ar
Feedback

لا تقع ضحية للمخادعين! تيليمتريو يكتشف ويُميّز هذه القنوات 👉 إذا كنت تريد رؤية العلامة، اشترك

Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

الذهاب إلى القناة على Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad

إظهار المزيد
5 121
المشتركون
-224 ساعات
-297 أيام
-3930 أيام
أرشيف المشاركات
photo content

Bir birodarimiz Alloh yo'lida juda bir ajoyib sayt yaratishni boshlamoqchi ekanlar. Savobiga sherik bo'lishingiz uchun o'ziga ishongan bir nechta Junior+/Middle/Senior React dasturchilarini Alloh yo'lida birlashishga chaqiryapdilar. Agar siz React dasturchisi bo'lib, ushbu ajoyib platformaga o'z hissangizni qo'shishni xohlasangiz, Marhamat ushbu guruhga qo'shilishingiz mumkin. Faqat rostan ham o'zingizga ishonsangiz qo'shiling. Yarim yo'lda to'xtab qoladiganlar, bilimi yetarli bo'lmaganlar kirmasin iltimos. https://t.me/+7J7sKGu4D5NjN2Yy @JoshDeveloper

Bir birodarimiz Alloh yo'lida juda bir ajoyib sayt yaratishni boshlamoqchi ekanlar. Savobiga sherik bo'lishingiz uchun o'ziga ishongan bir nechta React dasturchilarini Alloh yo'lida birlashishga chaqiryapdilar. Agar siz React dasturchisi bo'lib, ushbu ajoyib platformaga o'z hissangizni qo'shishni xohlasangiz, Marhamat ushbu guruhga qo'shilishingiz mumkin: https://t.me/+7J7sKGu4D5NjN2Yy @JoshDeveloper

Kanal rasmiga fikringiz ?
Anonymous voting

⚛️ 2022-yilda React kutubxonasini o’rganish va RoadMap Do’stlar, bugun soat 20:00 va’da qilingan live suhbatimizga quyidagi link orqali kirishingiz mumkin va hozirdan o’zingizni qiziqtirgan savollarni yozib qoldiring 😊 https://youtu.be/JaNQWaO3G94 @khumoyun_codes

Eslatib o'taman, tanlovimiz tugashiga oz muddat qoldi. Ismingizni ro'yhatga qo'shishga ulgurmagan bo'lsangiz, marhamat tepadagi postni o'qib, qo'shib qo'yishingiz mumkin. 5-yanvar kuni soat 16.00 da inshaaAlloh ishtirokchimizni telegram kanalimizda 'live' orqali aniqlab olamiz. @JoshDeveloper

Kanalimiz iyul oyidan beri o'sish jarayoni. Alhamdulillah. P.s: Telegram statistics'ni endi ishlatib ko'rdim. Juda ajoyib ish
Kanalimiz iyul oyidan beri o'sish jarayoni. Alhamdulillah. P.s: Telegram statistics'ni endi ishlatib ko'rdim. Juda ajoyib ish qilishibdi. @JoshDeveloper

Ushbu maqola hayotga bo'lgan qarashlarimni bir tekshirib qo'yishimga katta turtki bo'ldi. Unda keltirilgan "nozik'" misollar insonni chuqur o'ylashga chaqiradi. Muallifni gaplari ostida nima yashiringanini bilganingizda esa... Sizga ham maslahat beraman: https://azon.uz/content/views/yangi-yil-yohud-oilangizda-1-yanvar-kuni @JoshDeveloper

Bu milodiy 2021 - yilda juda ko'p o'zgarishlar bo'ldi. - O'z shaxsiy blogimizni ochib, siz azizlarga ozmi ko'pmi Alloh qodir qilgancha ilm ulashdik. - O'zimiz xohlagan ish joylarida, o'zimiz xohlagan lavozimlarga ham chiqdik. - O'zimiz uchun katta darslar oldik bu yildan. Allohga shukr. Keyingi yilimiz hammamizga kutganimizdan bir necha barobar a'lo, muvaffaqiyatlarga boy, foydali va barokatli yil bo'lishini Allohdan so'rab qolaman. Hurmat bilan kamina, Umar Sa'dullaev (@JoshDeveloper)😊

Diqqat ! Yanvar oyidagi JavaScript'dan texnik intervyu'ga nomzodlarni to'plashni boshladik. Agar siz JS'dan o'z bilimlaringizga ishonsangiz, ushbu postni kommentiga o'z ismingizni va ketma-ketlikdagi raqamingizni yozing. Bunday: 1. Falonchi Pistonchiyev 2. Intervyudan Yiqildiyev (hazil😂) va hkz. 🚫 Ketma-ketlikni buzmang. Sizdan avvalgi inson 10-raqamda bo'lsa, siz 11 ni yozing. Bir martadan ko'p yozmang, boshqa akkountlardan ham. Kommentga ortiqcha gap so'z yozmang. Ishtirokchi TypeScript'dan ham xabardor bo'lsa, bundan ham savollar tayyorlayman inshaaAlloh. Tanlov 5-yanvar kuni soat 17.00da tugaydi va ishtirokchini telegram kanalimizda 'live' orqali aniqlab olamiz. InshaaAlloh. Barchaga omad! @JoshDeveloper

Kanal nomiga o'z ism-familyamni qo'yishimga nima deysiz ?
Anonymous voting

Nega Design patterns kerak ? Bugun kuni bo'yi yangi "Bug🐞" ustida ishladim, ammo natija kutilgandek bo'lmadi. Keyin Null object pattern esimga tushdi. Chunki ayni shu pattern orqali muommoyimni hal qilsam bo'lar edi va shunday ham bo'ldi Alhamdulillah. Design pattern nima, nega, qanday degan savollarga ushbu manbadan javob topishingiz mumkin. Marhamat: refactoring.guru/design-patterns @JoshDeveloper

Bu dunyoda qilingan gunohlar uchun jazo berilmasligi, jinoyatlar fosh etilmay, yopig‘liq qozon yopig‘lig‘icha qolishi mumkin. Ammo qiyomatda hech bir narsa e'tibordan chetda qolmaydi. Shuning uchun banda gunoh ish qilib, “Xayriyat, hech kim bilmadi”, deb xursand bo‘lmasin. Odamlar bilmasayam Alloh taolo bilib turadi! "Qur'on qalblar shifosi" kitobidan. Alloh siz-u bizga, Jum'a kunining xayr va barokatidan nasib qilsin 🌙. Jum'a Muborak azizlar. @JoshDeveloper

Keyingi oygi intervyu uchun Ikkinchi ishtirokchini tanlashni inshaaAlloh 5-yanvar kuni qilamiz. Ishtirokchini bilimiga qarab, TypeScript savollarni ham qo'shishimiz mumkin inshaaAlloh. Agar hali JavaScriptdan olgan birinchi intervyu videosini ko'rmagan bo'lsangiz, marhamat : https://www.youtube.com/watch?v=AhtWBLxnW0I @JoshDeveloper

17 ёшли Нодирбек Абдусатторов амалдаги жаҳон чемпиони Магнус Карлсенни мағлуб этди Ўзбекистонлик Нодирбек Абдусаттаров Польша пойтахти Варшавада шахматнинг рапид йўналиши бўйича жаҳон чемпионатида 10-турдан кейин биринчи ўринга чиқиб олди. Бугун яна учта партиядан кейин рапид бўйича жаҳон чемпионининг номи маълум бўлади. 👉 https://kun.uz/61053478 Kun.uz расмий канали

Mana Project manager'lar qanday ishlashadi. 😅 Hazil albatta😉 #joke @JoshDeveloper

Ko'pchilik mendan: - Frontendni tanlaymi ? - Backendni tanlaymi ? - Frontend va backendni birga o'rganib, Fullstack bo'laymi
Ko'pchilik mendan: - Frontendni tanlaymi ? - Backendni tanlaymi ? - Frontend va backendni birga o'rganib, Fullstack bo'laymi ? deb so'rashadi. Oxiri zo'r yechim topdim. Ushbu rasmda, tushunarli qilib chizib qo'ydim hammasini. Marhamat. Ha aytgancha, ushbu maqolani ham o'qib qo'ying. 😉 @JoshDeveloper

#ELON Al-Qur'an jamoasi din yo'lida xolis xizmat qiluvchi bir qator mutaxassislarni o'z safiga chorlamoqda Xalqimizning Qur'o
#ELON Al-Qur'an jamoasi din yo'lida xolis xizmat qiluvchi bir qator mutaxassislarni o'z safiga chorlamoqda Xalqimizning Qur'on o'rganishga bo'lgan ehtiyojini biroz bo'lsa-da qondirish yo'lida ishlab chiqilgan “Al-Qur'an” mobil ilovasi hozirda, ko'pchilikning ko'nglidan joy olgani sir emas. Bu ishlarni uzviy davom ettirish, hamda dasturni yanada takomillashtirish uchun jamoaga bir qator mutaxassislar kerak bo'lmoqda. Bular: - iOS, native dasturchi; - Android, native dasturchi; - Web Frontend, React JS dasturchi; - Backend Python dasturchi; - Project manager; - Grafik dizayner. Darajalari imkon qadar middle, strong middle, senior bo'lgan mutaxassislar izlanmoqda. Agar siz asosiy ishingizdan tashqari qo'shimcha ish (part time) qidirayotgan bo'lsangiz va odamlarga ilm tarqatishda o'z hissangizni qo'shmoqchi, hamda ushbu darajalardagi kasb egasi bo'lsangiz, quyidagi havolaga o'tib ariza qoldiring! ➡️ Ariza qoldirish

Rostan ham hozirgi zamonda muomala madaniyatisiz yaxshi dasturchi bo'lish mumkinmi ? Mening javobim esa yo'q. Mumkin emas. Orzu ham qilmang. Siz dasturchi bo'la olasiz muomala madaniyatini bilmasdan. Ammo, yaxshi dasturchi bo'la olmaysiz. Ayni damda Senior, Lead dasturchilardan talab qilinadigan narsalar faqat bilim emas, balki jamoani boshqarish, xaridorlar bilan to'g'ri muloqot olib borish va hkz. Junior va Middle'lar esa kamida jamoa bilan to'g'ri muloqot qila olishi, jamoadagilar bilan birga chiroyli suratda ishlay olishi ham muhim. (Albatta muomalasi yaxshi bo'lmasa, u dasturchini proyektdan 🪓🪓🪓 qilishlari turgan gap). Xo'sh sizchi, ushbu xislatlar ustida ham ishlayapsizmi ? Hozirdan o'sib kelayotgan dasturchilarimiz, xatto savol berish madaniyatini bilmaydi. Ba'zilar savolniku eplab berib olishadi, javob olgandan so'ng esa na "rahmat", na "tushunarli", na "hop" degan so'zlarni ishlatishadi. Xuddi biz javob berishimizga pul to'laydigandek, javobni olib ketishadi indamasdan. Albatta rahmatiga zor emasmiz, ammo keyingi safar bu inson yozsa, unga javob bergimiz ham kelmaydi. Hurmati tushgani sabab. Yana ba'zilar, haddan oshiq oddiy narsalarni google'dan qidirishni o'rniga, kimningdir vaqtini olib, maydalab so'rashni afzal ko'radi. Nega bularni aytyapman ? Hozirdan ahloqingizni go'zal qiling, siz bilan gaplashgan odam, siz bilan yana gaplashgisi kelsin yoki kamida sizdan ko'ngli sovib qolmasin. Yo'qsa bora-bora jamiyatda o'rningiz ancha pastga tushib ketadi. Dasturchilik faoliyatingizda ham bu ancha salbiy rol o'ynaydi. Ha aytgancha, "Job interview"larda ham bunga alohida e'tibor berishadi. 😉 Alloh barchamizni go'zal xulqli bandalaridan qilsin. @JoshDeveloper

Dasturchiga muomala madaniyati kerakmi ? Insonlar bilan gaplasha olish, fikrini tushuntira olish, boshqa insonlarda yaxshi taasurot uyg'otish kabi hislatlar dasturchi uchun muhimmi ? Shu haqida gaplashsam degandim. O'zim yozishimdan avval, albatta, sizning fikringiz qiziq. Nima deb o'ylaysiz, Rostan ham hozirgi zamonda muomala madaniyatisiz yaxshi dasturchi bo'lish mumkinmi ? @JoshDeveloper