cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

TDTU_TALABALAR SHAHARCHASI

🇺🇿Toshkent davlat transport universiteti Talabalar shaharchasi rasmiy telegram sahifasi. Talabalar kengashi raisi: @Hayotjanovich_919 Mobil aloqa: +998 712990419 Media club rahbari: @Diyorbek_Gulomov Savol va takliflar uchun: @TTJ_murojatbot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
2 009
المشتركون
-124 ساعات
-227 أيام
-10730 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🟦🟦🟦🟦🟦 🗣Assalomu alaykum boshlangan kuningiz hayrli va barokatli boʻlsin . 🏆 ESLATMA Qiyinchilik yetganda amal qilinadigan qoidalar❗ 🎗️1. Musibatlangan faqat sen emas. 🎗️2. Alloh taqdir qilgan narsa behikmat boʻlmas. 🎗️3. Foyda keltiruvchi va zararni daf qiluvchi yolgʻiz Allohdir, Allohdan boshqadan umid qilma. 🎗️4. Senga yetgan narsa yetmay qolishi, yetmagan narsa yetishi mumkin emas. 🎗️5. Dunyoning haqiqatini bil, xotirjam boʻlasan. 🎗️6. Rabbingga chiroyli gumonda boʻl. 🎗️7. Alloh senga tanlagan narsa sen oʻzingga tanlagan narsadan koʻra yaxshiroq. 🎗️8. Musibat qancha ogʻirlashsa, quvonish shuncha yaqinlashadi. 🎗️9. Quvonish qanday kelarkin, deb oʻylama. Alloh bir narsani xohlasa, uning xayolga kelmagan sabablarini hozirlab qoʻyadi. Yorqin kelajakni birgalikda quramiz! 🕊 Telegram    📱Instagram
إظهار الكل...
👍 1
Toshkent davlat transport universiteti Talabalari shaharchasi 🔹 @tdtu_talabalar_shaharchasi
إظهار الكل...
👍 10 1 1🔥 1😍 1
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🟦🟦🟦🟦🟦 🗣Assalomu alaykum boshlangan kuningiz hayrli va barokatli boʻlsin . 🏆 ESLATMA Odamni oʻziga boʻlgan ishonchi qachon pasayib ketadi⁉️ 🎗️1. Oʻzingga vaʼda berib turib uni bajarmaslik. 🎗️2. Oʻzgalarning asosli-asossiz tanqidiga darrov ishonib ketaverish. 🎗️3. Maqtovni faqat atrofdagilardan kutish. Aslida oʻzingni oʻzing soatlab maqtab oʻtirishing mumkin. Ishon, bu maynavozchilik emas. 🎗️4. Oʻzingni kechira olmasliging. Hadeb oʻtib ketgan ishlarga, oʻtmishdagi xatolaringda oʻzingni ayblayverma. Oʻsha vaziyatda oʻsha ishlarni qilgansan. Tamom. Hamma xato qiladi. Yorqin kelajakni birgalikda quramiz! 🕊 Telegram    📱Instagram
إظهار الكل...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
VOLONTYORLAR QIDIRILMOQDA! New Talents xalqaro tashkiloti Toshkent shahar hokimiyati, O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Mening Yurtim Telekanali, hamda Renessans telekanallari bilan hamkorlikda yana bir yirik loyihaga start beradi. 💫Joriy yilning 24-28-iyun kunlari Toshkent shahrida ilk bor “Sharq Yulduzlari” nomli Respublika tanlovi bo’lib o’tadi. Ushbu tanlovda Volontyor sifatida yordam beradigan yoshlar qidirilmoqda. Tanlov so'ngida New Talents Xalqaro tashkilotining maxsus sovg'asi va sertifikati topshiriladi. Murojaat uchun:+998909348414 Nigora
إظهار الكل...
🕊 1
🔄 “Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish #perevod Quyidagi tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyunda imzolangan PQ-279-son Prezident qarori. 1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi: 1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa; 2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida). ❌Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham. 2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20079 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20258 ‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi. 3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20079 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab ko‘chirishi mumkin. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20258 4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring. 5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi (transfer.edu.uz yoki my.uzbmb.uz sayti orqali emas). Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin. 8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, sirtqidan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan sirtqiga ko’chirish muammosiz hal bo’ladigan masala. *** Arizalar quyidagicha qabul qilinadi: ➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida; ➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga; ➡️ rektor nomiga yozma yoki OTMda mavjud elektron tizim orqali — bir davlat OTM ichida yo’nalish, fakultet, ta'lim shakli yoki tilini ko‘chirish. ☝️Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. Kerakli hujjatlar: ◾️ ariza (onlayn tarzda); ◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli); ◾️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun). @tdtu_talabalar_shaharchasi
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🟦🟦🟦🟦🟦 🗣Assalomu alaykum boshlangan kuningiz hayrli va barokatli boʻlsin . 🏆 ESLATMA 6 qadam❗ 🎗️1. Bugun boshlamadingmi demak 90 foiz holatda umuman boshlamaysan. 🎗️2. Buguning qanday oʻtsa, demak 90 foiz holatda qolgan umring shunday oʻtadi. 🎗️3. Bugun nimalar bilan band boʻlsang, demak 90 foiz holatda qolgan yillaringni shunday oʻtkazasan. 🎗️4. Bugun maqsading yoʻqmi, demak 90 foiz holatda maqsadsiz oʻtasan. 🎗️5. Bu ishonarsiz. Bu qoʻrqinchli. Bu haqiqat. Umr qanday uchib oʻtganini sezmaysan. 🎗️6. Bugundan maksimal foydalan. Bugun bilan yasha. Bugunni zabt et. Bu kun seniki. Yorqin kelajakni birgalikda quramiz! 🕊 Telegram    📱Instagram
إظهار الكل...
👍 1
Repost from Xushnudbek.uz
Hukumat tizimida bir qator tayinlovlar bo‘ldi, bular quyidagilar: ➖ Rafiqov Abduvaqqos Vohidovich Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisi; ➖ Axmedxadjayev Azim Israilovich Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi direktori; ➖ Umarov Olimjon Muhammadjonovich Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari; ➖ Tursunov Jamshid Yunusovich Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi; ➖ Abdurahmonov Amriddin Nasriddinovich Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari; ➖ Suvonqulov Ahmad Xudoyshukurovich «O‘zsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🟦🟦🟦🟦🟦 🗣Assalomu alaykum boshlangan kuningiz hayrli va barokatli boʻlsin . 🏆 ESLATMA HARAKATGA UNDOVCHI 4 SABAB❗ 🎗️1. Maqsadingizning natijasini tasavvur qiling. Uni yozing. 🎗️2. Agar kamchilik sezsangiz, maqsadingiz yo'lidagi harakatlaringizga o'zgartirishlar kiriting. 🎗️3. O'zingizni rag'batlantiring. Biror ishni qilib bo'lsam, mana shu narsani olaman deb va'da bering o'zingizga. 🎗️4. Agar erinchoqlik ustun bo'lsa, maqsadga erisha olmasangiz nima bo'lishini tasavvur qiling. Hozir erinsangiz, ertaga ortda qolasiz. Yorqin kelajakni birgalikda quramiz! 🕊 Telegram    📱Instagram
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Муҳандислик йўналишлари бўйича республика танлови ўтказилади. Биринчи ўринга электромобиль берилади Муҳандислик йўналишлари бўйича “Энг яхши ғоя”, “Энг яхши лойиҳа” ва “Энг яхши ихтиро” республика танлови ўтказилади. Батафсил 👉 https://yuz.uz/a/oz/102429 Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/102429 Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
إظهار الكل...
👍 2
04:53
Video unavailableShow in Telegram
📹 DADAM ICHISHNI TASHLADI Oʻzgartirishni oʻzingizdan boshlang! Harakat... Harakat... Harakat..........natija @tdtu_talabalar_shaharchasi
إظهار الكل...
DADAM ICHISHNI TASHLADI.mp448.51 MB
🔥 1👌 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.