga har doim to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadi. ✨

"Allohni faqat bo‘sh vaqtida emas, har lahzada yod etgan qalb haqiqiy saodatga yetadi."🕊️

"Умидни йўқотманг, энг гўзал кунларингиз ҳали олдинда. Албатта, ҳар бир қийинчилик билан бирга осонлик бор. (94:6)"

"Eng qimmat sovg‘alar pul bilan o‘lchanmaydi… Iymon, vafo, ishonch, tushunish va rostgo‘ylik – asl boylik!"

Qalb hech qachon adashmaydi... Ko‘z aldanishi mumkin, quloq eshitganini noto‘g‘ri tushunishi mumkin. Ammo qalb – Alloh tomonidan berilgan eng nozik sezgi. U haqiqiylikni his qiladi, yolg‘onni sezadi. Ba’zan insonlar bir-birini tanimaymiz deb o‘ylaydi, lekin ruhlar oldindan tanish. Zero, ular Alloh huzurida yaratilganida birga bo‘lgan... Shuning uchun qalbga quloq soling. U sizni hech qachon aldamaydi.