cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

NORINOV O'QUV MARKAZI

Aql tarozisida tortib ko'rilmagan har qanday bilim Asossizdir! Manzil:Namangan viloyati Kosonsoy tumani Qoqumboy qishlog'i Savol va takliflar bo'lsa murojat uchun: Tel. +998972176656 Norinov Akramjon Telegram: @AkramjonNorinov

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
992
المشتركون
-1124 ساعات
-457 أيام
-7130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Kirish imtihonlari 14 — 28-iyul sanalarida bo'lib o'tadi. ➖➖➖ 14-iyulda (2 smenada ham) bo'lajak huquqshunoslar imtihonni boshlab berishi kutilmoqda. ➖➖➖ Imtihonlar 28-iyulda yakunlanadi hamda 30-iyuldan boshlab 15 kun yo'nalish tanlash imkoniyati yaratiladi. 13-avgustda (shu kuni ham tanlash mumkin bo'ladi) ushbu muddat yakunlanadi. ➖➖➖ Keyin 7 kunlik muddatdan so'ng mandat hisoblanadi hamda 21-22-avguvstda mandat e'lon qilinadi. Telegram | Instagram
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Rasman: 2000 ta Grant uchun qizlarga tavsiyanoma berish boshlandi — Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida ajratiladigan o‘rinlar uchun tavsiyanoma olish maqsadida talabgorlardan arizalar 30-maydan 8-iyunga qadar https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. ❓Tavsiyanoma kimlarga beriladi? • Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga; • Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga; • Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga; • 14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga; Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga; • Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga. ❓ Tavsiyanoma egalariga qachon yetkaziladi? Arizalar 10-iyungacha ko‘rib chiqiladi va 14-iyungacha elektron shaklda tayyor qilinadi. 15-iyungacha tavsiyanomaga loyiq ko‘rilgan hamma talabgorga o‘z tavsiyanomasi yetkaziladi.
إظهار الكل...
👍 2
Abituriyentlar uchun muhim – qabulda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi? ✅ 2024-yildan boshlab oliy ta’lim muassasalariga va professional ta’lim muassasalariga qabul yangi tartib asosida amalga oshiriladi. 📱 Abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) amalga oshiriladi. 📝 Davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi. ▶️ Qabuldagi o‘zgarishlar to‘g‘risida Kun.uz tomonidan Bilimlarni baholash agentligi mutaxassisi bilan o‘tkazilgan suhbat orqali batafsil tanishish mumkin. 📹 VIDEONI TOMOSHA QILISH ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
Bu yil OTM va texnikumlarning imtihoni birgalikda bo'ladi - Bilimlarni baholash agentligi

Bilimlarni baholash agentligi mas'ul xodimi Jamshidbek Odilov Kun.uz'ga bergan intervyusida bu yilgi qabulda abituriyentlarni qanday yangiliklar kutayotgani haqida ma'lumot berdi. Rasmiy vebsayt: htt p://kun.uz Telegram kanalimiz:

https://telegram.me/kunuzofficial

Facebook`da kuzating:

https://www.facebook.com/kunuznews

Twitter`da kuzating:

https://twitter

.com/KunUzNews Instagram`da kuzating:

https://www.instagram.com/kun.uz

OK.ru`da kuzating: http://ok.ru/kunuznews VKontakte`da kuzating:

https://vk.com/kun_uz

TikTok`da kuzating:

https://www.tiktok.com/@kunuznews

‼️Qabul boshlanishiga 6 kun qoldi #abituriyent Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yilda ilk marta qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi; Ya’ni birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi. "Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim" degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi. ✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi. 2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaychi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi. ❓O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi? Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
Olimlardan biri aytadi : "Uyaladigan va kibr qiladigan odam ilm o'rganolmaydi" 🪴 Sahihi Buxoriy Uyalish - dars vaqtida bilmagan yoki tushunmagan narsani so'rashda bo'ladi . Kibr - "shundan ham so'raymanmi ? " yoki "shuni ham so'raymanmi ?" qabilidagi fikrlar orqali bo'ladi . https://t.me/Biologiya_kimyo_dtm_sertifikat
إظهار الكل...
NORINOV O'QUV MARKAZI

Aql tarozisida tortib ko'rilmagan har qanday bilim Asossizdir! Manzil:Namangan viloyati Kosonsoy tumani Qoqumboy qishlog'i Savol va takliflar bo'lsa murojat uchun: Tel. +998972176656 Norinov Akramjon Telegram: @AkramjonNorinov

Kelajakda doktorlarning bemorlariga yozadigan retsepti musulmonlarning o'qigan namozi va tutgan roʻzasi bo'ladi. ©️Jorj Bernard Shou
إظهار الكل...
1 1
💠Freon topish uchun💠 1)O'ng tomondan birinchisi son ftor atomlari sonini korsatadi. 2)O'ng tomondan 2-chi son vodorod atomlar sonini bildirib kodda 1 qo'shib yozilgan bo'ladi, formula chiqarishda 1ni ayirib tashlanadi. 3)O'ng tomondan 3-chi son doim uglerod atomlar sonini korsatadi va formula chiqarishda shu songa 1 qo'shib yoziladi. 4)xlor atomlari soni C valentligidan ftor va vodorod atomlar sonini ayirib topiladi.Freon -242 uchun quyidagicha bo'ladi: 1)O'ng tomondan birinchisi son ftor atomlar soni dedik demak F2 2) O'ng tomondan 2-chi son vodorod atomlar soni dedik va undan 1 ni ayirishimiz kerak 4-1=3 ta H bor 3) O'ng tomondan 3-chi son doim uglerod atomlar sonini korsatadi va unga 1 ni qoshamiz 2+1=3 C Demak: H F Cl | | | H-C--C--C---Cl | | | H F Cl
إظهار الكل...
Talaba boʻlmoqchimisiz, unda, albatta, oʻqing! Abituriyent - bu hayotini oʻzgartirish uchun yoʻlga chiqqan shaxs. Hamma ham odam boʻlib tugʻiladi, ammo kimdir inson boʻlib, kimdir odamligicha vafot etadi. Dunyoda birovga yomonlik qilmasdan yashaganing sening yaxshi inson ekanligingdan dalolat emas. Agar hamma narsaga loqayd boʻlsang, faqat oʻzingni oʻylasang, dangasa, tanbal boʻlsang va hech boʻlmasa, bir marta hayotingni oʻzgartirishga urunib koʻrmasang, insonlikka daʼvo qilma. Inson uchun doimo harakatda boʻlmoq - tiriklikning belgisi. ☝️Sen bugundan abituriyentsan, bu degani talabalik tomon yoʻl olding. Demak, sen hayotingni oʻzgartirishni xohlaysan. Shunday ekan, quyidagilarni yodda tut: Hech qachon vaqtim yoʻq dema! – Hohish boʻlsa, vaqt topiladi. Dunyoni boshqarayotgan mashhurlarning sutkasi senikidan ortiq emas. Hech qachon eslab qololmayman dema! — Inson istasa, hammasini yodda saqlaydi, Alloh senga bergan xotiraga shubha qilma. Xotirangni boʻysundir. Hech qachon tushunmayman dema! — Dunyoda tushunish qobilyati va ong berilgan yagona tirik jon sensan.
إظهار الكل...
👩‍💻 O‘qishga aql bilan yondashing! Kirish imtihonlariga tayyorgarlik vaqtida katta hajmdagi axborotlar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi, tabiiyki, bu paytda organizm charchaydi. Tayyorgarlik vaqtida qiynalib qolmaslik uchun tanaffus qilib turishni ham unutmang. Har 40-50 daqiqada 10-15 daqiqa dam olish tinimsiz 8 soat o‘qigandan ko‘proq foyda beradi. O‘qigan narsalarni esga olib turish ham kerak: dastlab mavzuni o‘qigandan 15-20 daqiqadan keyin bir esga oling, 8-9 soatdan keyin takrorlang, bir sutkadan keyin yana eslang. Har bir takrorlashda xatolarga diqqat qarating va ularni tahlil qiling. Biror ma'lumotni 2-3 daqiqa davomida eslashga urinib ko‘ring, eslolmasangiz, kitobni ochib, o‘qib ko‘ring.
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Yaqinda "Ma’rifat" gazetasi 25-may munosabati bilan maktabni bitirayotgan o‘quvchilarga tilaklar yozib berishimni so‘ragandi. O‘sha tilaklarni bu yerda ham e’lon qilmoqchiman: Hurmatli bitiruvchi uka-singillarim! Sizga qandaydir balandparvoz tilaklar, katta marralarni egallash yo‘lidagi vazifalar aytishni istamayman. Osmondagi oyni olib bering, Vataningiz uchun joningizni fido qiling, butun dunyoga mashhur daho bo‘ling, deya mushkul topshiriq berish niyatim ham yo‘q. Bunday gaplar, aksincha, sizga ortiqcha bosim yuklaydi. O‘zingizni xuddi katta ajdarho bilan jangga ketayotgan Kenja botirdek tasavvur qilishingizni xohlamayman. Siz bilan hech qanday g‘ayrioddiy hodisa sodir bo‘layotgani yo‘q. Shunchaki yashashda davom etyapsiz va katta hayotning bir bosqichini tugatib, keyingisiga o‘tyapsiz, xolos. Bu xuddi bog‘chani tugatib, maktabga chiqishdek oddiy gap. Sizga yagona tilagim, o‘zingiz uchun hayotdan zavqlanib yashang. Qachon zavqlanasiz? Qachonki har kuni o‘zingiz uchun yangi ma’lumotlar kashf qilganingizda. Qachonki o‘zingizni kundan kunga bilimli bo‘lib ketayotganingizni his qilganingizda. Qachonki egallagan bilimlaringizni amaliyotda qo‘llab, odamlarga foyda keltirishni boshlaganingizda. Qachonki sizning bilimlaringizdan foyda topgan insonlar sizga, ota-onangizga, ustozlaringizga ko‘pdan ko‘p rahmat aytishganida. Qachonki bilimlaringiz ortidan o‘zingiz sevgan ishga joylashib, yaxshi daromad olganingizda. Ko‘ryapsizmi, bir qarashda zavqli hayot formulasi juda oddiy. Bilim olsangiz, til o‘rgansangiz bo‘ldi, qolgani o‘z navbati bilan kelaveradi. Sizlarga omad va baxt tilab, Xushnudbek. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...