Umar Sadullayev | Blog
الذهاب إلى القناة على Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
إظهار المزيد4 803
المشتركون
-424 ساعات
-277 أيام
-1030 أيام
أرشيف المشاركات
Angular bo'yicha kursimizga oz o'rinlar qoldi.
Qo'shilishga ulgurmaganlar bo'lsa tezroq qo'shilib oling. Keyin darslar boshlanadi inshaaAlloh.
Ushbu xabarni bizni qidirib yurganlarga yetib borishi uchun tarqatganlar "Appreciated ✨".
@JoshDeveloper
Linkedinda bizni dasturchilarga talablar oshib boryapti sezyapsizmi ?
Meni o'zimga kamida 4-5 ta chetel kompaniyalari yozdi shu yaqin 1 oylikda.
Alhamdulillah, dasturchilarimiz ham endi global marketda ko'paymoqda. Talablar oshmoqda.
Bunga bir qancha sabablar bor. Ularni sanab o'tirish niyatida emas.
Nima bo'lsa ham, bu vaziyatdan unumli foydanalib, yaxshi dasturchilarni chetel kompaniyalariga kirgizishimiz kerak. O'zimiz ham yaxshi joylarda ishlab, IT'da sekin o'z o'rnimizga chiqishimiz va o'zimiz boshqaruvni qo'lga olishni boshlashimiz kerak.
Alloh oson qilsin rejalarimizni :)
@JoshDeveloper
Intervyularimizni davom ettirish payti kelganga o'xshaydi ... 😉
E'lon yaqin orada chiqadi inshaaAlloh.
Kim nomzodini qoldirish istagida ? 🙋♂️
@JoshDeveloper
1. Mendan yaxshi dasturchi chiqmaydimi ?
2. Nega ana ular mendan tez o'rganishadi, men esa...?
kabi savollarni ko'p kuzatamiz.
Aslida bu savollar to'g'rimi ?
Ularga javobni qanday bilsak bo'ladi ?
Javobim:
Dasturlash bo'yicha aytadigan bo'lsa. Insonlarni uch turga bo'lishimiz mumkin.
1. Alloh bergan iqtidor, qobiliyat egalari.
Bular dasturlashni juda oson va tez o'rgana olishadi va katta natijalarga erisha olishadi.
2. Dasturlashni o'rganishga foydasi tegadigan ilm egalari.
Masalan ingliz tili, matematika va hakozo ilmlarni biladigan insonlar. Bularda iqtidor bo'lmasa ham, qo'llarida qurollari mavjud. Ular biroz qiynalsalar ham, dasturlashni o'rganishlari oson kechadi.
3. Oddiy, iqtidorsiz va ilmsiz insonlar.
Bular na til bilishadi va na iqtidorlari bor. Bularda dasturlashni o'rganish ancha qiyin. Ammo, uddalasa bo'ladi.
Endi siz bulardan qaysi biriga kirishingizni aniqlang va o'qishni davom eting.
1. Agar siz birinchi toifaga kirsangiz.
Allohga hamd ayting va o'rganishdan to'xtab qolmang.
2. Agar siz ikkinchi toifaga kirsangiz.
Qo'lingizdagi qurollar bilan 2 barobar ko'proq harakat qilsangiz, iqtidorli insonlardan kam joyingiz qolmaydi. :)
Bir barobar harakat qilsangiz, albatta ulardan qolib ketishingiz turgan gap.
3. Agar siz uchinchi toifaga kirsangiz.
Kayfiyatni tushurmang. Yon-atrofingizdagi odamlar sizdan juda ham tez o'tib ketishiga siqilmang. Ularni ba'zilari iqtidorli, ba'zilarini esa qo'lida qurollari mavjud. Siz esa bularga nisbatan 3-4 barobar ko'proq harakat va izlanish qilishingiz kerak. Ko'proq harakat qilsangiz, inshaaAlloh siz xatto ulardan ham o'tib ketishingiz mumkin.
Fikrlarim manfaatli bo'ldi deb umid qilaman.
@JoshDeveloper
Kichik so’rovnoma o’tkazmoqchiman.
Siz IT bo’yicha qaysi telegram kanallarini kuzatib borasiz ?
1. Falon blog
2. Piston IT
….
shu ko’rinishda yozib qoldiring.
Menikini ham unutmang 😉.
@JoshDeveloper
Repost from Abduaziz π
🔥 Kun qahramoni - Pyscript
Bugun telegram serverlarida "choy" qaynaydi. Chunki javascript va python dasturchilar o'rtasida kommentlarda professional "mma" baxslari o'tkaziladi 😃
Telegram kanallardan pyscript haqida o'qib qoldim. Katta ehtimol bilan bundan sizning ham xabaringiz bor. Python'ni yangi o'rganayotganlar yoki JS'ga nisbatan fobiyasi borlar ana endi JS'ni o'rnini polniy bosadi deyishlari tabiy holat, lekin bu xato. Buni ishlab chiqishdan maqsad JS'ni o'rnini egallash emas. Bu xuddi python'ni zo'r deb C'ni chopib o'z oyog'iga bolta urish kabi ahmoqona g'oya. Aksincha, freymvorkning bosh sahifasida python va javascript o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri kommunikatsiya imkonini yaratish haqida yozilgan. Ongida "npm install mantiq" bo'lgan dasturchi brauzerda javascript ishtirokisiz ish qilish ilojsiz ekanligini tushunadi. Ammo gap server tomonidan ketsa bu boshqa katta mavzu 😉
Men buni python dasturchilari va veb freymvorklari uchun brauzerda yangi feature'lar paydo bo'lishida katta xissa qo'shishi mumkin bo'lgan freymvork sifatida bilyapman. Aniq ayta olmaymankuya, buning ketidan pythonda bo'ladigan web development'da qandaydur yangiliklar kelishini sezyapman. Pythonda veb ilovalar qurish davomida template'lar bilan ko'p marotaba ishlaganmiz. Veb freymvorklarimizning template-engine'lari yordamida python va html o'rtasida ma'lumotlar almashamiz. Ammo template ichida javascript'siz ish bitmaydigan joylar ham uchrab turadi. Pythondan kelgan ma'lumotlarni javascript orqali manipulyatsiya qilish yoki javascript orqali imkoniyatlarini kengaytirishga to'g'ri kelganida esa haqiqiy bosh og'riqlar boshlanadi. Pyscript va template engine'lar o'rtasida o'zaro integratsiyani amalga oshirish bilan birgalikda ushbu vaziyat yengillashishini tahmin qilishimiz mumkin.
Qolaversa bu freymvork python ekosistemasi va uning kuchini barchaga YAXSHIGINA ko'rsatib qo'ya oldi. Daxshat yangilik, pythondagi kutubxonalar ham ishlaganiga ochig'i xursand bo'ldim (rasmda). Pythondagi yangi exception ya'ni JsException haqida ham bugun o'rganib oldim 😂 Indentation'lar hisobga olingan ekan. Umuman olganda dam olish kuni python dasturchilar uchun yaxshi boshlanyapdi.
Pythonda android ilovalar yozish imkoniyati ham mavjud. Python orqali android ilovalar yaratish uchun yangi freymvork chiqsa bunda albatta Java'ning ishtiroki bo'ladi. Lekin do'stlarimiz kommentlarda 300 martalab "java'da yozilganakan, pff" deyishdan to'xtashmaydi (bu freymvorkda esa JS ishlatilgan). "Vapshe" boshqacha yangilik qilishni va chegaralarni buzishning imkoni bo'lganda, buni amalga oshirishning nimasi yomon ?! Kompaniyalar "python frontend dasturchi", "python android developer" kabi vakansiyalarni e'lon qilmasligining ehtimoli 100% ekanligini hisobga olsak, havotir olish va kommentlarda "panika" qilishga yetarli sabab yo'qligi ko'rish qiyin emas.
Webassembly'ga esa alohida respect ( press F to pay respect ). Sababini tushunganlar buning sababini tushunadi 😄
Post ostida fikrlaringizni kutib qolaman deymanu lekin bir qadrdonimdan boshqa hech kim izoh qoldirmaydi.
@AbduazizPy
"Ramazon hayiti namozini qanday ado etaman ?"
deydiganlar uchun alohida post joyladim, marhamat:
https://t.me/UmarSadullayev/95
Alloh ibodatlaringizni qabul qilsin.
@JoshDeveloper
Repost from Umar Sadullayev
Alloh ushbu Ramazondan gunohlardan poklangan holda chiqqan bandalaridan qilsin.
Hayit muborak dindoshlar 🙂
#Tabrik
@UmarSadullayev
Alloh ushbu Ramazondan gunohlardan poklangan holda chiqqan bandalaridan qilsin.
Hayit muborak dindoshlar 🙂
#Tabrik
@UmarSadullayev
Repost from Umar Sadullayev
«Qoʼrqmas ilon baliqni choʼkishdan qutqarib koldi!»
Аxborotni bizga hozir shunday taqdim etishmoqda.
Muammo bunda ham emas.
Muammo oramizda baliq choʼkishi mumkinligiga
ishonadiganlar borligida.
"Olim, odam va olam" kitobidan
@UmarSadullayev
Counter-strike va boshqa o'yinlarni sport deb aytib, uni o'ynashga targ'ib qilish ko'paymoqda.
Ey Musulmonlar, umringiz zoe ketkizmang.
Yaqinda so'ralasiz, harbir bekor o'tkazgan vaqtingizdan so'ralasiz. Harbir qimor aralash, shubhali o'yinlar o'ynab topgan pullaringizdan so'ralasiz.
So'ralasiz.
Unday bema'ni, keraksiz va ummatni tomiriga bolta uradigan o'yinlarga qatnashmang, tarqatmang, tarqatganlarni to'xtating.
Musulmonlar, oyoqqa turishimiz kerak. Qancha Musulmonlarni, muslimalarimizni-yu ularni yosh bolalarini shavqatsizlarcha o'ldirib yotishgan zamonda, siz ustingizda ishlab, dunyoni yetakchilariga aylanishni o'rniga, kompyuter xonani bekorchilariga aylansangiz, ummatni kim oldinga yetaklaydi ?!
@JoshDeveloper
Dasturchi dindoshlarimga shaxsiy 3 ta maslahatlarim:
1️⃣. Hayot faqat kod yozish, yangi texnologiyalar o'rganish, ishlash va pul topishdangina iborat emas.
Balki, hayotda yaqinlarimiz, oilamiz bor. Ularga ham yetarlicha vaqt ajrating. Aks holda bir kun qattiq afsuslanishingiz mumkin.
2️⃣. Dasturchi sifatida shuni bildimki, boshqa insonlardan ko'ra umrimiz tez o'tgandek bo'lar ekan. Bir pasda 1-2 yil o'tib ketadi. Ortga qarasak bizdan faqatgina nechadir qator kodlargina qolgan.
Yo'q !
Bunday bo'lmasligi kerak, siz agar musulmon bo'lsangiz, umringizni faqat ushbu dunyo tashvishlariga sovurib yubormasligingiz kerak. Balki, ibodat, ilm, qur'on kabi oxiratda biz bilan turadigan amallarga ulgurib qolishimiz asli vazifamiz.
Namoz o'qing, ilm oling, diningizni o'rganing va shu bilan birga dasturlashda ham yetakchilikka harakat qiling. 'Bir soat'lik dunyoyingizni deb, abadiy oxiratingizni boy bermang.
3️⃣. Sog'lig'ingizga qattiq e'tibor bering. Ko'zingizni asrang. Kamharakatlilikni to'xtating. Mashqlar bilan shug'ullaning.
Alloh manfaatli qilsin.
#maslahat
@UmarSadullayev
Kodi ishlamasa "Nega ham dasturchi bo'ldim ?!" deydigan, oyligi tushsa yoki kodi ishlab ketsa gapini qaytarib oladiganlar oramizda bormi ? 😅
#joke
@JoshDeveloper
Azizlar,
inshaaAlloh bugundan "Olim, odam va olam" nomli kitobdan ham qisqa hikmatli so'zlarni shaxsiy blogimga joylab boraman.
Bizga qo'shiling!
Shaxsiy blogim: @UmarSadullayev
@JoshDeveloper
O'zbekistonda deyarli yagona bo'lgan Angular kursida o'qimoqchimisiz?
💁♂ So'ngi kunlarda bizda ham Angular'ga bo'lgan talab sezilarli darajada oshib bormoqda ammo bu framework bo'yicha biror o'quv markaz yoki online kurs topish ancha qiyin ish.
🙂 Shu sababli siz azizlar uchun EPAM kompaniyasida Middle Angular dasturchi bo'lib ishlaydigan Umar Sa'dullayev tomonidan online kurs tashkil etilmoqda.
Darslar haftada 2 kun, shanba va yakshanba kunlari Zoom yoki Teams kabi platformlarda amalga oshiriladi.
💰Narx: oyiga 400 000 so'm
Hoziroq bizga murojaat qilib o'z o'rningizni band qiling. Joylar soni cheklangan: 12 -15 ta odam bo'lishi bilan darslar boshlanadi.
InshaaAlloh.
👨💻 Admin bilan bog'lanish
Telegram | Youtube
O'sha gap,
Mani React'chilar so'rab kelishsa "yo'q dvoriyla" 😂🙆♂
To'g'risin aytsam, Kutubxona va freymvorklarni bunaqa ayblarini aytish manga yoqadi. Tepadagi post va kommentda Khumoyun tog'o Angularni "-" tomonlarini aytganlari ham. Bundan foyda nima desak, ushbu framework/kutubxonalar qanday tuzilganini, uni xatolarini va xatolarga qanday yangiliklar kiritilganini bilish orqali, butun boshli ilmga ega bo'lish mumkin va kelajakda balki bizdan ham yaxshi kutubxona/freymvorklar chiqar. 😄
Umuman olganda bu hammasi qiziqarli mashg'ulot.
Nega aynan React'ni videosini tashladim ?
- React dasturchilar ko'pde 😄, bu orqali ko'proq auditoriya qiziqishiga erishsa bo'ladi. (Ana sirimni ham aytib qo'ydim🙆♂)
Vue bilan Angular keyingi navbatda inshaaAlloh chiqadi.😉
Keyingi niyat dasturlash tillariga, Python, Java, Javaaa🤨, PHP😝....
Wait for it...
Aftidan dasturchi do'stlarim qolmaydi bu ketishda...
Ammo, inshaaAlloh foydali bo'ladi.
Ha aytganday, Ertaga mobodo kanal ishi to'xtab qolsa va manga nimadur bo'lsa, @khumoyun_codes va uning uyushgan shogirdlari to'dasidan surishtirishni boshlashingizni tavsiya qilaman. 😂😅👍(hazil)
@JoshDeveloper
Ushbu videoni yuborishimdan avval ReactJS'chi hammadan uzr so'riyman. 😄
Ammo videoda haqiqatlar aytilgan ekan.
Marhamat:
https://www.youtube.com/watch?v=HyWYpM_S-2c
@JoshDeveloper
Dasturchi sifatida internetdagi medialarni filterlashni hammadan ko'ra yaxshiroq bilishimiz lozim.
Eshitgan narsamizni tarqatavermasdan.
Boshqalar ham.
*
@JoshDeveloper
Repost from Umar Sadullayev
Yaqinda tarqab ketgan, tushimda Payg'ambarimizni ko'rdim degan audio yozuvlarga Hasanxon domla munosabat bildiribdilar. 👍
Marhamat: https://www.instagram.com/tv/Ccnsyr-K2Mv/?igshid=YmMyMTA2M2Y=
*
@UmarSadullayev
Shaxsiy blogimda hadislar o'rganishni hamon davom etyapmiz.
Qo'shilishga ulgurmagan bo'lsangiz, marhamat qo'shilishingiz mumkin:
Https://t.me/UmarSadullayev
متاح الآن! بحث تيليغرام 2025 — أهم رؤى العام 
