cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

BU FAKT | Rasmiy kanal

🧠Shunchaki kuzatib boring. Bilsangiz takrorlaysiz, bilmasangiz yangi ma'lumotga ega bo'lasiz. Admin bilan bogʻlanish uchun: @xamza_ali

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدلم يتم تحديد اللغةالفئة غير محددة
مشاركات الإعلانات
236
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Lokana kommunasi, Borgomezzavalle, Italiya Italiyaning uncha katta bo‘lmagan shahrida ko‘chib o‘tganlarga 9 ming yevro to‘lanadi. Bu haqda mer Jovanni Bruno Mattiet ma’lum qilgan: “Lokaneda sog‘lom turmush tarzi, ajoyib taomlar va yil davomida bo‘lib o‘tadigan folklor yarmarkalari sizni lol qoldiradi. Yangi kelganlarga ko‘chgani va tug‘ilgan farzand uchun uch yil muddatga 9 ming yevro miqdorda subsidiya beriladi. Bu yerda biznes boshlamoqchi bo‘lganlarga yana 2 ming yevro taqdim qilamiz”. Talaffuz qilinishi qiyin, shu bilan birga nomi quloqqa vahimali eshitiladigan Borgomezzavalledagi sharoitlar esa yanada qiziqroq. Tog‘ hududidagi xaroba uyni atigi 1 yevroga xarid qilishingiz mumkin, ammo bir sharti bor: turar joyni ikki yil ichida ta’mirlash kerak. Ko‘chib kelgandan keyin dunyoga kelgan har bir bola uchun esa yana 1 ming dollardan beriladi. 👉 @bufaktrasmiy | #top_faktlar
إظهار الكل...
Misima, Kagosima prefektirasi, Yaponiya Yaponiyaning uchta kichik orolda joylashgan Misima qishlog‘ida atigi 400 kishi istiqomat qiladi. Aholining keksaligi va tezda kamayib borayotgani hisobiga hukumat yangi ko‘chib kelgan fuqaroga uch yil davomida oyiga 760 dollardan mablag‘ to‘laydi. Bundan tashqari, ko‘chib o‘tgandan keyin darhol 4,5 ming miqdorda mablag‘, sigir (ha, adashmadingiz o‘sha siz bilgan sigir) sovg‘a qiladi va shu bilan birga yo‘lga sarflangan xarajatlarni (840 dollar) qo‘shimcha ravishda to‘laydi. Ammo har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh tarozi, deganlardek bu yerda yashash hammaga ham emas. 👉 @bufaktrasmiy | #top_faktlar
إظهار الكل...
Xarmoni, Minnesota shtati, AQSh Fuqarolarga ko‘chib kelgani uchun pul to‘laydigan mamlakatlar Gollivudcha yashashni orzu qilish, albatta, yaxshi lekin orzular mamlakatida qo‘nim topib, oyoqqa turishning o‘zi bo‘lmaydi. AQShning boshqa bir shahri — Minnesot shtatidagi Xarmonida esa hammasi biroz boshqacha. Aholisi bor-yo‘g‘i 1000 kishini tashkil etgan Xarmonining yangi fuqarolarga hamisha quchog‘i ochiq. Yanada quvonarlisi, yoshning, fuqarolikning, ish joyi va daromad miqdorining qancha ekani ahamiyatga ega emas. Asosiysi, ko‘chib kelib uy solishda. Qurilish uchun 5000 dollardan 12 000 dollargacha pul to‘lanadi. 👉 @bufaktrasmiy | #top_faktlar
إظهار الكل...
Tesla va SpaceX’ning sobiq xodimlari Asos solgan kompaniya shahar tashqarisida hordiq chiqarish uchun zamonaviy yig‘ma chodirlarni taqdim etdi. Shaharlardagi doimiy shovqindan charchab, tabiat qo‘ynida dam olishni istovchilar uchun g‘aroyib Jupe chodirlari taqdim etildi. Bu chodirning o‘ziga xos nimasi bor? Tesla va SpaceX’ning sobiq xodimlari ishlab chiqqanidan tashqari, narxi ancha mo‘’tadil – 99 AQSh dollari. 👉 @bufaktrasmiy | #top_faktlar
إظهار الكل...
Kianu Rivz kaskadyorlariga minnatdorchilik sifatida Rolex soatini sovg‘a qildi Aksessuarga “Jon Uik beshligi” degan yozuv, kaskadyorlarning ismi va minnatdorchilik so‘zi o‘yib tushirilgan. Ma’lumot uchun, “Jon Uik 4” filmining premyerasi 2022-yil 26-may kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 👉 @bufaktrasmiy | #top_faktlar
إظهار الكل...
AQShda kuniga 1700 millionerga ko’payadi Dunyodagi millionerlar biz o’ylagandan ham ko’proq. AQShda kuniga 1700 kishi millionerlarga aylanadi. Statistikaga ko’ra, Amerikada yiliga 1 million dollardan ziyod daromadga ega bo’lgan 8 milliondan ortiq oilalar mavjud va bu miqdor ko’chmas mulk va hashamatli mahsulotlarni o’z ichiga olmaydi. 👉 @bufaktrasmiy | #top_faktlar
إظهار الكل...
McDonald’s soniyasiga 75 gamburger sotadi McDonald’s ning eng mashhur restoranlaridan biri, soniyasiga 75 gamburgerni sotadi. Ular hatto mahsulot sotilganligini va qancha mijozga ma’lum bir vaqt davomida xizmat qilganligini kuzatib turadigan maxsus veb-saytga ega. 👉 @bufaktrasmiy | #top_faktlar
إظهار الكل...
Daniyaliklar ayollar – eng ko’p ishlaydigan onalar Statistikaga ko’ra, Daniya onalarning 82% odatdagidek ishlaydi. Shuni ham ta’kidlash joizki, Shvetsiya, Gollandiya va Sloveniya ushbu reytingda juda yaqin. Gretsiya so’nggi o’rinni egallagan – bu yerda 50 foizdan kamroq onalar ishlaydi. 👉 @bufaktrasmiy | #top_faktlar
إظهار الكل...
Shanba kuni tug’ilgan bolalarning eng kam soni Statistika, hatto ko’pchilik bolalar qaysi kun tug’ilganini aniqladilar. Shunday qilib, yetakchi o’rin payshanba (17,5%), ikkinchi o’rin dushanba (14,2%), lekin eng mashhur bo’lmagan kun shanba ekan (12,5%). 👉 @bufaktrasmiy | #top_faktlar
إظهار الكل...
AQShda odamlar kuniga 4 soatdan ko’proq televizor tomosha qiladi AQSH liklar har kunning beshdan bir qismini (270 minut) televizor tomosha qilish bilan o’tkazadilar. Polsha esa 2-o’rinda, odamlar televizorni kunda 264 daqiqa tomosha qiladilar. Rossiya ushbu ro’yxatda 5-o’rinni egallagan (248 daqiqa). 👉 @bufaktrasmiy | #top_faktlar
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.