cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry 📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy ☎️ Ishonch telefoni: 1243

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
11 929
المشتركون
+324 ساعات
+1177 أيام
+58130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

O‘tgan bir hafta mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyati bilan bog‘liq muhim tabdirlarning qisqacha dayjestiTilda, fikrda va ishda birlik – ish unumi demakNavoiy viloyatida zararli chigirtkalarga qarshi kurash tadbirlari boshlandiTomchilatib sug'orish - suv tejashning samarali usuli “Yoshlar va innovatsion qishloq xo‘jaligi” tanlovi o‘tkazildiToshkent viloyati: urug‘chilikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindiZamonaviy tadbirkorlikning zamonaviy boshqaruv usuliEksport salohiyatini oshirish — har bir hududning ustuvor vazifalaridan biriMavjud investitsiya loyihalarining joriy holati muhokama qilindi 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
إظهار الكل...
1
✅Xabaringiz bor, Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Qashqadaryo viloyati Janubiy dehqonchilik Ilmiy–tadqiqot institutida urugʻlik gʻalla maydonlarida aprobatsiya koʻrigini oʻtkazish boʻyicha koʻrgazmali oʻquv-seminari o’tkazildi. 🔗Unda, vazirlik masʼullari, viloyat va tuman qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlari hamda soha mutasaddilari, olim va izlanuvchilardan iborat 190 nafar vakillar ishtirok etdi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
إظهار الكل...
👍 5❤‍🔥 2🎉 2🤗 2 1🤩 1
🅰️👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍 Qaysi mahsulotlarni muzlatkichda saqlash mumkin emasligini bilasizmi? 🥔Kartoshka – agar kartoshka muzlatkichda saqlansa, poʻchogʻi qorayadi va yaxshi koʻrinishini yoʻqotadi. Bundan tashqari, kartoshka kraxmali asta-sekin shakarga aylana boshlaydi — ildiz mevalari shirin boʻlib, foydali moddalar yoʻq boʻlib ketadi. Kartoshkani qorongʻi hamda salqin joyda saqlash tavsiya etiladi. 🧅Piyoz – doimiy ravishda toza havo bilan taʼminlanishi kerak — uni toʻrli qoplarda sotishlari bejiz emas. Uni kartoshka bilan saqlash mumkin emas, sababi ular oʻrtasida reaksiya boshlanadi, bu esa piyozlarning toʻliq yaroqsiz holga kelishiga olib keladi. 🧅 Sarimsoqpiyoz – tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, sarimsoqpiyoz erta unib chiqadi va sovuq havoda yomonlashadi. Bundan tashqari, u ham piyoz kabi toza havoga muhtoj. Shuningdek, uni ham boshqa sabzavotlar, ayniqsa mevalar birga saqlamaslik kerak. Aks holda ularning barchasi sarimsoqpiyoz tufayli taʼmi oʻzgaradi. 🍅Pomidor – muzlatkichdasaqlash uchun qo‘yilganda bu mahsulot tezda yumshaydi va foydali xususiyatlarini yoʻqotadi, ularni xona haroratida qorongʻi joyda saqlash yaxshidir. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
إظهار الكل...
👍 6🎉 2 1 1👏 1🤗 1
Yo'qolib borayotgan yalpizdoshlar. Bozulbang qanday o‘simlik? ✅O‘rta Osiyoda antropogen va iqlim o‘zgarishi oqibatida ko‘plab noyob turdagi o‘simliklar yo‘qolib bormoqda. Xususan, yalpizdoshlar oilasi shular jumlasidandir. Ular yer yuzidagi eng yirik o‘simlik bo'lib, asosan issiq va mo‘tadil iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan. 📌Yalpizdoshlar oilasi Oʻzbekiston florasida ham keng tarqalgan. Jumladan, yalpiz, marmarak, kiyikoʻt, bozulbang, togʻrayhon, limonoʻt, arslonquyruqlardan tibbiyotda, oziq-ovqat, qandolatchilik va parfumeriya sanoatida foydalanib kelinmoqda. 📕Bozulbang dorivor o‘simligi qadimdan xalq tabobatida ishlatib kelinadi. Samarqand viloyatida o‘sadigan 3 turi O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. 🇺🇿Bozulbangdan sal-shira va efir moyi olinadi. Uning Yer yuzida 46 ta, O‘zbekistonda 13 ta turi bor. ❗️Afsuski, bugun ushbu turlarining ko‘pchilik populyatsiyalari yo‘qolib ketish xavfi ostida. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
إظهار الكل...
👍 9 1👏 1🎉 1🙏 1👌 1💯 1🏆 1🤗 1
📺“O’zbekiston24” telekanali orqali “Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish, yerlardan samarali foydalanish va sohani ilmiy rivojlantirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi” sarlavhasi ostida tahliliy reportaj efirga uzatildi. 🔗Unda Qishloq xo’jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning qishloq xo’jaligi ekinlarini iqlim o’zgarishi sharoitiga moslashtirish, yerdan unumli foydalanish hamda ilmiy rivojlanish masalalariga bag’ishlangan taqdimoti xususida so’z yuritilgan. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
إظهار الكل...
👍 5🎉 2❤‍🔥 1🔥 1👏 1🤩 1🕊 1
Mavjud investitsiya loyihalarining joriy holati muhokama qilindi ✅Bugun Qishloq xo'jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida investitsiya masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda vazairlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari rahbarlari hamda viloyat boshqarma boshliqlari ishtirok etdi. 📹Video-konferens-aloqa shaklida o'tgan yig'ilishda investitsiya loyihalarning amaldagi holati, xususan, Germaniya, Xitoy, Fransiya, Rossiya BAA, Saudiya Arabistoni hamda boshqa bir qancha mamlakatlar bilan qishloq xo'jaligi sohasida o‘rnatilgan aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama doirasida bo‘ldi. 🟧Bundan tashqari hududlar va tarmoqlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar ko‘lamini kengaytirish, ularni amalga oshirishda qat’iy nazorat o‘rnatish uchun yangi tizim tashkil etish lozimligi alohida ta’kidlab o‘tildi. ⚡️Yig‘ilishda investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar ijrosini ta’minlash yuzasidan ko‘rilayotgan choralar haqida mas'ul xodimlarning hisoboti tinglandi. 🔗Shuningdek, ipakchilik hamda chorvachilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ham sarhisob qilindi. Bu borada mas'ullarga tegishli topshiriqlar, ish ko'lamini kengaytirish borasida vazifalar berildi. 📌Yig‘ilish so‘ngida vazir Ibrohim Abdurahmonov to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish, chet ellik investorlarga har tomonlama yordam berish har bir xodimning eng muhim vazifasi bo‘lishi kerakligini ta’kidlab o'tdi. ❗️Bunda eng asosiy vazifa yurtimiz obodligi, aholi bandligini ta'minlash orqali migratsiya foizini kamaytirish yotadi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
إظهار الكل...
👍 8🤩 3🎉 2👏 1
🅰️👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍 🌱Yuqori sifatli koʻchat yetishtirishda nafaqat iqlim, suv, tuproq unumdorligi kabi asosiy omillar, balki urugʻ ekish vaqti, unga oʻz vaqtida mineral oʻgʻitlar bilan ishlov berish ham muhim ahamiyat kasb etadi. ▶️BMB Agroklaster tizimidagi soha mutaxassislari tomonidan ayni shu masalalarda berilgan tavsiyalar bilan navbatdagi videolavhamizda tanishishingiz mumkin. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
إظهار الكل...
👏 9❤‍🔥 1 1🎉 1🕊 1
To‘raqo‘rg‘onda pilla terimiga kirishildi 🐛Pillachilik – yetti xazinaning biri. Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida 2024-yil pilla mavsumida 3 567 quti qurt urug‘idan 229 tonna “kumush tola” topshirish rejalashtirilgan. 📣Bugun tumanda viloyatda birinchilardan bo‘lib pilla terimiga kirishildi. "Chustko‘prik" mahallasida yashovchi Sanobar Qudratillayeva xonadonida uch quti qurt boqildi. Ko‘p yillik tajribaga ega oila tumanning eng peshqadam kasanachilaridan sanaladi. 🎁 Ushbu xonadonga qurt parvarishida namuna bo‘lgan oila sifatida sovg‘alar topshirildi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
إظهار الكل...
👍 9👏 2❤‍🔥 1🎉 1🤩 1🙏 1🕊 1
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bugungi kun talabi ✅Joriy yilning 10-may kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida “Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda qishloq xo'jaligi ekinlarining genetik resurslaridan unumli foydalanish hamda yetishtirishning zamonaviy ilg'or texnologiyalarini qo`llash istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik anjuman o'z ishini boshladi. ✅Anjumanni Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, iqlim o'zgarishining eng avvalo, qishloq xo'jaligiga ta'sir etishini ta'kidlab, ayni vaqtda olimlar oziq-ovqat xavfsizligini o'ylagan holda ilmga yondashishlari bugungi kun talabi ekanini qayd etdi. ✍️Shuningdek, anjumanda respublikamizning janubiy viloyatlarida boshoqli don, dukkakli don, yem-xashak va ozuqabop hamda noanʼanaviy ekinlar seleksiyasi va urugʻchilik tizimini rivojlantirish, innovatsion agrotexnologiyalarini takomillashtirish, tuproq unumdorligini oshirish boʻyicha tajribalar almashish, sohaga aloqador mutaxassislar, klaster va fermer xoʻjaliklari rahbarlari amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlar bilan tanishish hamda sohani rivojlantirish uchun ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish masalalari qilindi. 🔗O‘z navbatida, ko‘rgazma ham tashkil etilgan bo‘lib, boshoqli don, dukkakli don, yem-xashak va ozuqabop hamda noanʼanaviy ekinlar seleksiyasi va urugʻchilik tizimi borasida erishilgan yutuqlar hamda duragay navlar namoyish etildi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
إظهار الكل...
👍 12❤‍🔥 2👏 2🔥 1🤩 1🙏 1👌 1🕊 1💯 1
™️™️™️™️ ✅Ayni paytda Qashqadaryo viloyati Janubiy dehqonchilik Ilmiy–tadqiqot institutida urugʻlik gʻalla maydonlarida aprobatsiya koʻrigini oʻtkazish boʻyicha koʻrgazmali oʻquv-seminari boʻlib oʻtmoqda. 🔗Unda, vazirlik masʼullari, viloyat va tuman qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlari hamda soha mutasaddilari, olim va izlanuvchilardan iborat 190 nafar vakillar ishtirok etmoqda. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
إظهار الكل...
👍 9❤‍🔥 2 1🤩 1🙏 1🕊 1
أرشيف المشاركات