cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Ostonov Minbari

Asosan, tarix, ba'zan siyosat, ba'zan achchiq satira... Tarixchi-jurnalist Jahongir Oston blogi Taklif, mulohaza va reklama uchun: @tilmoc Qo'llab-quvvatlash uchun donat: https://tirikchilik.uz/ostonovminbari

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
3 126
المشتركون
-524 ساعات
-567 أيام
+14830 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Nega Beeline doim sifat yaxshilanishi borasida katta va'dalarni beradi-yu, lekin hech qachon bajarmaydi? @ostonovminbari
إظهار الكل...
😁 5 1
Yaqinda institutda bo'lgan konferensiya to'plamida navbatdagi maqolam nashr etildi. Unda fransuz sharqshunosi Pol Pelyo haqida yozganman. Qiziq bo'lsa o'qib ko'ringlar. @ostonovminbari
إظهار الكل...
👍 7
#tahlil #18+ 🔞 Ogohlantiriş. Matnda sökiniş sözlari bor voyaga yetmagan yoki öta manaviyatçi bölsangiz öqimang. Ibora: Çöçoğingni kesib qöyaman. Quloğingni kesib qöyaman. Bu iboralar köpinça şöxlik qilgan bolaga bas qilişi uçun qörqitib qöyiş maqsadida işlatiladi. Qiziq jihati şundaki bu ikki iboraning kelib çiqişi bir kasb egalariga borib taqaladi, yani sartaroşlarga. Ilgari sartaroşlar soç soqol olişdan taşqari yana boşqa işlar bilan ham şuğullanişgan, bulardan hatna(sunnat) qiliş va quloqni tilib qöyiş bilan angina kasalligini davolaş işlarini ham sartaroşlar amalga oşirgan. Soç oldirgani kelgan bola injiqlik qilavergan vaqtda sartaroş bolani ikki iboradan biri bilan qörqitgan va öz işini yakunlagan. Bora bora bu iboralarni nafaqat sartaroşlar balki barça işlata boşlagan. Qörqitiş eng samarali usul nafaqat bolalarga kattalarga ham, lekin buni töğri yoki notöğri ekanligi boşqa masala. Sartaroş tanişlaringizga jönatib qöying, avvalgi sartaroşlar köproq narsani bilişganini bilişsin. Mantiqşunos
إظهار الكل...
👍 8😁 6
Photo unavailableShow in Telegram
So'g'd musiqachilari, raqqos va musiqa asboblari. Yana Xitoy tasvirlari. @ostonovminbari
إظهار الكل...
👍 5🌚 5
Photo unavailableShow in Telegram
HongKongdagi muzeyda saqlanayotgan so'g'dlar tasviri tushirilgan Budda haykali fragmani. Bu so'g'dlarning xitoyliklar tasavvuridagi salbiy ko'rinishi. Xuddi O'rta asr Yevropasida tasvirlangan yahudiylar singari karikaturali qilib tasvirlangan. @ostonovminbari
إظهار الكل...
🌚 8👍 3🔥 2
Yoshligimdan tarixiy filmlarni juda sevib tomosha qilaman. "Sheryurak" kabi tarixiy filmlarni ko'rganda, qaniydi bizda ham shunday filmlar ishlansa, maza qilib tomosha qilsak, deb orzu qilardim. Tarixiy filmlarni suratga olishda bir qancha qadamlar ham tashlandi o'tgan yillarda. Masalan, "Islomxo'ja", "Avloniy" singari filmlarni shaxsan o'zim qimirlamasdan tomosha qilganman, hatto bir necha marta. Kecha ham, yozganimdek, yangi bir tarixiy filmni tomosha qildik: "Yalangto'sh Bahodir". Bu hozirgacha ishlangan tarixiy filmlar orasida eng zo'ri. Har tomonlama oldingi filmlarni ortda qoldira oldi. O'zbek kinosi uchun yangi sahifani ochdi. Ha, filmda kamchiliklar bor, ba'zilarini kechirish mumkin, ba'zilarini tuzatsa bo'ladi. Muhimi, katta qadam tashlandi. Film haqida batafsil yozib o'tirmayman, chunki bi necha kundan keyin Toshkentda premyera qilinadi va hamma kinoteatrda tomosha qilishi mumkin. Filmdagi tarixiy qahramonlarga kelsak, ular juda ishonarli qilib gavdalantirilgan. Ayniqsa, Buxoro xonligining Ashtarxoniylar sulolasidan bo'lgan Imomqulixon ziyoli, aqlli, uzoqni ko'ra oladigan qilib tasvirlangan. Uning jiyani Abdulaziz Sulton, keyinchalik xon bo'ladi, ham jasur, aqlli, odobli qilib tasvirlanib, stereotipga aylangan "o'zbek xonlari ahmoq bo'lgan" degan qarashni parchalab tashlagan. Aynan shu jihatdan film katta taassurot qoldirdi. Odatda, tarixiy filmlar odamlarning hammasiga ham yoqavermaydi. Lekin kecha filmni tomosha qilishga kelgan tomoshabinlarning deyarli barchasi film oxirigacha kutib o'tirdi. Film davomida bir necha bor qarsaklar chalindi. Tomoshabin qarsak chaldimi, demak film uni o'ziga rom qila olgan. Filmdagi dialoglar shu darajada ishlanganki, eshitganda odamning eti jimirlab ketadi. O'zbeki kinosi uchun yangi qadam muborak bo'lsin. O'ylaymizki, bu boshlanishi va bundan keyingilar bundan ham zo'r bo'ladi. @ostonovminbari
إظهار الكل...
👍 9👏 6 4 3
Yalangto'sh Bahodir filmi o'zbek kinosi tarixidagi tub burilish bo'ldi. Ilk taassurot shuki, film juda yuqori darajada. Hali batafsil yozaman. @ostonovminbari
إظهار الكل...
👍 23
Photo unavailableShow in Telegram
Mana shu sahnada bugun premyerani tomosha qilamiz. @ostonovminbari
إظهار الكل...
11👍 6😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun Samarqand shahrida katta premyera. @ostonovminbari
إظهار الكل...
🤩 8👍 1