cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

UzASBO yangiliklari

UzASBO ДМда ишлаш бўйича тезкор маълумотлар

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
11 699
المشتركون
+1224 ساعات
+587 أيام
+1 35330 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

F1 strukturada, ya'ni maktabgacha ta'lim tashkilotlarida mehnat ta'tili va kasallik varaqaga chiqqan xodimlarning o'rniga ham boshqa xodimlarni vaqtinchalik ishga qabul qilish mumkin bo'ldi. Bunda quyidagi videodagi kabi tartibda ishlanadi. Eski dasturda maktabgacha ta'lim tashkilotlari mehnat ta'tiliga va kasallik varaqaga chiqqan xodimlarning o'rniga ishlagan xodimlarning buyruqlarini Dokumenti-Uchet kadrov-Zamesheniye vremenno otsutstvuyushego rabotnika (krome ped rabotnikov) qismiga kiritishardi. Dasturning bu qismi aslida bir necha kasbda va lavozimda o'rindoshlik asosida ishlagan holatlar uchun mo'ljallangan bo'lib, bu yerda maksimal 0.5 stavka (50 foiz) kiritish mumkin edi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.10.2012 yildagi 297-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida nizomning 25-bandiga asoslanilardi. Bu banddagi 50 foiz ham aslida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 920-sonli qarori bilan kiritilgan bo'lib, ungacha 30 foiz edi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyachilarning o'rniga boshqalarning ishlashi esa aslida bir necha kasbda va lavozimda ishlash emas, o'rindoshlik asosida ishlash hisoblanadi. Bunda qandaydir 30 yoki 50 foiz emas, to'liq oylik to'lanishi kerak edi. Chunki yuqoridagi normativda bir necha kasbda va lavozimda ishlashga quyidagicha tarif berilgan: xodim tomonidan mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan o‘zining asosiy ishi bilan bir qatorda ayni shu tashkilotda asosiy kasb va lavozim bo‘yicha qonunchilikda belgilangan ish vaqti davomida boshqa kasb va lavozimdagi qo‘shimcha ishni bajarish bir necha kasbda va lavozimda ishlash hisoblanadi. Tarbiyachilar esa o'z ishi bilan bir vaqtda emas, bo'sh vaqtda ishlashadi va bu normativdagi o‘rindoshlik asosida ishlashning tarifigayam mos keladi: o‘rindoshlik asosida ishlash — xodimning o‘zining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan bo‘sh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq to‘lanadigan ishni bajarishi. UzASBO-2'da esa videoda ko'rsatilganidek ishga qabul qilishda, kimning o'rniga ishlasa, avtomatik o'shaning stavkasi tushadi. Hech qanday 30 yoki 50 foizga ko'paytirilmaydi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining namunaviy shtatlarida ham xarajatlar smetasida tarbiyachi, tarbiyachi yordamchisi kabi lavozimlar bo'yicha mehnat ta'tiliga ketgan xodimlarning o'rnini bosuvchi shaxslarga mablag'lar rejalashtirilishi ko'zda tutilgan. Shtatlar jadvalida buning uchun xodimlarning taʼtil davrida, kechki, navbatchilik va bayram vaqtlarida oʻrin almashish uchun va boshqa kompensatsiya toʻlovlari yillik mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi nomli alohida ko'rsatkich mavjud. Afsuski, nazorat qiluvchi organlar ham, muammoli holatlarda esa sud organlari ham bu bo'yicha noto'g'ri xulosalar berib kelishgan. *Bir necha kasbda va lavozimda ishlash hisoblanadigan holatlar uchun esa buyruqlarni kiritish tartibi hali to'g'rilangani yo'q. @uzasboyangiliklari
إظهار الكل...
UzASBO yangiliklari

Homiladorlik va tug'ish ta'tiliga, bola parvarishlash ta'tiliga ketgan xodima o'rniga vaqtinchalik boshqa xodimni ishga qabul qilish tartibi @uzasboyangiliklari

So'rovnoma va u bilan bog'liq to'lovlarni amalga oshirishda qo'yilgan cheklovlar https://telegra.ph/Sorovnoma-va-u-bilan-bogliq-tolovlarni-amalga-oshirishda-qoyilgan-cheklovlar-05-16 @uzasboyangiliklari
إظهار الكل...
So'rovnoma va u bilan bog'liq to'lovlarni amalga oshirishda qo'yilgan cheklovlar

So'rovnomada agar ijtimoiy soliq summasi bo'lsa, avval uni o'tkazish kerakligi bo'yicha cheklov mavjud edi. Aks holda, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabdagi 414-sonli “Byudjet tashkilotlarini mablag` bilan ta`minlash tartibini takomillashtirish to`g`risida”gi Qaror ilovasining 11-bandi hamda Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 22 dekabrda 2850-son bilan ro`yxatdan o`tgan “O`zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g`azna ijrosi qoidalari”ning 4-bandi talablariga…

UzASBO-2'da markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatiga o'tkazilgan tashkilotlarda soliq hisobotlarini yuqori turuvchi tashkilotda jamlash funksiyasi qo'shildi. Bunda avvalgi tartib biroz o'zgartirildi. Endilikda yuqori turuvchi tashkilotda E-Hisobotlar-His. mehnatga haq to'lash tarzidagi dar-dlar, JSHDC va SHJBPXga to'l. badallar to'g'. malumot qismida hujjat tuzib tasdiqlansa, hujjatni tasdiqlash jarayonida quyi turuvchi tashkilotlarda tasdiqlangan statusda turgan hisobotlar asosida summalarni hisoblab chiqaradi. Ya'ni, avvalgidek, hisobotni yuborish va qabul qilish jarayonlari bo'lmaydi. Yuqori turuvchi tashkilotda hujjatni tasdiqlashda quyida ham tasdiqlangan turgan, ya'ni jamlangan hisobotlarni bekor qilib bo'lmaydi. Ularni bekor qilish uchun birinchi navbatda yuqori turuvchi tashkilotda tuzilgan hisobot bekor qilinishi kerak bo'ladi. @uzasboyangiliklari
إظهار الكل...
UzASBO yangiliklari

❇️❇️❇️ Tuman (shahar)lardagi maktabgacha ta'lim bo'limlari tugatildi va maktabgacha ta'lim tashkilotlarining buxgalteriya hisobi qayta tashkil etilgan maktabgacha va maktab ta'limi bo'lim (MMTB)larida yuritilyapti. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining soliq hisobotlarida esa avval maktabgacha ta'lim bo'limi orqali topshirilgan summalar aks etmasligi va MMTBga yangidan tuzib jo'natishlari kerak, aks holda soliq hisobotida summalar ko'payib, ortiqcha qarzdorliklar yuzaga keladi. Mazkur holatni hisobga olib, shuningdek markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati (MMBX)da soliq hisobotlarini tuzishda qulayliklar yaratish maqsadida dasturga quyidagi o'zgartirishlar kiritildi: - vazifa jihatdan tasnif kodi 7091100 va tashkiliy tasnif kodi 072 bo'lgan quyi tashkilotlarda ya'ni maktabgacha ta'lim tashkilotlarida dasturning tegishli qismida soliq hisobotini tuzishda avvalgi oyni inobatga olmaslik tugmasi qo'shildi. Bu tugmaga qaysi oydan boshlab MMTBga o'tilgan bo'lsa, o'sha oyga hisobot tuzishda bayroqcha qo'yiladi…

Savol: Oʻqituvchilarga malaka oshirish davrida tabelda ish soatlari toʻliq qoʻyilardi. Shuningdek, oʻsha oʻqituvchining oʻrniga boshqa xodimlarning oʻrindoshlik asosida oʻtgan dars soatlarini ham tabelga kiritilardi. UzASBO-2 da esa tabelni tasdiqlashda soatlar setkasidan oshib ketganligi boʻyicha ogohlantirish chiqyapti, buni qanday to'g'rilash kerak? Javob: Mehnat kodeksining 370-moddasida xodim ish beruvchi va xodim uchun majburiy boʻlgan qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilgan taqdirda, ish beruvchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida xodimning ish joyini (lavozimini) va oʻrtacha ish haqini saqlab qolishi shartligi belgilangan. Shu vaqtgacha tashkilotlar oʻqituvchiga faqat dars soatlarini toʻlab, bunda ham sinf rahbarlik va daftar tekshirish kabi toʻlovlarni toʻlamay xato ishlab kelishgan. Mazkur holatda UzASBO-2 da quyidagilarga eʼtibor qilish kerak: - Tabelda faqat haqiqatda oʻtilgan dars soatlari qoʻyiladi. Qaysidir sabab bilan xodim ishda boʻlmagan va dars oʻtmagan boʻlsa, lekin unga oylik toʻlanishi kerak boʻlsa tabelda soat qoʻyilmaydi. Bunga malaka oshirish, xizmat safari kabilar kiradi. - Malaka oshirish kabi oʻrtacha ish haqi saqlanadigan davrlar uchun esa Hujjatlar-Kadrlar hisobi-Ijtimoiy taʼtillar va ishdan ozod etish boʼyicha boshqa buyruqlar qismiga tegishli buyruq kiritiladi va Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Malaka oshirish davrida o‘rtacha oylik ish haqini hisoblash qismida esa oʻrtacha ish haqi hisoblab chiqariladi. Tabel toʻldirishda tegishli kunlar Oʻqish (malaka oshirish) munosabati bilan ishlab chiqarishdan ajralgan holda ish haqi saqlanadigan taʼtil tabel koʻrsatkichi bilan chiqadi va mazkur sanalarga tegishli oʻrtacha ish haqi oydagi ish kunlaridan kelib chiqib taqsimlanib toʻlanadi. @uzasboyangiliklari
إظهار الكل...
Umumiy o'rta ta'lim maktablarida tarifikatsiyadan o'tmagan, soati o'zgargan yoki ustama, toifalarida o'zgarish bo'lgan o'qituvchilarga Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Ped.xodimlarga ish haqi biriktirish qismida hujjat yaratilsa, tarifikatsiyada yo'qligi yoki mos kelmasligi bo'yicha ogohlantirish chiqayotgandi. Bu kabi holatlarda tegishli tarifikatsiyani har safar moliya organlari bilan kelishish ham mavjud normativ huquqiy hujjatlarga unchalik muvofiq emas. Shu kabi holatlarni hisobga olib, quyidagi o'zgaritishlar kiritildi: - Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Ped.xodimlarga ish haqi biriktirish qismida zp.uzasbo.uz'dagi tarifikatsiya bilan tekshirish cheklovi olib tashlandi; - Hujjatlar-Kadrlar hisobi-Tabel (ta'lim muassasalari) qismida hujjatni tasdiqlashda har bir fan bo'yicha tabelda kiritilgan jami soat va zp.uzasbo.uz'dagi soatlar setkasi (jami) qismidagi soatlar o'zaro solishtiriladi va soatlar setkasidan oshib ketgan holatlarda tegishli ogohlantirish chiqadi. Bunda fanlar bo'yicha tabelda qancha soat ko'rsatilyapti va soatlar setkasida qancha soat mavjudligi bo'yicha pechat tugmadan foydalanib ma'lumot olish mumkin; - Agar Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Ped.xodimlarga ish haqi biriktirish qismida maktabga tegishli bo'lmagan fanlar tanlangan bo'lsa, tabelni tasdiqlashda "ushbu fan tashqi tizim fanlari bilan moslanmagan yoki ushbu tashkilotda tanlash mumkin emas", deb ogohlantirish chiqadi. Bunda Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Ped.xodimlarga ish haqi biriktirish qismida aytilgan fanlar ko'rsatilgan xodimlarda hujjatni bekor qilib to'g'rilab chiqish kerak bo'ladi; - Cheklovda fanlar bo'yicha soatlar rol o'ynagani sababli Hujjatlar-Kadrlar hisobi-Tabel qismida xodimlarga soatbay ustunida ma'lumot kiritilgan bo'lsa, hujjatni tasdiqlab bo'lmaydi va bu bo'yicha tegishli ogohlantirish chiqadi. @uzasboyangiliklari
إظهار الكل...
إظهار الكل...
Subchyotlar bo'yicha qoldiqlarni olib o'tish bo'yicha turli masalalar

Javob: UzASBO-2'da aylanma qaydnomada ma'lumotlar hisobraqam kesimida yuritiladi. Eski dasturda hisobraqam kesimida yuritilmagan. Shuningdek, ma'lum bir manba bo'yicha subchyotlar qoldig'i bilan yakuniy moliyaviy natijalar subchyotlardagi qoldiq o'zaro muvofiq kelishi ham tahlil qilinmagan. Misol uchun, tashkilotning rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari bo'yicha hisobraqamida 1 mln. so'm qoldiq mavjud. Lekin rivojlantirish jamg'armasi bo'yicha boshqa hech qanday aktiv yoki majburiyatlar bo'lmasada, 283-subchyotda…

10:00
Video unavailableShow in Telegram
Ma'lumotlar-Kadrlar hisobi ma'lumotlari-Shtat lavozimlarini o'zgartirish hujjati bilan ishlash tartibi Ushbu funksiyadan faqat sog'liqni saqlash sohasi tashkilotlari foydalanishadi. Uni ishlatish uchun qandaydir qo'shimcha vakolatlar berilishi talab etilmaydi, tizim o'zi tegishli tashkilot shu sohaga tegishli ekanligini aniqlaydi. @uzasboyangiliklari
إظهار الكل...
Hujjatlar qismiga yangi Debitorlik va kreditorlik qarzlarni qayta hisoblash hujjati qo'shildi. Mazkur hujjatning vazifasi, tashkilotlarda nima uchun aylanma qaydnoma, debitorlik va kreditorlik bo'yicha hisobotlarda aktiv schyotlar kreditga yoki passiv schyotlar debetga o'tib minus summalar chiqayotgani yoki aylanmada ortiqcha o'tkazmalar va summalar paydo bo'lib qolgani masalalari bo'yicha quyidagi havolada ma'lumot berilgan. https://telegra.ph/Kontr-schyotlar-boyicha-qoshimcha-otkazmalar-berish-tartibi-04-20 @uzasboyangiliklari
إظهار الكل...
Kontr schyotlar bo'yicha qo'shimcha o'tkazmalar berish tartibi

O'zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (2-sonli BHS) "Yagona schyotlar rejasi" (ro'yxat raqami 3078, 2018-yil 20-oktyabr)dagi asosiy o'zgarishlardan biri debitorlik va kreditorlikni hisobga oluvchi schyotlarining aktiv va passiv uchun alohida qilinganidir. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to'g'risidagi yo'riqnoma (ro'yxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr)da esa bu subchyotlar aktiv tomonda ham, passiv tomonda ham turaverardi. Bularga quyidagilar kiradi: Aktiv - Passiv - Eski schyot…

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 9-martdagi PQ-88-son Aholi tomonidan to'lovlarni amalga oshirishda qo'shimcha qulayliklar yaratish to'g'risidagi qarorida Iqtisodiyot va moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda 2023-yil 1-sentabrga qadar Yagona g‘azna hisobvarag‘i orqali hisob-kitoblarni 24/7 rejimida onlayn tartibda amalga oshirish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimini Markaziy bankning “Tezkor to‘lovlar” tizimiga integratsiya qilishni ta’minlashi belgilangandi. Mazkur qaror ijrosi natijasida tashkilotlar faqatgina bank kuni yopilishi va ochilishi bilan bog'liq muddat (odatda, 1 soatcha cho'ziladi) paytidagina to'lovlarni amalga oshirish imkoniga ega emaslar, qolgan holatda dam olish va bayram kunlari bo'ladimi yoki kechasimi, to'lovlarni amalga oshirishda mutlaqo to'sqinlik yo'q. Shuningdek, hisobraqamdan ko'chirmalarni ham, avvalgidek, bir kundan keyin emas, balki shu kunning o'zidayoq ko'rib borish imkoniga ega bo'lishdi. Endilikda esa, to'lov hujjatlarini yuborish jarayoni ham butkul yangi shaklga o'tkazildi, ya'ni hujjatlarni avvalgidek fayl ko'rinishda yuborish tizimidan voz kechilib, JSON shaklda yuborishga o'tildi. Natijada UzASBO-2'da yuborilgan to'lov hujjatlari shu onning o'zidayoq g'aznachilik organlarida ko'rinadigan qilindi. Shu bilan birga, tegishli to'lov hujjati ustida g'aznachilik organlari tomonidan qilingan o'zgarishlar ham shu paytning o'zidayoq UzASBO-2'da ko'rinib boradi. 25 razryadlik daromad SHG'Hlariga to'lovlarni amalga oshirishda esa bank kuniga ham qaramaydigan qilindi. Shu vaqtgacha, ayniqsa, ish haqi to'lovlarini amalga oshirishda ijtimoiy soliqni to'lash bo'yicha to'lov topshiriqnomasi to'langan statusda bo'lishi kerakligi cheklovi ham boshqa to'lovlarni o'tkazishni ma'lum vaqt to'xtab turishiga sabab bo'lardi. Endilikda mazkur jarayon ham juda tez bo'ladi, chunki g'aznachilikda bu kabi to'lovlar xodimlar aralashuvisiz avtomatik o'tadigan qilingan. @uzasboyangiliklari
إظهار الكل...
Eski dasturda hisoblangan ish haqi bo'yicha 5-MO ma'lumotlarini UzASBO-2'ga kiritish tartibi @uzasboyangiliklari
إظهار الكل...