cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

URDU QIZLARJON KLUBI

UrDU Хotin-qizlar masalalari bo'yicha kengashi qoshida tashkil etilgan "Qizlarjon klubi" kanali URDU da ta'lim olayotgan barcha talaba qizlar uchun mo'ljallangan bo'lib, klub Nizomi va rejasi asosida ish olib boradi.

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
435
المشتركون
-124 ساعات
-137 أيام
-3430 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#UrDU_yangiliklari ✔️Talabalar amaliyotda ...
Ayni kunlarda Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetining 231, 232, 233, 233 (rus tili) Tarix ta'lim yo'nalishi talabalari Xiva shahri va tumanida etnologik amaliyot o'tamoqdalar.
Kecha, amaliyot jarayonida talabalarga "Umrboqiy meros" O'zbekiston madaniyat va san'at targ'ibot markazi Xorazm viloyat bo'limi rahbari M.Aminova tomonidan milliy qadriyatlar, anʼana va urf-odatlarimiz haqida so'zlab berildi. Amaliyot rahbarlari Sh.Nurullayeva, N.Abdullayeva, M.Matnazarova hamda N.Bobajanovalar talabalarga etnografik dala ma'lumotlarini to'plash bo'yicha yo'l-yo'riq ko'rsatib, hamrohlik qilishmoqda. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
إظهار الكل...
Repost from Edu.uz
02:22
Video unavailableShow in Telegram
#Oliy_ta’lim_klassifikatori
⚡️Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori nimaga o‘zgardi?
2024-2025 o‘quv yilida nechta ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi? 🎬 Videoni Full HD formatda koʻrish
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
01:05
Video unavailableShow in Telegram
🗣Xiva shahrida “Xiva – Islom dunyosining turizm shahri” xalqaro tadbirlari boshlandiXiva shahrida 31-may – 2-iyun kunlari “Xiva – 2024-yilda Islom hamkorlik tashkilotining turizm shahri” xalqaro tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Shu kunlarda Xorazmning qadimiy shahri IHTga a’zo davlatlarning turizm sohasi rasmiylari va qator nufuzli tashkilotlarning rahbarlarini o‘zida jamlamoqda. ✅Mazkur xalqaro tadbirda Urganch davlat universitetining iqtidorli talabalaridan iborat volontyor tarjimonlar jamoasi o′zlarining zukkoligi va tarjimonlik mahorati bilan xorijlik mehmonlarga hamroh bo′lib, tadbirni yuqori saviyada tashkillashtirishda o′z hissalarini qo′shishmoqda. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun, 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni! Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni  jamiyatga ularni himoya qilish zarurligini eslatishdir. Dunyoning ko'plab shaharlarida shu kuni bolalarga bag'ishlangan turli ko'ngilochar, o'yin va madaniy tadbirlar tashkil etiladi, jumladan O'zbekistonda ham. Xalqaro bolalarni himoya qilish kunini ta'sis etish to'g'risidagi rasmiy qaror 1949-yil noyabr oyida Xalqaro Demokratik Ayollar Federatsiyasi Kongressi tomonidan qabul qilingan va 1950-yilda 1-iyunda birinchi bolalar kuni nishonlangan Har bir bola sog'lom ota-onalarning g'amxo'rligida bo'lishini tilaymiz. Osmonimiz doimo tinch, har bir yangi kun  qiziqarli bo'lsin. Ota-onalarga sabr-toqat, mehribonlik va muloyimlik tilaymiz. Bolalarning baxtli va xavfsiz bolaligi uchun siz mas'ul ekanligingizni unutmang!
إظهار الكل...
#Turizm
▶️Xorazm viloyati Xiva tumani “G'ovuk” mahallasi hududidagi Anor turizm qishlog’i animatsion loyihasining videokontenti ishlab chiqildi.
https://www.youtube.com/watch?v=VWmX6rO2WEM
إظهار الكل...
Anor turizm qishlog'i animatsion loyihasining video kontenti ishlab chiqildi

Xorazm viloyati Xiva tumani “G'ovuk” mahallasi hududida Anor turizm qishlog`i animatsion loyihasining video kontenti ishlab chiqildi

Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari Хorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining qo‘shma qarori bilan quyidagi sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi: ↪️Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati hamda ularning muvofiqlik darajasi; ↪️Oʻrta maxsus, professional, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati; ➡️Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati; ➡️Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati; ↪️Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda imtiyoz beradigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati. Mazkur qaror kuchga kirgunga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz va ustamalar qoʻllaniladi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#Qabul2024/2025
⚡️Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi
30-maydan boshlab ehtiyojmand oilalardagi 2 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi. Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi. Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi. Tavsiyanoma elektron shaklida 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi. 👉 Batafsil...
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
#xalqaro_hamkorlik 🗣️Kimyoviy texnologiyalar fakulteti talabalari Turkiyaning yirik korxonalarida amaliyot o’tashmoqda
Ayni kunlarda Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti talabalari ishlab chiqarish mahsulotlari texnologiyalarini o’rganish maqsadida Turkiyaning bir nechta yirik ishlab chiqarish fabrikalari va korxonalari bilan yaqindan tanishishmoqda.
🟠Xususan, bugun talabalarimiz sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yirik korxonalaridan biri AK Gıda nomli va İÇİM brendi ostida ishlab chiqariladigan mahsulotlar fabrikasida amalyotda boʻlishdi. Talabalarimizga Oziq-ovqat muhandisligi fakulteti o’qituvchilari Dr.Mehmet va Dr.Fuat ma’lumotlar berib borishdi. 🟠Shuningdek, Konya shahri yaqinida joylashgan Torku brendi ostidagi shirinlik va pecheniya mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi hamda ushbu korxonaning issiqxonalarida amaliyotda bo’lib, mahsulotni saqlash, qayta ishlash, qadoqlash va import hamda eksport qilish texnologik jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
إظهار الكل...
#xalqaro_anjuman #live ▶️Bugun Urganch davlat universitetida Oʻzbek filologiyasi fakulteti tashabbusi bilan ulug’ shoir Avaz O’tar tavalludining 140 yilligiga bag’ishlab o’tkazilayotgan "Filologiyaning dolzarb muammolari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman kunning ikkinchi yarimida o’z ish faoliyatini uchta sho’balar yig’ilishlarida davom ettirmoqda. 1-sho’ba “O’zbek adabiyotshunosligining dolzarb muammolari”, 2-sho’ba “O’zbek tilshunosligining dolzarb muammolari”, 3-sho’ba “Jahon filologiyasi: muammo va yechimlar” mavzulariga qaratilgan bo’lib, yig’ilishlarda fakultet professor-o’qituvchilari o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
إظهار الكل...