cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

OTFIV_Navoiy viloyati boshqarmasi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Navoiy viloyati boshqarmasi rasmiy kanaliga xush kelibsiz! 🌐 Veb-sayt: @OTFIV_Navoiy 📲Murojat uchun: +998-79-220-64-45

إظهار المزيد
Uzbekistan51 399لم يتم تحديد اللغةالتعليم106 109
مشاركات الإعلانات
281
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-37 أيام
-1830 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Repost from Edu.uz
#qabul_2024
⚡️2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan boshlanadi
📌 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi. 📝 Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi. 📆 Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi. ✅ Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi. 2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. 🖥 Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
Repost from Manaviyat.edu.uz
#talabalar_ligasi #barkamol_avlod #taqdirlash_marosimi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirli Qo‘ng‘irotboy Sharipov “Talabalar ligasi” sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazishda qo‘shgan hissasi, samarali mehnati uchun hamkor tashkilot ma’sullari, hokimliklar va shuningdek, quyidagi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy boshqarmalari va rektorlarini vazirlikning tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Vazirlikning hududiy boshqarmalari:
↪️Namangan viloyati boshqarmasi; ↪️Navoiy viloyati boshqarmasi; ↪️Toshkent shahar boshqarmasi.
Oliy ta’lim muassasalari rektorlari
➡️Namangan davlat universiteti rektori S.Turg‘unov; ➡️Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sh.Ergashev; ➡️Namangan davlat pedagogika instituti rektori B.Xusanov; ➡️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rektori B.Mardonov; ➡️Navoiy davlat pedagogika instituti rektori B.Sobirov; ➡️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori T.Teshaboyev. Shuningdek, hamkor tashkilotlar O‘zbekiston shaxmat, futbol, voleybol va basketbol federatsiyalari mas’ullariga vazirlikning tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alarini topshirdi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
إظهار الكل...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari ⚡️Taʼlim krediti olish uchun arizalarni my.gov.uz orqali topshirish imkoniyati yaratiladi “Oliy va professional taʼlim tashkilotlari talabalari va oʻquvchilariga byudjet mablagʻlari hisobidan taʼlim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-82-son, 27.05.2024-y.) qabul qilindi. Unga koʻra, 2024/2025-oʻquv yilidan oliy va professional taʼlim tashkilotlarining talaba va oʻquvchilariga taʼlim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi: 🔴oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratiladi; 🟣taʼlim krediti: ↪️oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida; ➡️oliy taʼlim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi. ❕Bundan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari mustasno. ✔️Bunda taʼlim krediti: ☑️OTM talabalari uchun – talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud boʻlganda; ▶️professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun – oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud boʻlganda ajratiladi. 🗓2024/2025-oʻquv yili boshlangungacha taʼlim krediti olish uchun arizalarni “Taʼlim krediti” axborot tizimi (taʼlim-krediti.mf.uz) va YAIDXP (my.gov.uz) orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
Repost from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari Chet tili ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy til sertifikati asosida amalga oshiriladi 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
#Qonunchilik_yangiliklari ⚡️2024/2025-o‘quv yili qabuli 5-iyundan boshlanadi 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi. Bunda: 🚩 abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; 🚩 davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2️⃣ bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi (bunda ...); 📌o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi; 2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. Shuningdek, kollej va texnikumlar qabulida abiturientlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydilar.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
Repost from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari
🎓 Magistratura va doktorantura qabuli uchun quyidagi darajalarda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar talab etiladi:
🚩1️⃣xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida; 🚩2️⃣gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida; 🚩1️⃣boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida B1 darajasida.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari Talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi Prezidentning 2024-yil 24-mayda “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab: 🟠kvotalarlarni davlat OTMlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi (bundan ... mustasno); 🟢kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik beriladi; 🟠davlat OTMlari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshiruvchi oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etishga ruxsat etiladi; 🟢davlat granti kvotalarining oliy ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlarning tanlovi va to‘plagan ballariga ko‘ra amalga oshiriladi; 🟠bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi. 🟣Bunda: ✔️ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi; ☑️ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi; ☑️ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi; ☑️ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi; ❌ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida Batafsil: https://uza.uz/posts/601770 ——— О совершенствовании системы приема на учебу в высшие образовательные организации и размещения государственного заказа Подробно: https://uza.uz/posts/601771
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
#Talabalar_ligasi_final “TALABALAR LIGASI” SPORT MUSOBAQALARI RESPUBLIKA FINAL BOSQICHIGA “START” BERILDI Xabaringiz bor, 24-26 may kunlari “Talabalar ligasi” sport musobaqalari respublika final bosqichi o‘tkazilmoqda. Yoshlar orasida sportni ommalashtirish maqsadida voleybol, futzal, stol tennisi, basketbol va shaxmat sport turlarida o‘tkazilayotgan liganing basketbol va shaxmat musobaqalariga Navoiy shahri mezbonlik qilayapti. Bugun “NKMK jamg‘armasi”ga qarashli sport saroyida tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqan tegishli vazirliklar, oliy ta’lim muassasalari hamda Navoiy viloyati hokimligi mas’ullari respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan sportchi yoshlarga omad tilashdi.
Ayni daqiqalarda jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlar bo‘lib o‘tmoqda.
@OTFIV_Navoiy
إظهار الكل...
👍 2
Repost from Edu.uz
00:22
Video unavailableShow in Telegram
#raqamlashtirish 🖥 HEMISOliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi HEMISdagi qulayliklar: 📌 o‘qiyotgani haqidagi maʼlumotnomani onlayn olish; 📌 talabaning davomati; 📌 dars jadvalini onlayn ko‘rish 📌 fanlardan o’zlashtirish baholari; 📌 transkript (akademik ma’lumotnoma)ni yuklab olish; 📌 talaba diplomi va uning ilovasini yuklab olish; 📌 yakuniy va nazorat jadvallari 🔗 Davlat idora va tashkilotlari bilan integratsiya 10+ 📑 Interaktiv xizmatlar 10+ Shuningdek, ushbu xizmatlardan HEMIS mobile ilovasi hamda HEMIS student Telegram boti dan ham foydalanishingiz mumkin. 📲 Ilovani yuklab olish ▫️iOS uchun ▫️Android uchun
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...