Umar Sadullayev | Blog
الذهاب إلى القناة على Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
إظهار المزيد4 804
المشتركون
-1224 ساعات
-307 أيام
-1130 أيام
أرشيف المشاركات
Full-stack yoki T-shaped Engineer?
Ko'pchilik Full-stack dasturchi bo'laman deydi. Full-stack bo'lish ko'pincha hamma narsani teng olib ketish degani. Ya'ni, hammasidan o'rtacha bo'lasiz.
T-shaped degani esa, bir yo'nalishda chuqur bilim (masalan, rasmda Backend Engineering), qolganlarida esa o'rtacha bilim degani.
T-Shaped Frontend'chi bo'lsangiz — Backend'da ham o'zgarishlar qila olasiz, DevOps'ga ham yordamlasha olasiz. Asosiysi esa, Frontend muhim qarorlarni va chuqur vazifalarni siz bajarasiz. Vaqt o'tishi bilan boshqa yo'nalishlarda ham chuqur bilimga ega bo'lishingiz va T shaklining chuqur qismini bemalol o'zgartirishingiz ham mumkin.
Full-stack engineer < T-shaped engineer
#tShaped #fullStack
@JoshDeveloper
2025-yil menda qanday o'tdi?
Bu yil hayotimda juda katta o'zgarishlar bo'ldi. Eng qizig'i esa, ko'p natijalarimni yil boshida reja qilmagan edim.
Alloh bu yil bizga tuhfa etgan natijalar:
1. Ping pong dev - yil boshida shogirdlarim bilan stol tennis o'ynashga borgandik. Shunda o'zim ham shunaqa zal ochsam deb niyat qilgandim. 1 oy o'tar-o'tmas ochdik. Ajoyib natijalarga erishdik va Avgust oyida biznesni bizdan ham ko'proq qiziqadigan insonlarga topshirdik (sotdik 💸).
2. Farzand - Muhammadsolih o'g'limiz dunyoga keldi. Tug'ilishi juda stressli bo'ldi. Yo'qotib qo'yishimizga oz qoldi. Allohga shukurki hozir yonimizda va juda yaxshi 🙂 Duo qilib qo'yarsizlar.)
3.Startup - o'xshamadi 😂 Bir nechta startup'larni qilishga urunib ko'rdim. Afsuski hozircha natija yo'q 🙂 Fail bo'lish ham tajriba bo'ldi. Olgan tajribalarimdan eng kattasi: Jamoa suv va havodek muhim.
4. Uy - uzoq kutilgan uyimizga erishdik. Bir necha yil yig'ilgan pullar va stresslar, qarzlar bor buni ortida.
Internetda qimmat mashina va uylarini ko'rsatib, dasturlash yoki boshqa sohadan kurs sotayotganlarga ishonmang. Deyarli hech qaysi halol kasb bilan juda tezda erisha olmaysiz.
Dasturlash orqali mana salkam 6 yil deganda Toshkentdan 1 xonali uyni qiynalib qilib oldik, Xudoga shukur. Shu vaqtda katta qarz berib turgan insonlardan Alloh rozi bo'lsin 🙂
(Ayniqsa Unicon soft kompaniyasiga, ishdan ketgan bo'lsam ham qo'llab turishdi)
5. Masofaviy ish - 2 yillik ofisdagi tajribadan so'ng, EPAM'ga qaytishga qaror qildim. Ofis ishini orada sog'inyapman ham, shu sabab eski ishxonamga orada borib turaman) Eski hamkasblar bilan ko'rishib turaman.
6. Frontend arxitektura - 1 oylik kursimizni muvaffaqiyatli o'tkazib oldik. Juda ajoyib jamoa yig'ildi, kurs ham ancha manfaatli bo'ldi. O'zim uchun ham.
7. Avtomobil - oilali bo'lib taksida yurish qiyinlashib ketgan edi. Avtomobil kerak bo'lib, biroz qarz qilib olib oldik, Xudoga shukur.
#2025
@JoshDeveloper
Repost from Khumoyun Codes
Qudrat aka bilan bo'lgan suhbatimiz Youtube ga yuklandi. Ularning dasturlashga kirib kelishlari, hayotlari va boshqaruvga o'tishlari haqidagi qissa haqida gaplashdik. Dasturlash va o'qituvchilik tajribasi biznes bilan shug'illanishda ularga qanday ta'sir qilganini o'rgandik. Suhbat sizlarga foydali bo'ladi degan umiddamiz.
Qo'llab quvvatlash uchun, kanalga obuna, videoni ulashib, izoh qoldirish va like bosishingizni iltimos qilamiz.
P.S. Talablarga binoan bu safar suhbatga taym kodlarni ham qo'shdik, bu o'zingizga kerakli ma'lumotlarni eshitish yanada qulay bo'ladi degan niyatdamiz.
@khumoyun_codes
https://youtu.be/Ul29Gya4ga4
Bu aytayotgan kursim bir marta sinovdan o'tgan va videolari mavzularga ajratilgan holda sotuvda mavjud.
Kimga qiziq bo'lsa batafsil: https://telegra.ph/Frontend-arxitektura-kursi-08-15
#arc hitecture
@JoshDeveloper
Frontend arxitektura kursini yana jonli o'tsam, qatnashgan bo'larmidingiz? (1 oy davom etadi, narxi 150-200$ atrofida bo'ladi)
+1
IT-yangilik: O‘zbekistonlik dasturchilar Istanbuldagi Yandex Cup 2025’da g‘alaba qozondi!
🏆 Dasturlash bo‘yicha Yandex Cup 2025 xalqaro musobaqasida 21 davlatdan 196 nafar finalchi ishtirok etdi, tanlovga esa butun dunyo bo‘ylab 21 mingdan ortiq dasturchi ariza topshirdi.
Bu yil backend va frontend yo‘nalishlarida g‘oliblikni o‘zbekistonlik dasturchilar — Nazarbek Boltaboyev va Akobir Abdug’aniyev qo‘lga kiritdi. Topshiriqlar real amaliy vazifalarga maksimal darajada yaqin bo‘lib, algoritmlar, mashinaviy o‘rganish, multimodal modellar, navbatlar (queues), strukturaviy jarayonlar va boshqa yo‘nalishlarni qamrab oldi.
🌐 Final bosqichining umumiy sovrin jamg‘armasi 1,8 milliard so‘mni tashkil etdi. Sovrindorlar Rossiya, O‘zbekiston, AQSh, Xitoy, Kanada va Yaponiya kabi davlatlardan tashrif buyurdi.
🧑💻 Nazarbekning ta’kidlashicha, xotirjam kayfiyat va tiniq fikrlash murakkab masalalarni yechishda yordam bergan. Akobir esa amaliy vazifalarni yechish bo‘yicha tajriba muvaffaqiyat kaliti ekanini qayd etdi.
Yandex Cup’da ishtirok etish — bu shunchaki musobaqa emas, balki IT hamjamiyati uchun rivojlanish vositasidir. Bunday loyihalar bilim va ko‘nikmalarni sinovdan o‘tkazish, o‘sish va kompetensiyalarni xalqaro darajada rivojlantirishga xizmat qiladi.
🔗 Batafsil ma’lumot va g‘oliblarning fikrlarini bu yerdan o‘qishingiz mumkin
#reklama
@JoshDeveloper
Tepadagi poll'ni nega tashladim?
Poll aslida umuman boshqa mavzu haqida edi. Asosiy mavzu "Saving"(Jamg'arma) qilish haqida.
6 oylik jamg'armasi bor ishchi bilan, 1 oylik jamg'armasi bor ishchini boshlig'i uni ishdan bo'shatishidan qo'rqish darajasi qanchalik bo'ladi bilasizmi?
Ancha. Jamg'arma qilish o'zingizni biroz erkinroq tutishingizga yetaklaydi.
Bilaman hamma ham jamg'arma qilolmaydi. Lekin imkoningiz bormi? Bekorchi narsalarga emas, jamg'arishga harakat qiling. Bu sizga erkinlikka eshik ochadi. Ishda dadil va o'zingizga ishonchli bo'lasiz.
Eng asosiysi, korxona sizni emas, siz korxonani tanlab ishga kira olasiz.(Albatta tajribali ishchi bo'lsangiz)
P.s: Ishdan 5 kunlik dam olish olganman, hozir "Psychology of money" degan kitobni o'qiyapman. Yaxshi insight'lar yoritilgan ekan. Tepadagi fikrlarimda ham shulardan bir oz ilhomlandim. Kitobdan parchalarni @umar_shares kanalida yozib boryapman.
#saving
@JoshDeveloper
Ishingizda "Lay-off" bo'lib, ishdan to'satdan bo'shatildingiz. Ish qidirishni boshlayapsiz. Birinchi chiqqan oyligi yaxshi ishni tanlaysizmi yoki o'zingizga ko'proq yoqqan yaxsh joyni qidirasizmi?
Udemy sotilyotgan ekan. Coursera esa xaridor 😄
Qiziq ishlar bo’lyapti.
#udemy
@JoshDeveloper
Oxirgi yillarda O’zbekistonda davlat xizmatlarini raqamlashtirish juda yaxshilanganini his qilardim.
Hozir bir ma’lumot o’qib qoldim, 9-o’rinda ekanmiz jahon bo’yicha bu borada.
Juda ajoyib ko’rsatkich.
#govTech
@JoshDeveloper
HR Menejer (UNICON SOFT)
💰 Oylik: 500 – 2 000 USD (tajribaga qarab)
Vazifalar:
- Kompaniya ichki madaniyati va motivatsiya tizimini rivojlantirish
- IT va non-IT yo‘nalishlari bo‘yicha xodimlarni qidirish va tanlash
- Vakansiyalarni joylashtirish va intervyularni o‘tkazish
- Xodimlarni ishga qabul qilish (onboarding) jarayonini tashkil etish
- Rahbariyat bilan yaqin hamkorlikda HR strategiyasini amalga oshirish
Talablar:
- HR Menejer sifatida kamida 2 yillik tajriba
- IT sohasida xodimlar bilan ishlash tajribasi
- O‘zbek tilini bilish (Rus va Ingliz tili ustunlik beradi)
📞 Aloqa uchun forma: https://forms.gle/ruDGZC6RyRu6TJBA9
#vacancy
@JoshDeveloper
Yangi loyihaga qo'shilganda kod yozishdan oldin doim birinchi loyihani o'rganing.
Qanday "shared" kodlar bor? Qanday kutubxonalar ishlatilgan? Qoidalar bordir balki?
P.s: O'zimda ko'p bo'lgan, loyihani to'liq o'rganmaganim sabab, avvaldan tayyor yechimlarni qaytadan yozganman.
#tavsiya
@JoshDeveloper
Repost from UNICON SOFT
Podkast sog'inganlar bo'lsa Saidolim aka bilan Khumoyun aka podkast uyushtiribdilar. Zo'r ma'lumotlar berilgan.
Marhamat: https://youtu.be/VnWxsQYw7vg
#podcast
@JoshDeveloper
React Server Component'larda yaqinda bir nechta xavflar(vulnerabilities) chiqqan ekan.
Dasturingizda RSC ishlatgan bo'lsangiz, versiyalarni yangilab olishingiz tavsiya qilinadi.
P.s: Yoki Angular ishlatinglar)
#react
@JoshDeveloper
Boshlig'ing — shunday bo'lsa-da)
P.s: Tepadagi kursimiz chegirmasini boshliqlariga yuborgan ekanlar, darrov sotib olib beribdilar.
#course
@JoshDeveloper
Faqat bugun shu kanaldagilar uchun Frontend arxitektura kursimiz uchun chegirmalar ⬇️
🔥Istalgan tarif uchun 25% chegirma
🤩 1 ta kurs pulini to’lab 2 ta odam olish imkoni.
Admin: @vector_academy_admin
#chegirma
@JoshDeveloper
Xorazmliklar bormi?
Yanvardan Xorazmda bo'laman bir necha oy, Xudo xohlasa.
2-3 ta individual shogirdlar chiqarish niyatim yo'q emas. Frontend, JavaScript, Angular, Arxitektura ... istalgan yo'nalishda shogird qabul qilaman.
Kimgadir qiziq bo'lsa, admin akkountimizga haftada nechi kun va soat vaqt ajrata olishingizni yozib qoldiring. Biz sizga narxini hisoblab aytamiz. Ma'qul kelsa borganimda darslarni boshlab yuboramiz, Xudo xohlasa.
Admin: @vector_academy_admin
#course
@JoshDeveloper
متاح الآن! بحث تيليغرام 2025 — أهم رؤى العام 
