Umar Sadullayev | Blog
الذهاب إلى القناة على Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
إظهار المزيد5 038
المشتركون
-224 ساعات
-97 أيام
-4530 أيام
أرشيف المشاركات
Tepadagi poll'ni nega tashladim?
Poll aslida umuman boshqa mavzu haqida edi. Asosiy mavzu "Saving"(Jamg'arma) qilish haqida.
6 oylik jamg'armasi bor ishchi bilan, 1 oylik jamg'armasi bor ishchini boshlig'i uni ishdan bo'shatishidan qo'rqish darajasi qanchalik bo'ladi bilasizmi?
Ancha. Jamg'arma qilish o'zingizni biroz erkinroq tutishingizga yetaklaydi.
Bilaman hamma ham jamg'arma qilolmaydi. Lekin imkoningiz bormi? Bekorchi narsalarga emas, jamg'arishga harakat qiling. Bu sizga erkinlikka eshik ochadi. Ishda dadil va o'zingizga ishonchli bo'lasiz.
Eng asosiysi, korxona sizni emas, siz korxonani tanlab ishga kira olasiz.(Albatta tajribali ishchi bo'lsangiz)
P.s: Ishdan 5 kunlik dam olish olganman, hozir "Psychology of money" degan kitobni o'qiyapman. Yaxshi insight'lar yoritilgan ekan. Tepadagi fikrlarimda ham shulardan bir oz ilhomlandim. Kitobdan parchalarni @umar_shares kanalida yozib boryapman.
#saving
@JoshDeveloper
Ishingizda "Lay-off" bo'lib, ishdan to'satdan bo'shatildingiz. Ish qidirishni boshlayapsiz. Birinchi chiqqan oyligi yaxshi ishni tanlaysizmi yoki o'zingizga ko'proq yoqqan yaxsh joyni qidirasizmi?
Udemy sotilyotgan ekan. Coursera esa xaridor 😄
Qiziq ishlar bo’lyapti.
#udemy
@JoshDeveloper
Oxirgi yillarda O’zbekistonda davlat xizmatlarini raqamlashtirish juda yaxshilanganini his qilardim.
Hozir bir ma’lumot o’qib qoldim, 9-o’rinda ekanmiz jahon bo’yicha bu borada.
Juda ajoyib ko’rsatkich.
#govTech
@JoshDeveloper
HR Menejer (UNICON SOFT)
💰 Oylik: 500 – 2 000 USD (tajribaga qarab)
Vazifalar:
- Kompaniya ichki madaniyati va motivatsiya tizimini rivojlantirish
- IT va non-IT yo‘nalishlari bo‘yicha xodimlarni qidirish va tanlash
- Vakansiyalarni joylashtirish va intervyularni o‘tkazish
- Xodimlarni ishga qabul qilish (onboarding) jarayonini tashkil etish
- Rahbariyat bilan yaqin hamkorlikda HR strategiyasini amalga oshirish
Talablar:
- HR Menejer sifatida kamida 2 yillik tajriba
- IT sohasida xodimlar bilan ishlash tajribasi
- O‘zbek tilini bilish (Rus va Ingliz tili ustunlik beradi)
📞 Aloqa uchun forma: https://forms.gle/ruDGZC6RyRu6TJBA9
#vacancy
@JoshDeveloper
Yangi loyihaga qo'shilganda kod yozishdan oldin doim birinchi loyihani o'rganing.
Qanday "shared" kodlar bor? Qanday kutubxonalar ishlatilgan? Qoidalar bordir balki?
P.s: O'zimda ko'p bo'lgan, loyihani to'liq o'rganmaganim sabab, avvaldan tayyor yechimlarni qaytadan yozganman.
#tavsiya
@JoshDeveloper
Podkast sog'inganlar bo'lsa Saidolim aka bilan Khumoyun aka podkast uyushtiribdilar. Zo'r ma'lumotlar berilgan.
Marhamat: https://youtu.be/VnWxsQYw7vg
#podcast
@JoshDeveloper
React Server Component'larda yaqinda bir nechta xavflar(vulnerabilities) chiqqan ekan.
Dasturingizda RSC ishlatgan bo'lsangiz, versiyalarni yangilab olishingiz tavsiya qilinadi.
P.s: Yoki Angular ishlatinglar)
#react
@JoshDeveloper
Boshlig'ing — shunday bo'lsa-da)
P.s: Tepadagi kursimiz chegirmasini boshliqlariga yuborgan ekanlar, darrov sotib olib beribdilar.
#course
@JoshDeveloper
Faqat bugun shu kanaldagilar uchun Frontend arxitektura kursimiz uchun chegirmalar ⬇️
🔥Istalgan tarif uchun 25% chegirma
🤩 1 ta kurs pulini to’lab 2 ta odam olish imkoni.
Admin: @vector_academy_admin
#chegirma
@JoshDeveloper
Xorazmliklar bormi?
Yanvardan Xorazmda bo'laman bir necha oy, Xudo xohlasa.
2-3 ta individual shogirdlar chiqarish niyatim yo'q emas. Frontend, JavaScript, Angular, Arxitektura ... istalgan yo'nalishda shogird qabul qilaman.
Kimgadir qiziq bo'lsa, admin akkountimizga haftada nechi kun va soat vaqt ajrata olishingizni yozib qoldiring. Biz sizga narxini hisoblab aytamiz. Ma'qul kelsa borganimda darslarni boshlab yuboramiz, Xudo xohlasa.
Admin: @vector_academy_admin
#course
@JoshDeveloper
Vacancy
"UNICON SOFT" kompaniyasi uchun Middle+ Angular dasturchilar kerak.
Topshirish uchun:
https://forms.gle/GRRnY1NY5zZ1G3R5A
#vacancy
@JoshDeveloper
Nomingizga kredit olishlarini xohlamasangiz my.gov.uz dan kreditga ta’qiq qo’yishingiz mumkin.
Bunda o’zingiz ham ololmaysiz. Istalgan payt o’chirib yoqsangiz bo’ladi.
Tanishlarga yuborib qo’ying ✈️
#tavsiya
@JoshDeveloper
Kartalardagi pullarga ehtiyot bo’ling.
Humans degan ilovadan pul yechilyotgan ekan.
Ogoh bo’linglar.
#eslatma
@JoshDeveloper
#offtopic Kecha uyimizni sotuvga qo'ygan edik. Shu uyni ijaraga ham beramiz. Agar yaxshi tura oladigan oila yoki talabalar bo'lsa, gaplashib ko'ramiz.
Narxi: 350$
Uy haqida batafsil: https://t.me/umar_shares/728
#ijara
@JoshDeveloper
Repost from Umar shares
+9
Kvartira sotiladi 🏢 (O’zimniki)
1/1/4 (2 xona qilingan)
Manzil: Toshkent shaxar, Mirzo Ulug’bek tumani, Axmad Yugnakiy mavzesi (Prezident qarorgohiga yaqin)
Maydoni: 38kv metr + 12kv podval
Xonalar soni: 1 (2 xona qilingan)
Holati: yaxshi
Yashashga tayyor!
Barcha mebel va texnikalari bor.
➕ “Тёплий пол” bor.
Narxi: 47.000 (Biroz kelishiladi)
Kontakt(Telegram): @UmarSadullayev
(aniq qiziqayotganlar bilan telefonda keyin gaplashamiz)
Tarqating ✈️
#uy
@umar_shares
Repost from Khumoyun Codes
Qoraqalpog‘istonda 1 000 dan ortiq yoshlarni “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida bepul ITʼga oʻqitishyapti ekan
Hozircha Nukus, Ellikqalʼa, Amudaryo, Chimboy, Taxiatosh, Taxtako‘pir va Sho‘manoy tumanlarida darslar boshlanibdi. Loyihaning keyingi bosqichida darslar Qoraqalpog‘istonning qolgan tumanlarida ham yo‘lga qo‘yilar ekan.
Ya’ni kelgusi yildan Qoraqalpog‘istonning har bir tumanidagi oʻquvchi yoshlarda IT’ni bepul o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ladi. Menimcha bu yoshlar uchun juda katta imkoniyat.
