cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi Web site: http://surxondaryo.uz/ Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088 Elektron pochta: [email protected] Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy. @surxondaryouz_bot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
25 350
المشتركون
+424 ساعات
-517 أيام
+17930 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sho‘rchi tumanining Guliston va Kushon mahallalarida “Sayxunobod tajribasi” asosida aholi bandligini ta’minlash va turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishildi hamda maishiy xizmat ko‘rsatish markazi foydalanishga topshirildi. Tuman markazida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2042 #Surxondaryo #Sayxunobodtajribasi #tomorqachilik #issiqxona Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
إظهار الكل...
👍 15🔥 3👏 1😐 1
UzA | Prezident topshirig‘i – amalda: Hokim mehnat migrantlari bilan onlayn muloqot qildi Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida mahallalarda bandlikni ta’minlash va mehnat migratsiyasini tartibli tashkil etish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish, bandligini ta’minlash hamda mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga alohida e’tibor qaratish kabi masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berilgandi. Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida Qiziriqda bo‘lib, tumandan xorijga chiqib mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan yoshlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida ularning ota-onalari ham ishtirok etdi. Batafsil: https://uza.uz/posts/597790 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
إظهار الكل...
👍 20👏 2 1
📢 Diqqat e’lon: Tanlovda ishtirok etib, mahallangizda sport maydonchasi qurilishi tashabbusini yutib oling! O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi tashabbusi bilan 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida respublikamizning barcha tuman, shaharlarining har biriga bittadan sport maydonchasi qurib berish bo‘yicha tanlov o‘tkazilmoqda. Sport maydonchalari ovoz berish yo‘li bilan g‘olib bo‘lgan mahallalarga qurib beriladi. ❗️Ovozlar joriy yil 10-may tashabbus.sport.uz sayti orqali qabul qilish boshlangan. Siz ham o‘z mahallangizni tanlang va quyidagi havola orqali ovoz berib, mahallangiz hududida farzandlaringiz uchun sport maydonchasi qurilishi tashabbbusini yutib oling! ✅ https://tashabbus.sport.uz/vote Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
إظهار الكل...
👍 20👏 3🔥 1
Axborot 24 | Aholiga ichimlik suvini yetkazib berishda yaratilayotgan qulayliklar “To‘palang” suv omboridan Surxondaryoning 11 ta tumani va Termiz shahridagi 1 mln 700 ming aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlovchi mega loyiha amalga oshirilmoqda. Hozirda loyihaning birinchi bosqichi ishga tushirilgan bo‘lib, vohaning to‘rtta hududi aholisiga ichimlik suvi yetkazib berish ishlari boshlangan. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
إظهار الكل...
👍 21👏 5 2👎 1
Qiziriq tumaniga tashrif: Migratsiyadagilar bilan onlayn muloqot, loyihalar taqdimoti va "Sayxunobod tajribasi" asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishuv Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
إظهار الكل...
👍 22🔥 3 2👏 1
Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumanida videokonferensaloqa orqali migratsiyadagi fuqarolar va ularning oila a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Shuningdek, Bandixon tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha taqdimotlar hamda Qiziriq tumani Xalqobod mahallasida “Sayxunobod tajribasi” asosida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2041 #Surxondaryo #migratsiya #uchrashuv #taqdimotlar #Sayxunobodtajribasi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
إظهار الكل...
👍 34🔥 2👏 2
Jarqo‘rg‘onda "Yangi O‘zbekiston" massivi, Termiz tumanida sanoat zonasi loyihalari va issiqxona, Muzrabotda qishloq xo‘jaligi ishlari bilan tanishildi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
إظهار الكل...
👍 28👏 3 2
Viloyat rahbari Jarqo‘rg‘on tumani “Yangi O‘zbekiston” massivida turar joylar, ijtimoiy soha obyektlari va xizmat ko‘rsatish nuqtalarining qurilishi, tuman markazini obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Shuningdek, Termiz tumani Ayritom mahallasida 54 gektar maydonda joylashgan “Termiz erkin iqtisodiy zonasi”da qurilayotgan loyihalar, Qahramon mahallasi hududida “Janub Surxon eksport” MChJ tomonidan faoliyatsiz issiqxonani tiklash, mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2040 #Surxondaryo #YangiUzbekiston #turarjoylar #EIZ #loyihalar Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
إظهار الكل...
👍 34 3👎 2👏 2🙏 1
📢 Muzrabot tumani aholisi diqqatiga! 📆 Bugun, 11-may kuni soat 20:30 dan boshlab, Surxondaryo telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvi orqali Muzrabot tumani to‘rtta sektori rahbari hamda mutasaddilar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi. 📥 Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin. ☎️ Murojaat uchun telefonlar: (76) 223-54-58; (76) 223-54-67 📲 Telegram: (99) 482-00-77 📎 Ma’lumot uchun, mas’ullarning televidenie orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Davlat dasturlari ijrosi, loyihalarning amalga oshirilishi holati, shuningdek, kelgusidagi rejalar yuzasidan Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimlarining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida chiqish" rejasiga asosan amalga oshirilmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
إظهار الكل...
👍 27 2👏 2
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning “Hunan Industrial Equipment Installation Co., Ltd” kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvda M41 “Bishkek—Dushanbe—Termiz” avtomobil yo‘liga parallel yo‘nalishda 171 kilometr uzunlikdagi, barcha zamonaviy sharoit va qulayliklarga ega bo‘lgan pulli avtomagistral qurish loyihasi muhokama qilindi. Muzokaralar davomida yo‘l qurilishining ekologik va iqtisodiy jihatlariga, xususan, turar joylar va daraxtlar ko‘chirilishini minimal darajaga tushirish, loyihaning tabiatga ta’sirini imkon qadar kamaytirish masalalariga e’tibor qaratildi. Yakunda tomonlar mutasaddi tashkilotlarning malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda loyihani qayta ko‘rib chiqib, takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni boshlashga kelishib oldi. Ma’lumot uchun, “Hunan Industrial Equipment Installation Co., Ltd” Xitoyning yirik kompaniyalaridan birib bo‘lib, o‘zining 66 yillik faoliyati davomida 40 ming kilometrdan ziyod uzunlikdagi yuqori sifatli pulli yo‘llarni qurgan. #Surxondaryo #Xitoy #pulliavtomagistral #loyiha #muzokara Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
إظهار الكل...
👍 37👏 3🔥 2🎉 2👎 1
أرشيف المشاركات