cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

SEN UCHUN....

Adabiy va ijodiy kanal... Nuqtalardan boshlanganda so'z, So'z boshlamay nuqta qo'yardim..

إظهار المزيد
Tajikistan7 123لم يتم تحديد اللغةالكتب17 736
مشاركات الإعلانات
189
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#Music_time🎧 Nahotki shu boʻlsa...
إظهار الكل...
ALISHER UZOQOV - NAHOTKI SHU BO_LSA SEVGI_(MP3_128K).mp33.93 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Bir qizga) Gul uzatdim olmadi ketdi, Orzularim boshlandi shunda, Men yoʻlidan atay chiqardim, Sevib qolsin degancha kunda. Nozlarini qoʻymadi dilbar, Yuzin burib ketdi muttasil, Toʻgʻri aytgan bilsam kattalar, Ona bilan qiz boʻlar bir xil Gʻichirlatib chirik tishimni, Xayolimda qilaman nola Men labidan oʻpmagan qizni, Lablaridan oʻpar piyola. Shahzod Nabiyev 13.11.2022.yil/ 19:29 t.me/Shahzod_Nabiyev
إظهار الكل...
MONOLOG Sevgi! Sening shirin tilingdan Kim o'pmagan, kim tishlamagan? Darding yoyday tilib ko'ksidan, Kim qalbida qonlar to'kmagan? Seni yaxshi bilaman, go'zal Petrarkani o'qiganim bor, Buyuk Rimning Sapfosi azal Xayolimni oshiqday tortar. Bilamanki, Tasso bechora Rohat ko'rmay o'tgan bir umr. Ey,makkora qiz, Leonora, Nomi qora bilan yozilgur!.. Balki, guldan yaralgan pari, Tosh ko'ngilli Biatriche - 'Gadosan!' deb qochmasa nari Dante baxtli bo'lardi picha?! Balki Hamlet oydin tunlarda Ofeliyani erkalatardi, Balki uzun sochini silab Azongacha ertak aytardi. Agar xiyonatni bilmasa, Ezmasa fojia yuragin! Yo'q,yo'q,shoir! Gar shunday bo'lsa Shekspirning yo'qdir keragi! Dezdemona, gunohsiz dilbar, Jigar qonlaringni ichgan kim? Bilaman - Otello, bilaman... Otello haqlimi?.. Shoir jim!.. Jim!.. Ufqdan botar quyoshni Shart kesilgan boshga o'xshatdim. Parcha-parcha kuygan shafaqlar Tirqiragan qonni eslatdi! Qanday qo'rqinch! Qanday qabohat! Mumkin emas hech qiynalmasdan! Aqlidan ozganmi muhabbat? Mumkin emas,qarshi turmasdan! Mumkin emas, ey oliyjanob, Necha yurakni aylab xarob, Shohona toj kiygan muhabbat, Mumkin emas! Qanday qabohat, Ki, odamning o'zinginamas, Hissini ham xarob qilsa davr! Qiynalaman!.. Yuragimda havr - Bu qarshilik! Yo'q! Gina emas. Bu qarshilik! Ko'ring tarixni - Parvonadek qanoti kuygan. Bu qarshilik! Ko'ring tarixni - Umr tepasida musht tuygan... Qiynalaman vijdon bilan man - Mumkin emas qarshi turmasdan O'z zimmamga katta ish oldim; Ehtimolki,tamom qilmasdan - Umrim tugar.Ammo bo'lmaydi (Ko'nglim o'rniga hech tushmaydi!) Senga qarshi bosh ko'tarmasdan, Asrlarni yig'latgan sevgi! Usmon Nosir. 1933
إظهار الكل...
Osmonli imperiyasi va Rus imperiyasi urushi vaqtida Nene Hatun degan Osmonli ayoli 3 oylik bolasini tashlab urushga boribdi. Qo'mondonlar sening bolang kichik ortinga qayt deb buyuq berishibdi. Shunda Neda Hatun shunday debdi: Bola onasiz katta bo'ladi. Vatansiz emas degan ekan..
إظهار الكل...
Ketganlar Ibodatda uzmay bosh, Qilayapman shukur dosh Begona boʻldik qondosh, Kechib Kechib ketganlar, Yuzi kulib ketganlar.. Loy sochadi ortimdan, Bir dard oʻtar ichimdan, Men yoqasi gʻijimdan, Kechib kechib ketganlar, Yuzi kulib ketganlar Umidimga urib tigʻ, Har nega qilib achchiq, Bu hayot buncha qiziq Kechib kechib ketganlar, Yuzi kulib ketganlar. Somonga chogʻ tushganday, Ichayapman toʻyib may Sizni qanday erkalay, Kechib Kechib ketganlar Yuzi kulib ketganlar.. Shoqolmasman bilsangiz Davr-u davron sursangiz Shahzod tikdir koʻrsangiz Kechib kechib ketganlar, Yuzi kulib ketganlar.. Shahzod Nabiyev 11.11.2022.yil / 21:51 t.me/Shahzod_Nabiyev
إظهار الكل...

#Изламдагиларга Китобим чиқди... Тақдимотга келдингларми... бундай саволларни йиғиштиринглар илтимос. лекин бу китоблар қишлоқларга етиб бордими? Пойтахтда туриб жар солгандан, пул сарфлагандан нима фойда. Уни кимдир ўқиши керак ( ижодкормас ) талабамас) ё қайсидир газета ё тв ходимларимас.. буларни айтмасангиз ҳам ўқийди.. Халқ ўқиш керак. Халқни ичига бориш керак. Хонободан, Мўйноқгача қанча қишлоқ бўлса ҳаммасига бирдек кириб бориш керак. Жадидларимиз Тошкентда ё Самарқандда туриб мақтанмаган. Керак бўлса уйма-уй юриб маданият, маънавият шамолини олиб борган. Тўғри кўпчиликка ўрнаксизлар ва ўрнак бўлиб улгургансиз. Мен нима демоқчиман хайрли ишни охиргача қилиш керак. Боринг қишлоқларга сизда имконият бор. Уйғотинг мудраётган одамларни.. Қарсакларга уч-тўртда сотилган китобингизга хурсанд бўлиб Тошкентда тош қотиб қолманг. Илтимос сиздан азиз ижодкорлар.. t.me/Shahzod_Nabiyev
إظهار الكل...
SEN UCHUN....

Adabiy va ijodiy kanal... Nuqtalardan boshlanganda so'z, So'z boshlamay nuqta qo'yardim..

audio.mp32.79 MB
Photo unavailableShow in Telegram
*** Ёлғизликнинг чанг кўчасидан, Бахтим билан қувлашиб чиқдим, Орзуларнинг белидан қучиб, Бўри каби увлашиб чиқдим... Етолмади менга андуҳлар, Етолмади ёлғизлик ҳиси, Олисларда қадам ташлайди, Ташвишларнинг босилган изи. Кетмоқдаман йўлимда чаман, Тупроқлардан бўй чўзар хунлар, Унутилиб кетар эканда, Бахт келганда ташвишли кунлар... ✍Шаҳзод Набиев @Shahzod_Nabiyev
إظهار الكل...
audio.mp33.56 MB
Photo unavailableShow in Telegram
*** Mudramoqda koʻzlarim maʼyus, Tunlar bedor alahlar ishqim. Sogʻintirib qoʻymaysiz hanuz, Sogʻinib ham toʻymayman bir zum. Cheksizlikka  boraman shoʻngʻib, U yoqlarda yolgʻizman faqat. Tonglar otib kunlar botsa-da, Qilmoqdaman indamay toqat. Siz-chi mendan olisda hamon, Hijronlarda boshim egasiz. Sevishimni bilasiz, ammo, Boshqasiga erga tegasiz... Shahzod Nabiyev t.me/Shahzod_Nabiyev
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.