ar
Feedback
🇺🇿 Learn .NET

🇺🇿 Learn .NET

الذهاب إلى القناة على Telegram

• 2 ta Microsoft MVP dan o'rganing • Professional .NET va C# darslar • https://learn.net.uz rasmiy kanali

إظهار المزيد
1 359
المشتركون
-124 ساعات
-97 أيام
-3230 أيام
أرشيف المشاركات
GitHub 2023 2023-yil ham yakuniga yetib boryapti. Yil davomida qilgan turli ishlarimni sarhisobini yuklab boraman. Keling, birinchi GitHub sahifamdagi statistikalardan boshlasak. 1. Eng ko'p ishlatilgan tillar: I - C#, II - typescript (ha, full-stack dasturchiman) 2. Commitlar: 3544 3. Open-Source PRlar soni: 46 Yuqoridagi video va statistika GitHub Unwrapped tomonidan yaratildi. #news Telegram | YouTube | Linkedin

Azure Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan infrastruktura xizmati. 100dan ortiq xizmatlarni dasturchilar uchun taqdim qilib kelyapti. Qazoqistondagi bo'lib o'tgan Azure Day da ham aynan Azure App Insights xizmati haqida nutq so'zlagan edim. Ularning ichki hamjamiyati uchun yana bir suhbat tashkillashtirishni so'rab aloqaga chiqishdi. Bu safar Azure Speech Services haqida chiqish qilaman. Aytgancha, amaliy kursimizni tashkil qilganimizga ham 1 yil bo'libti. Bepul stajirovka davomida o'quvchilarimiz Azuredan bemalol foydalana oladigan darajaga chiqishadi. Misol uchun, @LexiEnglish_Bot Azure Speech Xizmatlarini ishlatadi. P.S. O'zbekistonda Azure o'rgatadigan kurslarni bilsangiz izohlarda yozib qoldiring. #azure Telegram | YouTube | Linkedin

Lexi English Bot Stajirovka davomida o'tgan oy bitiruvchilari sun'iy intellekt yordamida Ingliz tilidagi nutqingizni tekshirib beradigan loyiha qilishdi. Shunchaki ingliz tilida gapirib jo'nating va turli yo'nalishlar bo'yicha baholaning @lexiEnglish_bot

President Tech Awards Xabaringiz bor shu kunlarda President Tech Awards sovrini uchun tanlov davom etyapti. Har bir dasturchi ushbu ovoz berishda faol qatnashishi kerak deb hisoblayman. Chunki, siz bergan ovoz qozonilgan pul yutug'i bilan katta biznesga aylanib ketishi mumkin. Shuning uchun, ushbu postda men bilgan loyihalar haqida qisqacha aytib o'taman va har bir yo'nalish bo'yicha sizga yoqqan loyihaga ovoz berishingizga chaqirib qolaman. Tadbirkorlik yo'nalishi - Infini loyihasi. Ishlab chiqaruvchilar va ulgurchi xaridorlarni bog'lovchi loyiha. Kiberxafsizlik yo'nalishi - Alator loyihasi. Vebsaytingizni xavsizligini oshiruvchi loyiha Agar yuqorida aytilgan loyihalardek qiziqarli loyihani bilsangiz albatta izohlarda yozib qoldiring P.S. Ovoz berish bo'yicha video instruksiyani Infini loyihasi misolida quyidagi video orqali o'rganishingiz mumkin. #news Telegram | YouTube | Linkedin

🗓 Bugun 20:00 da C# va .NET darslarinig keyingi soni efirga uzatiladi. 🔗 3-darsga havola P.S. Eslatib o'taman Dushanba, Chorshanba va Juma kunlari darslar chiqarilyapti.

3 Kun Qoldi O'zbekistondagi birinchi Microsoft texnologiyalariga doir konferensiyaga kam vaqt qoldi. Muhammadkarim aka boshch
+7
3 Kun Qoldi O'zbekistondagi birinchi Microsoft texnologiyalariga doir konferensiyaga kam vaqt qoldi. Muhammadkarim aka boshchiligida tashkilotchilar tun-u kun mehnat qilishyapti. Bular qatorida Xondamir Abduxoshimov alohida tahsinga sazovor. Ba'zi so'zga chiquvchi mutaxassislar ro'yxatini chiqaryapman. O'ylaymanki, har bir ishtirokchi uchun manfaatli va qiziqarli konferensiya bo'ladi. P.S. Ushbu postni .NETchi do'stlaringiz bilan ulashing, bu tashkilotchilarni hamma tanishini xohlardim #daho Telegram | YouTube | Linkedin

🗓 Bugun 20:00 da C# va .NET darslarinig keyingi soni efirga uzatiladi. 🔗 2-darsga havola P.S. Eslatib o'taman Dushanba, Chorshanba va Juma kunlari darslar chiqarilyapti.

Siz Uchun Hadiya! Oxirgi Tarteeb School bitiruvchilarining darslarini ommaga bepul taqdim qilyapmiz. Darslar haftada 3 kun me
Siz Uchun Hadiya! Oxirgi Tarteeb School bitiruvchilarining darslarini ommaga bepul taqdim qilyapmiz. Darslar haftada 3 kun mening YouTube kanalimda soat 20:00 da efirga uzatilib boriladi. Dushanba, Chorshanba va Juma kunlari yangi C# darslarini o'tkazib yubormang. Birinchi dars #news Telegram | YouTube | Linkedin

.NET Mohirdevda! Bir muddat oldin mohirdev platformasida .NET bo'yicha kasbga yo'naltirilgan kursimni chiqargandim. Ko'p beriladigan savollarga qisqacha javob bermoqchiman: - "Kurs 0 danmi?" - Ha - "Bitirib "Junior" bo'lamanmi?" - Ha, lekin bitirish degani faqat video-darslarni ko'rish degani emas. Muvaffaqiyatli bitiruvchilar men bilan doimiy aloqada bo'lishgan va haftalik uchrashuvlarni o'tkazib yuborishmagan. Barcha tirishqoq o'quvchilarni jamoaga olib real-loyihada tajriba ulashib kelmoqdaman. Aytgancha, Daho videolar turkimidagi dasturchilarning 30% mohirdev kursimni bitirib jamoaga qo'shilishgan. .NET Praktikumga havola #mohirdev Telegram | YouTube | Linkedin

Meni Video-Darslarimni Ko'rmang! Mening YouTube kanalimda 200 ga yaqin video-darslar bor. "Barchasini ko'rib chiqsam dasturchi bo'laman", - degan xayolda bo'lsangiz adashasiz. Davomi... #amaliyot Telegram | YouTube | Linkedin

Amaliy Loyiha No. 10 Dasturlashni o'rganishning eng oson yo'li - loyiha tuzish. Tinimsiz video-darslik ko'rishni bas qiling va quyidagi amaliy loyihani tuzing. Google Qil googlethat4u loyihasining clonenini yarating. Buning uchun frontend bilimi kerak bo'lishi mumkin. P.S. Vaqt o'tishi bilan loyihalar murakkablashib boradi.. #amaliyot Telegram | YouTube | Linkedin

Sam Altman Qaytdi Sam A. OpenAI rahmarligidan bo'shatilganiga 24 soat bo'lmay kompaniyaning 730 nafar ishchisi Microsoftga is
Sam Altman Qaytdi Sam A. OpenAI rahmarligidan bo'shatilganiga 24 soat bo'lmay kompaniyaning 730 nafar ishchisi Microsoftga ishga o'tishini ko'rsatib direktorlar kengashiga murojaat bilan chiqishdi. Va nihoyat, 1 hafta to'lmay turib, Sam A. ni lavomizimini tiklashga majbur bo'lishdi. Menimcha, bunday bo'lishiga Microsoftning o'rni katta, chunki Satya N. o'zining tvitida: "uning hamkasblari uchun ham imkoniyat yaratamiz" - deya OpenAI ishchilariga Sam A. bilan yana ishlay olish uchun muqobil yo'l ko'rsatib qoydi. #news Telegram | YouTube | Linkedin

Amaliy Loyiha No. 9 Dasturlashni o'rganishning eng oson yo'li - loyiha tuzish. Tinimsiz video-darslik ko'rishni bas qiling va quyidagi amaliy loyihani tuzing. Link Shortener Console loyiha 2 ta amalni bajara olishi kerak. Birinchisi uzun link berilganda qisqartirib qaytarishi kerak (har ikkalasini bazada saqlashi kerak). Ikkinchisi, qisqa link kiritilganda bazadan uning uzun versiyasini qaytarish kerak P.S. Vaqt o'tishi bilan loyihalar murakkablashib boradi.. #amaliyot Telegram | YouTube | Linkedin

Sam Altman - Xush Kelibsan (Microsoft)! Sam Altman endilikda Microsoft kompaniyasida ishlah boshlashi ma'lum bo'ldi. "... biz
Sam Altman - Xush Kelibsan (Microsoft)! Sam Altman endilikda Microsoft kompaniyasida ishlah boshlashi ma'lum bo'ldi. "... biz Sam Altman va Greg Brockman, hamkasblari bilan birgalikda Microsoftdagi takomillashgan Suni'iy Intellekt (SI) tadqiqot jamoasini boshqarishlarini e'lon qilishdan bag'oyatda xursandmiz. Ular muvaffaqiyatga erishishlari uchun kerakli barcha resurslarni ta'minlash uchun tezlik bilan harakat qilish payiga tushganmiz.", - deb yozdi Satya Nadella. #news Telegram | YouTube | Linkedin

Amaliy Loyiha No. 8 Dasturlashni o'rganishning eng oson yo'li - loyiha tuzish. Tinimsiz video-darslik ko'rishni bas qiling va quyidagi amaliy loyihani tuzing. Excel Importer Loyihaning asosiy maqsadi excel fayldagi ma'lumotlarni ma'lumotlar bazasiga o'tkazish kerak. Loyihaning murakkabligini oshirish uchun 10ta ma'lumotning 5-chisida bazada shart bo'lgan ma'lumotni bo'sh qoldirishingiz kerak. Shunda bazada 9 ta ma'lumot kiritilishi kerak. Bu loyihani istasangiz sodda console loyihasida yoki API loyihasida qilishingiz mumkin. P.S. Vaqt o'tishi bilan loyihalar murakkablashib boradi.. #amaliyot Telegram | YouTube | Linkedin

Mira Murati - OpenAI Boshlig'i "OpenAI bizning maqsadimizni ro'yobga chiqarish uchun maxsus shakllantirilgan. Ya'ni, Umumiy S
Mira Murati - OpenAI Boshlig'i "OpenAI bizning maqsadimizni ro'yobga chiqarish uchun maxsus shakllantirilgan. Ya'ni, Umumiy Sun'iy Intellekt (Artificial General Intellegent - AGI) butun insoniyatga foyda keltirsin, - deya. Biz Samning kompaniyaga asos solgani va qo'shgan hissasidan minnatdormiz. Ayni paytda, yangi rahbar kerak, - deb hisobladik. Kompaniyaning tadqiqot, mahsulot va xafvsizlik bo'limining rahbari o'laroq, Mira vaqtinchalik umumiy rahbar sifatida ishni boshlash uchun yetarlicha malakali. OpenAI o'tish jarayoni kompaniyani boshqara olishiga to'laqonli ishonamiz". Yuqorida OpenAI direktorlar kengashining Sam Altmenning rahbarlik unvonidan chetlashtirilishining ochiqlama xatidan keltirilgan iqtibos. Eslatib o'taman, Steve Jobs ham o'zi asos solgan Apple kompaniyasidan chetlashtirilgan edi. P.S. Steve Jobsga keyin nima bo'lgan? "Uning qismati Samda takrorlanyapti", - deb o'ylaysizmi? #news Telegram | YouTube | Linkedin

Efir boshlandi...

Tarteeb School Bitiruvchilari Iyul oyida yig'ilgan guruh C#, .NET, The-Standard modullari va ITalk intensiv kursini bitirib s
Tarteeb School Bitiruvchilari Iyul oyida yig'ilgan guruh C#, .NET, The-Standard modullari va ITalk intensiv kursini bitirib stajirovkani boshlashdi. O'quv kursi yakuniga ko'ra tuzilgan amaliy loyihalarni Daho videolar turkuning 9-sonida ko'rishingiz mumkin. Toshkent vaqti bilan 19:15 da efirga uzatiladi Videoga havola #daho Telegram | YouTube | Linkedin

ITalk Dasturchilar uchun ingliz tili va yumshoq ko'nikmalar darslarimizning bir natijasini ulashmoqchiman. Iyul oyida qabul qilingan guruh bugun o'quv kurslarini tugatishdi va stajirovka boshlashdi. Yuqorida ularning rezyumelarini ko'rishingiz mumkin. ITalk kursi ular uchun bepul intensiv ravijda o'rgatildi. Quvonarli tarafi shundaki yigitlar loyilarining presentatsiya qismini ingliz tilida qilishdi. Tez orada video YouTubega yuklanadi. #ITalk Telegram | YouTube | Linkedin