cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Navoiy viloyati soliq boshqarmasi

Navoiy viloyati soliq xizmati organlarining rasmiy kanali. 📍Manzil: Navoiy shahri, A.Navoiy koʻchasi, 27-b uy. Murojaat uchun telefonlar: 📞 1062, 📞 (79) 222-00-70, 📞 (79) 220-60-75 Veb-sayt: soliq.uz, Facebook: @nvsoliqnews

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
2 911
المشتركون
-224 ساعات
-67 أيام
-1630 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#korrupsiyaga_qarshi_kurash 🔘 Mas'uliyat, halollik hamda kasbga sadoqat! Navoiy viloyati soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo'limi va huquqni muxofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda 🔻 Zarafshon shahar va Uchquduq, Tomdi tumani soliq inspeksiyalarida shaxsiy tarkibi bilan “Soliq – korrupsiyadan xoli tizim” mavzusidagi davra suhabti bo‘lib o‘tdi. ✅ Tadbirda Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, bu illatning oqibatlari, xizmat intizomi masalalari bo'yicha tushuntirishlar berildi. ✅ Shuningdek, soliq tizimida korrupsion holatlarning oldini olish, "Soliqchi - ko‘makchi" tamoyili asosida soliq to‘lovchilarga shaffof va namunali xizmat ko‘rsatish bosh vazifa ekanligiga e'tibor qaratildi. Shuningdek, mazkur illatga qarshi kurashishda davlat xizmatchisiga bildirilgan ishonch, eng muhimi, jamiyatning davlatga bo‘lgan ishonchi, oila va farzandlar taqdiri har bir insonning tafakkurida, qalbida doim mustahkam bo‘lishi zarurligi ta'kidlandi.
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar Mahalla obodligi bilan shug‘ullanuvchi servis kompaniyalariga soliq imtiyozlari beriladi “Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. PQ-234 25.06.2024 Mazkur qaror bilan eksperiment tariqasida mahallalarda mahalla obodligi bilan shug‘ullanuvchi “Mahalla servis kompaniyasi” (Servis kompaniyasi) faoliyatini tashkil etish belgilandi. Servis kompaniyalari mahallani obod qilish bilan bog‘liq ishlarni bajarish, mahalla aholisiga boshqa turdagi ijtimoiy ahamiyatdagi pulli xizmatlarni ko‘rsatish doirasida foyda, mol-mulk va yer soliqlari hamda ijtimoiy soliq to‘lovlaridan, shuningdek, Servis kompaniyasi ishchi xodimlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi. Mazkur imtiyozlar Soliq kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng qo‘llaniladi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
#manaviy_marifiy_tadbir “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida tadbir o‘tkazildi Navoiy viloyati soliq boshqarmasida joriy yil 1-iyul — 1-avgust kunlari respublika hududida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Navoiy shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi kapitan Shuhrux Rashidov ishtirok etib, mavzu yuzasida tushunchalar berdi. Xususan, mamlakatimizda har yili tashkil etib kelinadigan yong‘in xavfsizligi oyligi aholi punktlari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarida yong‘inlarning oldini olish hamda zarur profilaktik chora-tadbirlarni ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi. Shuningdek, yong‘inlarni bartaraf etish yuzasidan amaliy mashg‘ulotlarni namoyish etishdi. Tadbir davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan batafsil javob olishdi. Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati Telegram | Facebook | Youtube
إظهار الكل...
#hayat Hayʼat majlisi: I yarim yillik yakuni va III chorakdagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi Soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyev rahbarligida, kengaytirilgan Hayʼat majlisi boʻlib oʻtdi. Unda 2024-yil I yarim yillik yakuni tanqidiy ravishda sarhisob qilinib, III chorakda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar belgialb berildi. Majlisda markaziy apparat hamda hududiy soliq boshqarmalari va inspeksiya boshliqlari, mahallalar, shuningdek korxonalarga biriktirilgan xodimlar (videokonferensaloqa orqali) ishtirok etdi. Yigʻilishda joriy yilning I yarim yilligida budjetga 85,8 trln soʻm miqdorida soliq tushumlari taʼminlanib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 12,5 %ga, hududlarda 24,4 %ga, tumanlarda 37 %ga oʻsganligi qayd eildi. Mol-mulk soligʻi tushumlari 37,6 %, yer soligʻi 31,2 %, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 21%, AOS 19 % va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 18 %ga oʻsdi. Hududlarda foyda soligʻi tushumi 32,3 % va QQS 20,6 %ga oʻsdi. Pensiya jamgʻarmasiga 23,1 trln soʻm tushirilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,1 trln soʻmga (16%) oshdi. Eʼtirof etish kerakki, erishilgan natijalarda Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "mahallabay", “korxonabay” ishlash institutlari muhim rol oʻynamoqda. “DSB maʼmurchiligi” (korxonabay) 2024-yil mart-iyun oylarida maʼmurchilik boʻyicha 552,5 mingta vazifalar bajarildi, Barqarorlik reytingi "BB"dan yuqori boʻlganlar soni 15,5 mingtaga (71 %) oshdi hamda 2,1 trln soʻm qoʻshimcha manba yaratildi. Shu bilan birga, ayrim hududlar va sohalarda iyun oyi yakunlariga koʻra, “DSB maʼmurchiligi” dasturi asosida “korxonabay” ishlash tizimi samaradorlik koʻrsatkichi past boʻlganligi tanqid ostiga olindi. Masalan, Jizzaxda 54,8 ball, Qashqadaryoda 57,1 ball, Navoiyda 58,2 ball, Andijonda 58,7 ball va Sirdaryoda 59 balni tashkil etdi. “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” tizimi (mahallabay) Joriy yil iyun oyida respublikaning samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) 88,7 balni tashkil etib, 90 balldan oshgan inspeksiyalar soni 100 ta (48%)ga, xodimlar soni 1 617 nafar (37%)ga yetdi. Shundan soʻng, xizmat vazifasini bajarish va soliq maʼmurchiligini taʼminlashda jiddiy xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlar faoliyati jiddiy tanqid qilinib, tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi. Jumladan, berilgan ogohlantirishlar, profilaktik suhbatlar, koʻrilgan intizomiy choralardan xulosa chiqarmasdan xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan hamda belgilangan samaradorlik koʻrsatkichlari past boʻlgan Qashqadaryo, Andijon, Fargʻona viloyati soliq boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosarlari, Paxtaobod, Izboskan, Sharof Rashidov va Yangi Namangan tumani soliq inspeksiyasi boshliqlari hamda 25 nafar masʼullar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Shuningdek, 150 nafarga yaqin xodimga intizomiy choralar belgilandi 15 nafar xodimning unvoni 1 pogʻonaga pasaytirildi. Yigʻilishda hududiy soliq organlari va markaziy apparat rahbar hamda masʼulllarning hisobotlari eshitilib, III chorakda soliq tushumlarini kamida 20 foizga oshirish, qoʻshimcha manbalarni jalb etish, soliq toʻlovchilarga koʻmaklashish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda soliqsiz tushumlarni taʼminlash boʻyicha tegishli organlar bilan hamkorlik samaradorligini yanada oshirish, korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik va sohani raqamlashtirishni izchil davom ettirish yoʻnalishlarida aniq muddatli vazifalar belgilab olindi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#soliq_taqvimi 🗓 Eslatma ❗️2024-yil 5-iyul iyun oyi uchun: - banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividend va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslar foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 355-modda 2-qism); - natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JSHODSni va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi). _________ #календарь_налогоплательщика 🗓 Напоминаем ❗️5 июля 2024 года - последний день июнь: - перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам РУз (кроме выплаты дивидендов и процентов) (ч.2 ст.355 Налогового кодекса); - уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме (ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п.7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.). Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
#sayyor_qabul Aholi muammolari o‘rganildi Navoiy viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari Konimex tumani aholisi muammolarini o‘rganish maqsadida ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi. Viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati fuqarolarning soliq hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid murojaatlarini o‘rgandi. Yuzma yuz muloqotlarda bandlik, soliq hisobotlarini taqdim etish hamda mahallalarda aholini qiynab kelayotgan qator ijtimoiy masalalar yechimiga alohida e’tibor qaratildi. Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati Telegram | Facebook | Youtube
إظهار الكل...
#korrupsiyaga_qarshi_kurash 🔘 Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda 🔰 Navoiy viloyati soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari hamda huquqni muxofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 🔻G‘ozg‘on shahar va Nurota tuman soliq inspeksiyalarida shaxsiy tarkib bilan davra suhbati o‘tkazildi. ✅ Tadbirda soliq xizmati organlari xodimlari ishtirokidagi salbiy holatlar tahlil qilinib, har bir xodim eng avvalo odob-axloq va ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilgan holda o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi shartligi tushuntirildi. ✅ Har bir soliq idorasi vakiliga, soliq to‘lovchilar bilan muloqot davomida korrupsiya va tamagirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, ular bilan xushmuomalada bo‘lish, xizmat vakolatlari doirasidan o‘z shaxsiy manfaati yo‘lida foydalanmaslik bo‘yicha tushunchalar berildi. Navoiy viloyati soliq boshqarmasi matbuot xizmati Telegram | Facebook | Youtub
إظهار الكل...
00:07
Video unavailableShow in Telegram
#e_aktiv
E-aktivdan voz kechiladi...
Zamonaviy soliq instrumentlaridan foydalangan holda hozirda tovar (xizmat)lar kirim va chiqimlari bo‘yicha yetarli maʼlumotlar shakllangani sababli E-aktiv (E-ombor)ga ehtiyoj qolmadi. ______ #e_aktiv
E-aкtiv в настоящий момент не актуален...
В связи с тем, что в настоящее время благодаря применению современных налоговых инструментов сформировано достаточное количество данных по поступлению и выбытию товаров (услуг), в E-aktiv нет надобности. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
11111111.mp41.16 MB
01:45
Video unavailableShow in Telegram
#ijtimoiy_keshbek Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar dori va boshqa ayrim oziq-ovqat mahsulotlari uchun soliqlarini qaytarib oladi
Bugungi kungacha dori vositalarini xarid qilgan 49 455 nafar fuqaroga 7,7 mlrd so‘m ijtimoiy keshbek qaytarildi.
______ #социальный_кешбэк Граждане, нуждающиеся в социальной защите, возвращают денежные средства за лекарственные препараты и некоторые другие продовольственные продукты.
На сегодняшний день 49 455 гражданам возвращено 7,7 млрд сумов социального кешбэка за лекарственные препараты.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
new_003.mp413.65 MB
أرشيف المشاركات
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.