cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Elyor.Shakirov Personal blogi

Kanal faoliyati va xizmat ko’rsatish yo’nalishi ✅Ta’limga oid yangiliklar ✅Mehnat munosabatlari to’g’risida ma’lumotlar berib borish ✅ Ta'lim tashkilotlaridagi vakansiyalar haqida e’lon ✅Tashkilot hujjatlari

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
340
المشتركون
+124 ساعات
-57 أيام
-2530 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

❗️ Taʼlim kreditini ajratish tartibi oʻzgaradi 2024/2025 oʻquv yilidan oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratiladi. Taʼlim krediti: ➖ oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida; ➖ oliy taʼlim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi. Bundan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari mustasno. https://t.me/elyorshakirov
إظهار الكل...
Elyor.Shakirov Personal blogi

Kanal faoliyati va xizmat ko’rsatish yo’nalishi ✅Ta’limga oid yangiliklar ✅Mehnat munosabatlari to’g’risida ma’lumotlar berib borish ✅ Ta'lim tashkilotlaridagi vakansiyalar haqida e’lon ✅Tashkilot hujjatlari

Photo unavailableShow in Telegram
MAKTABDA O‘QUV-PEDAGOGIK HUJJATLARNI YURITISH ELEKTRON SHAKLGA O‘TKAZILDI Keyingi o‘quv yilidan boshlab maktab hujjatlari to‘liq elektron shaklda yuritiladi. ❗️Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda maktab ta’limi jarayonini ortiqcha qog‘ozbozlikdan holi etish orqali samaradorlikka erishiladi va boshqaruv jarayonlarini shaffofligi ta’minlanadi. Xususan, elektron baholar tabeli “emaktab.uz” platformasida avtomatik tarzda shakllanadi va ota-onalar uchun tizimdan yuklab olish imkoniyati yaratiladi. Natijada tabeldagi baholarni o‘zgartirish va soxtalashtirishning oldi olinadi.
إظهار الكل...
01:11
Video unavailableShow in Telegram
Владимир Путин икки кунлик давлат ташрифи билан Ўзбекистонга келди. Ташрифнинг асосий тадбирлари 27 май куни бўлиб ўтади. Telegram | Instagram | Facebook
إظهار الكل...
👍 2
Assalomu alaykum qadrdon kanalim a'zolari. Bugun ijtimoy tarmoqlar orqali "So'ngi qo'ng'iroq" shodiyonalari aks etgan ko'pgina videorolik va fototasvirlarga ko'zimiz tushmasligini iloji yo'q. Biz ham bir vaqtlar mana shunday his hayajon bilan maktabni tamomlaganmiz. Eng achinarli tomoni esa vaqt beshavqatlarcha o'sha damlarimizni bizdan olib ketdi. O'sha damdagi sinfdoshlar bilan o'tgan har bir onimizni hozir qumsaymiz. Yana bir yoshlarimiz bugundan bizning safimizga qo'shilishdi. Qadrdon ilm maskanimiz, mehribon ustozlarimizni kechagidek eslaymiz. Sinfdoshlar mana shuning uchun ham qadrdonlardir. Yurtimizdagi barcha maktab bitiruvchilarini yangi hayotga qadam bosayotganliklari bilan tabriklayman. Keyingi qadamlarida ona Vatan uchun sadoqatli inson bo'lishlarida o'zlari uchun muhim va sevimli bo'lgan kasblarini egallashlarini tilab qolaman! Olg'a bitiruvchilar!!!
إظهار الكل...
👍 4
02:51
Video unavailableShow in Telegram
Saida Mirziyoyeva oʻzi oʻqigan litseyga borib, ustozi bilan koʻrishdi “Rosa sogʻingan ekanman, maza qilib gaplashdik, litseyda oʻqigan yillarimni xotirladik, eski rasmlarni tomosha qildik. Litseyimiz hozir maktabga aylantirilibdi. Qadrdon dargohga kirib, sinfxonalarni aylanib, yana talabalik yillarimga – oltin davrimga qaytib qolganday boʻldim. Eng shirin xotiralarim uygʻondi”, — deydi Saida Mirziyoyeva.
إظهار الكل...
👍 2
Саида Мирзиёева биринчи устозининг хонадонига ташриф буюрди
Бугун, 25 май куни барча ўрта таълим мактабларида сўнгги қўнғироқ садолари янгради. Энди ёшларимиз ўзларининг беғубор орзулари томон ҳаракат бошлашади. Мактаб битирувчиларига Саида Мирзиёева ҳам ўз самимий тилакларини билдириб ўтди. Шунингдек, уларнинг устоз ва мураббийларига ҳам ташаккур айтди. Бундан ташқари, Саида Мирзиёева Жиззахдаги ўзининг биринчи ўқитувчиси ҳолидан хабар олди ва ўзи ўқиган мактабга борди.
إظهار الكل...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbek tilini Oʻzbekistonda yagona millatlararo davlat tiliga aylantirish uchun berilgan ovozlar. Eʼtibor bering: Alisher Qodirov boshchiligidagi “Milliy tiklanish“ demokratik partiyasidan boshqa barcha partiyalar, ayniqsa Liberallar va Xalq demokratik (sobiq kommunistik) partiyalari rus tili mavqeini saqlab qolish uchun yaʼni, oʻzbek tiliga qarshi ovoz bergan edi. Faqat Milliy tiklanishgina oʻzbek tili uchun kurashgan, xoinlarning koʻpligi sababli yutqazgan. Bundan tashqari sonda bor sifatda yoʻq ovoz bermagan xoinlarchi... Gohida oʻylab qolasan kishi, Oʻzbekistonmi bu yoki Rusbekiston?! Dunyoning hech bir davlati yoʻqki deputatlari oʻz ona tiliga qarshi ovoz bergan.
إظهار الكل...
Ўз аҳамиятини йўқотиб борадиган касб ва лавозимлар рўйхати шакллантирилади Президент фармони 2024 йил якунига қадар меҳнат бозорида кутилаётган ўзгаришларни илмий тадқиқ қилган ҳолда, ўз аҳамиятини йўқотиб борадиган ҳамда янги пайдо бўладиган касблар (лавозимлар) рўйхати, уларга қўйиладиган малака талаблари ва компетенциялар шакллантирилади. 2025 йил 1 майга қадар жамланган маълумотлар асосида “Ўзбекистон янги касблар атласи” электрон платформаси яратилади ҳамда ҳар йили янгилаб борилади. Масъуллар — Бандлик вазирлиги, Иқтисодиёт ва молия вазирлиги, Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги.
إظهار الكل...
Segment.uz

Президентнинг "Олий таълим ташкилотларига ўқишга қабул қилиш ва давлат буюртмасини жойлаштириш тизимини такомиллаштириш тўғрисида"ги Фармони қабул қилинди. Фармонга кўра, 2024/2025 ўқув йили қабулидан бошлаб: давлат буюртмаси параметрларини давлат олий таълим муассасалари кесимида тақсимлаш амалиёти бекор қилиниб, бакалавриат таълим йўналишлари ва магистратура мутахассисликлари бўйича кундузги таълим шаклида тасдиқлаш тартиби жорий этилади; давлат гранти квоталарининг олий таълим ташкилотлари кесимида тақсимоти тегишли бакалавриат таълим йўналиши бўйича рўйхатдан ўтган абитуриентларнинг танлови ва тўплаган балларига кўра амалга оширилади. Telegram | Instagram | Facebook

Президент фармони: Магистратура мутахассисликлари ва олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига қабул қилишда хорижий тилни билиш даражасини белгиловчи миллий ёки халқаро сертификатлар қуйидаги даражаларда талаб этилади: ➖ хорижий тиллар йўналишлари бўйича – камида С1 даражасида; ➖ гуманитар, биологик ва турдош фанлар, математика ва статистика, бизнес ва бошқарув, ҳуқуқ, хизмат кўрсатиш, ижтимоий ва хулқ-атворга мансуб фанлар, журналистика ва ахборот, ахборот-коммуникация технологиялари таълим соҳалари бўйича – камида В2 даражасида; ➖ бошқа таълим соҳалари ҳамда маданият ва спорт мутахассисликлари (ихтисосликлари) бўйича – камида В1 даражасида.
إظهار الكل...
👍 1
⚡️Педагог ходимлар учун йиллик узайтирилган меҳнат таътили бўйича кўрсатма хат Педагогларнинг ҳар йилги асосий ва қўшимча меҳнат таътилларини режа-жадвалга асосан (навбат билан) ўз вақтида ва қонунчилик талаблари асосида (тўғри) амалга оширилишини таъминлаш юзасидан
إظهار الكل...