cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Ass_Salih

#Bismillah Zimmamizda go‘zal ketish bor...))) ,, Mahzun bo‘lmang Alloh biz bilan ‘‘☺️ ( Qur’on ) « 9:40» " Qalbingni sirotidan o'tmaganni Jannatingga qabul qilma...!!! " Murojaat uchun:

إظهار المزيد
Uzbekistan76 500لم يتم تحديد اللغةالفئة غير محددة
مشاركات الإعلانات
159
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

*** "...Hayotingda hech hafa bo'ldingmi? Juda ham chorasizman dedingmi? Suyana olmayman dedingmi? Mavlono shunday deydi: Azoblar musofir kabidir, kelar va ketar. Muhimi, Jo'natuvchi uchun musofirga ( dard-alamlarga) sabrli bo'lmoqdir. Qayt qalbingga. Och qo'llaringni samoga. Seni eshitgan, Seni ko'rgan, Seni sevgan Bir Robbing bor Sabr qil...!" @Ass_Salih
إظهار الكل...
6.96 KB
Ko'ngillarda dard bo'lgan insonlardan duo istang! Chunki xazina xaroba joylarda bo'ladi... #Jaloliddin_Rumiy Kel haroba maskanimni guliston aylab... Qo'llaring kaftida ismim, duoga boylab. Kel-ki shodumon et bu g'arib ko'nglim. Allohning ishqini qalbimga joylab... Kel... #Salih @Ass_Salih
إظهار الكل...
#duo Robbim! Ey Qodir zot! Bergan dardingga hamdlar bo’lsin! Olamdagi neki bemor musulmon bo’lsa, ularga bergan dardingni gunohlariga kaffirot qilib bergan bo’lgin! Ey Rohiym Zot! Musulmonlarning dard degan ne’matini salomatlik degan ne’matga alishtirib ber va ularni ibodatingdan qoim bo’lishlariga tavfiq ato et! Robbim! Bemor vaqtlarimizda zokir til va mo’min qalb ato et, toki senga osiylik qilib qo’ymaylik! Allohim barchamizning gunohlarimizni mag’firat etilgan holimizda jonimizni olgin! Seni rozi qiladigan amal ustida jonimizni olgin Allohim, ya Robbil-a’lamiyn! Sen bizga nima yozgan bo’lsang ham barining hikmatga egaligini his qilishimizni, har qanday vaziyatda shokir bandalaringdan bo’lishimizni nasib et ey Latif Zot! O’zing bizni ofiyatda saqla va “Mening bandalarim!” degan bandalardan bo’lishimizni nasib et, Robbimdursan Allohim! Senga ishonamiz. Senga tavakkal qilamiz. Senga qaytamiz. Va sendangina najot kutamiz Allohim. Albatta o’zing bizga eng yahshi va eng oliy vakildirsan! Amiyn..! Amiyn..! Amiyn..!
إظهار الكل...
Kaktuslarga ham chechak ochirgan Alloh, shuncha darding orasida senga chechak ochtirmaydimi? Sabr qil... @Ass_Salih
إظهار الكل...
... Allohim payg'ambarimiz ﷺ ga samodagi qushlar sonicha, saharlarda istig'for aytganlarning istig'forlari sonicha, kecha va kunduzning aylanish sonicha durud-u salovatlar yo'lla. Allohim ularni {ﷺ} ko'rishdan va sunnatlariga ergashishdan bizlarni mahrum etma, mahrum etma, mahrum etma..! Allohim bizni ularning {ﷺ}chaqiriqlariga ko'makchi qil, ularning {ﷺ} havzlariga olib bor, ularning {ﷺ} qo'llaridan sug'or. Biz ular {ﷺ} kirgan Jannatga kimagunizcha, ular {ﷺ} bilan bizning o'rtamizni ayirma. Ya Rabbal A'lamin, Allohim bizni Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali, barcha sahobalar, ularning izidan ketganlar bilan Jannatingda birga va ularga yaxshiliklar bilan ergashganlar qatorida qil. Allohim seni mushriklar sifatlayotgan sifatlardan hamding bilan poklayman. Sendan boshqa iloh yo'qdir. Allohim sendangina gunohlarimizni kechirishngni so'raymiz va sengagina tavba qilamiz. Va so'nggi duoyimiz barcha olamlar Robbisi bo'lgan Allohga hamd-u sanolar bo'lsin. Alloh payg'ambarimiz ﷺ , ularning {ﷺ} oilalari va barcha sahobalarga salovat-u salomlar yo'llasin..! #Duo: Xayrulla Hamidov @Ass_Salih
إظهار الكل...
Rabbim huzuridan tushayotgan yomg'irlarga yuzlarimni soyabon qilib keldim. (hozirgina)☺️ #Alhamdulillah
إظهار الكل...
Anas r.a. dan rivoyat qilinadi : ''Ustimizdan yomģir yog'di. Nabiy sollallohu alayhi va sallam bilan birga edik. U zot chiqib kiyimlarini shimardilar. U zotga yomg'ir tegdi. Biz sòragan edik, U zot :'' chunki u (yomg'ir) Robbi huzuridan xozirgina tushdi'', dedilar. Abu Dovud va Muslim rivoyati. @Ass_Salih
إظهار الكل...
-Buncha yasanvolib qayerga ketyapsan? -Ota-onamning oldiga, ko'rib ko'zlari quvonsin. #Ikrom_sharif
إظهار الكل...
Ularning dunyosida: Sevgi sog'inmoqdir. Sevgi kutmoqdir. Sevgi ega bo'lmoqdir. Sevgi bermoqdir. Sevgi bila turib o'zini xatarga qo'ymoqdir. Sevgi qutulmoqdir. Sevgi qutqarmoqdir. Sevgi fido bo'lmoqdir. Sevgi fido qilmoqdir. Sevgi voz kechmaslikdir. Sevgi vafoli bo'lmoqdir. Sevgi shu yo'lda qolmoqdir. Sevgi sevganing uchun o'lmoqdir. Va yana nimalardir sevgi? So'nggi so'zimiz va duoyimiz shu bo'lsin: Yo Robbiy, bizlarni sev. Bizlarni sevganlardan ayla. Bizlarni sevdir. Bizlarni sevintir. Yo Robbiy, na Abu Bakrdek sadoqatli bu holatimiz... Na Umardek ulug'vor bu holimiz... Na Usmon kabi Yusuf misoli iffatimiz... Na Ali kabi ilm va jasoratimiz... Na Xadichadek vafo va fidokorligimiz... Na Nasibadek g'ayratimiz... Muhammad Amin Yildirim "Efendimizi sâhabe gibi sevmek" (Rasululloh solallohu alayhi vasallamni sahobalardek sevmoq) kitoblaridan. #tarjima #chin_muhabbat @Ass_Salih
إظهار الكل...
Ishq desalar Madina tomon yuzlanib yig‘lagim keladi... Visol qiyomatda, Suhbat Jannatda ( In Shaa Alloh ), Sog‘inch esa Yuraklarda yashamoqda Yo Rasululloh #Salih @Ass_Salih
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.