cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

O'zDXA yoshlari | Rasmiy kanal

O'zbekiston davlat xoregrafiya akademiyasi Yoshlari rasmiy kanali. #raqs_dunyosi #qiziqarli_malumotlar #motivatsiya #talabalar_hayoti #fan_va_talim #Őzbekiston_yangiliklari #hazillar

إظهار المزيد
Uzbekistan28 664لم يتم تحديد اللغةالتعليم69 001
مشاركات الإعلانات
195
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Joriy yilning 24-26 oktyabr kunlari Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumani "Yoshlar oromgohi"da Respublika miqyosida OTM etakchilari forumi o'tkazildi. Ushbu forumda O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Yoshlar yetakchisi Kamola Sadullayeva fa’ol ishtirok etdi. Forumning yakunida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlisi Senatining eng yosh a'zosi. Hozirda Yoshlar ishlari agentligi direktori. Mehnat shuhrati ordeni sohibi Alisher Sa'dullayev bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. 👉@uzdxa_official
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
💫 Kelajak uchun kelajak kasblaridan biri SMM kurslariga qabul boshlandi. 15 takam chala SMM(shik)larning kurslaridan farqli oʻlaroq biz sizga. 🔸 Qanday qilib ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizni doimiy daromad manbaiga aylantirish 🔸 Kontent rejalar tuzish va sozlamalar bilan toʻgʻri ishlash 🔸 Statistika bilan ishlash, sahifalarni kuzatish va mijozga toʻgʻri taklif berish 🔸 Sizning mijozingizga reklamangiz toʻgʻri yetib borishi uchun toʻgʻri target yoqish Eng muhimi oʻzingiz va biznesingiz uchunl kerakli boʻlgan bundanda koʻproq bilimlarni oʻrgatamiz. 💵 Kurs uchun umumiy narx 1.500.000 soʻmni tashkil qiladi. 🥳 Lekin aynan siz uchun Toshkent kasb hunar va tadbirkorlik akademiyasi homiyligi ostida kurs bepul taqdim etiladi.
إظهار الكل...
Repost from Manaviyat.edu.uz
01:23
Video unavailableShow in Telegram
🎙 Talabalarni ovoz yozish audiostudiyasiga taklif qilamiz! Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ma’naviy yuksalishiga koʻmaklashish markazida ovoz yozish audiostudiyasi oʻz faoliyatini boshlaganligini maʼlum qilamiz. 🎓 Barcha talabalar ushbu ovoz yozish studiyasidan oʻqishdan boʻsh vaqtlarida, bepul foydalanishlari mumkin. Siz audiostudiyada sheʼr, qoʻshiq, hikoya va shu kabi ijod mahsullaringizni sifatli formatda yozish imkoniga ega bo'lasiz. 👉 Qiziquvchan barcha talabalarni loyiha guruhiga taklif qilamiz: https://t.me/joinchat/27rCZ3VNte9lY2Uy 📌 Ha aytgancha, audiostudiyamiz Toshkent shahri, Talabalar shaharchasi, Ziyo Forum binosi 2-qavatida joylashgan. 👉 Manzilni Google xaritadan koʻrish 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
إظهار الكل...
Audio studio.mp46.19 MB
👉 Audiostudiya guruhiga qo'shilish 👈
Repost from Grantlar.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Rossiya: Zamonaviy musulmon madaniyati boʻyicha xalqaro yoshlar festivali; barcha xarajatlar qoplanadi! 2022-yil 25-30-oktabr kuni Qozon shahrida boʻlib oʻtadigan bu festivalga 18-35 yoshli nomzodlar ariza topshirishi mumkin. Arizalar quyidagi kategoriyalar boʻyicha qabul qilinadi: – Teatr va original janr – Xoreografiya – Musiqa – Nafis sanʼat – Kino Imtiyozlari: – Safar xarajatlari qoplanadi – Turar joy va boshqa xarajatlar qoplanadi – Sertifikat beriladi Arizalar 2022-yil 25-sentabrgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/international-youth-festival-of-modern-muslim-culture/ @grantlar
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#bilasizmi 🗓 14-sentabr - O‘zbekiston Respublikasi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kun! Qonunga muvofiq, Yoshlar (yosh fuqarolar) — o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar hisoblanadi. ✍️ Yoshlarga oid davlat siyosati — davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi. 👦🏻👩🏻 Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, yoshlarning huquqlari va erkinliklarini biror bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi hamda bunday cheklash qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. ✅ Yoshlarimiz uchun bugungi kunda barcha shart-sharoitlarni yaratishga Davlat darajasida ahamiyat qaratilgan va buning natijasida kelajagimiz egalari dunyoda eng kuchli ekanliklarini ko‘rsatishlariga ishonamiz! Bugungi kun muborak, qadrli yoshlar! Bizning sahifalarimiz: 👉 @yoshlaragentligiInstagramFacebookYouTube
إظهار الكل...
#tiffest2022 ❗️Kinematografiya agentligi tanlov e'lon qiladi Kinematografiya agentligi “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida yutuqli fototanlovga start beradi. Tanlov Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida o'tkaziladi. 🟦Facebook 15-sentabr kuni kinofestivalning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi (facebook.com/tiffest.official) rasmiy sahifasi orqali fotoalbom yaratiladi. Unda “Eng yaxshi ayol” va “Eng yaxshi erkak” nominatsiyalari uchun ovoz berish boshlanadi. G‘oliblarni siz, ya'ni kinofestivalning rasmiy sahifasi obunachilari tanlaysiz! Eng ko'p “like” to'plagan ikkita fotosurat g'olib bo'ladi. Ovoz berish 18-sentabr soat 12:00 da to‘xtatiladi. 🟥Instagram Instagram ijtomoiy tarmog'ida tanlov 13-sentabrdan 18-sentabrga qadar davom etadi. Tanlov ishtirokchilari mualliflik suratlarini o‘z shaxsiy sahifalarida #tiffest2022 yagona tanlov heshtegi ostida joylashtirishlari lozim. Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo'yicha o'tkaziladi: — "Eng yaxshi ayol roli uchun" – “Miss #tiffest2022” (Facebook); — Eng yaxshi erkak roli uchun" – “Mister #tiffest2022” (Facebook); — Kinofestival ishtirokchisi tomonidan yaratilgan eng yaxshi fotosurat (Instagram). Barcha tanlov fotosuratlari Kinochilar uyidagi ekranlarning birida namoyish etiladi. G‘oliblarni taqdirlash marosimi 18-sentabr kuni kinofestivalning yopilish marosimi doirasida bo‘lib o‘tadi. Eslatib o'tamiz, kinofestivalning eng yorqin lahzalarini Facebook.com/tiffest.official va Instagram @tiffest_official rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin!
إظهار الكل...
Tanlov

04:17
Video unavailableShow in Telegram
“Kitobxon yoshlar” tanlovida qatnashing va planshet, smartfon yoki bir talay kitoblar yutib oling! 📚 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi hamda "Qamar" kitoblar doʻkoni hamkorlikda “Kitobxon yoshlar” onlayn kitobxonlik tanlovini eʼlon qiladi. ☝️ Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali toʻliq roʻyxatdan oʻtib, 27-sentabrga qadar 4 ta kitobni oʻqishlari kerak boʻladi. 🏆 Tanlov gʻoliblari diplom va sertifikatlar bilan birga qimmatbaho sovgʻalar bilan ham taqdirlanadi: 🔹1-oʻrin: Galaxy Tab A8 planshet; 🔹2-oʻrin: RedMi Note 11 smartfon; 🔹3-oʻrin: Mi Band 6 smartwatch; 🔹4-10-oʻrinlar: 10 tadan kitoblar toʻplami; 🔹11-20-oʻrinlar: 5 tadan kitoblar toʻplami; 🔹21-50-oʻrinlar: 3 tadan kitoblar toʻplami; 📲 Tanlov haqida batafsil videolavhada tushuntirib o‘tilgan. 📌 Tanlov nizomi bilan tanishish
إظهار الكل...
Sequence 01_1 (1).mp417.30 MB
Kuni kecha O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tyutori Hamidjon Ro‘ziboev va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining yoshlar yetakchisi Kamola Sadullaevalar boshchiligida akademiyaning birinchi bosqich talabalari uchun Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga ekskursiya uyushtirildi. Talabalar milliy me’moriy an’analar asosida barpo etilgan, uchta zal va o‘n bo‘limdan iborat muzeyda Chor va sho‘ro mustamlakachilik davrining fojiali manzaralari, O‘rta Osiyoning Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi va bunga qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonlaridan tortib o‘tgan asrning 30-yillari boshlarida ro‘y bergan siyosiy qatag‘onlargacha bo‘lgan voqealar, 1937-1938, 1940-1950 yillardagi siyosiy qatag‘onlar hamda 80-yillardagi “paxta ishi” haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar. Mazkur ekskursiya talabalarda sobiq sho‘rolar davrida nohaq qatag‘on qilingan ma’rifatparvar ajdodlarimiz xotirasini yod etish, qatag‘on qurbonlari uchun barpo etilgan yodgorliklar hamda ular yaratgan nodir adabiyotlar jamlanmasi bilan yaqindan tanishish hamda qatag‘on qurbonlariga bag‘ishlangan ijodiy ishlar yaratish istagi uyg‘onishiga sabab bo‘ldi. 👉@uzdxa_official
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.