cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

Namangan viloyati soliq boshqarmasi matbuot xizmatining rasmiy kanali. Murojaat uchun: 📞(69) 227 91 96 📞(69) 227 95 51 @NAMANGANSOLIQ

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 936
المشتركون
-624 ساعات
-217 أيام
-3730 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#sеminar Mingbuloq tumanidagi ochiq muloqot 📌2024 yil soliq qonunchiligiga kiritilgan o`zgarishlar mazmun-mohiyati yuzasidan viloyat soliq boshqarmasi tomonidan Mingbuloq tumanida amaliy sеminar o`tkazildi. 📑Unda soliq qonunchiligidagi yangiliklar, xususan, da`vo qilish muddatining 3 yilga qisqartirilganligi, YTTlar uchun qatʼiy belgilangan JShODS stavkalari, foyda solig`i bo`yicha bo`nak to`lovlari to`lashi lozim bo`lgan tadbirkorlar daromadining chеgaraviy miqdori 10 mlrd so`m etib bеlgilanganligi, o`zini o`zi band qilgan shaxslarga soliq solish tartibi, mol-mulk solig`idagi o`zgarishlar va boshqalarga batafsil to`xtalib o`tdilar. 📊Shuningdеk, ushbu sеminarda joriy yildan boshlab tadbiq etilgan tadbirkorlik sub'yektlarining barqarorlik rеytingi maqsadi va uning mеzonalari batafsil tushuntirildi. 🗣Ochiq muloqot tarzida o`tgan tadbirda ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. https://t.me/namangansoliq
إظهار الكل...
👍 2
#soliqchi_komakchi Soliq xizmatlaridan uydan chiqmagan holda foydalaning! ❗️Jismoniy shaxslar: 👉Soliq mobil ilovasida (Android / iOS): ▫️soliqlarni toʻlash; ▫️ko‘chmas mulk va avtomobil ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish; ▫️soliq qarzi yo'qligi haqida ma'lumotnoma olish; ▫️ish haqi to‘g‘risida ma'lumotnoma olish; ▫️o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtish; ▫️soliq organlariga savol yuborish; 👉 e-imzo.soliq.uz sayti orqali ERI olish; 👉 my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali: ▫️jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish; ▫️ortiqcha to‘langan soliqlarni qaytarishi mumkin. __________ #солиқчи_кўмакчи Воспользуйтесь налоговыми услугами не выходя из дома! ❗️Физические лица могут: 👉в мобильном приложении Soliq (Android / iOS): ▫️уплатить налоги; ▫️зарегистрировать договор аренды недвижимости, а также автомобиля; ▫️получить справку об отсутствии налоговой задолженности; ▫️получить справку о зарплате; ▫️зарегистрироваться в качестве самозанятого; ▫️задать вопрос налоговым органам; 👉через сайт e-imzo.soliq.uz получить ЭЦП; 👉через персональный кабинет на сайте my3.soliq.uz: ▫️подать декларацию о совокупном годовом доходе; ▫️вернуть переплату по налогам. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#Ozini_ozi_band_qilish O`ZINI O`ZI BAND QILGAN SHAXSLARNI SOLIQ XIZMATI ORGANLARIDA RO`YXATDAN O`TKAZISH TARTIBI So`rovnomada quyidagi ma`lumotlar ko`rsatiladi: 👇🏻👇🏻 ➡️O`zini o`zi band qilgan jismoniy shaxsning shaxsiy idеntifikasiya raqami (Ro`yxatdan o`tkazish ERI orqali amalga oshirilgan holatlar mustasno) ➡️O`zini o`zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari (PQ-4742-son qaroriga ilova bilan tasdiqlangan ) ➡️O`zini o`zi band qilish tartibida mеhnat faoliyatini yuritishning mo`ljallanayotgan manzili ➡️O`zini o`zi band qilgan shaxsning mobil tеlеfon raqami va u bilan bog`lanish mumkin bo`lgan boshqa ma`lumotlar ❗️So`rovnomada o`zini o`zi band qilgan jismoniy shaxsning F. I. SH, pasport (ID-karta) sеriyasi va raqami, yashash manzili to`g`risidagi ma`lumotlar Soliq qo'mitasi hamda IIVning ma`lumotlar bazalarida mavjud ma`lumotlar asosida avtomatik tarzda shakllantiriladi. https://t.me/namangansoliq
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#tok_shou ⏺Ayni daqiqalarda "Toshkent" telekanalida "Siz nima deysiz?" tok-shousining "Ko‘cha taomlari va ko‘chma savdolar" mavzusidagi navbatdagi soni jonli efirga uzatilmoqda. Unda Soliq qo‘mitasi mutaxassislari ishtirok etmoqda. 👉 Jonli efir havolasi Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar Charm-poyabzal sanoati uchun soliq imtiyozlari “Charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik tarmoqlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. 👉PQ-181-son 20.05.2024 Hujjatga koʻra, 🔹Sharof Rashidov va Ohangaron tumanlarida charm-poyabzal sanoat zonalari va ularni boshqarish direksiyalari tashkil etiladi. 🔹2026-yil 1-yanvarga qadar mazkur direksiyalar va sanoat zonalarida tashkil etiladigan korxonalar quyidagi soliqlardan ozod etiladi: ▫️mol-mulk soligʻi; ▫️yer soligʻi; ▫️suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
#barqarorlik_reytingi Tadbirkorlar barqarorlik reytingida yuqori ballga ega bo‘lish uchun nima qilish kerak? Reyting baholash mezonlari 23 ta va ular 3 ta guruhga bo‘lingan. Birinchisi – hamma uchun bir xil bo‘lgan umumiy 10 ta mezon ko‘zda tutilgan. Mazkur mezonlar orqali tadbirkor 100 ball olish imkoniyati mavjud. Ikkinchisi – kamaytiruvchi 9 ta mezon. Bu mezonlar qonunchilik talablari buzilgan holatlar yoki hisobotlarga qayta-qayta tuzatish kiritib taqdim etgan holatlar, bir hududdan boshqa hududga ko‘chish yil davomida ko‘payib ketsa ishlaydi. Uchinchisi – rag‘batlantiruvchi 4 ta mezon. Ijtimoiy reyestr, ayollar daftariga kirgan fuqarolarni ishga olgan va ular umumiy xodimlarining 10 foizidan ko‘proqni tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga 5 balldan 10 ballgacha qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi ball beriladi. Tadbirkorlik subyektlarini baholashda faoliyatni uzoq davom ettirish, soliq hisobotlarini belgilangan muddatda taqdim etish, soliqlarni o‘z vaqtida ixtiyoriy to‘lash kabi holatlar asosiy rol o‘ynaydi. Shuning uchun soliq majburiyatlarini vaqtida va ixtiyoriy bajarish reytingda yuqori ball olishni kafolatlaydi. ______ #рейтинг_устойчивости Что необходимо предпринять для получения высокого балла в рейтинге устойчивости предпринимателей? Установлены 23 критерия рейтинга, которые разделены на 3 группы. Первая – 10 критериев, одинаковых для всех. Данные критерии предоставляют предпринимателям возможность набрать 100 баллов. Вторая – 9 понижающих критериев. Данные критерии применяются к случаям нарушения требований законодательства или случаям повторного представления налоговой отчетности с исправлениями, переезда из одного региона в другой в течение года. Третья – 4 поощрительных критерия. От 5 до 10 дополнительных поощрительных баллов будут присваиваться субъектам предпринимательства, трудоустроившим граждан из социального реестра, внесенных в «Женскую тетрадь», доля которых составляет более 10% от общего числа сотрудников. При оценке субъектов предпринимательства основную роль играют такие факторы, как продолжительность деятельности, своевременное представление налоговой отчетности, добровольная уплата налогов в установленные сроки. Поэтому своевременное и добровольное исполнение налоговых обязательств гарантирует высокий балл в рейтинге. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#imtiyoz #yer_soligi Tadbirkorlik sub’yektlariga 2022-yil 1-yanvardan boshlab 2027-yil 1-yanvarga qadar mehmonxona (joylashtirish vositalari) va maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori boʻlgan savdo komplekslari (shu jumladan, ular egallagan yer uchastkalari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalarini 90 foizga kamaytirilgan. Bunda, 2027-yil 1-yanvargacha yangidan quriladigan ob’yektlarga (shu jumladan, ular egallagan yer uchastkasiga) nisbatan mazkur imtiyozni ular foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 5 yil muddat davomida qoʻllaniladi. ➡️PQ-104 27.01.2022-y. https://t.me/namangansoliq
إظهار الكل...
#deklaratsiya 3-iyun* – jismoniy shaxslar tomonidan 2023-yil uchun jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya boʻyicha hisoblangan daromad soligʻini toʻlashning oxirgi kuni. 👉 Soliq kodeksi 398-modda To'lov tizimlari va mobil ilovalarda: ▶️Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosidagi daromad solig‘i to‘lov kodi – 172; ▶️ jismoniy shaxslarning mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad solig‘i to‘lov kodi – 182. *1-iyun dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, ushbu kunda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 3-iyunga ko‘chiriladi. 👉Soliqlarni Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash mumkin ___________ #декларация 3 июня* - последний день уплаты физическими лицами налога на доходы, исчисленного по данным декларации о совокупном годовом доходе за 2023 год. 👉ст.398 НК В платежных системах и мобильных приложениях для уплаты: ▶️налога на доходы физических лиц на основании декларации о совокупном годовом доходе следует выбрать код 172; ▶️налога на доходы физических лиц от сдачи имущества в аренду следует выбрать код 182. *В связи с тем, что 1 июня - выходной (нерабочий) день, крайний срок уплаты налога переносится на 3 июня. 👉Уплатить налоги можно через мобильное приложение Soliq Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...