ar
Feedback
24/7

24/7

الذهاب إلى القناة على Telegram

Eng so'nggi yangiliklar 24/7 formatida.

إظهار المزيد
497
المشتركون
-124 ساعات
-87 أيام
-1630 أيام
أرشيف المشاركات
24/7
497
Германия канцлери Олаф Шольц 15-16 сентябрь кунлари расмий ташриф билан Ўзбекистонда бўлади. Ташриф дастурига мувофиқ, Самарқанд шаҳрида олий даражадаги музокаралар ўтказилади. Унда Ўзбекистон-Германия кўп қиррали ҳамкорлигини янада ривожлантириш масалалари кўриб чиқилади. https://t.me/Samxabar

24/7
497
‼️Айрим банкларда доллар сотиш курси 12 800 сўмдан ошди Халқ банки, Туронбанк, Ориент финанс банк, СҚБ, Universalbank, Ziraatbank ва Тенгебанкда доллар 12 800 сўмдан ошган.  https://t.me/Samxabar

24/7
497
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI! “Bog‘imaydon” podstansiyasidan chiquvchi “Qaynama” fiderining elektr uzatish tarmog‘ida montaj-demontaj (yangi tarmoq tortish) ishlari olib borilishi sababli bugun soat 10:30 dan 18:00 oralig‘ida Samarqand tumani, Qaynama (Yuqori Qaynama) mahallasidagi mazkur fider orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarda elektr ta’minoti uzilishlar bo‘ladi. https://t.me/Samxabar

24/7
497
Самарқандда эркак ўз рафиқасини шафқатсизларча ўлдирди. https://t.me/Samxabar

24/7
497
Тайинлов Самарқанд вилоят Санитария-эпидимолигик осойишталик ва жамоат саломатлиги бошқармасига бошлиқ тайинланди Санитария-э
Тайинлов Самарқанд вилоят Санитария-эпидимолигик осойишталик ва жамоат саломатлиги бошқармасига бошлиқ тайинланди Санитария-эпидимолигик осойишталик ва жамоат саломатлиги қўмитаси раҳбарининг тегишли буйруғи билан Рустамов Латиф Ботирович Самарқанд вилоят Санитария-эпидимолигик осойишталик ва жамоат саломатлиги бошқармаси бошлиғи вазифасини бажарувчи этиб тайинланди. Л.Рустамов 1988 йилда Пастдарғом туманида туғилган. 2014 йилдан бошлаб соҳадаги турли лавозимларда ишлаб келмоқда. Ушбу тайинловга қадар вилоят Санитария-эпидимолигик осойишталик ва жамоат саломатлиги бошқармаси бошлиғининг ўринбосари вазифасида фаолият олиб борган. https://t.me/Samxabar

24/7
497
‼️12-sentabr kuni Samarqand shahridagi ayrim hududlarida suv ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi Xabaringiz bor, Samarqand shahar Amir Temur ko‘chasida qurilish rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Amir Temur ko‘chasidagi yo‘lning qurilishi davom etayotgan qismida diametri 500 mm lik magistral tarmoqni yangisiga almashtirish sababli bugun, 12-sentabr kuni soat 22-00 dan 13-sentabr soat 18-00 gacha Turkiston Amir Temur (Eski zapchast bozor hududi va atrofidagi uylar) Abu Bakir Roziy Sulaymon Buxoriy (SamKoch atrofi) ko‘chalarida ichimlik suvi ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Mazkur hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan ichimlik suvini zahira qilishlarini so‘rab qolamiz. Eslatma: Ushbu qurilish ishlarini "Dahbet" suv inshootidagi favqulodda avariya sababli 10-sentabrdan boshqa kunga ko‘chirilishini ma'lum qilgan edik deyiladi Samarqand shahar suv ta’minoti korxonasi axborot xizmati xabarida. https://t.me/Samxabar

24/7
497
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI! “Shimoliy” podstansiyasidan chiquvchi 36-, 457-fiderlarning tarmog‘ida kuzatilgan nuqson sababli Samarqand shahri, Nurli yo‘l, Hayotobod, Bog‘iston, Turon, Gulbahor mahallalari, Al-Xorazmiy, Shota Rustaveli, Gagarin ko‘chalaridagi mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarda, tadbirkorlik subyektlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Hozirda shahar elektr ta’minotining avariyaga qarshi brigadasi tomonidan ushbu holatni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Tez orada nuqson bartaraf etilishi maʼlum qilinmoqda. https://t.me/Samxabar

24/7
497
⚡️⚡️Samarqandda gaz portlagan “dom” aholisi koʻchirilmoqda bu haqda kun.uz sayti xabar bermoqda. t.me/Samxabar

24/7
497
❗️Samarqanddan Izmirga to'g'ridan-to'g'ri reyslar yo`lga qo`yildi SunExpress aviakompaniyasi har dushanba va payshanba kunlari Samarqand aeroportidan Turkiyaning ushbu go'zal shahriga parvozlarni amalga oshiradi. Samarqanddan uchib ketish vaqti 04:00 (mahalliy vaqt bo'yicha). https://t.me/Samxabar

24/7
497
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI! Kuz-qish mavsumi oldidan 5A-transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli ertaga, 12-sentabr kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida Samarqand shahri, Shahriobod, Sharq tongi, Sarbadorlar mahallalaridagi mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarda, 6-poliklinika, tadbirkorlik subyektlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi. https://t.me/Samxabar

24/7
497
🚑 “103” хизмати ҳайдовчилари баъзан йўлларда катта тезликда ёки йўл белгиларига риоя этмасдан ҳаракатланишига тўғри келади. 📂 Амалдаги қонунчиликка кўра, ушбу ҳолатда махсус автомашина ҳайдовчилари фақат хизмат вазифаларини бажарганликларини тасдиқловчи ҳужжатлар тақдим этган тақдирдагина маъмурий иш тугатилар эди. 🚧 Эндиликда эса “Тез ёрдам” машиналари содир этган қоидабузарликларни ортиқча қоғозбозликсиз бекор қилиш белгиланмоқда. ❓Хўш, бунинг учун қонунчиликка қандай ўзгартиришлар киритиляпти? 🌐 ССВ Матбуот хизмати томонидан тайёрланган юқоридаги видеолавҳа орқали бу ҳақда батафсил танишасиз. t.me/Samxabar

24/7
497
‼️Ўзбекистонда ҳар ойнинг 10-кунига қадар сув учун тўлаш керак, акс ҳолда сиздан жарима ундирилади. “Ўзсувтаъминот” аксиядорлик жамияти истеъмолчилар сув таъминоти учун ҳар ойнинг 10-кунига қадар тўлиқ олдиндан тўловни амалга оширишлари шарт, акс ҳолда ҳар бир муддати ўтган кун учун оддий истеъмолчилардан 0,1 фоиз, юридик шахслардан эса 0,4 фоиз миқдорида пеня ундирилади, бироқ пеня 50 фоиздан ошмаслигини маълум қилди. https://t.me/Samxabar

24/7
497
‼️ Ayni daqiqalarda Samarqand shahar Universitet xiyoboni ko‘chasidagi ichimlik suvi tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik "Samar
‼️ Ayni daqiqalarda Samarqand shahar Universitet xiyoboni ko‘chasidagi ichimlik suvi tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik "Samarqand suv ta’minoti" AJ shahar filiali xodimlari tomonidan bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. https://t.me/Samxabar

24/7
497
Samarqand tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi tomonidan tumanning “Rustam” MFY ichki yo'lini 700 metr qi
Samarqand tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi tomonidan tumanning “Rustam” MFY ichki yo'lini 700 metr qismida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. https://t.me/Samxabar

24/7
497
⚡️Samarqand shahridagi ayrim mahallalarda ham svet o`char ekan “Shimoliy” podstansiyasining “MV-166”, “MV-40” tarmog‘ida (moyli o‘chirgich) aniqlangan nuqsonni bartaraf etish ishlari olib borilishi sababli bugun soat 10:00 dan 12:00 oralig‘ida Samarqand shahridagi Ali Qushchi, Ro‘dakiy, Tokzor, Mevazor, Al-Xorazmiy, Beruniy, Kattaariq, Yulduz, Rahmatobod mahallalarida elektr ta’minoti uzilishlar bo‘ladi. https://t.me/Samxabar

24/7
497
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI! “L-MJO” 110 kV havo elektr uzatish tarmoqlarini daraxt shoxlaridan tozalash ishlari olib borilishi sababli bugun soat 11:00 dan 18:00 oralig‘ida Toyloq tumanidagi Adas (ayrim qismi), Davlatobod, Ravot (Do‘lta qishlog‘i) mahallalarida va mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan tadbirkorlik subyektlarida elektr ta’minotida uzilishlar bo‘ladi. https://t.me/Samxabar

24/7
497
‼️Suv inshootidagi favqulodda avariya holatini bartaraf etish ishlari davom etmoqda Ayni daqiqlarda "Dahbet" suv inshootida diametri 800 mm lik magistral suv tarmog‘ida sodir bo‘lgan avariya holatini bartaraf etish ishlari davom etmoqda. https://t.me/Samxabar

24/7
497
Чeт тиллар институтининг янги ўқув биноси фойдаланишга топширилди Янги бинода 3 та факультет талабалари таҳсил олади. Бинода
+1
Чeт тиллар институтининг янги ўқув биноси фойдаланишга топширилди Янги бинода 3 та факультет талабалари таҳсил олади. Бинода 1000 ўринга эга бўлган 85 та ўқув хонаси, 300 ўринли мустақил таълим хонаси, 320 ўринли фаоллари зали, Ахборот-ресурс маркази, 2 та синхрон таржима амалиёти хонаси, музей, “Регистратор офиси”, конференциялар зали ҳамда 5 та спорт ва маънавий-маърифий тадбирларга мўлжалланган хоналар жойлашган. https://t.me/Samxabar

24/7
497
❗️🚱ДИҚҚАТ АВАРИЯ САБАБЛИ СУВ ВАҚТИНЧА ТЎХТАТИЛДИ! 🛠 Самарқанд шаҳрини сув билан таъминловчи «Даҳбет» сув иншоотида 800 мм лик магистраль сув тармоғида авария содир бўлди. Шу сабабли сув таъминоти авария ҳолатида ўчирилди. Носозликни бартараф қилиниши муносабати билан‼️ Самарқанд шаҳарнинг Мотрид Сайхун Гагарин Рудакий Мирзо Улуғбек Амир Темур Фарход Шота Руставели Ал Хоразмий, кўчалари ва шу билан бирга Матонат Боғдод (эски Партсезд) Тутзор Турон Мақсуд Шайхзода Севали ота Фаровонлик Лаҳутий Гулбаҳор Саид Боғичинор Боғишамол маҳалларида ва уларга туташ ҳудудларда (Олтин Самарқанддан Каримбек ресторанигча) ҳамда бошқа ҳудудларда ҳам босим тушиб кетиши кузатилади. 🗓 2024 йил 10-сентябрь куни 🕘 соат 06:20 дан ичимлик сув таъминоти тўхтатилганлигини маълум қиламиз. https://t.me/Samxabar

24/7
497
📢 DIQQAT E'LON!!! Aziz hamshaharlar! Xabaringiz bor, Samarqand shahar Amir Temur ko‘chasida qurilish rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Amir Temur ko‘chasidagi yo‘lning qurilishi davom etayotgan qismida diametri 500 mm lik magistral tarmoqni yangisiga almashtirish sababli ertaga, 10-sentabr kuni soat 8-00 dan 11-sentabr soat 11-00 gacha Turkiston, Amir Temur (Eski zapchast bozor hududi va atrofidagi uylar), Abu Bakir Roziy, Sulaymon Buxoriy (SamKoch atrofi) ko‘chalarida ichimlik suvi ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Mazkur hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan ichimlik suvini zahira qilishlarini so‘rab qolamiz. https://t.me/Samxabar