cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Rasmiy sahifa. ✔️Veb-sayt: http://anticorruption.uz ✔️Facebook: https://www.facebook.com/anticorruptionUzb/ ✔️Instagram: https://www.instagram.com/anticorruption.uz ✔️Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCFLAcJYyHcpcPhHXnKddfKA

إظهار المزيد
Uzbekistan10 564لم يتم تحديد اللغةالسياسة6 803
مشاركات الإعلانات
6 386
المشتركون
+724 ساعات
-17 أيام
-4030 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Qaror asosida “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasining samarali faoliyatini taʼminlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Unga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari doimiy tarzda o‘z xodimlarining sohasi bo‘yicha malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi. Quyidagi tartiblar joriy qilinadi: ➖Agentlik tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan tavsiyaviy yillik ilmiy-tadqiqot mavzulari shakllantiriladi; ➖barcha oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari Agentlikka taqdim etiladi; Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan sohada erishilgan yutuqlar, milliy va xorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalar hamda ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha elektron maʼlumotlar bazasini mualliflik huquqlari kafolatlangan holda yuritiladi. Shuningdek: 🗓2025-yil 1-yanvarga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi va uning mobil ilovasini ishga tushirish; 🗓2024-yil 1-oktyabrga qadar Virtual akademiyada tashkil etiladigan maxsus dasturlar va kontent ishlab chiqilishi taʼminlanadi. Taʼlim oluvchilar uchun Korrupsiyaga qarshi taʼlim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE) dasturi doirasida sifatli multiplikatsion film, videolavha va audiomateriallarni yaratish choralari ko‘riladi. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
إظهار الكل...
"Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Qarori imzolandi. Unga ko‘ra: 2025- yil 1-yanvardan  aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi joriy etiladi.   Virtual akademiyada o‘quv faoliyatini tashkil etish va yuritish Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Agentlik: ➖o‘qitilishi lozim bo‘lgan davlat xizmatchilari kontingentini shakllantiradi va Akademiya bilan kelishgan holda yillik o‘qitish reja-grafigini tasdiqlaydi; ➖o‘quv jarayoni sifatli tashkil etilishini monitoring qilib boradi; ➖yangi o‘quv modullarini joriy etish bo‘yicha Akademiyaga takliflar kiritadi; ➖o‘quv jarayoniga jalb qilingan davlat organlari va tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi; ➖Akademiya bilan birgalikda har yili Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga Virtual akademiya faoliyati yuzasidan axborot kiritadi. Virtual akademiyada o‘qitish quyidagi kontingent uchun olib boriladi: ✔️aholi, tadbirkorlik subyektlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari vakillari; ✔️taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, o‘quvchilari va talabalari; ✔️davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatchilari; ✔️davlat ishtirokidagi korxonalarning xodimlari. Virtual akademiyada o‘qitish bazaviy (barcha foydalanuvchilar uchun bepul) hamda maxsus o‘quv kurslari (to‘lov-shartnoma asosida) bo‘yicha yo‘lga qo‘yiladi. Davlat xizmatchilariga maxsus o‘quv kurslarida malaka oshirish majburiy hisoblanadi, bunda: 🔹ishga qabul qilinganidan so‘ng uch oy ichida o‘quv kursidan o‘tadi; 🔹malaka oshirishning davriyligi har uch yilda kamida bir martani tashkil etadi. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari va korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan davlat xizmati lavozimlarida faoliyat ko‘rsatuvchi xizmatchilar uchun maxsus kurslar chuqurlashtirilgan o‘quv dasturlari asosida olib boriladi. Maxsus o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganlarga sertifikat beriladi. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik holatlari uchun javobgarlik choralari kiritilib, BHMning 3 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda; ➖bir yil davomida takroran sodir etilsa, BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda;   ➖davlat xaridlari sohasida sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Batafsil infografikada. ————————— Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz  elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz! Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
إظهار الكل...
O'zbekiston va Gruziya o'rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faol hamkorlik qilinadi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov boshchiligidagi delegatsiyaning Gruziyaga tashrifi doirasida ushbu mamlakatning Korrupsiyaga qarshi kurashish byurosi direktori Razden Kuprashvili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Maʼlumot uchun: Gruziya korrupsiyaga qarshi kurashish byurosining asosiy vazifalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatini shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasi va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda ijrosi ustidan nazorat qilish, davlat xizmatchilari mol-mulki va daromadlarini deklaratsiyalash ishlarini muvoqlashtirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish kabilardan iborat.
Uchrashuv yakunida ikki idora o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Memorandum doirasida quyidagilar nazarda tutilgan: ➖korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirishda tajriba almashish; ➖o'zaro axborot, meʼyoriy hujjatlar va ilmiy manbalar bilan almashish; ➖kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shma o‘quv kurslari va treninglar o'tkazish; ➖manfaatlar to'qnashuvi va boshqa korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni oldini olishning samarali mexanizmlarini yaratish va boshqalar. Muloqotda o'zaro hamkorlikning shu kabi huquqiy va amaliy asoslari takomillashtirish har ikkala tomon uchun samarali ekanligi eʼtirof etildi. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
إظهار الكل...
#hafta_dayjesti ▫️ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti (🗓10-14 iyun kunlari) ✅O‘rganishlar: 🔎Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga 3 ta taqdimnoma hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 3 ta so‘rovnoma yuborildi. ✅Korrupsiyaga qarshi ekspertiza: 📑Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron “project.gov.uz” tizimi orqali kelib tushgan 8 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazildi. ✅Komplayens-nazorat: 📌 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va O‘zbekinvest" sug‘urta kompaniyasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini joriy etish holati joyiga chiqib o‘rganildi. ✅Agentlik mas'ul xodimlari quyidagi tadbirlarda ishtirok etdi: ▫️14-iyun 📌Moliya-bank xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tarmoqlararo institutida “Tijorat banklarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatini samarali tashkil etishga doir milliy qonunchilik talablari va xalqaro standartlar” mavzusida o'tkazilgan seminarda; ▫️14-iyun  📌“O‘zsanoatqurilishbank” ATB xodimlari uchun “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati yuzasidan tashkil etilgan (onlayn) seminarda. ✅Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida: ▫️14-iyun 📌Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashishda nodavlat notijorat tashkilotlari ishtiroki: xorij tajribasi” mavzusida onlayn seminar tashkil etildi. ✅Xalqaro hamkorlik doirasida:     ▫️11-iyun 📌Agentlik direktori Akmal Burxanov YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, missiya rahbari Antti Karttunenni qabul qildi. ▫️11-iyun 📌Agentlik rahbariyati Jahon banki ekspertlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar muhokamasi yuzasidan uchrashdi.  ▫️10-19-iyun 📌Agentlik xodimlari Koreya Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va fuqarolik huquqlari bo‘yicha komissiyasi tomonidan tashkil etilgan o‘quv kursida ishtirok etmoqda. ▫️11-12-iyun 📌Qozog‘istonning Ostona shahrida Yevropa Kengashining "Markaziy Osiyoda Qonun ustuvorligi dasturi"ning yakunlovchi mintaqaviy konferensiyasi va mintaqaviy boshqaruv qo‘mitasining uchinchi yig‘ilishida Agentlik mas'ul xodimi ishtirok etdi. ✅Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida: 📥Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 78 ta (shundan 68 tasi jismoniy shaxslardan, 10 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi. ✅Rasmiy munosabat: ▫️12-iyun 📌kun.uz saytida “GASN” korrupsiyaga qarshi yetarlicha kurashyaptimi?” sarlavhasi ostida e’lon qilingan maqola yuzasidan Agentlikning rasmiy munosabati bildirildi. ————————— Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz  elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz! Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
إظهار الكل...
Gruziya davlati korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari bilan hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi Gruziyaning korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlikni ta’minlash sohasida keng ko‘lamli islohotlari bilan tanishish, shuningdek bu borada ikki davlat o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Agentlik direktori Akmal Burxanov rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining mazkur davlatda ishchi tashrif bilan bo‘lib turibdi. Tashrifning dastlabki kuni Agentlik Akmal Burxanovning Gruziya Korrupsiyaga qarshi kurashish byurosi direktori Razden Kuprashvili bilan uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda tomonlar Gruziyada sohada davlat siyosatining ishlab chiqilishi, strategik hujjatlarning qabul qilinishi va ijrosi ustidan yo‘lga qo‘yilgan nazorat tizimi, davlat idoralari faoliyatining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida tajriba almashishdi.
Ma’lumot uchun: Gruziya korrupsiyaga qarshi kurashish byurosi 2023 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifalariga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatini shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish va ijrosi ustidan nazorat qilish, davlat xizmatchilari mol-mulki va daromadlarini deklaratsiyalash, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va boshqa vazifalar kiritilgan.
Uchrashuv yakunida ikki idora o‘rtasida O‘zaro hamkorlik Memorandumini imzolandi. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
إظهار الكل...
00:12
Video unavailableShow in Telegram
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi jamoasi yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi — muborak Qurbon hayiti bilan tabriklaydi. Ulug' ayyomda yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, xonadonlarimiz fayz-u barakasi yanada ziyoda va mustahkam bo‘lishini tilaymiz! Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
إظهار الكل...
4.03 MB
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida Koreya Respublikasining tajribasi o‘rganilmoqda Shu kunlarda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari Koreya Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va fuqarolik huquqlari bo‘yicha komissiyasi (АСРС) tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv kursida ishtirok etmoqda.
Maʼlumot o‘rnida: 2023-yilning sentyabr oyida Agentlik hamda Korrupsiyaga qarshi kurash va fuqarolik huquqlari komissiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan. Memorandumda korrupsiyaga qarshi kurash choralari va fuqarolik huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq axborot (tajriba, amaliyot, tadqiqot natijalari) almashish maqsadida qo‘shma loyihalar tashkil etish kabi keng ko‘lamli hamkorlikka oid maqsad va vazifalar belgilangan.
O‘quv dasturidan ko‘zlangan asosiy maqsad korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlarning samarali korrupsiyaga qarshi siyosat hamda chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishdagi salohiyatini oshirishga ko‘maklashishdan iborat. O‘quv kursi mobaynida ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi siyosat va tizimlari, korrupsiyaviy xavf-xatarlar va halollikni baholash, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish, murojaatlar va aniqlangan holatlar, sohaga oid o‘quv dasturlari bo‘yicha tergov harakatlarini o‘tkazish kabi masalalarda Koreya tajribasini o‘rganadi. ————————— Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz  elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonun bilan davlat tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ularni aniqlash va tartibga solishning samarali huquqiy mexanizmi yaratilmoqda. Qonunda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va tartibga solish bo‘yicha yagona amaliyotni shakllantiruvchi vakolatli organ sifatida belgilandi. Agentlikning mazkur sohadagi vakolatlari mazkur infografikada batafsil aks etgan. ————————— Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz  elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
إظهار الكل...
Agentlik va YXHT o‘rtasida hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti(YXHT)ning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, missiya rahbari Antti Karttunenni qabul qildi. Uchrashuv avvalida Agentlik direktori janob elchini yangi lavozimga kirishishi bilan qutladi. Shuningdek, davlat idoralari faoliyatining ochiqligini baholash bo‘yicha “open.index” hamda ochiqlikka masʼul xodimlarning malakasini oshirishga qaratilgan “E-learning” platformalarini ishga tushirish, sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishda YXHT ekspertlari tomonidan ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun minnatdorlik bildirdi. O‘z navbatida, YXHT loyihalari koordinatori mamlakatning korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlikni taʼminlash borasidagi islohotlarida hamkorlikni davom ettirish tashkilotning asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligini taʼkidladi. Muloqotda Agentlik va YXHT o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbollari, xususan, “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishga ko‘maklashish" loyihasi doirasida 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturidagi vazifalar ijrosi masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusida hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish, jumladan, 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi loyihasini ishlab chiqishga kelishib olindi. Bu borada keng jamoatchilik o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish islohotlarning samaradorligini baholashga qaratilgan ijtimoiy so‘rovlar, korrupsiya va gender masalalarida tadqiqotlar o‘tkazish, yoshlarga halollik qadriyatlarini singdirishga qaratilgan animatsion filmlar ishlab chiqish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.