cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

📜Mumtoz hikmatlar📜

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

إظهار المزيد
Uzbekistan75 421لم يتم تحديد اللغةالفئة غير محددة
مشاركات الإعلانات
161
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#tavsiya Ey aziz o'quvchi, bilib qo'yki, odam kayfiyatiga qarab yashashni bir chetga otmaguncha chinakamiga Allohga itoat etgan bo'lmaydi. ©️ Imom G'azzoliy @mumtozhikmat
إظهار الكل...
《《《 Allohning 99 go'zal ismi 》》》 ••••••• al-Zorr ••••••• Xohlaganiga zarar qiluvchi. Az-Zorr foyda degan so'zning aksidir. Inson qachon munofiqlik qiladi yoki qachon rioya qiladi yoki qachon qo'rqadi yoki qachon bo'yin egadi yoki qachon tahqirlanadi? Qachonki o'zi kabi bir inson foyda berishi yoki zarar berishi mumkin degan tushunchada bo'lsa, ushbu narsaga yo'liqadi. Ammo foydani ham, zararni ham Alloh beradi degan e'tiqodda bo'lsa, boshini baland ko'tarib, azizlikda yuradi. Barcha quvvat, azizilik va jur'atning sababi Allohdan o'zga foyda beruvchi ham, zarar beruvchi ham yo'q ekaniga iymon keltirishdir. @mumtozhikmat
إظهار الكل...
#hikoyat Bir aʼrobiy Muhammad ibn Ali ibn Husaynga shunday deydi: — Ibodat qilayotganingda Allohni ko'rdingmi? Muhammad ibn Ali: — Men o'zim ko'rmagan zotga ibodat qiluvchilardan emasman. Aʼrobiy: — Qanday ko'rding? Muhammad ibn Ali: — Uni biz tushungan maʼnoda ko'z bilan ko'rilmaydi. Faqat iymon haqiqati orqali yurak bilan ko'riladi. U, bizning sezgilarimiz ila idrok etilmaydi. U insonlarga o'xshamaydi. Alomatlari ila bilinadi, o'ziga xos vasfu sifatlari bor. Taqdir va hukmlarida zulm qilmaydi. Mana shu Allohdir. Koinotda undan boshqa ibodatga loyiq biron zot yo'q. Yeru-osmonning egasidir U. Bu gapni eshitgan aʼrobiy dediki: — Ha, Alloh elchilikni kimga berishni juda yaxshi bilgan zot ekan. 📚 "Mukoshafatul qulub" kitobidan @mumtozhikmat
إظهار الكل...
Borlig'im qudrat qo'lida bo'lgan Allohga qasam ichib aytamanki, men qoboqlarimning har ochilishida, yana bir yopilmasdan burun ruhim Alloh tomonidan olinishi mumkin, deb hisoblayman. Bir yonimga o'girilgan chog'imda, jonim tanimda ekan, yana ikkinchi yonimga o'tirilolmasligim mumkin, deb o'ylayman. Og'zimga bir luqma olganda, uni yutmasdan o'lishim mumkinligiga ham aminman. 📜 Abu Said Hudriy roziyallohu anhu @mumtozhikmat
إظهار الكل...
#hadis Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:" Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: " Agar cho'ri zino qilsayu, zino qilgani aniqlansa, uni darralasin, lekin haqoratlamasin. Ikkinchi marta zino qilsa, uni darralasin, lekin haqoratlamasin. Yana uchinchi marta zino qilsa, jun arqon evaziga bo'lsa ham sotib yuborsin", dedilar". Muttafaqun alayh 📚 " Riyozus solihiyn " kitobidan @mumtozhikmat
إظهار الكل...
Bir kun Yahyo Alayhissalom Iblisga duch kelib qoldi. Yahyo Alayhissalom: — Qanday odamlarni hammadan ko'proq sevasan va qanday odamlar hammadan qo'proq achchig'ingni keltiradi? Iblis: — Hammadan ham yaxshi ko'rganim xasis mo'minlardir, eng ko'p achchig'imni keltiruvchilar saxiy fosiqlardir. Yahyo Alayhissalom: — Nega bunday? Iblis: - Chunki mo'minning xasisligi menga kifoyadir. Holbuki, jo'mard fosiqqa kelsak, men uni Alloh, jo'mardligi tufayli, afv etib yuborishidan qo'rqaman. Iblis shularni aytib yana yo'lga tusharkan, o'z gapiga shularni ilova qildi: - Sen Yahyo bo'lmasayding senga xabar bermas edim. 📚 "Mukoshafatul qulub" asaridan @mumtozhikmat
إظهار الكل...
#tavsiya Doimo harakatda bo'lish kerak. Chunki to'xtaganni o'tirgisi keladi. O'tirganni yotgisi keladi. Yotganni esa uyqusi keladi. 📜 Al- Xorazmiy @mumtozhikmat
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.