ar
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

الذهاب إلى القناة على Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

إظهار المزيد
4 794
المشتركون
-624 ساعات
-307 أيام
-2130 أيام
أرشيف المشاركات
Bu hikoya AQSHdagi Kanzas universiteti matematika o'qituvchisi, professor Jefri Langning "Men musulmon bo'lgan kun" nomli kitobidan olindi. Unda professor Islom dinini qabul qilgach, birinchi o'qigan namozi haqida yozadi: To'liq matni: ushbu telegraf manzilida O'qing. @JoshDeveloper

Tepadagi postga qo’shimcha: Inson xohish va qunt qilsa har qanaqa holatda ham o’z maqsadlariga erishsa bo’ladi. Aynan Shohabbos do’stimiz Najot Ta’limda o’qiyotgan paytlarida juda ham eski noutbuk ishlatar edilar. Har bitta protsessga ketadigan vaqt 3-4x ga ko’payib ketardi ba’zida. Savol so’rab kelsalar, ishqilib noutbukini ko’tarib kelib savol so’ramasin deb niyat qilardim 😅. Ammo sabr bilan o’qib 5 oydan keyin yangi noutbuk yana 4 oydan keyin mana yangi ishga ham ega bo’ldilar. 2GB operativ xotira, Intel Celeron va HD ekranli noutbuki bor inson, yangi modeldagi MacBook sotib olib kelib o’qigan insondan o’zib ketti. Bu gapim bilan nima demoqciman? Gap hech qachon sizning moliyaviy ahvolingizda emas. Gap hardoim sizning yondashuvingiz va sabringizda. “Rim bir kunda qurilmagan” deganlaridek, siz ham 3 oyda dasturchi bo’lib qololmaysiz. Yokida siz eng TOP model va konfiguratsiyadagi qurilmaga ega bo’lsangiz ham u sizni muvaffaqiyatga erishtirib qo’yadi degani emas. Shunchaki bilim olish jarayonini salgina tezlashtirib berishi mumkin. Kichik tajribamda bunga qayta va qayta amin bo’lmoqdaman. Boshqa bir holatni tasvirlaydigan bo’lsak, bo’shqa bir do’stimiz va ukamiz Hamidulloxon darsga kelganlarida, birinchi oylarda noutbuklari bo’lmasdi, darsda berilgan kichik vazifalarni oddiy android telefonlariga maxsus dasturda bajarib ko’rib, savol so’rar edilar. Nazariy qismdan so’ng esa, uyga shoshib uydagi statsionar kompyuterlarida ko’pgina vazifalarni barchadan oldin jo’natardilar yokida o’rganganlari bo’yicha noutbuki bor do’stlarini oldida o’tirib, ularga o’rgatar edilar. 1-oy tugaganda esa, saralash imtihon payti, qayerdandir bir kunga qarzga noutbuk olib kelib, yig’ilgan ballar bilan top 5 talikdan o’rin olgandilar. Ular ham Shohabbosdan sal oldinroq aynan UDevs kompaniyasiga Go dasturchi sifatida ishga qabul qilingandilar. Bunday ishtyoqli bolalarni ko’rib, tasanno demasdan iloj yo’q 👏👏👏. Iloyim bunday natijalarga erishayotgan do’stlarimiz ko’paysin 🤲. @khumoyun_writes

Assalaamu alaykum . Frontend bo'yicha safarimiz davom etadi. Endiki manzil ANGULAR. Agar siz Angular freymvorkini o'rganmoqchi bo'lsangiz, o'zimning online Angular kursimga taklif qilaman. Darslar haftada 3 kun 1-1.5 soatdan bo'ladi. Darslar yozib olinadi. Start kuni: 24 - noyabr. Kurs narxi: 12 ta darsga 400.000 so'm. Kurs davomiyligi: 1-2 oy Talablar: JS va TS bilimlar (TS ni bilmasangiz ham kirsangiz bo'ladi, ammo biroz qiynalasiz) Murojaat: @josh_22_01 @JoshDeveloper

Azizlar, hozir bo'layotgan ba'zi voqealarga o'z fikrimni bildirmoqchiman. Ba'zi kompaniyalar yosh dasturchilarni ishlatib, aldab, pulini bermasdan yoki shu kabi boshqa "mashennik"lik yo'llarini qilishayapti. Sizga maslahatim , ish topdim deb hursand bo'lib shartnomalarga bilib bilmasdan imzo qo'ymang. Shartnoma yaxshi bo'lsa ham bir necha kun ishlab ko'ring. Chunki ularni ishlash uslubi yoqmasligi mumkin yoki xarom narsalar ustida ishlayotgan bo'lishlari mumkin va hkz. Ogoh bo'ling-a :) @JoshDeveloper

Jum'a Muborak Azizlar 🌙 😊 @JoshDeveloper

TypeScriptdagi "generic type"lardan foydalanib yozilgan ushbu funksiyalarning qaysi biri to'g'ri yozilgan ?
Anonymous voting

Keling, kunlik ishlatadigan ba'zi so'zlarimizni qatoriga yangi va yaxshilarini qo'shamiz. 1. InshaaAlloh - Agar Alloh xohlasa. - Qachon ? - Kelajakda sodir bo'ladigan ishlarga aytamiz. Ertangi, 1 soat keyingi, 1 daqiqa keyingi kabi holatlar hammasi shuning ichida. - Misol: - Ertadan yangi kitob o'qishni boshlayman InshaaAlloh. - 1 soatga uyda bo'laman InshaaAlloh. * * * * * 2. Alhamdulillah - Allohga hamd bo'lsin. - Qachon ? - Biror hursandchilik kelganda. Biror yomonlik uzoqlashganda va boshqa holatlarda. - Misol: - Ishlarimni tugatdim Alhamdulillah * * * * * 3. MaashaaAlloh - Alloh xohlagani bo'ldi. - Qachon ? - Biror xayratlanarli narsa bo'lsa, yoki biror go'zal narsani guvohi bo'lsangiz, yoki biror yaxshilikni ko'rsangiz aytasiz. Ya'ni Alloh xohlagani bo'ldi. - Misol: - Mashinangiz ajoyib ekan MaashaaAlloh. * * * * * 4. Vallohu a'alam - Alloh bilguvchiroq. - Qachon ? - Biror bir mulohaza bildirayotib, Alloh bu narsani siz va hammadan ko'ra bilguvchiroq ekanligini ta'kidlashda. - Misol: - Fikrimcha buning javobi A variant bo'ladi. Vallohu a'alam(yana ham Alloh bilguvchiroq). * * * * * 5. Astag'firulloh - Alloh kechirsin. - Qachon ? - Biror xato va gunohingizga Allohdan mag'firat, kechirim so'rashda. (Har doim aytib yuring, chunki gunohlarimiz juda ham ko'p, xatto ba'zilarini o'zimiz ham bilmaymiz) * * * * * 6. JazakAllohu xoyron - Alloh sizni mukofotlasin. - Qachon ? - Biror Musulmon inson sizga yaxshilik qilsa, minnatdorchilik sifatida aytishingiz mumkin. O'zbekchasini ham aytsangiz bo'ladi bu so'zlarni. - Misol: - Katta yordam berdingiz, JazakAllohu xoyron. * * * * * 7. FiySabiylillah - Alloh yo'lida. Alloh roziligi uchun. - Qachon ? - Biror bir ishni Alloh roziligi uchun ekanligini aytishda ishlatsangiz bo'ladi. - Misol: - Sizga FiySabiylillah yordam berdim. (Ya'ni sizga Alloh yo'lida yordam berdim.) * * * * * Mana Alhamdulillah sizlarga hayotingizda eng kerakli bo'lgan ba'zi so'zlarni FiySabiylillah ulashdim. Yana foydali postlarni imkon qadar joylashga harakat qilaman InshaaAlloh. @JoshDeveloper

Azizlar. InshaaAlloh TypeScript va JavaScriptdan shu kabi Poll testlarni ham kanalga ko'proq yuklashni boshlayman. * * * @JoshDeveloper

TypeScriptda faqat sonlardan tashkil topgan array tipini qanday ko'rsatamiz?
Anonymous voting

* * * Jum'a Muborak Azizlar 🌙 😊 @JoshDeveloper

Oramizdagi yoshlarda ko'p uchraydigan Sevgi masalasiga oxiri qo'l urishga majburman 🤭. Chunki o'zim ham bu mavzuda biroz xatolar qildim va hali bu mavzuda adashib yurganlaga bilganimni ulashsam degandim. Yosh yigit yoki qiz. Bir birini sevadi. Yoki bittasi sevadi ikkinchisi esa yo'q. Yana kimdur xiyonat qiladi, yana boshqasi aldab yuradi, yana boshqasi esa niyati jiddiy bo'lib gaplashib yuradi. Ammo baribir bularning hammasi birxil xatokorlar. Ishoning, nikohdan oldin sevgi-pevgi degan narsadan uzoq bo'lganingiz ma'qul. Chunki bu sevgi shunchaki sizni asabingizni, vaqtingizni va halovatingizni oladi. Ayniqsa xiyonatkor bittasini yaxshi ko'rib qolgan bo'lsangiz aniq hayotingizda qolganlarga shubha bilan, ishonchsizlik bilan qaraydigan bo'lib qolasiz. Shu sevgi degan boshog'riq bilan mast bo'lib yurgan yaqinlarimga jiddiy tarzda maslahat beraman: Sevgini yig'ishtiring. Musulmon yigit bo'lsangiz hali sevishgacha qiladigan ko'p ishlaringiz bor. Sanab beraymi ? O'zingizni va bo'lajak turmush o'rtog'ingizni moddiy tarafdan ta'minlay oladigan darajada ishingiz bo'lishi, ayolingizga zulm qilmaydigan darajada va farzandlarga go'zal tarbiya bera oladigan darajada ilmli bo'lishingiz kerak. Hullas Jismonan, aqlan va moddiy taraflama tayyor bo'lishingiz kerak. Keyin esa sevsangiz sovchi qo'yasiz va uylanasiz. Keyin bemalol sevishib yashayvering 😹. Siz esa hali bir paypoq sotib olishga pul ishlolmaysizku, o'zingizcha birovni singlisini, qizini, opasini sevib yuribsiz. Katta ehtimol bilan shu qizga uylanmaysiz va birovni bo'lajak ayolini sevib yurgan bo'lasiz. Eng alamlisi xuddi shu paytda sizni bo'lajak ayolingiz bilan ham xuddi shu hodisalar bo'layotgan bo'lishi. Niyatim jiddiy deganlarga esa jiddiy bosa ertagayoq borib nikohni belgilatib keling. Qilolmaysizmi ? Unda o'zingizni ham sevgan insoningizni ham bu gunohdan uzoq qiling. Zero sizning juftingiz kimligini Alloh biladi. Uni xayoli qiz bo'lishini xohlab turib buyoqda o'zingiz sevishib yurishingiz qaysi aqlga to'g'ri keladi ? Musulmon yigit bu narsalaga berilib maqsadlari va orzularida sekinlashib qolishi yaxshi emas. Hullas o'sha gap, Sevsangiz Allohdan so'rang. U bilan gaplashib uni ham o'zingizni ham gunohga botirmang. Alloh xohlasa sevganingizni, yo'qsa xayrliroqini beradi. Muhimi bo'lajak juftingizga pokiza o'tmishingiz bilan yo'liqasiz. Bu maslahatimga amal qilish uchun esa sizda Allohga bo'lgan ishonch bo'lishi kerak. Xato qilib qo'yganlar bo'sa tavba qilsin. Zero, Alloh ko'plab tavbalarni qabul qiluvchidir. @JoshDeveloper

Sizlarga o'zim ko'pdan beri foydalanib keladigan quran.com saytini tavsiya qilmoqchiman. Juda ham ajoyib sayt. O'zbekcha tafsirini ham qo'shsangiz bo'ladi. Quronni o'zini ham o'qisangiz bo'ladi va xatto oyatma-oyat eshitsangiz ham bo'ladi. Alloh shunaqa xayrli ishlar qilgan insonlarni O'zi mukofotlasin. @JoshDeveloper

Eshiting ☝️ "... biz esa xuddi jannatga kirishimiz aniqdek mag'rur yuramiz(" @JoshDeveloper

Qachonki ikki branchni uzoq vaqtdan keyin merge qilmoqchi bo'lsangiz degan rasm😅 #joke @JoshDeveloper
Qachonki ikki branchni uzoq vaqtdan keyin merge qilmoqchi bo'lsangiz degan rasm😅 #joke @JoshDeveloper

Zuckerberg broga Facebook nomi yoqmiy qolibdi shekilli😅 Meta nomiga o'zgartirilibdi.👍 @JoshDeveloper
Zuckerberg broga Facebook nomi yoqmiy qolibdi shekilli😅 Meta nomiga o'zgartirilibdi.👍 @JoshDeveloper

​​💥 Flutter va React Native bilan tezkor mobil ilovalar yatatishni xohlaysizmi? 1-15-noyabr kunlari EPAM "Mobile hiring" va Flutter haftaliklarida bizga qo‘shiling. Siz turli xil davlatlarning EPAM loyihalarini o'rganishingiz va bizning Rekruiterlarimizdan o'z karyerangiz imkoniyatlari haqida ko'plab ma'lumotlarni bilib olishingiz mumkin bo'ladi. Bizga qo'shiling va maoshingiz miqdorida ro'yxatdan o'tish bonusiga ega bo'ling! Buning uchun qilinadigan 5 ta oddiy qadam: 1️⃣ 15-noyabrgacha platformada roʻyxatdan oʻting. 2️⃣ Ma'qul suhbat sanasi va vaqtini tanlang. 3️⃣ Rekruiterimizdan natijalarni kuting. 4️⃣ Texnik suhbatdan muvaffaqiyatli o'ting. 5️⃣ EPAMdan ish taklifini oling. Batafsil ma'lumot oling. Bu yerda ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.

* * * Jum'a Muborak Azizlar 🌙 😊 @JoshDeveloper

Hayotingizdagi ba'zi bo'layotgan narsalar qalbingizni parchalab tashlaydi. Xiyonatlar, yolg'onlar ... Qalbimizni faqat biz ishonib topshirganlargina sindira oladi va aynan shunisi eng og'riqlisi 😞. Qalbni ishonib topshiradigan inson bormi o'zi deb qolasan. Asl haqiqat esa shuki, Qalb Allohning mulki, uni Alloh roziligi uchun ishlatmas ekanmiz, doim ozor chekib yashayveramiz. Yagona qalbimizga ozor bermaydigan zot bu Alloh ekanini esa tushungimiz kelmaydi. Nima qilish kerak ? Qalbimizni Egasiga topshirishimiz kerak. Dunyo matohlari, bizga yaxshi ko'ringan insonlar, boshqa barcha o'tkinchi narsalarga emas. Foniy narsa bir kun tugashga mahkum. Allohga muhabbat qo'yganlar esa ikki dunyo soadatiga erishadilar. Bu gaplarimni aslida aynan o'zim uchun yozdim. 😕 Alloh hammamizni O'ziga oshiqlar qatoridan qilsin. @JoshDeveloper

JavaScript, TypeScript, RxJs, Angular va boshqa texnologiyalar haqida chuqur o'rgatilgan maqolalarni qidirayotgan bo'lsangiz: indepth.dev saytini maslahat beraman😉 @JoshDeveloper

Azizlar, bir juda ham yoqimsiz narsa haqida yozmoqchiman. Bugun metroga tushgan edim. Aslida ko'p ham jamoat joylarida bo'lmayman, shuning uchun bu yozayotgan narsam oddiy holat bo'lib ulgurmagan deb umid qilaman. Bir hijobini nega kiyganini bilmaydigan qiz va og'zidan sutni hidi ketmagan bola qo'l ushlashib sevishganlar rolini o'ynab bemalol yurishibdi. Bo'lmasa yoshgina qiz va bola. Qachon shu holatga yetib kelishga ulgurdik ekan ? 😞 Agar o'sha yigit rostan sevganida nomahram holda qo'lini uchini tegizishni ham xoxlamasdi. Buyerda hijobsiz qizlarni aytmayapman, ular bilan uncha ishim yo'q, chunki o'zlari ochiq kiyinib xira pashshalarni chaqirishayotgan keyin, gapirgandan nima naf. Eng qattiq botgani hijob kiyib olib shu ishni qilib yurishgani. Murojaatim: Opangiz, singlingiz, qizingiz va boshqa yaqinlaringizni ko'chada kimlar bilan yurganiga e'tiborli bo'ling. Tag'in kech bo'lmasidan. Ko'chada shunaqa qilib yurgan bollar yoki qizlar shuni o'qiyotgan bo'lsangiz sizlarga yagona aytadigan narsam: Allohdan qo'rqinglar, o'ladigan kuningizni eslang. Islomni, muslimalarni , muslimlarni sharmanda qilmang. Kechirasizlar azizlar, biroz g'alati mavzuda yozganim uchun. Majbur bo'ldim. @JoshDeveloper

Umar Sadullayev | Blog - إحصائيات وتحليلات قناة تيليجرام @umarsadullayev