cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

RTM | Ijtimoiy va Amaliy fanlar | Rasmiy kanal

©️MMTV huzuridagi Respublika ta'lim markazi 🌐YouTube🔴https://youtube.com/@edurtm_uz 📥Biz bilan bog'lanish➡️ @rtm_hamkorbot@RTMdarsliklar_bot 👈🏻Ushbu bot Respublika ta'lim markazi tomonidan yaratilgan

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
5 404
المشتركون
+1324 ساعات
+1327 أيام
-3330 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

📣 Metodik ishlari viloyat miqyosida ommalashtirilib, Respublika miqyosiga tavsiya etilgan pedagoglar diqqatiga! ➡️ Metodik ishlari Respublika bosqichiga tavsiya qilingan talabgorlar joriy yilning 1-7-iyun kunlari onlayn ravishda zoom orqali taqdimotini himoya qilishlari kerak boʻladi. 📝 Taqdimot qilish uchun 75-80 ball oraligʻida baholangan pedagoglarga ruxsat beriladi. Pedagoglarning Respublika bosqichiga tavsiya etilgan ishlari Respublika taʼlim markazi Ilmiy-metodik kengashining ekspertlar guruhi tomonidan tekshirilmoqda. 🌐 Taqdimot onlayn ravishda Zoom platformasi orqali viloyat markazida joylashgan hududiy Metodik xizmat koʻrsatish bo'limlarida tashkillashtiriladi. 🏢 Toshkent shahar Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining Oʻquv metodik kengashi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar Respublika taʼlim markazida oflayn taqdimot oʻtkazadi. Keyingi postlarda taqdimotga qoʻyilgan talablar haqida maʼlumotlar berib boramiz. Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇 Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
إظهار الكل...
👍 6👏 1🎉 1
Hurmatli Pedagoglar! Ommalashtirish.uz platformasida viloyat miqyosida ommalashtirilgan hamda Respublika miqyosiga tavsiya etilgan metodik ishlar natijalari e'lon qilindi. Baholangan metodik ishlaridan norozi bo'lgan pedagoglar joriy yilning 29-may soat 19-00 dan 31-may 19-00 ga qadar shaxsiy kabinetingiz orqali ariza qoldirishingiz mumkin. Ushbu arizalar tegishli viloyatlarda tashkil etilgan apellyatsiya kengashlari tomonidan ko'rib chiqiladi va javob beriladi. Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇 Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
إظهار الكل...
#Qonunchilikdagi_yangilikalar ⚖️ Huquq fani ustozlari uchun quvonarli yangilik... Prezident Farmoni (PF-80-son, 24.05.2024-y.) qabul qilindi. 🏫 maktablarda 2024/2025 o'quv yilidan: 🌐Adliya vazirligining maxsus elektron platformasi orqali huquq fani oʻqituvchilarining kasbiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borish hamda ularni metodik taʼminlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi; 🔹oʻquvchilar oʻrtasida “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi, huquq fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Eng yaxshi huquq oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovi oʻtkazib boriladi; 🔹maktab oʻquvchilarining huquqiy bilimlarni mustaqil oʻzlashtirishiga qaratilgan koʻrgazmali oʻquv qoʻllanmalari, videoroliklar, kompyuter oʻyinlari va mobil ilovalar yaratiladi; 🔹maktablarda “Huquq sinfi” va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab-litsey-texnikum-universitet” tizimini joriy etish. Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇 Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
إظهار الكل...
RTM | Ijtimoiy va Amaliy fanlar | Rasmiy kanal

©️MMTV huzuridagi Respublika ta'lim markazi 🌐YouTube🔴

https://youtube.com/@edurtm_uz

📥Biz bilan bog'lanish➡️ @rtm_hamkorbot ✅ @RTMdarsliklar_bot 👈🏻Ushbu bot Respublika ta'lim markazi tomonidan yaratilgan

👍 21🔥 3👏 1
Оммалаштириш бўйича Республика босқичига тавсия этилган методик ишлар учун қилинадиган тақдимотларни баҳолаш мезони 2024 йил май https://t.me/talimxujjatlari
إظهار الكل...
👍 4🤝 1
ММТВ нинг 2024-йил 21-майдаги 04-27-1126- сонли хати "Сўнгги қўнғироқ" сценарийси https://t.me/talimxujjatlari
إظهار الكل...
👍 1
04:48
Video unavailableShow in Telegram
#Õzbekiston_tarixi #19_dars 📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor. ✅ Navbatdagi videodars "Saljuqiylar" mavzusiga bagʻishlanadi. ❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda o‘rta asrlarda Saljuqiylar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti aks ettiriladi. ➖ Davomi bor...
إظهار الكل...
👍 3🤝 2
Photo unavailableShow in Telegram
#ONLAYN_TAʼLIM Hurmatli ustozlar! 📉Sizlarni Zoom dasturi orqali ta’limga oid dolzarb mavzuda onlayn vebinarga taklif etamiz! 🖥Vebinar mavzusi: Umumta'lim maktablarida ijtimoiy fanlarni o'qitishda darslarni samarali tashkil etish ⏰O'tkazish vaqti: 2024-yil 22-may soat 10:00 -12:00 📥Vebinarga kirish: https://us05web.zoom.us/j/85414557256?pwd=dklkz9US1CYTgv26hRvBVS57payifB.1 Vebinar havolasi ID: 854 1455 7256 Kod: 12345 Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi matbuot xizmati 👇👇👇 Telegram|Facebook|Website|Youtube
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#seminar 📝Respublika ta'lim markazi va Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi hamkorlikda "Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari" mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. ⚖️ Seminar davomida tinglovchilarga: - korrupsiya va uning asosiy ko'rinishlari; - korrupsiyaning jamiyat uchun xavfi; - korrupsiyasiz ta'lim; - maktab darslik va o‘quv dasturlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ko'nikmalarining yoritilishi kabi mavzularda ma'lumotlar berildi. ✅ Ma'sul xodimlardan Respublika ta’lim markazi Davlat va huquq asoslari fani metodisti - Oybek Shernayev, Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi metodik xizmat bo‘limi metodisti - Lola Oynazarova mavzu bo'yicha yondashuvlarini tushuntirib berdi. Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇 Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
إظهار الكل...
👍 5👏 2🎉 1🤝 1
#seminar 📝Respublika ta'lim markazi va Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi hamkorlikda "Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari" mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. ⚖️ Seminar davomida tinglovchilarga: - korrupsiya va uning asosiy ko'rinishlari; - korrupsiyaning jamiyat uchun xavfi; - korrupsiyasiz ta'lim; - maktab darslik va o‘quv dasturlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ko'nikmalarining yoritilishi kabi mavzularda ma'lumotlar berildi. ✅ Ma'sul xodimlardan Respublika ta’lim markazi Davlat va huquq asoslari fani metodisti - Oybek Shernayev, Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi metodik xizmat bo‘limi metodisti - Lola Oynazarova mavzu bo'yicha yondashuvlarini tushuntirib berdi. Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇 Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
إظهار الكل...
⚡️Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar aniqlandi Avval xabar qilinganidek, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida mehnat qilayotgan, oʻquvchilari yuqori natijalarga erishgan, oʻz ustida doimiy ishlaydigan, oʻz oʻqitish uslubiga ega malakali pedagoglarga Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama belgilash maqsadida ikki bosqichli tanlov jarayonlari oʻtkazildi. ❗️ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar roʻyxati tasdiqlandi. 👉 Unga koʻra, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan 1 005 nafar malakali pedagog kadrlarga 2024-yil may oyidan 2025-yil yanvar oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdori (hozirda 5 775 000 soʻm)da har oylik ustama toʻlab boriladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
👍 9🤝 1