ar
Feedback

لا تقع ضحية للمخادعين! تيليمتريو يكتشف ويُميّز هذه القنوات 👉 إذا كنت تريد رؤية العلامة، اشترك

Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

الذهاب إلى القناة على Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad

إظهار المزيد
5 159
المشتركون
-124 ساعات
+507 أيام
-5030 أيام
أرشيف المشاركات
Oramizda MyID ustida ishlaydiganlar bormi? Bir oydan beri kira olmayman-ku.( Bu sabab ko'p davlat/nodavlat xizmatlaridan foyd
Oramizda MyID ustida ishlaydiganlar bormi? Bir oydan beri kira olmayman-ku.( Bu sabab ko'p davlat/nodavlat xizmatlaridan foydalana olmayapman.( "Support" ga birnecha marta chiqdim. "Biror dasturchisi bilan to'g'ridan to'g'ri gaplashaqolaylik undan ko'ra" degan qarorga kelgan edim. #help @JoshDeveloper

Buyoqda “Hackaton” bo’layotgan ekan :) Bemalol “qatnashorasla”. P.s: Biz esa tepadagi sovg’a egasini aniqladik ✅ #share @JoshDeveloper

Repost from Vector IT Academy
Sovg’a 💸 Akademiya nomini “Vector IT Academy” deb nomlashimizdan ma’no nima? 🤔 Shu savolga o’z fikringizni shu post komment
Sovg’a 💸 Akademiya nomini “Vector IT Academy” deb nomlashimizdan ma’no nima? 🤔 Shu savolga o’z fikringizni shu post kommentida qoldiring 🔽 Eng to’g’ri va tushunarli aytgan insonga bizdan 99 000 so’m sovg’a 💸 26-Mart, 17:00 da g’olib e’lon qilinadi, Xudo xohlasa. 📆 @vector_academy_uz - tajriba ulashamiz.

Nimadir xato emasmi? 🤔 Bir inson ish topishda qiynalayotganini ko’p yozardi shaxsiyda. ✍️ Hozir “Linkedin” sahifasini ko’rib
Nimadir xato emasmi? 🤔 Bir inson ish topishda qiynalayotganini ko’p yozardi shaxsiyda. ✍️ Hozir “Linkedin” sahifasini ko’rib qolsam, hech vaqosi yo’q. ➖ Nimalar bilishi yo’q. ➖Nimalar qilgani yoki qayerlarda ishlagani yo’q. ➖Contact ma’lumotlari yo’q. ➖Ism o’rniga familiya, familiya o’rniga ism yozgan. Va hokazo. Nimadir xato emasmi? P.s: Bu haqida “Ishsizlik” nomli postimda yozgan edim. #maslahat @JoshDeveloper

Yaxshi Frontend dasturchisi bo’lish uchun juda katta qism dasturchilar eng asosiysilarini tashlab “Freymvork”larga sakrab ketishmoqda. Eng asosiysilarini ikkitasini aytaman. 1. HTML va CSS (Toza “verstka” qila olish 💯) 2. JavaScript #frontend @JoshDeveloper

Blog oching. 🖥 Shu paytgacha ushbu shaxsiy blogim borligi qanchalar foyda berganini tasavvur ham qila olmaysiz. Birinchi boshlaganimizda, bunday katta bo’lib ketishimizni o’ylamagandim. Shunchaki JS’dan maqolalar yozib, insonlarga ulashib yurardim. Alloh izni bilan ancha kattalashdik. Barakasini bersin. Juda ko’p foydalar olaman blogimdan. Oddiy tepadagi postda siz azizlardan ajoyib takliflarni oldim. Va hokazo. Maslahat beraman ochishni. Zo’r yurita olsangiz, Allohni izni bilan manfaatini ham olasiz. #maslahat @JoshDeveloper

O'quv markazda ikkita asosiy qiyinchiligi bor. 1. Odam yig'ish 2. Ularni ushlab qolish (+to'lovlarini vaqtida olgan holda) Akademiyamizda ikkisiga ham duch keldik. Ayniqsa ikkinchisi juda qiyin. "Keyin beraman" deydiganlar juda ko'p topiladi. Mayli vaziyatlarini tushunishimiz kerak deysiz. Ammo guruhning 80-90% qismi "Keyin beraman"lardan tashkil topib qolsa, yaxshigina muommo bo'lar ekan. Buni mentor sifatida o'zim, admin sifatida adminlarimiz yaxshigina his qilyapmiz. Qani edi o'quvchilar bir oy oldinroq his qilib, tayyorlanib tura olsa dars to'loviga. Endi siz azizlarga savol, shunday holatda o'quv markaz nima qilishi kerak? Doimiy "keyin beraman"larni to'xtatish, aytgan vaqtida bermaydiganlarni va yozsa javob yozmaydiganlarni to'g'ri yo'lga solish uchun qanday usullarni bilasiz? #tanqid #sorovnoma @JoshDeveloper

Yaqin dasturchi akalarimizdan birlari, offline o'quv markaz ochibdilar. Meni nomimdan borsangizlar, 90% skidka berishmasmush 😁 Link: https://t.me/pixelschool_uz/4 #tabrik @JoshDeveloper

Oramizda Angular’ga qiziqayotganlar oshgani sabab, bo’sh vaqtim kichkina maqolachalar yozishni boshlayapman, inshaaAlloh. Kimga qiziq bo’lsa, birinchi kichik qadamlar haqida quyidagi maqolada. Link #angular @JoshDeveloper

To’g’risin aytsam, bunday yutuqli “challenge” uyushtirish juda mas’uliyatli ish ekan. Juda qiyin kechdi. Ayniqsa g’oliblarni aniqlash. Yaxshi qilganlar birnechta. Ekspertlar ham harxil insonlarga ovoz berishdi. Eng ko’p berilganini oldik xolos. “Challenge”da qatnashganlar bir narsani tushunishini xohlar edim. Yutuq bu pul emas. Yutuq bu tajriba. Siz tajribaga ega bo’ldingiz. Hammangiz. “Vector IT Academy” - tajriba ulashamiz!

Yaqinda e’lon qilingan “Frontend Challenge” natijalari chiqdi. 👏 Kim yutdi? 🤔 Quyidagi postda: https://t.me/vector_academy_uz/60 #challenge @vector_academy_uz

"Balki rostan ham... Ee yaag'e, yozadigan kodingga qara. 😁" #joke @JoshDeveloper

Zo'r dasturchi deb o'ylab, chaqirishgandi Yanvarlarda. 😁 Chiqsa videosini ulashaman Xudo xohlasa. #stayTuned @JoshDeveloper

Zoʻr dasturchi loyihamizning navbatdagi mehmoni kim? 🎤 Bir necha kun avval aynan shu savol orqali soʻrovnoma oʻtkazgandik. L
Zoʻr dasturchi loyihamizning navbatdagi mehmoni kim? 🎤 Bir necha kun avval aynan shu savol orqali soʻrovnoma oʻtkazgandik. Loyihamizning keyingi mehmoni Umar Sadullayev boʻldilar. 👀 Kommentda yozinglar-chi, kimlar Umar Sadullayevni belgilandi? Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Instagram | YouTube | Tik-tok | Telegram 👉 0️⃣1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ - expert dasturchilarning fikr va tavsiyalari

Kelgan javoblarni tekshiryapman. Ko’pchilik birxil xatolar qilishgan. Shu sabab kanalda fikrlarimni ulashib borsam, hammaga f
Kelgan javoblarni tekshiryapman. Ko’pchilik birxil xatolar qilishgan. Shu sabab kanalda fikrlarimni ulashib borsam, hammaga foydali bo’ladi deb o’yladim. ➖Tugmacha uchun “p” tegini ishlatish yaxshi emas. ➖Ba’zilar “font”larni noto’g’ri ishlatishgan. ➖ So’zlarda xatoliklar bor. ➖Ranglarda juda ko’p xatolar bor. “O’xshasa bo’ldi”ga yozilgan. ➖Tugmalarni tugma ekanligini bildiradigan “cursor”lar yo’q. Hali yana davom etamiz… Qolganini shu post ostiga yozib boraman, yana topsam shu kabi umumiy xatolar. #challenge @JoshDeveloper

Azizlar, bepul tarifini birnechta sharoiti yaxshilar ham so’rab yozayapti ekan. “Sharoiti yo’qlar uchun” so’zini suv iste’mol qilmanglar iltimos. #eslatma @JoshDeveloper

Ramazon munosabati bilan Frontint.uz kursini narxini tushirdik. Eski narxlar: ➖Classic - 790 000 so’m ➖Pro - 850 000 so’m ➖Premium - 1 200 000 so’m Yangi narxlar: ➖Bepul - 0 so’m (sharoiti yo’qlar uchun) ➖Pro - 350 000 so’m ➖Premium - 450 000 so’m Yangi narxlar bilan tanishish uchun sayt: Frontint.uz Adminga bog’lanish: @FrontintAdmin P.s: Mockint.uz dan chegirmalar olib tashlandi. #frontint #ulashing @JoshDeveloper

Gitlab yoki Github link ulang deyilgan edi. Kodni ko'rishimiz uchun. 🥲 #joke @JoshDeveloper
Gitlab yoki Github link ulang deyilgan edi. Kodni ko'rishimiz uchun. 🥲 #joke @JoshDeveloper

Bunisi aniq yuta olmaydi menimcha.) "Frontend challenge"ga natijalar kelyapti. Qarasam bu ahvol. Ha mobil dizayni yo'q, ammo
Bunisi aniq yuta olmaydi menimcha.) "Frontend challenge"ga natijalar kelyapti. Qarasam bu ahvol. Ha mobil dizayni yo'q, ammo "mobile-friendly" qilib ketish ham kerak-da. Kuzatamiz, hali vaqt bor) #challenge @JoshDeveloper

Repost from Umar shares
Bugundan tarovih namozlari boshlanarkan. Alloh ibodatlarimizni qabul qilsin. Bu fursatlarni boy bermaslik kerak. Kirayotgan Ramazon muborak bo'lsin. Go'zal tarzda o'tkazish nasib qilsin. 🌙 #ramadan @umar_shares