cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Xorazm viloyati Kengashi

Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyat Kengashi. Manzil: Urganch shahar Oʼzbekiston koʼcha 31/1-uy Тел ☎️ +998 95 475 90 90 • www.ecouz.uzFacebook.com/ecopartyuzbInstagram.com/ecopartyuzbYouTube.com/c/ecouz@ecopartyuzb_bot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
527
المشتركون
-224 ساعات
-137 أيام
-2430 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

🗣Hurmatli yurtdoshlar! Yurtimizdagi ekologik holat, atmosfera havosi borgan sari yomonlashib bormoqda. Farzandlarimizning sog‘lom kelajagi uchun ona tabiatni asrash bugun barchamizning birinchi galdagi vazifamizdir. Shunday ekan, daraxt kesilishi, yashil hududlarga zarar yetkazish, hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish va chiqindi bilan bog‘liq ekologik qoidabuzarliklarga guvoh bo‘lsangiz O‘zbekiston Ekologik partiyasining quyidagi ishonch ☎️ telefonlariga murojaat qiling. ❗️Befarq bo‘lmang musaffo atrof-muhit hammamiz, ayniqsa, farzandlarimiz sog‘lig‘i uchun juda muhim. Qoraqalpog‘iston Respublikasi +998 95 680 95 95 Andijon viloyati +998 95 605 60 60 Buxoro viloyati +998 95 401 80 80 Jizzax viloyati +998 95 323 25 25 Navoiy viloyati +998 95 308 85 85 Namangan viloyati +998 95 611 50 50 Samarqand viloyati +998 95 229 57 57 Sirdaryo viloyati +998 95 512 20 20 Surxondaryo viloyati +998 95 307 75 75 Toshkent shahri +998 95 603 01 01 Toshkent viloyati +998 95 476 10 10 Farg‘ona viloyati +998 95 650 40 40 Xorazm viloyati +998 95 475 90 90 Qashqadaryo viloyati +998 95 341 70 07 ✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
إظهار الكل...
Yashil makon yohud kelajak avlod taqdiri ⚡️⚡️ Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyati Kengashi tomonidan joylarda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida jamoatchilik nazoratlari olib borilmoqda. Jumladan, Yangiariq-Xonqa yo'lining 9MP5+5R2 qismidagi joylashgan bo'sh maydonga 2000 ga yaqin ko'chat ekilgan, lekin koʼchatlar parvarishlanmagani umuman sugʼorilmagani sababli 90 foiz qurib qolgan. Faqatgina shu yerdagi aholi tomonidan ekilgan mevali koʼchatlar qisman koʼkargan. 📌 Bu boʼyicha keyinroq toʼliq maʼlumot beriladi. ‼️ Partiya tomonidan ekologik vaziyatlarga oid oʼrganishlar davom etmoqda. O`zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyati Kengashi Matbuot xizmati
إظهار الكل...
“Global ekologik muammolar va uning Markazi Osiyo mintaqasiga taʼsiri” ♻️ Urganch Davlat Universiteti rahbariyati taklifiga binoan Xorazm viloyat partiya tashkiloti bosh mutaxassisi B.Qalandarov Oliygohning Fizika-matematika yoʼnalishi pedogog va talabalari ishtirokida “Global ekologik muammolar va uning Markazi Osiyo mintaqasiga taʼsiri” mavzusida davra suhbati oʼtkazdilar. 🕊 Uchrashuvda global tus olayotgan suv tanqisligi, havo haroratining koʼtarilishi oqibatida togʼlarga qor yogʼishi oʼrniga sel yomgʼirlar yogʼayotgani, suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish, bu borada mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar toʼgʼrisida maʼlumotlar berildi.
إظهار الكل...
03:20
Video unavailableShow in Telegram
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun tug‘ilgan kun Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Yangiariq tuman Kengashi raisi Afruz Yusupov Jumanazarovichning tavallud kuni. Hurmatli Afruz Jumanazarovich, Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik va oilaviy tinchlik-xotirjamlik tilaymiz. Yurtimiz taraqqiyoti va mamlakatimizdagi ekologik barqarorlikni taminlash yo‘lidagi sharafli va masuliyatli mehnatlaringizda omad va shijoat sizga hamroh bo‘lsin. Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyati Kengashi jamoasi nomidan
إظهار الكل...
👍 1👏 1
إظهار الكل...
Ekoreyd

Urganch shahar partiya tashkiloti raisi, partiya faollari, shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi boʼlimi davlat inspektorlari hamkorlikda davlat va jamoat nazorati doirasida shahardagi 12-sonli MFY “Yangiariq” koʼchasidagi koʼp qavatli uy-joylar hududidagi dastlabki chiqindi toʼplash shaxobchalarini ekologik talablarga rioya etilishi ustidan “Ekoreyd” tadbirlari oʼtkazdilar. Reydda, hududdagi chiqindi toʼplash shaxobchasi ekosanitar meʼyorga toʼgʼri kelmasligi, devor toʼsiqlar…

Ekoreyd ❇️ Xazorasp tuman partiya tashkiloti raisi, deputat Q.Nazarov, tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi boʼlimi davlat inspektorlari hamkorlikda tumandagi “Zexnli” MFY hududi chiqindilarni yigʼish, saqlash va tashib chiqarishda ekosanitariya talablariga rioya qilinishi ustidan davlat va jamoat nazorati doirasida “ekoreyd” tadbiri oʼtkazdilar. ♻️ Reydda, fuqarolar tomonidan 2 ta holatda mahalla hududida belgilanmagan joylarga noqonuniy chiqindilar joylashtirilganligi aniqlanib, “Ekoklaster” MChJ transportlarini jalb etib chiqindilar tashib chiqarildi. ⭐️ Fuqarolarga chiqindilarga oid qonunchilik va ekosanitar talablari tushintirildi.
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Ekoreyd ♻️ Bogʼot tumani partiya tashkiloti raisi, deputat U.Ibraximov tuman Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish inspektsiyasi davlat inspektorlari hamkorligida tumandagi "Аshhabod" MFY hududidan oqib oʼtuvchi “R-8” kanali suvni muhofaza qilish zonasida davlat va jamoat nazorati doirasida qoʼshma “Ekoreyd” tadbiri oʼtkazdilar. “Ekoreyd” davomida kanal boʼylariga ayrim fuqarolar tomonidan noqonuniy chiqindilar tashlangani yuzasidan 2 ta holat aniqlandi, 1 ta fuqaro shaxsiga aniqlik kiritilib, davlat inspektori tomonidan maʼmuriy chora koʼrildi. 🔶 Partiya raisi tomonidan fuqarolarga qonunchilik tushintirilib, targʼibot qilindi.
إظهار الكل...
إظهار الكل...
Jamoatchilik nazorati

Oʼzbekiston Ekologik partiyasidan Xorazm viloyat Kengashi deputati M.Sapaeva, Xonqa tuman partiya tashkiloti raisi Sh.Babajanova tumandagi “Olchin” MFY hududida “Yashil makon” loyihasi doirasida ekilgan koʼchatlarning biologik holati va daraxtlarda uchrayotgan kasalliklar boʼyicha deputatlik va jamoat nazoratini oʼtkazdilar. Jamoatchilik nazorat davomida koʼplab daraxtlar “shiracha” va barg kemiruvchi hashoratlar tomonidan shkast yetkazilayotgani aniqlanib, oʼsimliklarni himoya qilish idoralariga deputat…

Ekoreyd Urganch tuman partiya tashkiloti raisi E.Qurambayev, partiya faollari, tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi boʼlimi davlat inspektorlari hamkorlikda davlat va jamoat nazorati doirasida Urganch tumani “Gʼaybu” MFY hududida joylashgan “Markaziy chiqindi poligoni”ning ekosanitariya holati yuzasidan “Ekoreyd” tadbirlari oʼtkazdilar. Reyd davomida, chiqindilarni faqat utilizatsiya qilish tadbirlari amalga oshirilayotgani, qayta ishlash yoki chiqindi turlari boʼyicha saralash ishlari yoʼlga qoʼyilmagani, chiqindilarning bir qismi konservatsiya qilinmaganligi sabab hududlar boʼylab tarqalayotgani holati aniqlanib, “Urganch Ekotrans” MChJga axborot kiritildi.
إظهار الكل...