cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

istemolchi-info.uz | RASMIY KANAL

⚖ Фарғона вилоят ҳудудий бирлашмаси расмий канали сайт: istemolchi-info.uz facebook.com/istemolchiinfo instagram.com/istemolchi_info twitter.com/istemolchi_info youtube.com/channel/UCD8yS-a8TDSk3IvA9JKrtBQ Ишонч телефони ☎️ 1091

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
361
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-17 أيام
-830 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

00:57
Video unavailableShow in Telegram
Federatsiya muassisligidagi "Iste'mol madaniyati" gazetasining yana bir soni bosmadan chiqdi. 13.06.2024 y. №10 (178) Gazeta 2017 yildan nashr etila boshlagan.
إظهار الكل...
18.84 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Bo‘lib to‘lash shartlarida xarid qilingan kondisioner nuqsonli chiqdi Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Qo‘chqorchi» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Q.R.ning Farg‘ona shahridagi do‘konlardan biridan 3 900 000 so‘mga xarid qilingan kondisioner nuqsonli chiqqanligi sababli uni sotuvchiga qaytarib, pulini qaytarib olishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi. 👉 Batafsil o`qish lotin || кирилл Yuksak iste`mol madaniyati sari: https://t.me/PotrebitelUz_bot Ishonch telefoni: ☎️ 1091 Website | Facebook | Twitter | Youtube | Instagram
إظهار الكل...
👍 1
01:04
Video unavailableShow in Telegram
Agar og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bo‘lsangiz, "INSON" ijtimoiy xizmatlar markazlari sizning yoningizda. 90 dan ortiq ijtimoiy xizmat va yordamlar, 4800 dan ortiq ijtimoiy xodimlar va 2300 nafar ijtimoiy xodim assistentlari farovon hayotingiz uchun qayg‘urishmoqda. Markazlar orqali siz tibbiy yordam, psixologik qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy reabilitatsiya, parasportga yo‘llanma olish va ishga joylashishda yordam olishingiz mumkin. Har qanday murakkab vaziyatda, "INSON" ijtimoiy xizmatlar markazi sizga yordam berishga tayyor. Batafsil ma'lumot: 1140 qisqa raqamlari ihma.uz sayti orqali 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
إظهار الكل...
INSON_UZB_CALL_CENTRE_1.mp417.09 MB
Federatsiya muassisligidagi 🗞️ "Iste'mol madaniyati" gazetasining 2024 yil 13 iyundagi №10 (178)-sonida Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi va tuman (shahar) jamiyatlari faoliyatiga oid quyidagi maqolalarni o‘qing: 📰 Noto‘g‘ri ma'lumot berilgani uchun...; 📰 Yurtimizning turistik salohiyatidan yetarlicha foydalana olayapmizmi?; 📰 Talabalar bilan ochiq muloqot; 📰 Ahdlashuv ortidan kelib chiqqan muammo bartaraf etildi; 📰 Yosh iste'molchining huquqlari tiklandi. Yuksak iste`mol madaniyati sari: https://t.me/PotrebitelUz_bot Ishonch telefoni: ☎️ 1091 Website | Facebook | Twitter | Youtube | Instagram
إظهار الكل...
Farg'onada talaba yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tomonidan Farg‘ona politexnika institutida "Jamoatchilik nazoratini rivojlantirishda yoshlarning o‘rni" mavzusida ochiq muloqot o'tkazildi. Tadbirda institut talablaridan tashqari, tizim yoshlari, Raqobatni ribojlantirish boshqarmasi mas'ullari, viloyatdagi NNTlar, ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda asosiy e'tibor O‘zbekiston Respublikasining “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Jismoniy va yuridik  shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunlari hamda sohaga oid boshqa qonunlar va qonunosti hujjatlari ijrosini  ta'minlashda O‘zbekiston Respublikasi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunining o‘rni va ahamiyati hamda unda yoshlarning ishtiroki masalalariga qaratildi. Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇 Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
إظهار الكل...
19.19 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Bolalar uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishda e’tiborsizlik ketmaydi Bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishda mahsulot qadog‘ida keltirilgan ma’lumotlar ichida uning ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik (saqlash) muddatlari haqidagi ma’lumotlar eng muhim ma’lumotlardan biri sanaladi. Sababi mahsulot kim tomonidan va qachon ishlab chiqarilgan bo‘lishidan qat’i nazar, uni yaroqlilik (saqlash) muddatlari o‘tganidan so‘ng iste’mol qilish bolalarning sog‘lig‘i va hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin. 👉 Batafsil o`qish lotin || кирилл Yuksak iste`mol madaniyati sari: https://t.me/PotrebitelUz_bot Ishonch telefoni: ☎️ 1091 Website | Facebook | Twitter | Youtube | Instagram
إظهار الكل...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Bundan ikki yil oldin to‘langan soliq to‘lovida yuzaga kelgan tushunmovchilikka oydinlik kiritildi Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Marg‘ilon shahar «Zuhro» mahalla fuqarolar yig‘inida yashab, Farg‘ona shahridagi tashkilotlardan birida mehnat faoliyatini olib boruvchi U.X.ning mol-mulk solig‘i uchun 21.06.2022 yil kunida to‘lagan 106 000 so‘m to‘lovini shaxsiy hisob varaqasida aks etmaganligi va o‘z sa’y-harakatlari bilan bu borada ijobiy natijaga erisha olmayotganligi xususidagi murojaati o‘rganildi. 👉 Batafsil o`qish lotin || кирилл Yuksak iste`mol madaniyati sari: https://t.me/PotrebitelUz_bot Ishonch telefoni: ☎️ 1091 Website | Facebook | Twitter | Youtube | Instagram
إظهار الكل...
👍 2 1
0️⃣0️⃣0️⃣ 4️⃣4️⃣4️⃣ “Markaziy eksport shtabi” faoliyati yoʻlga qoʻyildi 💼 Farg`ona viloyatida faoliyat yurituvchi subyektlarga yaqindan koʻmaklashish, eksport jarayonlarida yuzaga keladigan muammo va kamchiliklarni vaqtida bartaraf qilish va eksportyorlarga huquqiy ko`maklashish maqsadida Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi binosida “Markaziy eksport shtabi” tashkil etildi. 🔄 Mazkur shtab tarkibiga jami 11 ta boshqarma va tashkilotlardan masʼul xodimlar biriktirilan. 🔵 Shuningdek, viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida faoliyat yurituvchi eksportyor korxonalar vakillari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot oʻrnatilgan bo`lib, joriy holat bo`yicha viloyat rahbariga kunlik hisobotlar yetkazib borilmoqda. 🏪 Quyidagi mas`ul tashkilotlar har bir hudud kesimida eksport jarayonlarida bevosita nazoratni tashkil etish va tizimli ishlarni tashkillashga mas`ul hisoblanadi: 🟢Viloyat Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi tomonidan Margʻilon va Buvayda tumanlari; 🟢Viloyat soliq boshqarmasi Qoʻqon va Beshariq tumanlari; 🟢Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasiga Dangʻara va Uchkoʻprik; 🟢Oʻsimliklar karantini va himoyasi viloyat boshqarmasiga Toshloq va Rishton tumanlari; 🟢Eksportchilar uyushmasi viloyat hududiy boshqarmasi Soʻx va Fargʻona tumani; 🟢Viloyat Moliya va iqtisodiyot bosh boshqarmasi Oʻzbekiston va Furqat tumani; 🟢Viloyat Qishloq xoʻjaligi boshqarmasiga Oltiariq tumani; 🟢Viloyat Transport boshqarmasi Fargʻona shahar; 🟢Markaziy bank Fargʻona viloyati bosh boshqarmasiga Bagʻdod va Quvasoy shahri; 🟢Viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Qoʻshtepa va Yozyovon tumanlari; 🟢Viloyat Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Quva tumani. 💬Hurmatli Farg`onalik tadbirkorlar! Tadbirkorlar faoliyatida duch kelayotgan muammo va takliflari yuzasidan Markaziy eksport shtabining quyidagi Ishonch telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin. ☎️ (73) 243-10-55, ☎️ (91) 120-75-20 📍 Markaziy eksport shtabining manzili: Fargʻona shahar, Usmon Nosir koʻchasi 3-uy, (Oʻsimliklar karantini va himoyasi viloyat boshqarmasi binosi)
إظهار الكل...
👍 2
00:59
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tomonidan media tadbirlar rejasi asosida Farg‘ona politexnika instituti talaba yoshlari ishtirokida "Jamoatchilik nazoratini rivojlantirishda yoshlarning o‘rni" mavzusida tadbir tashkillanib, unda hududiy birlashma raisi Ahrorjon Raxmonaliyevning talaba yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
إظهار الكل...
19.18 MB
👍 3
Repost from Nuqtainazar.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Жамоатчилик назорати тадбирларига ёшларни фаол жалб этиш масалаларида очиқ мулоқот бўлиб ўтди Ўзбекистон истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш жамиятлари федерацияси Фарғона вилоят ҳудудий бирлашмаси медиа тадбирлар режаси асосида, Фарғона политехника институтида, «Жамоатчилик назоратини ривожлантиришда ёшларнинг ўрни» мавзусида ҳудудий бирлашма раиснинг талаба ёшлар билан очиқ мулоқотини ўтказди. Батафсил: https://nuqtainazar.uz/archives/10685
إظهار الكل...
👍 5