cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi

Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi telegram kanali🔥 Официальный канал академического лицея Ташкентской Медицинской академии 🔥 По вопросам и предложениям обращаться @tma_al1

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
894
المشتركون
+424 ساعات
+307 أيام
+10130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#tabrik Qadrli akademik litsey oʻqituvchi va murabbiylari, aziz bitiruvchilar, hurmatli ota-onalar! Respublikamizdagi 71 ta oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarda “Soʻnggi qoʻngʻiroq” yangrab, 12 ming nafardan ortiq oʻquvchilarimiz bitiruvchilarga aylandi, ularning hayotida yangi sahifa ochilib, katta hayotga uchirma boʻlishmoqda. Soʻnggi yillarda Prezidentimiz tomonidan akademik litseylarga iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qoʻllab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Ulgʻayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish borasidagi islohotlarni tizimli amalga oshirilmoqda. Shuningdek akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha bir qancha qarorlar imzolandi. Ushbu qarorlar natijasida jumladan quyidagilarga erishildi: — akademik litseylar faoliyatiga oid barcha jarayonlar toʻliq raqamlashtirildi; — iqtidorli oʻquvchilar uchun “Akademik litsey iftixori” va “Rektor” stipendiyalari joriy qilindi; — har yili bitiruvchi kurs oʻquvchilari uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini olish boʻyicha bepul test sinovlarini oʻtkazish tizimi joriy etildi; — 14 ta hudud boʻyicha bittadan akademik litseylar xalqaro fan (kimyo, biologiya va fizika) olimpiadalarida foydalaniladigan oʻquv laboratoriya jihozlari bilan taʼminlandi; — soʻnggi uch yilda xalqaro fan olimpiadalarida 13 ta medallar qoʻlga kiritildi. Shundan 3 ta oltin, 3 ta kumush, 7 ta bronza; — bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish koʻrsatkichi 92 foizga yetdi; — iqtidorli bitiruvchilarga oltin va kumush medallar berish tartibi joriy qilinib, bu yildan ilk marotaba 141 nafar bitiruvchi oltin, 168 nafari esa kumush medal bilan taqdirlandi. Aziz bitiruvchilar! Barchangizga kelgusi hayotda ulkan yutuq va omadlar tilayman. Umid va ishonch ramzi boʻlgan diplom va medallaringiz muborak boʻlsin! Hech shubhasiz, oʻz bilim va isteʼdodini Vatanimiz va xalqimizga munosib farzand boʻlishdek olijanob maqsadlarga sarflashga chogʻlanib turgan Sizdek tirishqoq va intiluvchan farzandlarimiz – bizning ishonchimiz va tayanchimizdir. Hech qachon unutmang, kelajakda Sizni yanada ulkan va masʼuliyatli marralar kutmoqda. Oldingizga aniq maqsad qoʻyib, bor kuch-gʻayratingiz, bilim va salohiyatingiz bilan harakat qilsangiz, koʻzlagan choʻqqilarga albatta erishasiz. Qoʻngʻirotboy Sharipov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
👍 6 3🎉 2
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul2024 #akademik_litsey #infografika Akademik litseylarga qabul bo‘yicha arizalar statistikasi 13-iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, 4 ming 145 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. ☝️Eslatma, abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida my.edu.uz portaliga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim: ✔️3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat; ✔️O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa). ❗️Maʼlumot uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylar uchun hujjatlar 20-iyundan litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi. Batafsil infografikada👆 Qabulga doir foydali bot: 👉@eduuzuniversalbot
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
👍 5
01:16
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Rasman: 14-iyuldan imtihonlar boshlanadi Kirish test sinovlari 1 oydan keyin, ya'ni 14-28-iyul kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
🇺🇿 Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov Qonunchilik palatasidagi “Hukumat soati”da aytib o‘tdi.
#Qabul2024 #Abituriyent2024 #abituriyent ✅ @talimuz
إظهار الكل...
4.71 MB
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
👍 27❤‍🔥 4 4 2🥰 1
Ikkita o‘quvchimiz KIMYO fanidan milliy sertifikat sohibi bo‘ldi. Omad tilaymiz.
إظهار الكل...
👍 33❤‍🔥 3 2👏 2 1😍 1
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#Akademik_litsey #Qabul_2024
⚡️Bugundan akademik litseylarga qabul boshlandi
💬 Bugun, 10-iyundan 2024/2025 oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlandi. 📌 Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim: ✔️3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat; ✔️O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa). ☝️Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda: ▶️ oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak); ▶️ va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi. 📍Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi. 📆Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi. *Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Call-center” raqamlari orqali olishingiz mumkin. ❗️ Maʼlumot uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylari uchun hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
👍 1 1
Repost from Edu.uz
03:16
Video unavailableShow in Telegram
#Akademik_litsey #Qabul_2024
Akademik litseylarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
Ro‘yxatdan o‘tish my.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
0620.mp46.54 MB
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐 Қадрли Захро Ҳайриддиновна! Сизни таваллуд айёмингиз билан самимий муборакбод этамиз. Бугун истиқболи порлоқ ёш авлод тарбияси Сиз каби фидоий устозлар қўлидадир. Эртамиз эгаларини шижоатли, Ватанпарвар, ўз касбига садоқат ва муҳаббат руҳида тарбиялашдек шарафли хизматлардан асло чарчаманг. Янги Ўзбекистоннинг мусаффо осмони Сиз учирма қилаётган кабутарларга тўлсин. Қадрли Устоз ҳаётингиз битмас туганмас бахт, омад, гўзалликларга лиммо лим тўлиқ бўлсин. Файзли хонадонингиздан барака аримасин. Ҳурмат билан Тошкент тиббиёт академияси академик лицейи жамоаси, кўп сонли ўқувчи ёшлари💐💐💐
إظهار الكل...
❤‍🔥 5 5🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐 Қадрли Феруза Миралимовна!!! Сизни бугунги таваллуд айёмингиз билан самимий муборакбод этамиз. Жамият ривожи, ёш авлод таълим-тарбиясидаги хизматларингиз таҳсинга лойиқдир. Бугун Янги Ўзбекистон Сиз каби чинакам фидоийлар туфайли ривож топмоқда, ривожланмоқда. Қадрли Устоз Сиз чинакам ўз касбининг чинакам фидоийси, истиқбол эгаларининг мураббийсисиз. Сиз ўстираётган ниҳоллар Учинчи Ренессанснинг чаманларига айланишина шубҳа йўқдир. Бугунгидек нафосат, гўзаллик ҳамиша ҳамроҳингиз бўлсин. Ҳаётингиз бахту омад, муҳаббатга тўлиқ бўлсин. Файзли хонадонингиздан барака аримасин. Ҳурмат билан Тошкент тиббиёт академияси академик лицейи жамоаси кўп сонли ўқувчи ёшлари💐💐💐
إظهار الكل...
11🎉 10👍 4❤‍🔥 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.