cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

KitobHouse | Bookblog

📚 Dunyo kitoblari 📚 📚 Kitoblar dunyosi 📚 Inst: instagram.com/kitobhouse Murojaat uchun: @SharifovIlhom

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
392
المشتركون
+1024 ساعات
+307 أيام
+3630 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

​​#mutolaaxona Odatda elektron va audio kitoblar bilan unchalik chiqisha olmasdim, baribir haqiqiy kitobni his qilib o'qish boshqa, hidi, varoqlari ochilishi sevgi. Lekin ba'zi nashr qilinmayotgan kitoblarni topish muammo, qachondir ko'rib qolsangiz yoningizda shu vaqtda pul bo'lmasa, muzqaymoq ololmagan boladek mo'ltirlab ketasiz. Demak zamonaviy kitob toifalaridan ham foydalanib turish kerak. "Mutolaa" ilovasi haqida eshitgan bo'lsangiz kerak, foydalanib ko'rganlar ham ko'p. Har birimiz avtobus va metroda xohlamasak ham telefondan foydalanib ketamiz, bu qandaydir odat bo'lib, qo'l ketib qolaveradi. Shu payt, o'zingizda "kuch" topib "Mutolaa"ga kirib olsangiz, qisqa safardan ham unumli foydalanib olishingiz mumkin. Bugun yo'limda fantast yozuvchi Ayzek Azimovning "Fazodagi mojaro" qisqa hikoyasini o'qib keldim. Bu yozuvchi kitoblarini anchadan buyon qidirib yurardim, ayni muddao bo'ldi. Endi audio kitoblarga o'rganish uchun quloqchin olsam, olam guliston. Bu ilovadan foydalanib ko'rdingizmi? Qaysi kitoblarni o'qib yoki eshitib bo'ldingiz? @kitobhouse
إظهار الكل...

🎉 4👍 1
إظهار الكل...
​​#youtube Youtube uchun ssenariy oyni boshida tayyor bo'lgandi. Uni olib chiqish uchun ozgina mablag' kerak. Oddiyroq olib chiqqani ssenariy va mavzuni qizg'anaman. Ba'zida mukammalikka intilish ham yaxshi emasdek, lekin "bitta bo'lsin, zo'r bo'lsin". Ozmi-ko'pmi instagram havosidan nafas olib ko'rdim, tarmoqdagi harakatlarim natijasi endi bu tarmoqdan boshqasiga o'tishim kerak deganimda chiqib kelyapti. Instagramda unchalik taniqli bo'lmagandirman, lekin o'zim uchun isbotlashim kerak bo'lgan hammasini qildim. Raqamlardan keyin "K" yozilgan videolar chiqdi, xohlasam hozir ham bunga salohiyatim yetadi. Lekin qoraqozon "K" bilan qaynamaydi, bo'lib hamki kitob yo'nalishini tanladingizmi, bu ancha qiyin. O'zbek vlog sferasida kitob yo'nalishiga qadam bosilmagan, bosilgan qadamlar ham qayergadir borib yo'qolib qolgan. Bir daqiqalik video chiqarish uchun haftalab vaqtim ketadi, 100 lab mavzular orasidan saralab mavzu olib chiqaman. Ura-uraga olib chiqsangiz yoki bitta kitobni varaqlab orqasiga bitta Domlani yoki taniqli kishining gapini qo'yib yuborsangiz qanday ko'rishlar olishini va qancha obunachi qo'shilishini ham bilaman. Lekin vijdon degan "dushman"im borda, nima qilay. Mayli, nolishim ko'payib ketdi. Ssenariy tayyor, oxirgi tiyinimga bo'lsa ham uni chiqaraman. Bularni kimdandir yordam olish uchun yozmadim, shunchalik yurakda borlari. Video chiqandan keyin "like" bilan qo'llab tursangiz eng katta yordam shu bo'ladi 😁. @kitobhouse
إظهار الكل...

👍 9 5😢 2🔥 1
#iqtibos Yoʻqotish nima oʻzi? Oʻlimmi..? Mavlono aytadi: - Insonlarni oʻlimiga emas, tugʻilishiga yigʻlanglar. Qashqirlar makoni @kitobhouse
إظهار الكل...
9
#podcast 2 yildan beri Youtubega kiraman deyman lekin bahonalar qator-qator. Platformada kitob haqida videolar kam, lekin oxirgi vaqtda ularni soni oshib boryapti. Shunday loyihalardan biri Anorbook nashriyoti tomonida qilinayotgan Kitobdosh podcasti. Ibn Ja’far Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobi uchun olinadigan songa taklif qilishgandi. Shu son bugun tayyor qilinib, Youtubega joylanibdi. E’tiborli tomoni kitob muhokamasida nashriyot rahbari Husan aka ham ishtirok etganlar. Albatta koʻring. https://youtu.be/6kEcBaMAbvw
إظهار الكل...
Buxoro tarixi - Kitobdosh - 4-son

🔥 11 6👍 3
#atama Xolokost Yuqoridagi postda Xolokost atamasiga ko'zingiz tushgandir. Bu so'z qanday ma'noni anglatishini ko'rib chiqsak. Xolokost so'zi "yondirilgan qurbonlik" ya'ni yoqib o'ldirilgan, kuydirilgan ma'nolarda keladi. Ingliz tilida "holocaust" tarzida yoziladigan atama "holocaustum" ko'rinishida lotincha Bibliyada qo'llanilgan. Atama birinchi marta Divezislik Richard tomonidan 12-asrda ishlatilgan. 1910-yildan boshlab ingliz matbuotida Arman Genotsidi va Rossiyadagi fuqarolar urushi davridagi Yahudiylarni yo'q qilish harakatlarini yoritishda qo'llanila boshlangan. O'tgan asrning o'rtalarida Tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori Eliezer Viesel o'z kitoblarida atamadan keng foydalangan. Umuman olganda bu so'zda ommaviy qirg'inlar va genotsidlarni ifodalash uchun foydalaniladi. Zamonaviy ingliz tilida esa bosh harflar bilan yozilgan Xolokost so'zi 2-jahon urushida fashistlar tomonida yahudiylarga nisbatan uyushtirilgan genotsidni bildiradi. 2005-yili BMT Bosh Assambleyasining maxsus sessiyasida 27-yanvar Xolokost qurbonlarini xotirlash xalqaro kuni deb elon qilingan. Insoniyat Xolokost so'zini umuman ishlatmasligini tilagan bo'lar edim, lekin ko'rayapmizki bu so'zga ehtiyoj hali davom etayapti. @kitobhouse
إظهار الكل...
Xolokost

👍 7🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
#mem
إظهار الكل...
😁 13👍 1🔥 1
Tushlikdan keyin qanaqadir tadbirga keldik. Boshida koʻrgazma va tadbirlarga borishga qiziqardim, kitob oluvchilar bilan muloqot qilib kelaman deb oʻylardim. Lekin chuchvarani xom sanabman. Kitob oluvchidan, hisobot uchun rasmga tushuvchilar koʻp. - Kitoblar bilan rasm tushamiz. - Kitob olib tur, oʻqiyotgandek boʻlsin. - Kitoblar bilan rasmga olib qoʻying. - Kitoblarizni olib turamiz rasm tushgani. Xullas, oʻsha gap… p.s: yaxshi ham soqolimni olmay kelibman @kitobhouse
إظهار الكل...
😢 11👍 2
​​#mulohaza Kitobga yo'q deymiz. Hozirgi ish joyimda bir hodisani ancha vaqt kuzatib yurdim. Omborni tozalovchi opa borlar, ishlari juda yaxshi. Ertalab kelib hamma joyni chiroyli tozalab qo'yadilar. Tushlikkacha ishlari qolmaydi, shunda 2 soatcha bo'sh bo'lib, telefonda "Botir Qodirov kimning o'g'il?" degan videolarni ko'rib o'tiradilar. Omborda deyarli yo'q kitobning o'zi yo'q. Har qanday mavzuda kitoblar topiladi. Aynan shu kitoblar qatoriga kirib biror marta kitob olganlarini yoki bizdan so'raganlarini ko'rmadim. Ish ko'p, charchaydi deyishingiz mumkin, lekin bo'sh qolgan vaqtlari ham anchagina, yana shu telefondagi mavzular. Kitob o'qish uchun muhit va imkoniyat muhim emasligini tushundim. Kitob o'qimaslikka umuman foydali mashg'ulotlar bilan shug'ullanmaslikka qancha bahona topsak, shuncha kelib chiqaveradi. Ombor joylashgan binoda 3 ta qorovul navbatchilik bilan ishlashadi. Kunlari deyarli bo'sh o'tadi, ulardan ham birortasi kelib "Qanday kitoblaring bor?" deb so'rashmagan. Shunchaki telefonga yoki televizorga termulib vaqtlarini o'tkazishadi. Hech bo'lmaganda 1 oyda 2 yoki 3 kitobni tugatib qo'yishlari mumkin edi, ehh. Kitobning qiymatini tushunib olgunimizcha qancha yillar kerak bilmadim? @kitobhouse
إظهار الكل...

😢 13 4👍 2🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
#yanginashr Bu yerda hamma narsa boʻlishi mumkin. @akademnashr @kitobhouse
إظهار الكل...
5🤩 3🔥 1🎉 1