cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

"Ma'naviyat ziyosi" To'rtko'l tuman bo'linmasi

مشاركات الإعلانات
779
المشتركون
-324 ساعات
-477 أيام
+47030 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

26 IYUN – "XALQARO GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHISH KUNI" munosabati bilan To'rtko'l tumanida chellenj o'tkazildi. https://t.me/RMMMTURTKUL
إظهار الكل...
✒️ Giyohvandlikning – oldini olishda birlashaylik! ✅ ENG XAVFLI OQIBAT 🔹Giyohvandlik shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabatni buzishga olib keladi. U jamiyatni eng xavfli oqibat, kulfatlarga olib keluvchi og‘udir. Darhaqiqat, 1987 yil BMTning bosh Assambleyasi tomonidan “26 iyun-Butun Jahon giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” deb e’lon qilinishi ijtimoiy va siyosiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qaror sifatida tarix sahifalariga bitildi. Hozirgi kunda butun dunyo hamjamiyatida giyohvandlik va uni oldini olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 🔹Davlatlar o‘rtasida ushbu ofatning oldini olish borasida bitimlar, shartnomalar imzolangan. Ammo jamiyat uchun o‘ta xavfli bo‘lgan bu illatning kun sayin har-xil ko‘rinishda davom etayotganligini shohidi bo‘lmoqdamiz. Dunyo bo‘yicha kishilar ayniqsa 15-40 yoshgacha bo‘lganlar ya’ni kuch-quvvatga to‘lgan yoshlar bu og‘u iskanjasiga ilinib, oilasi va davlatga, ham moddiy ham ma’naviy zarar keltirmoqdalar. 🔹Giyoh o‘zi nima? Bu shunday moddaki, bir marta qabul qilganda ruhiy holatni ya’ni kayfiyatni ko‘tarib yuboradi, bosh miyani ishdan chiqaradi. Agar kishi tez-tez iste’mol qilsa unga o‘rganib qoladi va uni iste’mol qilmasa yashay olmaydi, ya’ni shu giyohlar va kimyoviy moddalarsiz turaolmaydi. Giyohvandlar o‘zlarining ma’naviy qiyofasini yo‘qotadi, aql-idrok, fikrlash, eslash qobiliyati, ruhiyat butunlay esdan chiqadi. Kasallik rivojlanishi bilan ular oila, ishxona, mahalla, ko‘cha-ko‘yda, o‘quv joylari kabilarda tartib-intizom, qonun-qoidalarni buzib, katta ziyon keltiradilar. Ularning fikru-zikri faqat giyoh moddalar topish va iste’mol qilishdan iborat bo‘lib qoladi. 🔹Giyoxvandlik-dunyo miqyosida asrlar osha XXI-asrga o‘tgan sarqit, illat-fojea bo‘lib, nafaqat kishi shaxsini, balki, butun mamlakatni halokatli jar yoqasiga olib borib, qashshoqlikka, yetim - yesirlikka, baxtsizlikka, turli kasalliklarga sabab bo‘ladi. Bunga misol tarzida Xitoydagi 1842-1843 yillardagi “afyun urushi”ni esga olaylik: Angliya gegemon doirasi vakillari Xitoy davlatini bosib olishda ya’ni yoshlarni giyohvandlikka o‘rgatish yo‘li bilan o‘z tomonlariga og‘dirib olib, so‘ngra ularni o‘z davlatiga qarshi kuch sifatida foydalanishni maqsad qilib giyohvand moddalarni tarqatishni amalga oshiradilar. Lekin, bu mudhish rejaga qarshi ikki yil mobaynida Xitoy xalqi tinimsiz kurash olib boradilar va g‘alabaga erishadilar. 🔹BMT ekspertlarining xulosasiga ko‘ra hozirgi kunda 70 foizga yaqin qotilliklar, 80-90 foiz bezoriliklar giyohvand modda iste’mol qiluvchilar tomonidan sodir qilinishi ma’lum. 🔹Unutmaslik kerakki, oilaning sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom muhit, ma’rifiy va ma’naviy dunyoqarashi, halolligi, pokligi, mexnatsevarligi, e’tiqodi farzandlarning giyoxvandlikdek illatlardan asrovchi omillardir. Ming afsuski, hozirgi kunda bizning tinch –osuda yurtimiz yoshlari orasida, ayniqsa o‘quvchi-talaba yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning “kimyoviy turlaridan (hidlovchi- sepuvchi va tabletkalar) foydalanib o‘z yo‘llarini adashganlar qayd qilinmoqda. Ha biz o‘z navbatida yoshlarimizni bu zahri qotildan saqlashimizda ota-onalar va keng jamoatchilik birgalikda ahillik bilan ish olib borishimiz insoniylik hamda fuqarolik burchimizdir. 🔹O‘zimiz uchun, bo‘lg‘usi porloq kelajagimiz uchun har bir shaxsda, oilada, jamoada sog‘lom turmush tarzi poydevorini yaratish maqsadida ma’rifiy-tibbiy-huquqiy targ‘ibot ishlarini sidqidildan amalga oshirib borishni bugundan boshlasak bu yutug‘imiz, indinga desak, kechikamiz. Kelinglar azizlar, giyohvandlikning – oldini olishda birlashaylik, ushbu illatni butunlay yo‘qolishiga erishaylik. Jonibek Settiev Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi rahbari. https://t.me/RMMMTURTKUL
إظهار الكل...
"Ma'naviyat ziyosi" To'rtko'l tuman bo'linmasi

https://www.facebook.com/groups/604909847049892

Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmoni 👉BATAFSIL BU YERDA👈 TARG‘IBOT MATERIALLARIGA KIRISH UCHUN QUYIDAGI HAVOLAGA O‘TING 👉https://t.me/targibotmaterial
إظهار الكل...
00:44
Video unavailableShow in Telegram
Фарзандларимизга ишонч ва куч берайлик, уларни рағбатлантирайлик, руҳрантирайлик, ўстирайлик! Дуо қилиб, “Туринг ўғлим, қизим Сизни буюк ишлар кутмоқда, шу олам Сизники, келажак Сизники” - деб фарзандни уйғотиб кўчага кузатайлик.
«Албатта, то бир қавм ўзларини ўзгартирмагунларича, Аллоҳ уларнинг ҳолини ўзгартирмас. Агар Аллоҳ бирор қавмга ёмонликни ирода қилса, бас, уни қайтариб бўлмайди ва улар учун ундан ўзга валий ҳам йўқ.» (“Раъд” сураси, 11-оят)
@SherzodxonQudratxoja
إظهار الكل...
IMG_0608.MP48.67 MB
03:25
Video unavailableShow in Telegram
🔰RESPUBLIKA MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT MARKAZI, "MA'RIFAT" TARG'IBOTCHILAR JAMIYATI TAQDIM ETADI 🇺🇿 "MA'RIFAT BO'STONI, YANGI O'ZBEKISTONIM!" ✏️ She'r muallifi: Sayyora TO'YCHIYEVA, 🎼 Bastakor:  Adham ABDURAIMOV, 🎤 Ijrochilar: Munojat YO'LCHIYEVA, G'ulomjon YOQUBOV, Alisher RO'ZMETOV, Adolat ISMOILOVA. ⤵️Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
إظهار الكل...
17.77 MB
2024-yil 24- iyun kuni To'rtko'l tumani Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumida, O'zbekiston Respublikasi Prizidentining  2023-yil 25- dekabrdagi ,,Aholiga madaniy xizmat ko'rsatish darajasini yanada oshirish chora tadbirlari tog'risida"gi 406-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida "Andijon Madaniyat kunlari" doirasida konsert dasturi bo'lib o'tdi. Konsertni Andijon Viloyati davlat  Filarmonyasi raxbari Rahimjon Axmedov ochib berdi. Konsert dasturi davomida Respublika ma'naviyat va ma'rifat kengashi To'rtko'l tuman bo'linmasi rahbari Jonibek Settiyev so'zga chiqib, yoshlarni san'at va madaniyatga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirishdagi samarali hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib kelgusidagi hamkorlik tadbirlari to'g'risida iliq fikrlar bildirdi. Konsert dasturida To'rtko'l tuman Madaniyat bo'limi hodimlari o'z chiqishlari bilan yig'ilganlar ko'nglidan joy oldilar.Mehmon San'atkorlarning chiqishlari esa konsert dasturiga o'zgacha shukuh bag'ishladi. https://t.me/RMMMTURTKUL
إظهار الكل...
"Ma'naviyat ziyosi" To'rtko'l tuman bo'linmasi

https://www.facebook.com/groups/604909847049892

Farzandimga maktub O.Xasanov, Liderlar kitobidan
إظهار الكل...
10 Beshinchi maqolla _MP3.mp310.82 MB
Repost from QASHQADARYO ZIYOSI
Photo unavailableShow in Telegram
HECH QACHON NOLIMANG! Odamlar sizni kuchli, ijobiy fikrlovchi va energiyaga boy shaxs deb bilishsin. Doim noliydigan, har narsada maydalashib yomonlik qidiradigan insonlar o‘zidan boshqalarni nari ketishiga sabab bo‘ladi va kamdan kam holda yutuqqa erishadilar. Psixologik nuqtai nazarda hamma narsa avval o‘y-hayolda, keyin real hayotda sodir bo‘ladi. Shuning uchun doim ijobiy fikrlang. Ruhan kuchli bo‘lsangiz, yo‘lingizda uchragan hech bir qiyinchilik sizni orqaga qaytara olmaydi. Nima xohlashingizni tasavvur qiling, buni ro‘yobga oshishiga qattiq ishoning, harakatni boshlang va u albatta amalga oshadi. Kanalimizni kuzatishda davom eting! 👉@Qashqadaryo_ziyosi👈
إظهار الكل...
26-iyun-Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurash kuni Giyohvandlik jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy asoslarini yemirishi barchaga ma’lum. Shuning uchun bunday vositalarini ishlab chiqarish va ular bilan savdo qilishga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli chora tadbirlarini amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda. "Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi aholining hayoti va sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘dirishi, boshqa jinoyatlarning o‘sishi, korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikning tarqalishiga imkon tug‘dirishi, jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid solishi mavzularini o‘zida qamragan navbatdagi uchrashuv tumandagi " Paxtachi" OFYda ham o‘tkazildi. Unda respublikadan tashrif buyurgan mas’ullar so‘zga chiqib, mavzu yuzasidan keng ma’lumotlar berishdi. 🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati    🌐WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.