cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

𝕊𝕒𝕒𝕓𝕚𝕝𝕒𝕙

Misrdan lavhalar, Qur'onga oid maslahatlar. Barchasi omonat! 📍Egypt, Cairo 🇪🇬 Havola: @saabilah Murojaat uchun: @saabilah_bot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
870
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-77 أيام
-730 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Yana quyib yubordi.) Do'l yoki qor yog'dimi bilib bo'lmadi, ammo sof yomg'ir ham emasdi.
إظهار الكل...
🍓 23
00:10
Video unavailable
video.mp41.21 MB
🍓 17
  • 00:05
    Video unavailable
  • 00:23
    Video unavailable
🌧️🇪🇬 Bugun bizda qattiq yomg'ir yog'di... Alhamdulillah. Kunlar sovuq.
إظهار الكل...
IMG_2793.MOV1.65 MB
IMG_2792.MOV8.39 MB
🍓 9
  • Photo unavailable
  • 00:08
    Video unavailable
📍Qohira. Dream park.
إظهار الكل...
IMG_1246.MOV2.66 MB
🍓 19
💡 Men sinab kòrgan eng yaxshi takrorlash usullardan biri. Yodlab bòlgandan sòng, unutmaslik uchun darhol takrorlash kerak. Avval yoddan, keyin kitobga qarab, shu ketma-ketlikda takrorlashingiz kerak. Masalan: Avval yoddan 2-3 marta, kitobga qarab 1-2 marta òqing. Yana yoddan 2-3 marta va kitobga qarab 1-3 marta va hokazo. Yoki avval yoddan 5-6 marta, keyin kitobga qarab 4 marta, yana 5-6 marta yoddan, keyin kitobdan 3-4 marta. Bu usulni òzingiz uchun moslashingiz hamda osonroq va qulay qilib takrorlashingiz mumkin. Asosiysi, yoddan takrorlashning soni kitobga qarab òqishdan kòra kòproq bòlishi kerak. Taxminan 60-70% xotiradan, qolgani esa kitobdan. Kitobga qarab faqatgina yoddan tòğri òqidingizmi yoki yòqligini tekshirish va xatolarni darhol tuzatish maqsadida òqiysiz. Qur'onning har bir surasi va sahifasi bir-biridan farq qilgani uchun uni kòp yoki kam marta òqing demayapman. Bugun oson bòlgan bòlsa, ertaga qiyin bòlishi mumkin. Shuning uchun, dars xotirangizda mustahkam òrnatilganligini tushunmaguningizcha, yoddan va kitobga qarab takrorlashni qaytaravering. Chunki ba'zilarning saviyasi kòproq takrorlashni talab qiladi, boshqalarniki esa kamroq. Shuning uchun men ushbu va shunga òxshash usullarga qarshiman: "100 marta òqing, shunda yodlagan bòlasiz." Ehtimol, kimdir yodlashi uchun 200 marta òqisa ham yetarli emas, kimdir uchun esa 50 marta juda kòp.. ©saabilah
إظهار الكل...
🍓 12
#Quronga_oid
Qur'onning takrorini qanday mustahkam qilish mumkin?
Sizning har bir sahifani mus'hafsiz eslab, istalgan joydan bemalol tilovat qilishingiz mumkin bòlgan paytingiz Qur'on takrori deyiladi. Ushbu darajaga erishish uchun siz muroja'aning (takrorlashning) kòp bosqichlaridan òtishingiz kerak. Agar siz Qur'onni kuchli takrorlash bilan yodlasangiz, uni osongina unutib qòymaysiz. Men oldin ustozim shogirdlarining takrorlash sonini taxminan hisoblab chiqqan edim. Sizningcha, qanday son chiqdi deb òylaysiz? Bu son har bir sahifadan 1000 martaga yetgandi. Bu takrorning òzi edi xolos va mana shuni haqiqiy takrorlash deb atash mumkin. Ular har kuni bir necha yil davomida yodlagan barcha juzlarini takrorlab, tilovat qilib berishardi. Va aynan shunday takrorlash uzoq vaqt davomida xotirada saqlanib turadi. Ya'ni, bir necha oy òtsa ham unutib qòymaysiz. Albatta, unutmaslik uchun takrorlab turish kerak. Agar kimdir takrorlashsiz yodlasa, tabiiy ravishda doim unutib qòyib, yoddan tilovat qilishda tutilib qoladi. Va har safar yodlayotganida ichida "yana unutib qòyaman" degan qòrquv bòladi. Muammo shundaki, siz Qur'oningizni kòp takrorlamaysiz va kuniga 2-3 soat tilovat qilib, bu siz uchun yetarli bòldi deb hisoblab, yangi varaqlarga òtib ketasiz. "1000 marta" - bu son shogirtlarning har kuni faqat 1 marta yoddan òqiganlarining soni. Men mus'hafga qarab òqishi kerak bòlgan vaqtlarini hisoblamaganman, chunki 1 soat ichida eng kami 40-50 marta òqish kerak bòladi. Ular har kuni takrorlash uchun 10-15 soat vaqt sarflashardi. Hatto shunday vaqt bilan ham, ular uchun Qur'onning takrorini mustahkam qila olish qiyin edi. Endi siz qarang, Qur'onga qancha vaqt ajratasiz. Keyin sizda zaif takrorlash ortidan yoki Qur'onni yodlab, uni tez unutib qòyishingizdan shikoyat qilasiz.
إظهار الكل...
🍓 17💔 4
sticker.webp0.08 KB
🍓 3
Alhamdulillah, ikki sahifamni tartiblab oldim. Buyog'iga yangi postlar kuting.
إظهار الكل...
🍓 27
📌 Darsimni yodladimmi yoki yòqmi, qanday bilsam bòladi? Yodlash jarayonini takrorlashdan ajratish muhimdir. Lekin kòpchilik buni qilmaydi, chunki ular darsni "300 marta" òqib bòlgach, ushbu songa yetganda yodladim deb aytadilar. Garchi ular hatto yuzinchi òqishda yodlagan bòlsalar ham, buni bilishmaydi. Shu bilan birga, yodlaganingizdan sòng, siz buni boshqalarga gòyoki sinalgan usul deb tavsiya qilishingiz ortidan, ularda darsni 300-400 marta òqigandan keyingina òrganamiz degan hayol shakllanadi. Umuman olganda, yodlash va takrorlashni bir-biridan ajratib olish muhim, shundagina qachon yodlaganini va qachon takrorlash kerakligini tushunib yetadi. * Bu faqat Qur'onga taalluqli tavsiya emas, boshqa darsliklar uchun ham qòllasa bòladi. Yodlaganlaringizni xatosiz va tutilmasdan aytib berganingizdagina darslikni haqiqatan yodlagan bòlasiz. Agar aksi bòlsa, demak siz hali yetarlicha darsni yodlamagansiz. Xatolarsiz va tutilishlarsiz yodlab, aytib berolsangiz, uni takrorini boshlashingiz mumkin. ©saabilah
إظهار الكل...
🍓 10💔 2
sticker.webp0.15 KB
🍓 3
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.