Umar Sadullayev | Blog
الذهاب إلى القناة على Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
إظهار المزيد4 797
المشتركون
-624 ساعات
-307 أيام
-2130 أيام
أرشيف المشاركات
Texnik intervyuga so’rovnomadagi javoblarini 20 daqiqadan so’ng ajratishni boshlaymiz.
Bundan keyin yozilgan javoblar e’tiborga olinmaydi.
@JoshDeveloper
Yakshanba, 6-fevral kuni soat 16:30 da JavaScript bo’yicha nomzodlar orasidan ishtirokchimizni kanalimizda aniqlab olamiz.
InshaaAlloh
Agar siz o’zingizni nomzod sifatida yozishga ulgurmagan bo’lsangiz, ozgina vaqtingiz qoldi. Shoshiling.
@JoshDeveloper
Ish e'lonlarini hardoim kuzatib yurish yoqadi.
Nega axir ishingiz borku deysizmi ?
Chunki, ish e'lonlarida talab qilingan texnologiyalarni ko'rib, talablarni o'rganib, o'zimni talablarga mos qilib olib yurish uchun :)
Texnologiyalar juda tez o'zgarganidek, talablar ham shunday o'zgaradi.
Dasturchi hardoim o'zgarishlarga tayyor bo'lib yurishi kerak.
Shunday emasmi ?)
@JoshDeveloper
Youtube titkilab o’tirib, Abdulloh domlani juda ham ajoyib darslik to’plamini topib oldim. Avval ham ko'rib e'tibor bermagan edim unchalik. Hozir esa, ushbu darsga o'zim qanchalik muxtoj bo'lsam, deyarli hammamiz ham bunga shunchalik muxtoj ekanligimizni tushunib, sizlarga ham ulashishni to’g'ri deb hisobladim.
Marhamat:
Nafsni poklash - Abdulloh domla
@JoshDeveloper
Qanday kompyuter tanlash kerak?
"Dasturlashni boshlamoqchiman, qanaqa kompyuter olsam bo'ladi?" deb so'rashadi. Lekin negadir shu savolni juda kech berishadi. Eng yaxshi holatlarda bozorga chiqishdan 1 kun oldin, bo'lmasa o'sha kuni 1-2 soat oldin so'rab qolishadi. Bunday bo'lishi kerak emas o'zi aslida. Odamlar kompyuterni bir kun, ikki kun yoki bitta proyektga olishmaydi. Shunday ekan, kamchiligi qancha kam bo'lsa va u qancha ko'zga ko'rinmasa shuncha yaxshi. Shu sababli bu postda bir nechta tavsiyalar berib o'tmoqchiman. Gapni indallosiga o'tishdan oldin, bu postda faqat laptop (noutbuk) lar haqida so'z borishini aytib o'tishim lozim!
Maqolani o'qish: https://mohirdev.uz/kompyuter-tanlash/
@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!
Shogird to'g'risida joylagan e'lonimga qarshi fikr ayta oladigan biror mard bo'lsa yozsin.
Shogirdimni so'kib, namoz haqida bo'lar bo'lmas gaplarni aytayotgan manqurtlar bormi ?
U e'lonimda shunaqa ko'zi chala ishlaydiganlar uchun katta qilib, "Bu(namozxonlarga dars berishim) o'zimni xohishim, ilmimni o'zim xohlagan insonga beraman" demaganmidim ?
Bir vaqtlar, o'z vaqtida namozim tufayli darslarga kechikib ketgan kunlarim ko'p bo'lgan.
Allohni farzini ado etish uchun, ilm olishimni biroz kechiktirganman.
Bu vaqtda esa benamoz birodarlarim ilm olishardi.
E'londagi barcha yozgan narsalarimda o'zimni va Robbim o'rtasida niyatim bor.
Siz Aralashmang!
Alloh o'sha shogirdimni so'kib yozgan birodarlarimizni aqli va qalbini keng qilsin.
@JoshDeveloper
Mana nega kompyuter oldida ovqatlanmaslik kerak ekan.
#joke
@JoshDeveloper
Oramizda aval-avaldan bor bo'lgan bir nuqsonni tuzatishimiz kerak. Bu nuqson "Odam, millat ajratish" nuqsoni.
Shaharliklar orasida juda ham ko'p kuzataman. Viloyatdan kelsa, qishloqdan kelsa mensimasdan muomala qilishadi. Xuddi ular oltindan yaratilganu, bular loydan.
Yana bir toifa bir insonga Alloh bergan dard yoki nuqsonni ustidan kuladi.
Yana birlari millatchilik qilgani qilgan.
Rosululloh sollallohu alayhi vassallam shunday deganlar:
«Arabning ajamdan farqi yo'q, faqat taqvosida farqi bor, xolos»
Demak, qorani oqdan, shaharlikni qishloqlikdan, qirg'izni o'zbekdan, boyni kambag'aldan, kasalni sog'dan Allohning huzuridagi farqi taqvosida ekan.
Xo'sh o'sha odamlarni mazax qilayotgan, "odam ajratayotgan"lar, o'sha mazax qilayotgan insonlaringiz, mensimayotgan insonlaringiz sizdan taqvodorroq bo'lsachi, Allohga yaqinroq bo'lsachi ?
Qiyomatda Alloh u insonga jannatni bersayu, mazax qilayotgan insonlarni do'zzahga amr qilsa, Allohga qasamki, bu insonlar uchun juda ham alamli azob bo'lgan bo'ladi.
Zero, U kunda "Kim zarra miqdorida yaxshilik qilsa ham ko'radir, Va kim zarra miqdorida yomonlik qilsa ham ko'radir"
Zalzalah surasi
Alloh barchamizni taqvodor va go'zal xulqli bandalaridan qilsin.
Jum'a muborak 🌙
@JoshDeveloper
Yakshanba, 6-fevral kuni soat 16:30 da JavaScript bo’yicha nomzodlar orasidan ishtirokchimizni kanalimizda aniqlab olamiz.
InshaaAlloh
@JoshDeveloper
Youtube'da Hindlarning videolaridan juda ko'p nolidim.
Lekin bir narsani mardlarcha aytishim kerakki:
Ular bizdan juda-juda oldinda.
Ular bizdan ko'ra ko'proq ishlaydi.
Ular bizdan ko'ra aqlliroq.
Ular inglizchani bizdan yaxshi biladi(aksentiga e'tibor berish kerak emas) 😢
Umuman olganda ularga bir tomondan judayam qoyil qolaman.
Bizning davlatimiz ham shunaqa IT olamida birinchilikka chiqishidan umidvorman(+ sifatni unutmagan holda).
Alloh yetkazsin.🤲
@JoshDeveloper
Sizlardan kelgan javoblarni o’qib mazza qilib o’tiribman 😅
#kulgu
@JoshDeveloper
Eslatib o'taman, formada berilgan savolga to'g'ri javob bermaganlar tanlovdan chetlashtiriladi.
Nega ismim chiqmadi deb xayron bo'lib o'tirishni xohlamasangiz, savollarga to'g'ri javoblarni yozing.
Misol uchun bir inson JS dagi data tiplarga: "Input, sellect, chlick, number,data,"
lar kiradi deb yozgan.
( Bunaqasi bo'lmagan 🤷♂️😄)
To'g'irlab qo'ymasala, intervyu tanlovidan chetlashtiriladilar. (🪓)
@JoshDeveloper
Diqqat !
Fevral oyi uchun JavaScriptdan intervyuga nomzod tanlash boshlandi.
Nomzodga talablar:
1. 14 yoshdan katta bo'lishi (o'g'il yoki qiz farqi yo'q)
2. JavaScriptni yaxshi bilishi
3. Internet va boshqa texnik tomondan muommosi bo'lmasligi.
O'zingizni nomzod sifatida yozdirmoqchimisiz ?
Ushbu formani to'ldiring:
https://forms.gle/Fz9h1q7G25HBwCda8
Ha yana bir narsa, agar nomzod bilimini juda yaxshi ko'rsatsa va talablarga javob bersa, EPAMga referral qilib beraman. inshaaAlloh
@JoshDeveloper
JS intervyuni e'lonini qo'yish payti keldimi deyman ? 🤔
Tayyormisiz ?
E’lonni o’chirdim.
Sizga vazifalar berilgan bo’lsa, 3-fevralgacha qilib topshiring. Keyin qabul ham tugaydi.
Yozib qo’ygan bo’lsangiz-u, vazifani olmagan bo’lsangiz, vazifani kechroq tashlab yuborishadi inshaaAlloh.
Omad!
@JoshDeveloper
30 daqiqadan keyin e’lon to’xtatiladi va o’chiriladi.
#eslatma
@JoshDeveloper
Spam bergan insonlarni deb shuncha yugur-yugur bo'lyapti.
Oramizda shunaqa befarq, "fahmli" insonlar ham borligi juda ham achinarli.
@JoshDeveloper
Azizlar.
Ba'zi bir sabablar tufayli shogirdimni hamma akkountlari spam bo'ldi.
Tepadagi e'longa ismini yozganlar, shogirdimni o'ziga to'g'ridan to'g'ri yoziyla.
mana bu insonga: @IsmoilTurdaliyev
@JoshDeveloper
متاح الآن! بحث تيليغرام 2025 — أهم رؤى العام 
