cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Young linguists 📚

Owner : @

إظهار المزيد
Uzbekistan54 108لم يتم تحديد اللغةالفئة غير محددة
مشاركات الإعلانات
200
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Hamma kompaniya sim kartalariga BEPUL🤩👆 Tezlashing bunaqa imkoniyat faqat bugun🥳🥳🥳
إظهار الكل...
Siz qaysi kompaniyadasiz🥳 O'zingizga bepul va ishonchli va ko'proq megabayt kerakmi😁🥳 🥳O'zingizga kerakli megabaytni ustiga bosing va undan ham ko'proq bonuslarga ega bo'ling🙈🥳👇
إظهار الكل...
100 MB 🌿
200 MB🌿
400 MB🌿
CHEKSIZ MB OLISH〽️
​​Ramazon muborak! Mana oylarning sayyidi hamda barcha musulmonlar orzuqib kutgan oy - ramazon oyi ham kirib keldi. Ushbu muborak oy bilan barcha mo'min-musulmonlarni tabriklaymiz. Barchamizga ushbu oydan chiroyli foydalar olib, onamizdan yangi tug'ulgan chaqaloqdak gunohlardan pok bo'lgan holda chiqishimizni Alloh nasib etsin! Albatta ushbu oyni g'animat biling chunki bu oyda: - Har bir qilgan solih amalimiz uchun boshqa oylarga nisbatan bir necha barobar ko'proq savob beriladi; - Shaytonlar kishanlanadi (Ya'ni bizni chalg'ituvchi va vasvasa qiluvchilar bo'lmaydi); - Tutgan ro'zamiz ruhimizga ham, jismimizga ham foyda bo'ladi va boshqa juda ham ko'plab foydalar bor. Shuningdek, ushbu oyda faqatgina taomdan tiyilib, qolgan gunoh ishlarda davom etmang! Chunki Payg'ambarimiz sollollohu alayhi vasallam, Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda: “Kimki (Ramazonda) bo‘lmag‘ur, fahsh so‘z va amallarni tashlamas ekan, Alloh uning taom yemay va ichimlik ichimay yurishiga e’tibor qilmaydi” deganlar. Bundan ko'rinib turiptiki albatta yomon odatlarimizni ham tashlashimiz shart! Barchamizga ushbu oy hayrli va barokatli bo'lsin!
إظهار الكل...

Relative clauses (1) Ikkita gapni bittaga aylantirish uchun bizga ba'zan "relative clauses" kerak bo'ladi. Doim uchta so'zdan birini ishlatamiz: who, that, which. Quyidagi ikkita gap: I met a man. He can speak six languages. - Men bir kishini uchratdim. U oltita tilda gaplasha oladi. Ikkala gapni birlashtiramiz: I met a man who can speak six language - Men bir kishini uchratdimki oltita tilda gaplasha oladi. Yoki: Men oltita tilda gaplasha oladigan kishini uchratdim. "He" o'rniga biz "who" so'zini ishlatdik, chunki odamlar haqida gap ketganda shu so'z ishlatiladi. That va which so'zlari narsalar uchun ishlatiladi. Gohida "that" so'zi odamlarga ham ishlatiladi, ammo odamlarga "who"ni ishlatish afzal. Bobur was wearing a hat. It was too big for him. - Bobur shlyapa kiyib yurgan edi. U o'ziga juda katta edi. Ikkala gapni birlashtiramiz: Bobur was wearing a hat which (yoki - that) was too big for him - Bobur o'ziga judayam katta shlyapani kiyib yurgan edi. Demak shunga o'xshash gaplar uchrab qolsa, tarjima qilishda adashmasligimiz kerak: Do you know who was playing the piano at the party - Kechada pianino chalayotgan kishini taniysizmi? Have you seen the money that was on the table? - Stolning ustidagi pulni ko'rdingizmi? 👉@young_linguists
إظهار الكل...
​​​​​​#Lyrics ​​🎤 Ingliz tilini qo'shiqlar bilan o'rganing va tushuning 🎼 ​​Selena Gomez - Come And Get It (Video Lyrics) 👉 @young_linguists
إظهار الكل...

So'zlashuv uchun: Lug'at ⚡️ Ingliz tili testlarida eng ko’p uchraydigan iboraviy fe’llar (10ta) Iboraviy fe'llar ichidan afraid of, interested in, look for kabi juda ko’p ishlatiladigan, hammaga yod bo’lib ketganlarini olib tashlab, kamyob, ko’pchilik uchun notanish bo’lishi tahmin qilinganlarinigina qoldirildi. Ularni yodlab oling va umid qilamizki, test bajarishingizda ushbu ro’yxat o’rgangan bilimingiz oz bo’lsa ham yordam beradi: CALL AROUND – tashrif buyurmoq CALL BACK – qaytib qo’ng’iroq qilmoq CALL ON – yordam so’ramoq CARRY OFF – g’alaba qilmoq, kasallikdan o’lmoq CATCH ON – mashxurlik qozonmoq CHARGE WITH – jinoyatda ayblamoq CHEER UP – undamoq, ruhlantirmoq CHILL OUT – dam olmoq CLEAR AWAY – manzilni tark etish CLOSE UP – to’liq yopish, birlashtirish, yaqinlashish 👉 @young_linguists
إظهار الكل...
Grammatika ⚡️ ​Conjuctions - bog'lovchilar 👉 Bog’lovchilar  gaplarda ✅Otlarni  ✅Sifatlarni ✅Fe’larni  ✅Ravishlarni  ✅Sodda gaplarni bog’lashga yordam beradi. 👉 And, but, or, nor, for, yet, so kabi bog’lovchilar mavjud. Ushbu bog’lovchilarning ishlatilinishiga e’tibor bering. I like to eat fruits  and  vegetables – Men meva va sabzavotlarni yeyishni yoqtiraman 👉 “And” bog’lovchisi  ikki yoki undan ko’p narsa yoki odamlarni  birlashtirish uchun  ishlatilinadi. cheese and crackers ➖➖➖➖➖➖➖➖ Football is a fun sport, but sometimes you can fall and hurt yourself.   – Futbol ajoyib sport, ammo ba’zan siz unda yiqilishingiz va o’zingizni jarohatlab olishingiz mumkin. 👉 “But” bog’lovchisi zidlash va farqlashda ishlatilinadi. Football is fun, but it is also a little dangerous. ➖➖➖➖➖➖➖➖ Would you like to eat a hotdog or a hamburger? – Siz hotdog yoki gamburger yeyishni xohlaysizmi? 👉 “Or”  bog’lovchisi  tanlov  yoki qarorda ishlatilinadi. a hotdog or a hamburger ➖➖➖➖➖➖➖➖ She eats neither hotdogs nor hamburgers. She prefers vegetables. - U  na hotdog, na gamburger  yeydi. U sabsavotlarni afzal ko’radi. 👉 “Nor” bog’lovchisi  “Or” ning inkor shakli hisoblanib, doim “neither” bilan birga ishlatilinadi. …neither…..nor….. neither a hotdog nor a hamburger ➖➖➖➖➖➖➖➖ He went to prison, for he had killed someone  – U kimnidir o'ldirgani uchun qamoqqa jo’natildi 👉 “For” bog’lovchisi xuddi “because” va  “since” kabi “uchun, chunki” deb tarjima qilinadi, ➖➖➖➖➖➖➖➖ It’s cold outside, yet these boys don’t want to go inside because they are having so much fun  -Tashqari juda sovuq, ammo bollalar ichkariga kirishni xohlamaydilar chunki ular judayam xursandlar. 👉 “Yet” gap o’rtasida kelsa, “lekin, ammo”  deb tarjima qilinadi. cold yet fun ➖➖➖➖➖➖➖➖ She saw a spider, so she became afraid  -U o’rgimchakni ko’rdi shuning uchun undan qo’rqdi 👉 “So” bog’lovchisi shuning uchun ma’nosida keladi ➖➖➖➖➖➖➖➖ She became afraid because she saw a spider. - U qo’rqdi chunki u o’rgimchakni ko’rdi. saw a spider arrow became afraid ️👉 @young_linguists
إظهار الكل...
🌸8-MART XOTIN-QIZLAR BAYRAMI BILAN TABRIKLAYMIZ! Sizlar borsiz so'zimizda sado bor, Sizlar borsiz ishq ahlida gado bor, Sizlar borsiz ming bir dardga da'vo bor, Men oftobga alishmagan ayollar. Oftob ojiz asli onam oldida, Bibixonim yuragimning yodida, Siz yashaysiz Mohlaroyim dodida, Men oftobga alishmagan ayollar. Bayramlariz bilan aziz qadrdon qizlar ilohim barxha niyatiylarga erishinglar😘😘😘😘
إظهار الكل...
Gramatika 📋 Infinitiv (Infinitive) Infinitiv – bu fe’lning shaxssiz, hech qanday zamon, shaxs yoki maylda tuslanmagan, hech qanday qo’shimchalar qo’shilmagan sof shaklidir. Ingliz tilidagi infinitiv haqida gapirishdan avval grammatikadagi infinitiv tushunchasini o’zbek tilida ko’rib chiqamiz. Infinitiv – bu eng birinchi o’rinda fe’l degani. O’zbek tilida biror fe’lni misol qilib olaylik. Masalan, “ishlamoq” fe’li. Bu yerda fe’l infinitiv (sof, toza, tuslanmagan) holatda ishlatilayapti. Agar biz “Men kecha ishladim” desak, bunda endi “ishladim” so’zi infinitiv fe’l hisoblanmaydi. Chunki u ham zamonda (o’tgan zamon), ham shaxs-sonda (birinchi shaxs, birlik) tuslangan. “Ular ishlashadi“, “Biz ishlagan edik” yoki “Siz ishlayapsizmi?” gaplaridagi fe’lning birortasi ham infinitiv holatda emas. Ular yoki zamon, yoki shaxs-son, yoki hammasida tuslangandir. Bu fe’llarning infinitiv shakli “ishlamoq” so’zi bo’lib qoladi. Ingliz tilida ham, huddi o’zbek tilida bo’lgani kabi, fe’llarning zamon, shaxs-son, maylda tuslangan va tuslanmagan (infinitiv) shakli bo’ladi. Ingliz tilida fe’lning infinitiv shaklda yoki bunday shaklda emas ekanligini asosan fe’lga qo’shilgan qo’shimchalar hamda fe’l o’zagining o’zgarganligi orqali bilib olishimiz mumkin. ✅ Ingliz tilida infinitiv fe’l ikki hil bo’ladi: “TO” yuklamasi oladigan va “TO” yuklamasisiz ishlatiladigan infinitiv fe’llar. Masalan, “work” so’zining o’zi ham, fe’lning yuklama bilan “to work” bo’lib kelishi ham infinitiv shakl hisoblanadi. Ingliz tilida infinitiv shakldagi fe’lning qachon “to” yuklamasi bilan, qachon yuklamasiz ishlatishning alohida qoidalari mavjud. Asosan, infinitiv quidagi hollarda “to” yuklamasi bilan birga ishlatiladi: ✅ Maxsus fe’llardan keyin kelganda (masalan, want, desire, hope, remember, va h.k.); ✅ Murakkab to’ldiruvchili fe’llardan keyin kelganda. Masalan, “I want you to come home” degan gapda “come” fe’li murakkab to’ldiruvchili fe’l “want you” dan keyin kelgan holatda o’zidan oldin “to” yuklamasini olayapti; ✅ Sifatlardan keyin. Ingliz tilidagi infinitiv fe’llar o’zbek tiliga “-moq” qo’shimchasi orqali tarjima qilinadi. Maqsadni ifodalagan infinitiv fe’llar “-moqlik uchun” deb ham tarjima qilinishi mumkin. Masalan: We came here to help you – Biz bu yerga sizga yordam bermoqlik uchun keldik. Yuqorida yozganlarimiz infinitiv fe’llar haqidagi tor qamrovli tushuncha hisoblanadi. Bu yerda fe’lning asosiy jihatlarinigina yoritilgan, chuqurlashtirib o’rganilganda esa infinitiv mavzusida tushunib olishimiz kerak bo’lgan muhim jihatlar juda ko’p. 👉@young_linguists
إظهار الكل...
#Multfilm ♻️ Ko'ring va so'zlarning talaffuziga e'tibor bering 🎬 Grimm's Fairy Tale: Little Red Riding Hood 👉 ️@young_linguists
إظهار الكل...
Grimm's Fairy Tale Classics LITTLE RED RIDING HOOD.mp462.60 MB
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.