cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Zaynidin Karshiyev | DIREKTOR

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali direktorining Telegram'dagi rasmiy sahifasi Direktorga murojaat: @samtuit_murojaat_bot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 209
المشتركون
-224 ساعات
-137 أيام
-4830 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 🤝 Seul shahrida O‘zbekiston – Koreya IT-biznes alyansi tashkil etildi va kelishuv imzolandi Koreya Respublikasida IT Park Uzbekistan va Koreya xalqaro sanoat hamkorlik instituti (KIIIC) oʻrtasida Oʻzbekiston-Koreya IT-biznes alyansini tuzish va bu orqali ikki mamlakat texnologik tarmoqlari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda chiqish qilgan Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov o‘zbek va koreys millatlari orasidagi tarixiy, siyosiy va madaniy yaqinlik, shuningdek, O‘zbekistonda yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozlarga ega bo‘lgan, nisbatan arzon biroq kuchli mutaxassislarga ehtiyoji bor koreyalik kompaniyalar uchun O‘zbekistonni tanlash ayni muddao ekanligini ta’kidlab o‘tdi.  Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/14934/ 📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
📣Hurmatli TATU Samarqand filiali professor-o‘qituvchilar va xodimlari hamda talabalari sizlarni shu yilning 27 iyun kuni Samarqand shahridagi "Afrosiyob Arena" o‘yingohida futbol va mini futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" musobaqasining viloyat final bosqichi o‘yinlari  va g‘oliblarni taqdirlash marosimi 2024 YILNING 29 IYUN KUNI bo‘lib o‘tadigan musobaqaga taklif qilib qolamiz.  📌Sport bayramida taniqli sanʼatkorlar ishtirokida katta konsert dasturi ham tashkil etiladi. Barcha yoshlarni "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" musobaqasining viloyat final bosqichi uchrashuvlariga va konsert dasturiga taklif etamiz!   🌐TATU Samarqand filiali Axborot xizmati Facebook | YouTube | Telegram | Instagram |
إظهار الكل...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Davlatimiz rahbari ushbu sharoitlarni karra-karra ko‘paytirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi. Mamlakatimiz jadal rivojlanishi uchun bizga “to‘rtinchi sanoat inqilobi” kasblari juda muhimligi qayd etildi. Shu munosabat bilan yoshlarni fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika (STEM) bilan bog‘liq kasblarga qiziqishini oshirish uchun yangi tizim joriy qilinadi. Yangi o‘quv yilidan oliygohlar qoshidagi jami 73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi. Bu dasturlar asosida sertifikat olgan o‘quvchilar o‘sha oliygohga imtihonsiz, kontrakt asosida qabul qilinadi. Yoshlarimiz xorijiy oliygohlarda o‘qish uchun matematika, ingliz tili va ilmiy fikrlash bo‘yicha “SAT” imtihonini topshirmoqda. Bu testlarda 75 foizdan yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar chet elni eng nufuzli oliygohlariga grant yutayapti.
- Endi bunday yoshlarni o‘zimizni oliygohlarga ham grantga qabul qilamiz, - dedi Prezident.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqot boshlandi. Davlatimiz rahbari mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni isteʼdod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo‘lganini taʼkidladi. Shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berildi. Birgina taʼlim kreditidan 151 ming yoshlar foydalandi. Ehtiyojmand oiladan bo‘lgan yana 110 ming talabaning kontraktini to‘lashga 332 milliard so‘m ajratildi. Natijada oliy taʼlimda qamrov 9 foizdan 42 foizga yetdi. Bugungi kunda 110 ming o‘g‘il-qizlarimiz xorijda tahsil olmoqda. “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetti yilda AQSHning “Pechak ligasi”ga kiruvchi Garvard, Yel, Kolumbiya, Stenford kabi top-8 ta, Buyuk Britaniyanining “Rassell guruhi”dagi Oksford, Kembridj, Birmingem kabi 24 ta oliygohni 50 nafar yoshlarimiz bitirdi. Bu nufuzli oliygohlarda o‘qiyotgan yoshlarimiz soni esa 200 dan oshdi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
📌C1 darajadagi til sertifatini olgan yoshlar moddiy rag‘batlantiriladi Bu haqda Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra: 👉 imtihon topshirish xarajati qoplanadigan xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillaridan kamida C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarni imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishidan tashqari o‘qish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi; 👉 2024-yil 1-sentabrdan 2027-yil 1-yanvargacha yoshlarning nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari bo‘yicha xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan ballning (sertifikat darajasining) minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi. ✅ 2024–2026 yillarda oliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida o‘qituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi. 🌐TATU Samarqand filiali Axborot xizmati Facebook | YouTube | Telegram | Instagram |
إظهار الكل...
👍 2
01:12
Video unavailableShow in Telegram
🏛TATU Samarqand filialining dotsenti 67 yoshli Abdug'afur Xotamov Cambridge B2 ni qo'lga kiritdi. 🔰"Kamronbek Isayev" kursining eng yoshi katta studenti A.Xotamov 10 oy ichida tahsil olib, Cambridge B2 oldilar. ✅Yoshi ulugʻ ustoz shuni taʼkidlaydilarki, "Yosh hech qachon ingliz tilini oʻrganishga toʻsqinlik qilmaydi, har bir kishi shunga oʻxshash va yuqori natijalarga erisha oladi" ✅A.Xotamov oʻz bilimlari va tajribalari bilan boʻlishish uchun Malayziya tomon yoʻl oldilar 📌 "Beshikdan to qabrgacha ilm ista" qabilida ish yurituvchi ustoz har bir insonga chinnakamiga oʻrnak boʻladi desak, mubolagʻa boʻlmaydi. 🌐TATU Samarqand filiali Axborot xizmati Facebook | YouTube | Telegram | Instagram |
إظهار الكل...
IMG_0501.MP456.73 MB
👍 3👏 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#e’lon #tanlov #chellenj 📣 “Men tugʻilgan maskan” chellenjida ishtirok eting! Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Oʻzbekligim- oʻzligim” NNT bilan hamkorlikda milliy tanlov – “Men tugʻilgan maskan” chellenjiga start beradi. Tanlovda qatnashish sharti juda oddiy: ✔️ O‘zi tugʻilgan shahar, qishloq yoki ovulingizdagi milliy qadriyatlar, milliy urf-odatlar haqida kreativ reels tayyorlaysiz; ✔️ Instagramdagi “O‘zbekligim-oʻzligim” profilini belgilaysiz va #men_tugilgan_maskan xeshtegini postga yozasiz. Gʻoliblar eng koʻp layk va koʻrishlar soniga qarab aniqlanadi. Tanlov 1-iyulda boshlanib, 30-avgustgacha davom etadi. ❗️Bosh sovrin noutbuk!
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
02:12
Video unavailableShow in Telegram
#live #xalqaro_forum #Samarqand “TOP-500” reytingdagi oliygohlar ishtirokida Global ta’lim forumi yalpi yig‘ilishi yakunlandi Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi oʻrinbosari Kashif Zamon, Eron Xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik markazi raisi, fan, texnologiyalar va bilimlarga asoslangan iqtisodiyot bo‘yicha vitse-prezidenti Amir Hossein Mirabadi, “Pearson VUE” kompaniyasining Shimoliy va Markaziy Yevropadagi bo‘limi bo‘lgan Sertiport bo‘yicha mintaqaviy direktori Arek Yavorski (Polsha), Ta’lim faoli, ijtimoiy tadbirkor, “ZNotes” onlayn ta’lim platformasi asoschisi Zubair Junjunia (Buyuk Britaniya) so‘zga chiqib, mazkur xalqaro anjuman ta’lim sohasidagi muvaffaqiyatlar va kelgusidagi maqsadlarni muhokama qilish uchun yangi imkoniyatni taqdim etishi bilan ahamiyatli ekanligini ta’kidlashdi. Forum ikkinchi yarmi 4 ta asosiy sessiyaga bo‘lingan holda panel muhokamalar formatida davom etmoqda.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
TG TAYYOR.mp415.88 MB
Joriy yilning 17-24 iyun kunlari filialimizning Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Shoira Toshmurodovna Kubaeva Rossiya Federatsiyasining Sank Peterburg shahri Rus xristian Gumanitar akademiyasida o‘tkazilgan “Универсум Платоновской мысли Платоновское наследие в истории науки и образования” XXXII xalqaro konferensiyada maʼruzachi va shuʼba moderatori sifatida ishtirok etdi. Sankt-Peterburg davlat univestitetining “Falsafa instituti”da mahorat darslari o‘tadi va jamoa bilan kafedra o‘rtasida ilmiy-uslubiy ishlarda hamkorlik o‘rnatishga kelishib olindi. Shuningdek, top 400 talikka kiruvchi Sankt-Peterburg Politexnika universitetining Gumanitar fanlar institutida stajirovka o‘tadi. 🌐TATU Samarqand filiali Axborot xizmati Facebook | YouTube | Telegram | Instagram |
إظهار الكل...
👍 4😱 1
Photo unavailableShow in Telegram
#ta'lim_dasturi 💻 TATU hamda hududiy filiallarimiz talabalari diqqatiga! Ajoyib yangilik! Abu Dabi Universiteti (ADU) 1-Xalqaro ta'lim dasturini (ISAP2024) e'lon qiladi. Akademik va madaniy tajribani taklif etayotgan ISAP2024 dasturi Abu-Dabi, Al-Ayn va Dubay shaharlarida 2024-yil 15-dekabrdan 23-dekabrgacha bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. 1199 AQSH dollarlik dastur ADUning hamkori sifatida TATU talabalariga 250 AQSH dollari miqdoridagi maxsus tarifni taklif etmoqda. Bunga: shaharlararo transport, turar joy, madaniy tadbirlar, kompaniyaga tashriflar, kechki ovqat va xayrlashuv tushligi kiradi. 🗓 Ariza topshirishning oxirgi muddati: 30-iyun, 2024-yil 🗒 Ariza topshirish uchun : https://gep.adu.ac.ae/isap 📌 Batafsil ma'lumot uchun : https://drive.google.com/file/d/1WXNCRM51gYca7Q-ctylkSdXKduZmxJMa/view?usp=drive_link Tel: +998712350900 ✈️@tuituz_official
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.