cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

NEURA

@nematjon_rajabov

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
244
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+17 أيام
+130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Oʻzbek vs Nemis nuroniylar 2 ta xayoliy vaziyat misolida 🇺🇿Eshmat bobo va Sharopat bibi (Eshmat boboni darvozasini tashqarisidagi skameykadagi suhbat): - Eshmat, eshitdizmi, Gʻishmatni qizi ajralib kelibdi? - Ey, yomon boʻlibdida, ey bir balosi boʻlmasa ajralmasa kerak, gap qaytargan, erini qaynona/qaynota/qaynbirbalolarini xizmatini qilmagandirda. -Bilmasam, kecha falonchini toʻyida eshitdim. Ey bu falonchi zoʻr toʻy berdi, lekin artisni yaxshisini aytmabdida. -Ha, oʻzizda nima gaplar, yaxshimisiz, nevaralar yaxshimi? Ha bu katta nevarayiz farzandlik boʻldimi? - Yoʻq hali, xudo bir kun berar deb turibmizku, nasib qilar - Haa, uylanganiga binoyi vaqt boʻldi shekilli, shunga soʻradimda...(shu payt koʻchada bir qiz naushnikda 20 metr naridan oʻtib ketadi, balki podkast eshitayotgandir, balki til oʻrganayotgandir...) - Haa, chalpakcha, hozirgi yoshlani qarang, na salomni biladi, yana qulogʻiga birnima, balo bormi qiz bachaga, bulani yoshida biza koʻchaga chiqmasdik, blablabla qilardik... -Ey, zamon oʻzgardi, Sharopat bibi, mana shu Shermatni qizini har kuni koʻchada koʻraman, maktabgamiye, oʻqishgamiye qatnaydi, xudo biladi oʻqishga ketoptimi boshqa joygami, tovba xudo saqlasin. Ps. Bunga oʻxshash suhbatlar va hokazolarni juda koʻp eshitganman. Nafaqat qariyalardan, oʻrta yoshdagi odamlardan ham. 90% oʻzbek keksalariga xos boʻlgan suhbat. Balki adashayotgandirman. Ammo mavzu shu darajada ahmoqona. 🇩🇪Wolfgang bobo va Marion bibi: (poyezdda sayohatga chiqqanlaridagi suhbat): - Marion, ma gazetalarni olgin, oʻqib ketmoqchi boʻlganingni tanlaginda, qolganini menga ber, sumkaga solib qoʻyaman. - Poyezdda oʻqib ketishga yaxshi kitob tanlabsan. Buni oʻqiganman. Zoʻr asar. (Shu payt qoʻlida qizchasini koʻtargan bir erkak narigi vagonga oʻtish paytida qoqilib yiqilishiga sal qoladi) - Xayriyat, yiqilmadi bechora, tasavvur qil Wolfgang, yiqilsa nima boʻlardi, qizchasi bor axir qoʻlida! - Ha shoʻrlik zinani koʻrmay qoldi shekilli. -Poyezd bugun sal kechikib yuryapti shekilli. Orada 15 minut zoye ketadigan boʻldida. E xay, bilasanku har doim shu ahvol, qoʻy buni, ochkimni olay, nechinchi betga kelgandim... Ps. Xuddi shunaqa ikkita nuroniy bilan bugun poyezdda ketdim. Suhbatlari va undagi mazmun shunga juda yaqin edi😊. ✅ Oʻzimga qilgan xulosam: bizni maʼnaviyat va "buyuk ajdodlarimizdan qolgan" mentalitetimiz, urf-odatlar emas, ILM, maʼrifat qutqaradi. Yaxshi dam olinglar. Neʼmatjon Rajabov 24.02.2024 München
إظهار الكل...
NEURA

@nematjon_rajabov

🔥 21👍 3👏 3 2😢 1💯 1
Talabalar haqida 2 Avvalroq yozganimdek ishxonamga talabalar ishga kelib turishadi. Hozirgacha 8-10 tacha talaba bilan birga ishladik, suhbatlashdik. Ularning oʻzini tutishini, muomalasi va ishga nisbatan masʼuliyatini kuzatdim. Har doim shu xulosaga keldimki, bu talabalar afsuski bizning talabalardan koʻra ancha yetuk shaxsdek koʻrinadilar. Ular hatto bekor oʻtirgan vaqti ham telefon titkilashmaydi, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa trend mavzularni umuman bilishmasa ham kerak. Qiziqib biror savol bersam, bilganicha teran, jiddiy argumentlar bilan javob berishadi. Umuman oʻqishdan, darslarning qiyinligi va hokazolardan nolishmaydi, garchi tibbiyot universiteti bu yerda oʻzimizdagidan koʻra ancha talabchan boʻlsa ham. Oʻtgan hafta Myunxen texnika universitetining kutubxonasiga dars qilgani bordim. Oʻz-oʻzidan bizning Buxoro tibbiyot instituti kutubxonasi bilan solishtirishga tushib ketdim (hamma chetga chiqqan odamda bor solishtirish fenomeni😁). Bizning "kutubxona" institutning bir tiyinga qimmat tadbirlariyu majlislarini oʻtkazish joyi, diydor koʻrishish, oʻzaro gap sotish, qiz/yigit ovlash va tekin WiFi manbayidek tasavvur qoldirgan manda. Harqalay oʻzimizda ham chindan oʻqish uchun keladigan talabalar koʻp, lekin institutimiz kutubxonasida rosti dars qilib boʻlmasdi. Koʻp hollarda talabalarda eng elementar sukut saqlash, birovga xalal bermaslik madaniyati yoʻq edi. 5-6 ta kutubxonachining tomogʻi qirilardi iltimos jim boʻlinglar, birovga oʻqishiga xalaqit bermanglar deb. TUM kutubxonasi esa manda haqiqiy ziyo maskaniday taassurot qoldirdi. Kutubxonaga kirishim bilan qandaydir sergaklik jiddiylik muhitini his qildim. Kutubxona liq toʻla, lekin varaqqa yozayotgan ruchka tovushi eshitilarli darajada jimlik. Eng qizigʻi mandan hech kim kimsan, nega kiryapsan, formulyaring qani, deb soʻragani yoʻq. Chunki kutubxonada nazoratchining oʻzi yoʻq😁. Nega talabalar bilan gapni boshlab, kutubxonaga oʻtib ketdim? Chunki bu yerda talabalar chindan oʻqishadi! Tinmay oʻqishadi, kelib 10 minut dars qilib keyin dugona/joʻra bilan gap sotishmaydi! Bularni nimaga yozyapman, chunki manga tuyulishi boʻyicha biz har doim gapirib oʻrganib qolgan institutimiz qoloqligi muammosidan tashqari, talabalarimizning ham bilim olishda orqada ekanliklari manga ogʻir botadi. Koʻpchilik tibbiyot talabalari keraksiz narsalarga oʻralashib qolishgan. Haqiqiy ilmdan uzoqlashganmiz afsuski koʻpimiz. Oʻzim ham shunaqalardan biri edim afsuski. Xullas post oxirida nima demoqchiman: mani kuzatadigan postlarimga qiziqadigan talabalarning aksariyati rivojlangan mamlakatlarda shifokorlikka intilayotgan, harakat qilayotganlar deb hisoblaydigan boʻlsak, sizlarga doʻstona maslahatim — oʻqinglar qadrdonlar. Eng avvalo ingliz yoki nemis tilini, hech boʻlmasa rus tilini oʻrganib olinglar va chindan oʻqinglar. Sizni chet davlatda tayyor ish va maosh zoriqib kutib turgani yoʻq. Siz shunga oʻzingizni munosib darajaga olib chiqishga intilmas ekansiz, sizga bu yoʻl juda qiyin boʻladi. Xuddi hozir manga qiyin boʻlayotganidek. Neʼmatjon Rajabov 18.02.2024 München
إظهار الكل...
NEURA

@nematjon_rajabov

👍 22😢 6🔥 5 1
#repost Man ichimda oʻylab yurgan fikrlar va man sezayotgan hislarni ochiqroq, professionalroq va batafsilroq yoritib tashlash boʻyicha opaga teng keladigani yoʻq❤️ https://t.me/sarvinoz_omonova/1178
إظهار الكل...
Sarvinozdan chizgilar

Ertak tugaganidan soʻng 3-dunyo mamlakatlari va qoloq jamiyatlarda odamlar uchun eng jozibador orzular quyidagilar: shaxsiy biznesiga ega boʻlish va birovning qoʻl ostida ishlamaslik, chet elga emigratsiya qilish, sevgan insoni bilan munosabat/oila qurish. Bular amalga oshsa, ertaklarnikiday yakun kutib turadi goʻyo — baxtga yetish va qoʻsha qarish. Unchalik romantik boʻlmagan shunaqa holatlarni ham bunga misol qilish mumkin: baxtsiz turmushdan ajrashish, ogʻir munosabatlarni yakunlash, universitetni bitirish, ota-onadan separatsiya boʻlish, pensiyaga chiqish. Bular yuz bersa, cheksiz ozodlik havosini simirib, dunyodagi eng baxtli odamga aylanish tayin tuyuladi. Film va seriallarimizda buni koʻp koʻramiz: ikki yoshning birga boʻlishiga oilalari rozi boʻlmaydi, oʻzi xohlagan sohada oʻqimoqchi boʻlgan farzandiga ota-ona qarshilik qiladi va hokazo. Butun drama — odamlar oʻrtasidagi ziddiyatlardan oziqlanadi. Bu ziddiyatlar tugasa, ssenariy ham yakun topadi. Daryoning narigi tarafida susambil borligi gʻoyasi daryodan…

🔥 3👏 3👍 2 1
00:17
Video unavailableShow in Telegram
Yon tomonga tavoze bilan (😆) egilib yoʻlovchiga bagʻrini ochayotgan yoqimtoy avtobus 🤗. Video muallifi: @OZuhriddin 😊
إظهار الكل...
6.37 MB
🔥 14 4🤯 3 3👍 1😢 1
Transport tizimi. 2-qism: Avtobuslar. Endi transport haqida gap ketganda, man yashab turgan Münchenni aytmay qoʻyaqolay. Yuqorida sanab oʻtgan transport turlarim bor-ku, shularning hammasi borligiga qoʻshimcha ravishda, bu yerda avtobuslar ham harakatlanadi. Va bu avtobuslar bekatda toʻxtaganda yon tomonlama bekat tomonga egilib, yoʻlovchi chiqishi uchun qulay vaziyatga oʻtadi🤯. Balki man qishloqilik qilib bu narsani birinchi marta koʻrib boʻrttirayotgandirman, ammo rosti qoyil qolmasdan iloj yoʻq. Avtobuslar bekatga 1 minut ham kechikmay keladi. Va eng qiziq joyi bu yerda jahlni chiqaradigan konduktor yoʻq😮. Hammasi elektronlashtirilgan, har bitta avtobusda bankomatga oʻxshagan chipta sotib olish qurilmasi ishlab turadi. Xuddi manga oʻxshab Buxorodagi tiqilinch, haydovchisi va konduktori asabiy avtobuslarni koʻrgan doʻstlarimga yana bir (yigʻlatadigan🙊) yangilik: bu 49€ lik chipta avtobus uchun ham amal qiladi. Tasavvur qil, uka. 6-mikrorayondan Karvonga, yappa-yangi institut tomonga yuradigan avtobusga chiqding. Odam kam, top-toza ozoda avtobus, probka deb oʻtirmasdan yoʻldagi maxsus avtobus yoʻlagida sani 1 minut kechikmay oborib qoʻydi. Va bilasanmi keyin nima qilding? Shundoqqina avtobusdan chiqib ketvording. 49€ lik chiptang sogʻ boʻlsin😃 Tutu tutut, tutu tutut, ana budilnik ham chalvordi, turaqol, bu tush edi, vaqtli turib kissangda 50 ming soʻmlikdan boshqa mayda qolmagani esdan chiqqan holda probkada imillaydigan tiqilinch avtobusga shoshilishing kerak. (Uzr soʻrayman, oʻzimni talabaligim esimga tushib ketdi😆) Post boshida München haqida gap ketganda yana bir narsani aytishim kerakki, man shaxsan uyimdan ishxonamga kamida 10 xil alternativ yoʻl bilan bora olaman. Chunki bu shaharda tepadagi hamma poyezdlardan tashqari metro, tramvay va avtobuslar ham soatdek bexato yuradi. Xullas gapirsa gap koʻp. Qadrdon ukalar, talaba mediklar. Sizlar mana shunaqa sharoitda yashab shuncha narsaga chidab yana oʻqishga izlanishga intilayotganlar hisoblanasiz. Oʻzingizga ishonchni yoʻqotmang va gazini bosing. Shunda bunaqa komfortlar sizga oddiy kundalik qulaylik boʻlib qoladi. Xuddi hozir mendagi kabi😊. UPD: har bir avtobus oʻrindigʻida haydovchiga "bekatda toʻxta" chaqirigʻini beradigan tugmalar boʻladi. Eng qizigʻi bu tugmalarning nogironlar uchun va kolyaskali ona-bola uchun maxsus turi ham bor. Avtobus haydovchisi bekatda tushib qolmoqchi boʻlgan yoʻlovchining qanday egilish darajasiga muhtojligini shu tugmalar asosida biladi. Fantastika, toʻgʻrimi? PS. Suratda kamina bir avtobus bekati oldida. Bekatdagi tabloda keyingi qaysi avtobuslar necha minutda kelishi yozib qoʻyilgan. Neʼmatjon Rajabov 04.01.2024 München
إظهار الكل...

👍 9🔥 5
Transport tizimi. 1-qism: Poyezdlar. Germaniyaning manga yoqqan jihatlaridan biri ham aynan shu transport tizimi. Eng avvalo shuni aytish kerakki, jamoat transporti 7 kun 24 soat ishlaydi😍. 24 soat, Karl, yarim tunda ham xohlagan joyga arzongina transportda bora olasan🤯. Bu yerda ayniqsa poyezdlar tarmogʻi juda rivojlanib ketgan ekan. Buni shundan bilsak boʻladiki, poyezdlarning turlari koʻp. Masalan: ✓ shaharlararo yuqori tezlikdagi poyezdlar (IC, ICE=Intercity Express Zug), ✓ regional tezkor poyezdlar (Regional-Express Zug), ✓ regional poyezdlar (Regiobahn) ✓ maʼlum bir shahar va uning atrofida harakatlanuvchi shahar tezkor poyezdi Stadtschnellbahn (S-Bahn) ✓ tramvay (Tram/Straßenbahn) ✓ metro ya'ni Untergrundbahn (U-Bahn) Albatta metro va tramvay faqat katta shaharlarda, ikkalasidan bittasi biroz kichikroq shaharlarda yuradi. Qolgan turdagi poyezdlarning hammasi Germaniyaning juda koʻp hududlarini zich qamrab olgan relslarda yuradi. Eʼtibor bergan boʻlsangiz, deyarli hammasining nomida "tez" soʻzini ishlatdim😁. Chunki ular anchagina tez (kamida soatiga 120-130 km), aksariyat hollarda 1 minut ham rejadan adashmay yuradi. Internetda tez-tez poyezdlar kechikishini meme (rasm asosida hajviy tanqid) qilishadi. Bunda Germaniya temiryoʻl xizmati (Deutsche Bahn) nishonga olinadi😁. Chunki chindan baʼzida poyezd kechikib ketadi yoki oʻsha yoʻnalishda yurmay qoʻyadi. Koʻpincha ob-havo sabab yoki mashinist xodimlar yetishmasligi yoki ularning ish tashlash qilishi hisobiga. Ammo hurmatli Oʻzbekistonlik doʻstlarim, tasavvur qiling. Aytaylik misol uchun siz Gʻijduvon tumanining Gajdumak qishlogʻida turasiz. Sizning qishloqqa qoʻshni har bir qishloqda poyezd bekati bor va ularning hammasi Gʻijduvonga, Qiziltepaga, Navoiyga Vobkentga va Buxoroga... ketadigan temiryoʻllar bilan toʻr kabi bogʻlanib ketgan. Siz Gajdumakdan Buxorogacha soatiga kamida 120 km yuradigan poyezdda borib kelarmidingiz? Albatta-da. Endi uyqudan uygʻonib yuz-qoʻllarni yuvamiz va bu tushni taxminan 50 yilga esdan chiqaramiz🙊😁. Xuddi mana shu misoldagi vaziyatni man hozir Germaniyada koʻryapman. Bu tizimning yana bir yoqimli jihati shuki, agar siz oyiga 49€ turadigan chipta (Deutschlandticket) xarid qilsangiz, mana shularning koʻpchiligidan (IC va ICE Zug lar istisno) bir oy davomida cheksiz marta tekinga foydalana olasiz. Shaxsan oʻzim bir safar 700 km uzoqlikdagi boshqa bir shaharga mutlaqo tekinga bordim :). Yanada qiziq tomonini keyingi postda, abtobuslar haqida yozganda aytib beraman😉. Neʼmatjon Rajabov 04.01.2024 München
إظهار الكل...
🔥 12👍 8 2
Talabalar haqida Men ishlayotgan Praxisda tibbiyot universiteti talabalari ham ishlaydi. Ular Minijob (oʻzimizning tilda 0.25 stavka😁) qilishadi. Oyiga 2 yoki 3 kun peshingacha kelib xuddi manga oʻxshab MFA boʻlib ishlab ketishadi. 1 oy davomida taxminan 7-8 tacha talaba bilan birga ishlab ancha suhbatlashdim. Bizning Praxis Münchenda joylashgani sababli bizga shu shaharda joylashgan Germaniyaning anchagina nufuzli universitetlari (Technische Universität München, Ludwig Maximilian Universität München) tibbiyot fakulteti talabalari kelishadi. Bu yerda hozir dunyoning rivojlangan davlati (Germaniya) talabalari bilan 3-dunyo mamlakati (Oʻzbekiston) talabalarini solishtirib kimnidir yuqori, kimnidir past oʻrinda koʻrmoqchimasman. Lekin shunchaki oʻzimdagi taassurotni sizlar bilan boʻlishgim keldi. Oʻzim kutganimdek chindan ham bu talabalarning saviyasi ancha yuqori ekan. Ular ingliz tilida bemalol gaplashishadi. Ishga jiddiy va masʼuliyat bilan qarashadi. Oʻzaro muloqotda oʻzini kamtar va samimiy tutadi, kibr yoki odamovilik sezmaydi odam bu talabalar bilan gaplashganda. Oʻzini tutishidan anchagina yetuklik sezasan kishi. Oʻzimning 2-3-kurs vaqtimni solishtirsam bularga nisbatan ancha gʻoʻr, noʻnoqroq va karaxtroq boʻlgan ekanman degan fikr miyaga keladi😁. Albatta ular yaxshi sharoitda oʻsib ulgʻaygan, bogʻchadanoq yaxshiroq taʼlim olgan, koʻplab oʻzbek talabalaridan koʻra yaxshiroq qoʻllab quvvatlov olishgan. Xullas yaxshi taʼlim olgan talabalar qanday boʻladi deganda shularni misol qilib koʻrsata olaman. Bu aslida shunchaki oʻzimdagi taassurotni boʻlishish boʻlsa ham, bir narsani oʻzimizning talabalarga aytib oʻtishim kerak. Modomiki chet davlatda mutaxassis boʻlishni niyat qilgan ekansiz, bu yerda ingliz tilini bilganingiz yoki oʻzimizni institutlar mezoni asosida aʼlo oʻqiganingiz bilangina maqtana olmaysiz. Jiddiy raqobatga tayyor boʻlishni oʻzingizga maqsad qoʻysangiz, zarar qilmaydi😊. Ammo oʻzingizga ishonchni yoʻqotmang. Odam qilgan ishni odam qiladi. Shunday samarasiz oliy taʼlimda oʻqib ham oʻz ustida ishlab tillarni oʻrganayotgan talabalarga esa barakalla deyman. Siz toʻgʻri yoʻldasiz, boʻshashmang✊ Sizni ayovsiz raqiblar kutmoqda 😈. PS. Motivatsion training ochib pul qilsam boʻlarkan ha😆 Neʼmatjon Rajabov 03.01.2024 München
إظهار الكل...
NEURA

@nematjon_rajabov

🔥 24 7😁 7👍 3🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Austria Kechasi 2-3 soatlab paqa-paq tinmadi. Germaniya va Avstriyada yangi yil kechasi nihoyatda ko'p salyut otiladi. Yil bo'yi yiqqan-terganini salyutga sarflaydimi, nima balo. Nafaqat markazda, balki barcha ko'chalar, uylar atrofida sanoqsiz salyut otiladi. Rasm internetdan olindi. Kechasi salyut tomoshasiga chiqish uchun qarilik qilarkanmiz😆
إظهار الكل...
👍 12😁 6
Yangi yil arafasidagi tungi München. Aytgancha, bizda hali 2023-yil🤠
إظهار الكل...
👍 20
Ishim haqida Man Myunxendagi xususiy oilaviy/terapevt shifokorlar punktida (Praxis für Allgemeinmedizin und Innere Medizin) tibbiy yordamchi xodim (Medizinischer Fachangestellter=medical assistant) boʻlib ishlayman. Oʻzbekistonda bu kasbning aniq alternativi yoʻq. Oʻrta tibbiyot xodimi desak boʻladi. Yana mana bu yerda bu kasb haqida yaxshi yoritishibdi. Bizning Praxis da MFA lar ishi 3 ta guruhga taqsimlab berilgan. 1. Labor (laboratoriya va muolaja ishlari) 2. Anmeldung (bemorlarni qabul qilish, roʻyxatga olish, shifokor qabuliga navbat belgilash va boshqa Praxis menejmenti ishlari) 3. Springer (shu ikkala boʻlimda ehtiyojga koʻra almashib oʻtib turib ishlaydigan xodim) Man Labor boʻlimida ishlayman. Man qiladigan ishlar: ✓ Bemordan laborator tahlillar uchun qon olish ✓ Vaksina qilish ✓ Qon bosimini oʻlchash ✓ EKG qilish ✓ 24 soatlik qon bosimi apparatini bemorga qoʻyish/olish ✓ 24 soatlik EKG apparatini bemorga qoʻyish/olish ✓ Vitamin preparatlarini inyeksiya qilish ✓ Antibiotik va temir preparatlarini infuziya qilish ✓ Spirometriya tekshiruvini oʻtkazish ✓ Peshobdan tayoqchali test olish (Urinteststreifen) ✓ Va shu ishlarning hammasini bemorlarning online kasallik tarixiga qayd etish Bu ambulator tibbiy punkt boʻlgani uchun bemorlar faqat shifokor bilan maslahatlashib mayda muolajalar olib ketadi. Shuning uchun bu yerda hamshiralar emas MFAlar ishlaydi. Ishning asosiy va muhim qismi bu har bir qilingan tibbiy xizmatni qonuniy tartibda bemorlar maʼlumotlar bazasiga qayd etish hisoblanadi. Hamkasblardan soʻrasam, bizning Praxis sharoitlari va texnologiyalari nisbatan eski deyishadi. Ammo harqalay Oʻzbekistonda man koʻrgan kichik tibbiy punktlar bilan solishtirsa bu yerda ishlash juda xavfsiz, qulay va samarali. Ishlatiladigan bir martalik tibbiy vositalar ishni ancha osonlashtiradi. Oʻzimga yoqdimi ishim? Ha va yoʻq😁. Ha deyishimga sabab, hamkasblar nihoyatda xushmuomala, yordamga tayyor va juda ham kamtar insonlar. 1-kuni bir shifokor opani oʻzini tutishidan MFA deb oʻylabman 😁 (Oʻzbekistonda tabaqalangan munosabatni koʻrib oʻrganganim taʼsiri shekilli 🤦🏻‍♂). Yoʻq deyishimga sabab esa bu mani maʼlum nuqtagacha oʻsib keyin qotib qolishimga olib keluvchi ish hisoblanadi. Bu ishda uzoq qolib boʻlmaydi va qolmoqchi ham emasman. Xullas shunaqa gaplar. Ishim jismonan qiyin emas ammo boshqa tilda fikrlash, gaplashish va bemor bilan doimiy jilmayib xushmuomala munosabatda boʻlish odamdan har qanday vaziyatda oʻzini bitta qiyofaga solib ishlashga majbur qiladi va kun oxirida odam aqliy charchab qoladi. Shu tomonini aytmasak, hozircha hammasi joyida. Keyingi postlarda koʻrishguncha. PS1. Rasmda ishga kelib ketishimni roʻyxatga oladigan shaxsiy chip. PS2. Nemischa qismini yozmaydigan boʻldim. Ham postlar uzun boʻlib ketadi, ham koʻp vaqt olar ekan, ham Google mandan yaxshiroq tarjima qilyapti🥲. Oʻzim uchun tarjima qilib oʻrganib qoʻya qolaman, sizlarni bezovta qilmay😄. Neʼmatjon Rajabov 26.12.2023 Mönchengladbach
إظهار الكل...

👍 21 4
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.