cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

🌼O‘zim uchun qadrli :|🌿

Qolish - qolmaslik bu sizning ixtiyoringiz...

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 505
المشتركون
-124 ساعات
-77 أيام
-4130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

* * * Hech narsa bo’lmadi. Aytarli hech gap… Osmon ham turibdi – Qulagani yo’q. O’z o’qidan Yer ham chiqib ketmadi! Hech narsa bo’lmadi demak, Bo’lmadi!.. Men ham o’lganim yo’q – Qarshingizdaman. (Va lekin yolg’izlik qilmoqda ado…) Faqat… bu yurakka nimadir bo’ldi. Faqat bu yurakda Nimadir O’ldi… -Gulchehra Murodaliyeva
إظهار الكل...
10🎉 1
Shunday bir yashash boʻlsa... Bilgan kuyingni chalsang!
إظهار الكل...
20😁 8🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
21😢 18🔥 12
Xurshid akayam zo‘r aytadi)
إظهار الكل...
rmycx5r9n4wsgbo9savo.m4a3.84 MB
16
00:09
Video unavailableShow in Telegram
Hech ovqat qilishni eplolmayman deya xapa bo‘lmang, IQ darajamiz baland ekan😜
إظهار الكل...
An_m1SMn7OmNxeKkCEw0BJ5eQ91w_3UVE7RBfpESx57dJxwcp08Cbq_ct28183q.mp42.35 MB
😁 24 3🍓 2💋 2🕊 1
Repost from The Stranger
Oʻylashimcha, chinakamiga sevib-sevilgan kishi endi boshqa hech kimni sevolmaydi. Kimgadir koʻngil qoʻyish, unga qiziqish, uning ham sizga qiziqishidan quvonish, dastlabki tortinchoq suhbatlar, bitta gapiga bir kun kulib yurish, yozishmalarni qayta-qayta oʻqish, uchrashuvlarga entikib chiqish, uning yonida samolarda uchganday yengil yurish, ertaga yana uchrashishingizni bilsangiz ham xayrlashgingiz kelmasligi, u sevgan filmlarni uning koʻzi bilan koʻrish, u sevgan kitobni yutoqib mutolaa qilish, hayotdagi boshqa barcha narsa oʻz ahamiyatini yoʻqotishi, munosabatlarning eng goʻzal davri ortda qolgach sekin-asta tushunmovchiliklar chiqishi, koʻngilsizliklar, butun energiyangni soʻrib oladigan janjallar, xayrlashuv arafasidagi tubanliklar... Mana shularning baridan soʻng yana kimgadir koʻnglingiz jiz etadi. Bir muddatga sevib qolganday boʻlasiz hatto. Biroq endi yuqoridagilarning barini qayta bosib oʻtishga majolingiz yetmaydi. Endigi yangilar hayotingizga lip etib kirib, lip etib chiqaveradi. Hech biriga bogʻlanib qolmaysiz. Bari-bari vaqtinchalik boʻladi. Umuman olganda, hayot – bir umrni yashab oʻtish ham shunday. Nega inson bir marta yashashini, bir marta yoshini yashab, oshini oshab boʻlgach yana ikkinchi hayot berilmaganini ayni mana shu nuqtada yaxshiroq tushunadi kishi. Hayoti yaxshi yoki yomon oʻtganidan qat'i nazar hech bir inson barini yana qayta yashab oʻtolmaydi, hatto bu eng goʻzal hayot boʻlsa ham. Agar insonga ikkinchi hayot berilganida yer yuzini hech narsaga xafsalasi qolmagan tirik murdalar bosib ketgan boʻlardi. Yesenin aytganiday, muhabbat faqat bir marta boʻladi, qolgani shunchaki hikoyalar, xolos. @salimov_blogi
إظهار الكل...
28🔥 1🤨 1💋 1
Эҳтимол хайрлисини сўраганимиз учун ҳам ушалмайди баъзи истакларимиз...)
إظهار الكل...
29😢 14🔥 4💋 1
Repost from Siddiqa Hasan
Hayrat va biroz kinoya) "Baxtiyor oila" kitobini o'qiyapman. Kitob Islom shariatiga muvofiq holda oila qurish, to'y va unga bog'liq masalalarni musulmonchasiga o'tkazish haqida yoritadi. Kitobni o'qish davomidagi hayratimni yashirmayman, ochig'i. • Biz qizlar, kelin bo'lib boradigan xonadonimizga ko'rpa-to'shak, mebel, idish-tovoq, gilam, parda kabi uy jihozlari bilan bormasak gunoh bo'lmas ekan, shuni bilarmidingiz?! • To'ydan keyin 3 kungacha (qayerlargadir 40 kun ekan) ota-onamiz kuyovnikiga ovqat olib borishga umuman majbur emas ekan, bunga nima deysiz? • Qaynonalarning biz kelinlarning sepimizni hisob-kitob qilishga-ku umuman haqqi yo'q ekan, "g'alati-a"?! • Anavi qurg'ur tilla nikoh uzugi mahr hisobiga o'tmas ekan, mahrga juda kamlik qilarkan, bizning — qizlarning qadrimiz bitta nikoh uzugidan qimmatroq bo'larkan, tushunyapsizmi?! • O'zi, umuman, qiz tomonda nikoy to'yi o'tkazish majburiyati umuman yo'q ekan, endi bu nimasi?! Dinimiz Islom biz uchun maksimal darajada yengillik yaratgan ekan, biz o'zimizga o'zimiz qiyin qilib yuboribmiz. Kitobni o'qiganlikni ko'pchilik da'vo qiladi. Ammo unga amal qilmasangiz, o'qishdan ne naf. O'qiganimizni amalda qo'llamaslik, kitobni o'qimaganlik bilan teng, unutmang! Siddiqa Hasan _ "Ayolini uy-joy bilan ta'minlash, o'z darajasida boqish, kiyintirish hamda turmush uchun zaruriy bo'lgan buyumlar, asbob-anjomlarni hozirlab berish, ayni chog'da, jufti halolining sog'lig'i uchun qayg'urish, uning ta'lim olishi, istirohati va boshqa shaxsiy ehtiyojlari uchun nafaqa qilish erning zimmasidagi vojib amallardan ekanini har bir musulmon er va har bir qaynota-qaynonalar yaxshi bilib olmoqlari zarur. Shu bilan birga bu talablar bajarilgan taqdirda, uni minnat qilishga haqqi yo'q. Zimmasidagi vojib amalni ado etgan kishi o'z burchini ado etgan bo'ladi, xolos". "Baxtiyor oila" kitobidan.
إظهار الكل...
🔥 21 3🎉 2💋 1😎 1
* * * Quvonasan sen sevgan kalom sendan boshqa kimgadir yoqsa, yo sen sevib oʻqigan kitob sendan boshqa kimnidir yoqsa, sen yoqtirgan rang sendan boshqa kimgadir xush kelsa, qanday soz; quvonasan kimgadir yoqsa sen yoqtirgan birorta libos, sendan boshqa kimdir sen sevgan ohanglarga quloq tutsa jim, quvonasan sen sevgan yurtni jon-jonidan sevsa kimda-kim, boshqalar ham, kuzmi, qish-qirov, sevsin sevgan xalqingni, bor gap... Faqat chidolmaysan sendan boshqa birov koʻngil qoʻysa sen suygan yorga. -Mansur Jumayev
إظهار الكل...
32🔥 5💋 1
Photo unavailableShow in Telegram
Nahot sening rashking kelmaydi Men kimningdir tushiga kirsam...
إظهار الكل...
20🔥 14🎉 4🍓 2💋 2
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.