cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

مشاركات الإعلانات
875
المشتركون
-124 ساعات
-57 أيام
+630 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#jamoatchilik_eshituvi O‘zbekiston Respublikasi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 sentyabrdagi 541-son “Atrof-muhitga ta’sirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga muvofiq 2024 yil 7 may kuni Xujayli tumani “Mustakillik” OFY hududidan “RUSLAN-NUR SAWDA” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan “Aholiga xizmat ko‘rsatish binosi va dam olish markazi” qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda ovul fuqarolar yig‘ini raisi va yaqin atrofdagi yashovchi aholi “Aholiga xizmat ko‘rsatish binosi va dam olish markazi” qurilishiga roziligi  va ushbu faoliyat ishga tushishi natijasida aholiga xizmat qilishi va ishchi o‘rin yaratilishini aytib, xursandligini bildirdi. 🌐 youtube |📱instagram | 🕊telegram |📱 facebook
إظهار الكل...
10:39
Video unavailableShow in Telegram
Saygachiy qoʻriqxonasiga press-tur #Qoraqalpog‘iston 🌐 youtube |📱instagram | 🕊telegram |📱 facebook
إظهار الكل...
01:47
Video unavailableShow in Telegram
CHIQINDI SHINALARDAN BUYUMLAR YASAYOTGAN HUNARMAND #Qoraqalpog'iston muxbir: Muxtar Umbetov 🌐 youtube |📱instagram | 🕊telegram |📱 facebook
إظهار الكل...
📸🎥#Mobil_tasvir Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi  tasarrufidagi "Sudoche-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasi hududida hayvonot dunyosi va qushlarning noyob vakillari tasvirlangan. Soha vakillari hamisha ular hayotini kuzatib, oʻrganish ishlarini olib borishadi. 🌐 youtube |📱instagram | 🕊telegram |📱 facebook
إظهار الكل...
00:13
Video unavailableShow in Telegram
#HUDUDDA_QULONLAR Qulonlar butunlay yo'q boʻlib ketish arafasida turgan, lokal tarqalagan kenja tur hisoblanadi. Ular asosan tekislikdagi cho'llar va yarim cho'llar, tog' etaklarida yashaydi. Ular mustahkamlashmagan qumli joylardan chetda yuradi, o'tmishda yoz faslida mavsumiy ko'chish davrida boshoqli va har xil o'tli cho'llarda yashagan. Qulonlarning ayg'irlari etakchiligida 4-5 urg'ochi va 3-4 yosh qulondan iborat poda hosil qiladi. Juftlashish davri, odatda, may-iyulda. Keyingi yil may-iyun oylarida bolalab (1ta), keyingi koyiqish davrigacha bolalari onasidan ajramaydi. Boshoqli o'simliklar, ejovniklar, shuvoq va cho'ra asosiy ozuqalari sanaladi. 📕O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi"ga kiritilgan. 🌐 youtube |📱instagram | 🕊telegram |📱 facebook
إظهار الكل...
01:46
Video unavailableShow in Telegram
#Tezkor_reyd Ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar, jumladan daraxtlarni ruxsatsiz kesish, brakonerlik, noqonuniy chiqindilar tashlash, kabi holatlarga qarshi profilaktika vazifalarini amalga oshirishi maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab kuchaytirilgan nazorat tadbirlari olib borilmoqda. 🌐 youtube |📱instagram | 🕊telegram |📱 facebook
إظهار الكل...
#Qoraqalpog‘iston_Respublikasi Ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar, jumladan daraxtlarni ruxsatsiz kesish, brakonerlik, noqonuniy chiqindilar tashlash, kabi holatlarga qarshi profilaktika vazifalarini amalga oshirishi maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Nazorat inspeksiyasi va IIB PPX va JTSB, Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda ekologiya sohasiga oid bir qator qonunbuzarlik holatlarini oldini olish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab kuchaytirilgan nazorat tadbirlari olib borilmoqda. 🌐 youtube |📱instagram | 🕊telegram |📱 facebook
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
🐝“Butunjahon asalarilar kuni” O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi masalalariga bag'ishlangan muhim sanalar bo'yicha o'tkaziladigan tadbirlar kalendar rejasining 15-bandiga muvofiq, joriy yilning 20-may kuni “Butunjahon asalarilar kuni” o'tkazish belgilangan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan "Butunjahon asalarilar kun"  mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Mavzuga doir savollarga talabalar mutaxassis tomonidan atoflicha javob oldilar. 🌐 youtube |📱instagram | 🕊telegram |📱 facebook
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun, 20-may kuni ko‘plab mamlakatlarda BMT Bosh Assambleyasining 2017-yil dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan ta’sis etilgan Butunjahon asalarilar kuni nishonlanadi. Bu yilgi kampaniyaning “Asalariga e’tibor – bu yoshlarga bog‘liq” shiori yoshlarda asalarilar va boshqa changlatuvchilarning qishloq xo‘jaligi, ekologik muvozanat va biologik xilma-xillikni saqlashdagi muhim o‘rni haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan. Bugungi kunda changlatuvchilar oziq-ovqat xavfsizligiga katta hissa qo'shishi mumkin. Ular nafaqat o'simliklarning o'sishiga yordam beradi, balki mahalliy ekotizimlar salomatligi bilan bog'liq muammolarni ko'rsatib, ekologik xavflarni aniqlashga ko‘maklashadi. Changlatuvchilar, shuningdek, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning muhim jihati bo‘lgan biologik xilma-xillikni saqlashda ham muhim rol o‘ynaydi. 🌐 youtube |📱instagram | 🕊telegram |📱 facebook
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Ukki bolalariga yordam ko‘rsatildi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati xodimlari tomonidan kuzatuv va monitoring ishlari olib borildi. Monitoring davomida ukki bolalari  yordamga muhtoj ekanligi ma'lum bo‘ldi. Polaponlarga yordam ko‘rsatilib, uyalariga joylab qo‘yildi. Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati hududlarida 343 turdagi umurtqali hayvonlar, shu jumladan, 41 turdagi baliqlar, 2 ta amfibiyalar, 24 ta sudralib yuruvchilar, 238 ta qushlar (migratsiya qiluvchilar bilan) va 38 ta sutemizuvchilar ro'yxatga olingan. Shulardan baliqlarning 10 turi, sudralib yuruvchilarning 2 turi, qushlarning 14 turi va sutemizuvchilarning 4 turi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. __ Оказана помощь детенышам филина Сотрудники Нижне-Амударьинского государственного биосферного заповедника при Министерстве экологии, охраны окружающей среды и изменения климата провели очередные мониторинговые работы. В ходе мониторинга были выявлены детеныши филина, нуждавшиеся в помощи.  Птенцам помогли и вернули их обратно в гнезда. На территории Нижне-Амударьинского государственного биосферного заповедника зарегистрировано 343 вида позвоночных животных, в том числе 41 вид рыб, 2 вида земноводных, 24 вида пресмыкающихся, 238 видов птиц (с мигрирующими) и 38 видов млекопитающих. Из них в Красную книгу Узбекистана включены 10 видов рыб, 2 вида пресмыкающихся, 14 видов птиц и 4 вида млекопитающих. Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
إظهار الكل...