cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Panda Books

Books & Book Reviews Zamonaviy mutolaa repertuari Donat uchun: https://tirikchilik.uz/PandaBooks YouTube: tiny.cc/ytpb Insta: instagram.com/pandabooksuz Reklama: @pandapochtabot

إظهار المزيد
Uzbekistan11 050لم يتم تحديد اللغةالكتب4 261
مشاركات الإعلانات
5 998
المشتركون
-1924 ساعات
-707 أيام
-14130 أيام
توزيع وقت النشر

جاري تحميل البيانات...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
تحليل النشر
المشاركاتالمشاهدات
الأسهم
ديناميات المشاهدات
01
Hozir qaysi asar(lar) mutolaasi bilan bandsiz? @panda_books
5540Loading...
02
Manipulyatsiya va SSSRdagi "Panorama effekti" haqida. @panda_books
1 0108Loading...
03
#iqtibos "Narkom (Xalq komissari o'sha paytda Timoshenko) menga I.V.Stalinga qo'ng'iroq qilishni buyurdi. Men qo'ng'iroq qilyapman. Telefonga hech kim javob bermaydi. Men uzluksiz qo'ng'iroq qilaverdim. Nihoyat, navbatchi qorovul generalining uyqusiragan ovozini eshitaman. "-Kim gapiryapti?" "-Bosh shtab boshlig'i Jukov. Meni zudlik bilan o'rtoq Stalin bilan bog'lang!" "-Nima? Hozirmi? - xavfsizlik boshlig'i hayratda qoldi. - O'rtoq Stalin uxlab yotibdi" "- Darhol uyg'oting, nemislar shaharlarimizni bombardimon qilmoqda!". — Marshal G.K. Jukovning "Xotiralar"idan 1941-yil 22-iyun soat tonggi 3 da bo'lib o'tgan ushbu voqea keyinchalik butun insoniyat tarixiga o'chmas iz bo'lib kiradigan urushni debochasi edi. @panda_books
1 0811Loading...
04
Harbiy jinoyatlar tergovchisi va stendap. Telba-teskari dunyoda yashayapmiz😢 @panda_books
1 1609Loading...
05
Словно сошла ко мне с ясного неба Стала оберегом, Альфа Омега Вышла на гору одна из ковчега Чернобровая, сама белее снега @pandas_playlist
1 1894Loading...
06
Times New Roman🔥
1 2220Loading...
07
Har kuni yozishni sevadigan insonlar uchun matndan kelib chiqib tanlangan shriftlar uning mazmunini yaxshi anglatishda muhim omil hisoblanadi. Tasavvur qiling, mashhur shriftlar inson bo'lganida, ularning look'i qanday bo'lardi? Qaysi shrift yoqdi? @panda_books
1 2209Loading...
08
#tavsiya Zamonaviy xalqaro siyosatga qiziqadiganlar uchun — Anna Arutyunyan va Mark Galeotti tomonidan uzoq kutilgan kitob "Qulash" (Downfall) nashrdan chiqibdi. Unda "Vagner CHVK" rahbari Yevgeniy Prigojin to'liq tarjimai holi keltirilgan. Kitob nomi va muqovadagi Putinning tasviri ko'p narsaga ishora qiladi, albatta:) Xullas, Rossiyaning siyosiy hayoti haqida ingliz tilida. Qiziqqanlar uchun. @panda_books
1 2043Loading...
09
Oramizda tarix, etnografiya va sotsiologiya qiziquvchilar ko'p deb o'ylayman. Sizlar uchun bu sohalarga oid qiziqarli postlar joylab boradigan kanal — "Piramid"ni tavsiya qilmoqchiman. Bu kanalda siz: 🛋 Tarix 🌐 Siyosat 🗺 Geografiya 🎥 Kino 🎧 Musiqa 🍷Adabiyot 📚 Kitoblar 🎨 Suratlarda aks etgan tarix 📝 Atamalarga oid ko'plab foydali va manfaatli ma'lumotlarni olishingiz mumkin. Kanalga a'zo bo'ling👇 https://t.me/PiramidaScience
1 27510Loading...
10
#haqida Paradoks Insonlar bir vaqtning o'zlari erkin bo'lishni, ammo shu bilan birga boshqa insonlarni nazorat qilishni istashadi. @panda_books
1 26916Loading...
11
Lyu Sizinning yana bir romani "Chumolilar va dinozavrlar haqida". Taqrizlari yaxshiykan. Nima qilsam ekan, bu yozuvchining yozganlari yoqib qoldi yoki bu yilga yetarlimikan bitta trilogiyasi? @panda_books
1 2991Loading...
12
#newbook #yangikitob Anchadan beri olishni o'ylab yurgan kitobimni Hayitdagi Asaxiy chegirmasi bahona xarid qildim. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf – "Baxtiyor oila". @panda_books
1 1911Loading...
13
Ekoaktivistlar insoniyat sivilizatsiyasi tarixidagi eng mashhur va 5 ming yillik tarixga ega yodgorliklardan biri - Stounheyjgayam yetib borishibdi. Bu varvarlar nimaga zamonaviy san'atga yopishmaydi a? Nega Zamonamiz rassomlari yoki illustratsiyalariga tegmaydi? Faqat butun insoniyat tarixiy meroslariga zarar bermoqchi bo'ladi? @panda_books
1 2351Loading...
14
Make Orwell Great Again! @panda_books
1 4802Loading...
15
Khmm🧐
1 3761Loading...
16
​​#haqida Lakoniya Rua tilida "лаконичность" degan atama bor. O'zbek tiliga "qisqalik, lo'ndalik" deb tarjima qilinadi. Bu so'zning kelib chiqishi esa Qadimgi Yunoniston Lakoniya viloyatiga borib taqaladi. Uning aholisi o'zlarining qisqa va lo'nda gapirishlari bilan tanilishgan. Lakoniyada joylashgan eng mashhur va kuchli davlat esa Sparta edi. Yoshlikda spartaliklarni qisqa va aniq javob berishga o'rgatishardi. Bunga yaqqol misol makedonlar shohi Filipp II bilan bog'liq. U Spartaga yo'llgan xatida shunday deydi: "Sizlarga taslim bo'lishni maslahat beraman, chunki agar mening qo'shinim yerlaringizga kirgudek bo'lsa, bog'laringizni vayron qilaman, odamlaringizni qul qilib, shaharlaringizni qulataman!" Spartaliklar bunga qisqacha javob berishadi: "Agar." @panda_books
2 12928Loading...
17
#haqida Stagnatsiya Endi bemalol "San'at butunlay bir joyda qotib qoldi" desa bo'ladi. Mana 2 yildan beri 80-90-yillar modasidan boshqa yangilik yo'q. Oxiri o'zini "kreativ ijodkor" deb biladigan Lola ham Hamdam bn kollab qilibdi. Yana kim qoldi o'zi bunaqa qilmagan? @boredpandablog
1 7124Loading...
18
Qurbon hayiti barchangizga muborak bo'lsin! @panda_books
2 01612Loading...
19
#news "Asaxiy Books" nashriyoti rahbari Firuz aka Allaev narx va chegirma siyosatini oʻzgartirishga qaror qilganini ma'lum qildi. "Endi “Asaxiy Books”da yangi kitob 20-30 foiz arzonroq narxda chiqadi va chegirma narxda dastlabki ikki oy sotiladi. Undan keyingina kitob oldindan koʻzlangan, moliyaviy stabillik narxiga chiqariladi. Shunda kitobning haqiqiy muxlislari uni hammadan arzon olishadi. Oldinda bizni yaxshi kitoblar kutmoqda. Keladigan haftada ham ajoyib premyera bor. Oʻtkazib yubormang", - deyiladi xabarda. @panda_books
2 0783Loading...
20
Talabalari eng ko'p chet elda o'qiydigan mamlakatlar ro'yxati. Biz kuchli beshlikda ekanmiz. Umid qilamanki, yaqin yillarda bu ijobiy tendensiya faqat va faqat rivojlanadi. @panda_books
2 59913Loading...
21
#reading Kitob qilib chop etilmasa-da, qidirib topib o'qiladigan qissalar bo'lgan bizda oldin. Demak, shulardan birini boshlaymiz. @panda_books
1 9526Loading...
22
Yaxshi savol. Keling, javob berishga harakat qilaman: "Yo'q, qavatlarni almashtirishni imkoni yo'q. 1-qavatlik boshida aynan shunday so'raydi: "Qavatni almashtirish imkoni bormi?". Unga 1milliard von degan javob keladi. Ammo bu qaysi qavatniki ekanligini aytilmaydi. Shuning uchun 1-qavatlik aytganizdek 1mlrd vongacha o'ynayman deydi. To'g'ri. Lekin o'yin oxirida u 1mlrd vonga faqat o'zini xonasini sotib ololadi xolos. Ularga preyskurant jo'natishgan sahnani eslang. Uyog'i narxlar Fibonachchi ketma ketligida ketaveradi. 8-qavatni sotib olish uchun 1-qavatdagi 340 mlrd von ishlab topishi kerak edi. Xulosa shuki, ha qavatni alishtirishni imkoni bor. Ammo reallikda har qavatning narxlari tufayli buni iloji yo'q bo'lib chiqadi. Oxirida 1-qavatlik bekordan bekorga qiynalib topgan 1mlrd vonini yo'qotgani qoladi." @panda_books
2 2475Loading...
23
Allohga beadad shukrki, bugun o'zi ikkinchi bor otalik baxtiga muyassar ayladi.
2 1153Loading...
24
​​#review #pandametric "The 8 Show", (2024) Koreys doramalari yildan-yilga yaxshiroq. Netflixdagi ushbu yangi dorama ham shular jumlasidan. Serial ekshn bilan birga art-haus stilida suratga olingani, vintaj va teatr atributlaridan foydalangani unga o'ta o'zgacha atmosfera beradi. Rejissor Shekspirning "Butu dunyo sahna, undagi odamlar aktyorlardir" degan g'oyani serialga to'la singdira olgan. Qarzga botgan 8 nafar kishiga yopiq majmuada pul ishlab topish taklif etiladi. Klassika. Kalmar o'yini kabi. Faqat undan farqli o'laroq, hech nima qilish shart emas, hududni tark etishmasa bo'ldi. O'yinga kirishdan oldin 8 ta raqamdan birini tanlash lozim. Keyin ma'lum bo'ladiki, raqamlar bu qavatlarni bildiradi. Har bir o'tkazilgan daqiqa uchun pul beriladi, ammo kim qaysi qavatda yashasa, o'shanga qarab daromad topadi. Farq esa katta: 1-qavat daqiqasiga 10,000 von topsa, 8-qavat 340,000 von topadi. Barcha oldiniga bir sutka chidasak bo'ldi deb o'ylaydi. Ammo keyinchalik taymer kamayish o'rniga ko'payib boradi. Bora-bora ishtirokchilar ularga bu yerda qanchalik ko'p tomoshabop qiliq qilishsa, koʻproq vaqt berishlarini tushunib yetishadi. Vaqt esa - pul degani. Pastki qavatdagilar tabiiyki, shu yerda ko'proq qolib pul topishga harakat qilishadi. Lekin bu osonmas, chunki ehtiyojlar uchun narsalarga pul sarflash kerak. Buni ikki yo'li bor: yo har kim o'z xonasida topgan pulidan xojatdan tortib boshqa buyumlargacha sotib olishi kerak, yoki maydonchadagi "Umumiy vaqt"dan sotib olish mumkin. Yuqori qavatdagilar esa "Umumiy pul"dan o'zlarini kayf-safosi uchun sarflash boshlashadi. Ijtimoiy tengsizlik va iyerarxiya boshlanadi. Yuqori qavatdagilar jazodan qochib, o'yinni faqat pastki qatlam "jazoga tortiladigan" qilib tuzishadi. Hammasi borgan sari, yovuzlashib, shafqatsizlashib boradi. Yuqori qavatdagilar psixologik, jismoniy qiynoqlarning eng ashaddiylarini qo'llashadi, pastdagilarni suvsiz-ovqatsiz qoldirashadi. Qahramonlardan biri bunga juda to'g'ri ta'rif beradi. "Qachonki sen mazlum bo'lishga odatlanarkansan va hozirgidek butkul taslim bo'larkansan, oxir-oqibat bunga tan berasan. Qachonki kunma-kun pul va vaqt uchun azob, ter va qoningni to'karkansan, har kuni senga azob berishlariga chidarkansan, buni normal deb qabul qilishni boshlaysan". Doramani tezda tugatib qo'yish mumkin. Uni "vau, ideal deyolmayman" lekin undan olsa bo'ladigan juda muhim messejlar bor. Serialdagi har bir insonni maqsadi – yuqoriroq qavatga ko'tarilish. Eng quyidan chiqib, xuddi 8-raqamdagi oyimchaga o'xshab, yuqori qavatda yashash, juda ko'p pulga ega bo'lish.. Sizga hech nimani eslatmayaptimi? Ammo qissadan hissa shuki: qavatlarni alishtirishni iloji yo'q. Chunki dastlab raqam tanlab bo'lingan, siz hech narsani o'zgartira olmaysiz. Buni o'zgartirishga urinishlaringiz hech qanday naf yo'q. Qanaqa oilada, qanday sharoitda tug'ilganing, kelib chiqishing, ta'lim darajang sifati va boshqalar hayotda katta rol o'ynaydi. Yuqoriroq qavatga ko'tarilish, "ijtimoiy lift" (bekorda serialda lift emas, zina qo'yilmagan) yoki o'ylaganingdan ko'proq topish - bu illuziya, sarob. Kapitalistik tizimning shirin aldovi. Aslida allaqachon shu teatrda yashayapmiz. Arzimagan pul va vaqt uchun siz bilan istagan tomoshasini qilishlari mumkin. Tafakkur qiling. Ildiziga e'tibor bersangiz, ko'p narsani tushunib olasiz. Serial aynan biz haqimizda, ayni damda yashayotgan jamiyatimiz haqida. Panda tavsiya qiladi. Panda Metric - 8.5 🍊 /10 🍊 @boredpandablog
2 23620Loading...
25
Panda Books reklama ortidan quvmasin desanglar, https://tirikchilik.uz/PandaBooks Donat qilishlaringiz mumkin:) @panda_books
2 0251Loading...
26
Bizayam hali kuchayib ketarmiza:) @panda_books
2 4866Loading...
27
Kitobni o'qib bo'lib, o'z-o'zimga "yulduzli osmonni eng go'zal tarzda tasvirlash mumkin?" degan savolni berdim. Va buni 1889-yildayoq Sent-Remi-de-Provensdagi ruhiy kasalxonasida yotgan bitta rassom allaqachon amalga oshirgani haqida o'yladim. U osmonga boqqan va xuddi sehrgardek uning yashirin sirlaridan voqif bo'lgandek.. Nihoyatda go'zal. @panda_books
2 06310Loading...
28
​​#review #taqriz 📗Lyu Sizin – "Death's End" Nihoyat, "Uch jism masalasi" trilogiyasini tugatdim. Bu yil ilmiy-fantastikaga bunchalik kirib ketaman deb o'ylamagandim, ammo trilogiyaning 1-qismidagi ilm-u fan va o'zga sayyoraliklar bilan bog'liq voqealar rivoji meni nihoyatda qiziqtirib qo'ygan edi. Uchinchi, yakuniy qismda, muallif ikkinchi kitobdagidan farqli o'laroq sarguzasht voqealarni emas, balki ko'proq falsafiy qarashlarini ilgari suradi. Shuningdek, syujetdagi makon va zamonlar shunchalik tez o'zgaraverganidan, bo'layotgan voqealarni anglab olish ham o'quvchiga oson kechmaydi. Butun kitob - bizga o'zga sayyoraliklardan to'g'ridan-to'g'ri olingan, ammo xavfsizlik nuqtayi nazaridan ertak ko'rinishidagi 3 ta hikoya atrofiga qurilgan deyish mumkin. Agar asar qahramonlari, dunyoning eng aqlli boshlari, shu ertaklar orasida yashiringan sir-sinoatlarni topa olishsa, balki Koinotning eng maxfiy sirlarini anglashlari va shu orqali Yer va uning aholisini kutayotgan muqarrar halokatdan qutulib qolishlari mumkin bo'ladi. Bir so'z bilan aytganda, unda insoniyatning keyingi 400 yil mobaynidagi kelajagi shu oddiy ertaklarga bog'liq bo'ladi. Aslida ushbu asar ilmiy-fantastik janrda bo'lsa ham,muallif real voqeliklar - insonlarning qiyin vaziyatlarda o'zini tutishi, o'zaro tinchlik va umumiy maqsad yo'lida qanday harakat qilishi kabi mavzularni ko'taradi. Biz hali Sayyora manfaatlari uchun birlasha oladigan paytga yetib keldikmi? Shu savolga javob izlanadi. Shuningdek, kitobni o'qib bo'lib o'ylab qoldim. Negadir aksariyat kinofilmlarda o'zga sayyoraliklar ko'pincha qandaydir sodda, yoqimtoy yoki bizga do'st bo'ladigan xilqat sifatida tasavvur etiladi. Xo'sh, qaysi hisobga ko'ra, biz boshqa olamlarni xuddi o'z shahzodasini kutayotgan bokira qiz sifatida ko'ramiz? Muallif Galaktikalarda boshqa mavjudotlar, agar ular bor bo'lsa, birinchi navbatda bizga nisbatan tahdid sifatida qarashlarini aytadi. Chunki Koinot bu aslo serquyosh va jannatmakon joy emas, u juda xavfli va shafqatsizdir. Shu nuqtai nazardan ham sci-fi menga manzur bo'ldi. Umuman, zamonaviy xitoy adabiyoti biz o'ylaganimizdan ko'ra, boyroq va qiziqarliroq ekanligiga amin bo'ldim. Bemalol, Sharq adabiyotini xalqaro darajadagi romanlarga ega deyishimiz mumkin. Ilmiy-fantastika muxlislari uchun Must read kitob! @panda_books
2 08614Loading...
29
#haqida Sevgi shartnomasi Ko'pchilik bilsa kerak, odatda ikki yosh turmush qurishidan oldin ular o'rtasida nikoh shartnomasi imzolanadi. Bu odatda mol-mulk yoki moddiy mablag'lar taqsimoti bilan bog'liq bo'ladi. Yaqinda yana bir zamonaviy tendensiya haqida o'qib qoldim. Bizga endi kirib kelayotgan Marry Me'lar G'arbda trenddan qolib, endi "Love Contract" degan qoida urfga kirayapti. Odatdagidek, buni mashhurlar boshlab berishdi. Yaqinda bir mashhur futbolchi supermodel bilan turmush qurdi. Ular o'rtasida "Love contract" tuzilgan va unga ko'ra, supermodel eri bilan har kuni jinsiy aloqa qilishi shart. Hatto bir kun bo'lmasa ham, yuridik hujjat tufayli jarimaga tortiladi. Xullas, nimaligini tushindingiz. Yaqinda yana bir yosh sportchi ham 17 yoshida uylandi. U ham modelga. Aytishlaricha, model xotin "shartnomada" erining boshqa qizlarning rasmlariga layk bosishni taqiqlagan. Shuningdek, xotiniga har kuni "Seni sevaman, jonginam" deb aytishi shart ekan. Har kuni! Qanday sharoitda bo'lishidan qat'i nazar. Hammasi notariusdan tasdiqlangan, imzo chekilgan. Erta uylanish - doimo ham yutuq degani emas. Ba'zi yigitlar tezroq oila masalasini bir yoqli qilib, ko'proq karyera qilish va ishga e'tibor qaratish uchun erta turmush quradi. Afsuski, hamishayam bu muvaffaqiyatli bo'lib chiqavermaydi. Qizlarni ham tushunish mumkin, hamma o'ziga vafoli yor istashi tabiiy. Lekin oldinlari bularning hammasi "Yigit so'zi" orqali bitar edi. Yigitlarda or, qizlarda vafo.. To'g'ri, ko'rinishidan beozor va prikolno narsalar, lekin bunday tendensiyalar bizga juda tez va ashaddiy shakllarda kirib kelishini inobatga olsak, yaqin vaqtlarda instagramda shunaqa voqealarni uchratsak ajablanmayman. Har holda, jamiyatdayam allaqachon "To'ydan keyin choyxonani unutasiz, do'stlariz bilan Cs"go bormaysiz" kabi talablar yangilik bo'lmay qolgan. Xullas, bo'ydoq yigitlar birlashingiz! Haq-huquqlaringiz uchun kurashishlaringga to'g'ri kelishi mumkin:) @boredpandablog
1 86519Loading...
30
Kitoblar saviyasi va did shakllanishi haqida @panda_books
1 89210Loading...
31
Platon g'ori allegoriyasi 2400 yillik donishmandlik hozirgi davrdagichalik aktual bo'lmagan edi. Platon aytadiki, biz tug'ilganimizdanoq g'or devoridagi soyalarni ko'rib ulg'ayamiz. Haqiqatning soyalarini. Ulg'ayib qachondir g'ordan chiqib, asl haqiqatni bilganimizda buni tan olishimiz juda qiyin bo'ladi. Xullas, hammamiz shu Platon g'origa qisilib-siqilib borayapmiz. @panda_books
2 32517Loading...
32
#bu_qiziq Jiddiy ishlaydigan jiddiy bo'lmagan falsafalar 1. Xleyd qonuni: Eng qiyin vazifani eng dangasa xodimga berish kerak. U, albatta, uni hal qilishning oson va sifatli yo'lini topadi. Axir, dangasa odam o'z hayotini murakkablashtirishni istamaydi va keyin qayta ishlamaslik uchun vazifani darhol bajaradi. 2. Merfi qonuni: Agar biror narsa chappasidan ketishi mumkin bo'lsa, u albatta chappasidan ketadi. Va bo'lishi mumkin bo'lgan eng yomon versiyalardan eng yomoni sodir bo'ladi. 3. Richardning o'zaro bog'liqlik qoidasi: Yetarlicha uzoq vaqt saqlagan narsangizni tashlab yuborishingiz mumkin. Ammo o'sha narsani tashlab yuborganingizdan so'ng, u sizga kerak bo'lib qoladi. 4. Lerman qonuni: Agar pul va vaqtingiz bo'lsa, mutlaqo istalgan texnik muammoni hal qilish mumkin. Ammo muammo shundaki, sizda doimo yo vaqt, yoki pul yetishmaydi. 5. Ettore kuzatuvi: Do'konda qo'shni navbat har doim siznikiga qaraganda tezroq harakat qiladi. Va agar siz unga o'tib olsangiz, sizning eski navbatingiz tezroq harakat qila boshlaydi. 6. Meksimen qonuni: Ishni maromida bajarish uchun hech qachon vaqt yetarli bo'lmaydi, lekin uni qayta ishlash uchun vaqt topiladi. 7. Qidiruv qonuni: Sizga kerak bo'lgan narsa eng ko'zga ko'ringan yoki eng kutilmagan joyda turgan bo'ladi. Shuning uchun, vaqtni behuda sarflamang va qidiruvni eng nomaqbul joydan boshlang. 8. Piter prinsipi: Shaxs o'z qobiliyatsizligi darajasida qobiliyatli. Qanchalik ko'p narsa bilsangiz va ko'p narsa qo'lingizdan kelsa, o'rganish va rivojlanishda davom etishingiz shunchalik qiyin bo'ladi. Ya'ni ma'lum salohiyatli hodim karyera zinapoyasidan toki o'zi salohiyati yetmagan joygacha ko'tariladi va haydalmaguncha, o'lmaguncha yoki pensiyaga chiqmaguncha o'sha lavozimni saqlab qoladi. 9. Kan va Orben aksiomasi: Agar boshqa hech narsa yordam bermasa, nihoyat qo'llanmani o'qing! 10. Xenlon ustarasi: Ko'pincha, siz yomon niyat bilan qilingan deb hisoblagan hamma narsa ahmoqlik tufayli amalga oshiriladi. Shuning uchun, odamlarni yomon niyatlari uchun behuda ayblashga shoshilmang. 11. Po qonuni: Nozik mavzularda bu xazil ekanligini majburiy ko'rsatib, xazil qilish kerak, aks holda ushbu gaplarni jiddiy qabul qiladigan odamlar topiladi. 12. Fineyglning to'rtinchi qonuni: Agar biror narsa noto'g'ri bo'lsa, vaziyatni saqlab qolish uchun har qanday urinish vaziyatni yanada yomonlashtiradi. Shuning uchun ba'zida narsalarni avvalgidek qoldirgan ma'qul. 13. Zimergi ixtiyoriy mehnat qonuni: Odamlar har doim zarurat bo'lmaganda paytlari ishga kirishishga tayyor bo'lishadi. 14. Gamperson qonuni: Sizning istaginggiz istalgan natijaga erishish ehtimoliga teskari proporsionaldir. 15. Pareto qonuni: 20% harakat 80% natija beradi. Va teskarisi. Hayot qonunlari faqat shu nisbatda ishlaydi. 16. Chizxolmning uchinchi qonuni: Har qanday taklifingiz, albatta, siz nazarda tutganingizdan ko'ra boshqacha talqin qilinadi. 17. Ould va Kan qonuni: Yig'ilishda qancha ko'p odam qatnashsa va unga qancha ko'p vaqt sarflansa, undan olinadigan samara shunchalik kam bo'ladi. 18. Parkinson qonuni: Ish siz uchun ajratilgan vaqt oralig'ida amalga oshiriladi. Misol, siz topshiriqni 1 kun ichida bajara olsangiz ham, muddat 1 hafta belgilab qo'yilgan bo'lsa, topshiriq faqatgina rejalashtirilgan muddat tugashidan oldin bajariladi. 19. Yang qonuni: Barcha buyuk kashfiyotlar xato tufayli yuzaga keladi. 20. Fingeylning sakkizinchi qoidasi: Jamoaviy ish juda muhim. Bu aybni boshqa birovga to'nkash imkonini beradi. 21. Myorfining ilmiy tadqiqot qonuni: Siz nazariyangizni himoya qilish uchun har doim yetarlicha tadqiqot qila olasiz. 22. Segal qonuni: Qo'lida bitta soati bor odam soat nechchi ekanligini aniq biladi. Bir nechta soati bor odam esa aniq vaqtga sira ishonch hosil qila olmaydi. 23. Van Roy qonuni: Buzilmaydigan o'yinchoq u bilan boshqalarini sindirishga foydalidir. @panda_books
2 650106Loading...
33
Man post qo'yilganiga rosti umuman xafa emasdim.
10Loading...
34
Shunday darajada yaxshi yozki, mana shunday katta kanallar ham postlarni sendan manbasiz olsin:) @panda_books
2003Loading...
35
#newbook #yangikitob Adabiy xazinamiz boy. Shunchalik boyki, Abdulla Qahhordek mashhur yozuvchining ham avval e'lon qilinmagan yoki bir bor chop etilib, "unutilgan asarlar"i bisyor. Ushbu to'plamda shu kabi asarlar – "Qotilning tug'ilishi", "Zilzila" qissalari hamda "Tashvish" komediyasi o'rin olgan. Zabarjad Media nashriyoti shunday ajoyib imkonni bizga tortiq etgani uchun rahmat! @panda_books
2 3259Loading...
36
Pingvin effekti Har bir jamiyat o'zi uchun normal va normal bo'lmagan holatlarni aniqlashtirib oladi. Normal deganda, qoida tariqasida, norma sifatida qabul qilingan qarorlarni nazarda tutyapman. Lekin vaqt ham, jamiyat ham hech qachon bir joyda qotib qolmaydi, undagi qadriyatlar oqimi zamonga qarab shiddat bilan o'zgarib boradi. Uning qay tomonga yurishi, eng avvalo, o'sha jamiyatdagi "ommaviy befarqlik" qay darajada ekanligiga bog'liq. Aytaylik, okeandagi ulkan muztog' ustida pingvinlar galasi to'planib turibdi. Qoida tariqasida, ularning suvga tushishi normal bo'lmagan holat deb olaylik. Suvga tushish zarar yoki foyda bo'lishi ham mumkin. Lekin biz buni bilmaymiz. Demak, hamma pingvin bir-biriga qarab jim turishibdi, shunda qandaydir bir shum pingvincha to'dadan ajralib chiqadida, "shalop" etib o'zini suvga otadi. Pingvinlar galasini buni jimgina juzatib turadi. Hamma jim, hech kim o'sha pingvinchaga qarshi hech bir narsa qilmaydi. Keyin yana bitta pingvin, izidan Ikkinchi, uchinchi.... Shundan so'ng, birdaniga butun gala suv tomon intila boshlaydi, ana endi ularni hech narsa to'xtata olmaydi. Nega shunday bo'ldi? Chunki jamiyatda oldin nenormal deb qaralgan narsalarga bo'layotgan ommaviy munosabat befarqlik, aniqrog'i, jazo effektining kuchsizligi natijasida: "ha, demak, buni qilish mumkin, bunga JAZO yo'q, bo'lsa ham arzimagan narsa!"- degan qarash omma orasida tezda shakllanadi. Shuni unutmangki, barcha norma bo'lmagan narsalar — bu albatta YOMON degani emas. Har bir normal holatlar jamiyat uchun qachondir norma bo'lmagan. Misol, gender tengligi tushunchasi har qanday jamiyatda 200 yil oldin toqtasiz holat hisoblangan. Jamiyat uchun oldin yot bo'lgan holatlarning kirib kelishi, keyinchalika o'sha jamiyat rivoji uchun yordam bergan vaziyatlar ham talaygina. Afsuski, ymonlari ham afsuski ko'p. Bu haqida keyinroq. Ammo dunyodagi deyarli barcha jamiyatlarda ayrim tabu holatlar absolyutno yomondir. Bular yolg'on gapirish, qotillik, o'g'rilik, poraxo'rlik va hokazo — bular normal bo'lmagan holatlar hisoblanadi va ularga qarshi keng miqyosda kurashiladi. Agar qaysidir jamiyatda yuqoridagi holatlar ko'paysa, undan ham yomoni, odamlar o'sha qilmishlari uchun jazosiz qolishini bilsa, bu narsa inson psixologiyasida mana shu hatti-harakat "normal" degan ongosti tushunchasi paydo bo'lishiga olib keladi. Ana o'shanda pingvinlarni to'xtatib bo'lmaydi. @panda_books
2 20519Loading...
37
Bestseller kitoblar haqida. Podcastning to'lig'ini ko'rish @panda_books
2 34021Loading...
38
#haqida Aktivizm Ochig'i, men zamonaviy (eko)aktivizmni diniy fanatizm bilan bitta pog'onaga qo'yaman. Farqi kattadek ko'rinsa-da, aslida unday emas. Uyam buyam bir xilda o'zi tutib olgan fikridan aslo qaytmaydigan, sog'lom muhokamaga kirishmaydigan insonlardan iborat. Radikal o'zgarishlar tarafdorlariyam juda ko'p ular orasida. Ekoaktivistlar ham sektantlarga o'xshab o'z ishonadigan e'tiqodga, avliyolariga (Greta Tunberg), tanib olsa bo'ladigan atributlariga (qizil bo'yoq va hkz) va o'z OxirZamoni - (Global suv bosishi, Overpopulation, resurslar tugashi)ga ega. Yalang'och emchaklar, ko'chalarda shizofrenik baqiriqlar, turli bayroqlarni xilpiratgancha marshlar.. Ammo iqlim muammolari bo'yicha birorta jo'yali takliflar yo'q. Faqat qichqiriq. Vandalizm qilishlari esa alohida mavzu - har hafta u yoki bu mashhur muzey yoki galereyada qandaydir aktivist tarixiy yodgorliklarga hujum qilgani haqida xabar chiqadi. O'zbekistonda bunaqasi yo'qku deyishingiz mumkin. Hozircha. Bizda ham Shok va Drama qilishni xohlaydiganlar juda ko'p, Bu faqat vaqt masalasi xolos. Bir necha yil oldin avstraliyalik o't o'chiruvchilar katta yong'inlar uchun... ekofaollarni ayblashgandi. Ma'lum bo'lishicha, ular o'zlarining faolligi bilan eski o'rmonni vaqtida rejali yoqishga yo'l qo'yishmagan, natijada yozgi yong'inlar paytida o'rmon butunlay yonib ketgan. Faollik har doim ham foydali emas. Shuning uchun, ijtimoiy tarmoqlarda jamiyatimizdagi o'zlarini "liberintelligensiya" deya ataydigan qatlam vakillarini odamlarga qanday yashash kerakligini o'rgatayotganini ko'rsam, shunchaki kulib qo'yaman. @panda_books
2 4183Loading...
39
BookTalks qaytmoqda
1 7260Loading...
40
Hozirgi davrda kitob mutolaa qilish va unga vaqt topish haqida @panda_books
2 57520Loading...
Hozir qaysi asar(lar) mutolaasi bilan bandsiz? @panda_books
إظهار الكل...
👍 7
01:46
Video unavailableShow in Telegram
Manipulyatsiya va SSSRdagi "Panorama effekti" haqida. @panda_books
إظهار الكل...
84.63 MB
🔥 11 1
#iqtibos "Narkom (Xalq komissari o'sha paytda Timoshenko) menga I.V.Stalinga qo'ng'iroq qilishni buyurdi. Men qo'ng'iroq qilyapman. Telefonga hech kim javob bermaydi. Men uzluksiz qo'ng'iroq qilaverdim. Nihoyat, navbatchi qorovul generalining uyqusiragan ovozini eshitaman. "-Kim gapiryapti?" "-Bosh shtab boshlig'i Jukov. Meni zudlik bilan o'rtoq Stalin bilan bog'lang!" "-Nima? Hozirmi? - xavfsizlik boshlig'i hayratda qoldi. - O'rtoq Stalin uxlab yotibdi" "- Darhol uyg'oting, nemislar shaharlarimizni bombardimon qilmoqda!".Marshal G.K. Jukovning "Xotiralar"idan 1941-yil 22-iyun soat tonggi 3 da bo'lib o'tgan ushbu voqea keyinchalik butun insoniyat tarixiga o'chmas iz bo'lib kiradigan urushni debochasi edi. @panda_books
إظهار الكل...
👍 16🔥 4
01:04
Video unavailableShow in Telegram
Harbiy jinoyatlar tergovchisi va stendap. Telba-teskari dunyoda yashayapmiz😢 @panda_books
إظهار الكل...
3.20 MB
🔥 11👍 3🤣 3
Словно сошла ко мне с ясного неба Стала оберегом, Альфа Омега Вышла на гору одна из ковчега Чернобровая, сама белее снега @pandas_playlist
إظهار الكل...
Гио Пика & MIRAVI – Мир.mp36.15 MB
👍 3 1👎 1
Times New Roman🔥
إظهار الكل...
💯 8🔥 2👍 1
01:05
Video unavailableShow in Telegram
Har kuni yozishni sevadigan insonlar uchun matndan kelib chiqib tanlangan shriftlar uning mazmunini yaxshi anglatishda muhim omil hisoblanadi. Tasavvur qiling, mashhur shriftlar inson bo'lganida, ularning look'i qanday bo'lardi? Qaysi shrift yoqdi? @panda_books
إظهار الكل...
shrift.mp46.28 MB
👍 24🔥 4 3
Photo unavailableShow in Telegram
#tavsiya Zamonaviy xalqaro siyosatga qiziqadiganlar uchun — Anna Arutyunyan va Mark Galeotti tomonidan uzoq kutilgan kitob "Qulash" (Downfall) nashrdan chiqibdi. Unda "Vagner CHVK" rahbari Yevgeniy Prigojin to'liq tarjimai holi keltirilgan. Kitob nomi va muqovadagi Putinning tasviri ko'p narsaga ishora qiladi, albatta:) Xullas, Rossiyaning siyosiy hayoti haqida ingliz tilida. Qiziqqanlar uchun. @panda_books
إظهار الكل...
🔥 18👍 7🗿 3
Photo unavailableShow in Telegram
Oramizda tarix, etnografiya va sotsiologiya qiziquvchilar ko'p deb o'ylayman. Sizlar uchun bu sohalarga oid qiziqarli postlar joylab boradigan kanal — "Piramid"ni tavsiya qilmoqchiman. Bu kanalda siz: 🛋 Tarix 🌐 Siyosat 🗺 Geografiya 🎥 Kino 🎧 Musiqa 🍷Adabiyot 📚 Kitoblar 🎨 Suratlarda aks etgan tarix 📝 Atamalarga oid ko'plab foydali va manfaatli ma'lumotlarni olishingiz mumkin. Kanalga a'zo bo'ling👇 https://t.me/PiramidaScience
إظهار الكل...
👍 10🔥 4🫡 3🏆 1💔 1
#haqida Paradoks Insonlar bir vaqtning o'zlari erkin bo'lishni, ammo shu bilan birga boshqa insonlarni nazorat qilishni istashadi. @panda_books
إظهار الكل...
21👍 8💯 6🤣 5🔥 3😎 3
تسجيل الدخول والحصول على الوصول إلى المعلومات التفصيلية

سوف نكشف لك عن هذه الكنوز بعد التصريح. نحن نعد، انها سريعة!