Umar Sadullayev | Blog
الذهاب إلى القناة على Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
إظهار المزيد5 044
المشتركون
-124 ساعات
-67 أيام
-3730 أيام
أرشيف المشاركات
Antistress
Ushbu postni hazil qilib yozdim. Hamkasb bloggerlarimizga taqlid qilib.
Lekin qiziq bir fakt topdim shekilli. Tepadagi kabi tilda xabar yozishib ko'ringlar, sal anti-stress ekan 😂️️️️
1Fit olmoqchilar bo’lsa manda bor. 318 + 30 kun mavjud.
Yangi desa ham bo’ladi ;)
O’zim foydalanishga vaqtim bo’lmadi.
Narxi 4.300.000 so’m
Bog’lanish: @UmarSadullayev
#1fit
@JoshDeveloper
Prompt yozish texnikalari
AI haqida ko‘p gapiramiz, lekin to‘g‘ri Prompt yozish haqida kam joyda o‘rgatishyapti. Aslida esa bu kasbimizning asosiy talablaridan biriga aylanib bo‘ldi.
Prompting turlari (misollar bilan):
1️⃣ Contextual Prompt – modelga vaziyat va fon haqida ma’lumot berish.
👉 “Men Angular ishlataman. Routing bo‘yicha lazy loading misolini yozib ber.”2️⃣ Role-based Prompt – modelni kimnidir o'rnida bo'lib, rol o'ynab javob berishga buyurish.
👉 “You are a Senior frontend engineer. Explain difference between Subject and BehaviorSubject in RxJS.”3️⃣ Structured Prompt – javob formatini belgilash.
👉 “React va Angular farqlarini jadvalda yozib ber.”4️⃣ Iterative Prompt – birinchi output’ni olib, keyin refine qilish. Ya'ni, oddiyroq yechimni olib, shuni biz xohlagan mukammal yechimga o'girish.
👉 1-prompt: “Write a simple countdown timer in Angular.” 👉 2-prompt: “Add pause/resume functionality.”5️⃣ Rule-based Prompt – qoidalar va cheklov qo‘yish.
👉 “Give me 3 startup ideas for Uzbekistan IT market. Max 50 words each.”To‘g‘ri yozilgan prompt aniqroq, samaraliroq va tezroq natija beradi. P.s: Shu postni Rule-based va Iterative Prompt texnikasi orqali ChatGPT'ga yozdirdim. Postni ulashishni unutmang. #learn #ai @JoshDeveloper
Repost from Ulugbek Samigjonov
Ishga kirish uchun suhbatdan o'tish kerak.
Suhbatdan o'tishda esa ishonch kerak.
Ishonch bo'lishi uchun esa ilm kerak.
Ko'pincha ilm bo'lmagani uchun sababini qilolmaymiz.
Ilm bu yodlab olish emas, to'liq tushunish.
Futbol bo'yicha savol berilganda tezlik va ishonch bilan javob beramiz.
Lekin suhbat savollariga kelganda ikkilanib qolamiz.
Ikkalasi ham ilm, lekin birini zavq bilan tushunib o'rganamiz, ikkinchisini esa yuzaki.
Sohani yaxshi ko'rib o'rganish kerak, majburlikdan emas.
Shunda yaxshi ko'rgan ishni qilamiz, majbur bo'lganni emas.
17 sentyabrgacha Yandex Uzbekistan Dev Meetup #3 va Dev Camp uchun arizalar qabul qilinadi.
20 sentyabr kuni INHA University’da Yandex muhandislari — backend-ishlab chiquvchilardan tortib arxitektorlar va yo‘nalish rahbarlarigacha to‘planadi. Bu Toshkentdagi uchinchi uchrashuv bo‘lib, hozirgacha eng yirigi bo‘ladi.
Ishtirokchilarni quyidagilar kutmoqda:
🟡 mashinali o‘rgatish, algoritmlar va tizimlarni masshtablash haqida ma’ruzalar hamda panel muhokamalari;
🟡 code-battle’lar va demo-intervyular;
🟡 rezyume (CV) tayyorlash bo‘yicha vorkshoplar va HR-mutaxassislar bilan karera sessiyalari.
✨Mitapdan keyin darhol Dev Camp — backend-ishlab chiqish va algoritmlar bo‘yicha intensiv kurs start oladi. Eng yaxshi talaba va yosh mutaxassislar Yandex Uzbekistanda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
👉 Ro‘yxatdan o‘tish
"IT va olam" mavzusida Saidolim aka Djurayev va Qudrat aka Abdurahimov ajoyib suhbat uyushtirishibdi.
Link: https://www.youtube.com/watch?v=ZPglWdMPYtM
#tavsyu
@JoshDeveloper
9/9/6
Hamma joyda 9 dan 9 gacha, 6 kun ishlash haqida gap ketyapti.
Qisqagina o'z fikrimni bildiray 🙂
— O'zim birovga shunday ishlarmidim?
— Yo'q, aslo. Oilam va hayotim ustunroq.
— 3-4x to'lashsachi?
— Bunisi boshqa masala 😉. Qisqa muddat uchun o'ylab ko'rardim.
— Boshqalarga tavsiya beramanmi?
— Yo'q, faqatgina o'zi shuni xohlab, chiday olishiga ko'zi yetsa o'z xohishi albatta, aralasha olmayman. "Burnout is real." Faqatgina kompaniya ishchi olishda bu narsalarni ochiq aytishi kerak deb o'ylayman. 5 kunlik ish kuni deb olib, 6-7 kunlab ishlatishni maqsad qiladiganlardan bo'lishmasa bo'ldi.
— Bunday ish tartibi ommalashishi yomonmi?
— Menimcha ha. Bunday tartibda bo'ydoqlar bemalol ishlar, lekin oilalilar ishlashi juda qiyin. Inson bo'lib yashashdan chekkaga chiqib boriladi bu ketishda. Sohamizga bunday tartiblarni joriy qilishga qarshiman. Umid qilamanki keng yoyilmaydi. Buni o'rniga samadorlikni oshirish bo'yicha o'ylash yaxshiroq. Ko'p kompaniyada hali to'g'ri kommunikatsiya usuli yo'q masalan.
Yashash uchun ishlash kerak, ishlash uchun yashash emas.
#thoughts
@JoshDeveloper
Qachon to’xtashni bilish ham mahorat.
Nimadir xato ketyaptimi? To’xtashdan qo’rqmang.
#thoughts
@JoshDeveloper
24-sentabrda bo’lib o’tadigan ICTWeek 2025 doiradi bo’lib o’tadigan “AI in Digital Education” marosimiga taklifnoma jo’natishibdi 🌚
Hammani taklif qilaman.
#taklif
@JoshDeveloper
Endi keyingisi, “Silk Avia” telefonni ko’tarishmayapti. Aviakompaniyada Call-center telefonni ko’tarmasa, kim ko’taradi? 😅️️
Tovba.
#tanqid
@JoshDeveloper
“Centrum Air” orqali har qanaqasiga bilet olmoqchi bo’lib ko’rdim, Visa, Uzcard… ishlamadi.
Tizimlari bir muddatga ishlamasligi qanchalik kompaniya va insonlarga katta zarar yetkazishi mumkin a?
Dasturlaringizni mas’uliyat bilan yozing, kamida qarg’ishga qolmaysiz.
#thoughts
@JoshDeveloper
Repost from EDU.DIGITAL.UZ
ICTWeek 2025 doirasidagi “Raqamli ta’limda sun’iy intellekt” forumiga taklif etamiz!
⭐24-sentabr ICTWeek 2025 doirasida “Raqamli ta’limda sun’iy intellekt: G‘oyadan natijagacha” forumi boʻlib oʻtadi.
Bu yil ham forumda Sizni:
📍 Manzil: CAEx Ko‘rgazma Markazi, Main Hall 1
⏰Vaqt: 9:30 (ro‘yxatdan o‘tish 9:00 dan boshlanadi)
Ro'yxatdan o'tish
🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
➡️ Mahalliy va xorijiy mutaxassislarning ma’ruzalari; ➡️ O‘quv markazlar uchun maxsus yangilik; ➡️ Taqdirlash marosimi; ➡️ Sun’iy intellekt bo‘yicha mahorat darslari; ➡️ Maxsus tanlov va qiziqarli sovg‘alar kutmoqda.
