Engineering Notes
الذهاب إلى القناة على Telegram
Kanalda asosan backend engineeringga oid postlar yozib boriladi. Ba'zi postlarda xatoliklar bor. Postlar foydali bo’lgan bo’lsa adminni duo qilib qo’ying. Rahmat. Contact: @Bobosher_Musurmonov LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/bobosher-musurmonov
إظهار المزيد2 573
المشتركون
+524 ساعات
+57 أيام
+2030 أيام
أرشيف المشاركات
2 573
*Savol Pythonda ishlaydiganlar uchun.
Pythonda pastdagi foydali, lekin unchalik keng tarqalmagan qaysi xususiyatlardan foydalanasiz?
2 573
Avvallari video darslar kam bo`lgan. Odamlar kitob o`qigan.
Kitob o`qishning foydasi, miyyada o`qiyotgan narsan odam tasavvur qiladi. Miyyada biror strukturaga kelishni boshlidi.
Video darsda esa, shu struktura ko`rsatib beriladi. Va bu struktura muallifning o`zi his qila olgan strukturasi. Sizniki emas.
Masalan, biror kinoni olaylik. U yerda effektlar va qizziq jarayonlar bilan bitta scenariyni ko`tsatishadi. Bittagina yo`l. Shu yo`lni turlicha usullar bilan yoritishadi. Lekin yo`l bitta.
Kitobda shu kinoni o`qib chiqsangiz, siz har bir yo`lni o`ziz qarab chiqasiz. Sizga qulay bo`lgan yo`l bilan yurib, jarayonlardan o`tasi. Bu esa sizning miyyangizda bu narsa shakllanishiga va saqlanishiga yordam beradi.
Oddiy misol. Uyni tasavvur qiling. Shiftida (potolok) nima bor? Eshigini rangi qanaqa?
Endi javob bering, nima uchun eshik tangini qizil demadingiz? Nima uchun shiftda turgan faner bo`yalgan?
Siz hozir tasavvur qilishga hayotdan ko`rgan uyingizdan kelib chiqib fikrladingiz. O`z uyingiz, o`rtog`ingiz uyi, siz qurmoqchi bo`ldan uy. Lekin siz tanimagan Said akani uylarini tasavvur qilmadingiz. Chunki uni uyini ko`rmagansiz-da.
Kitobda agar uyning ichi muhim bo`lmasa, uy deb etib ketiladi va siz o`z uyingizga moslab eslab qolasiz. Qayerdan odam kirdi, shkaf qayerda edi, oson eslab qolasiz. Agar kinoda ko`rsangiz va sizning uyingiz unga mos kelmasa, ertaga esizda ham bo`lmaydi.
Bilim ham shunday. Ilmni o`qishda miyyada shakllantira olsangiz va saqlay olsangiz bilim bo`ladi. 2 + 2 = ? deganda, kimdur cho`plarni o`ylidi, kimdur olmalarda sanaydi, kimdur tosh bilan, kimdur esa pizza bilan sanab 4 deydi.
Masala 2 ning shakli emas, qiymatida.
Shuning uchun kitob o`qish kerak....
2 573
Savolni aniqroq qilish uchun Django ORMdagi berilgan filterlar bo'yicha 1 ta object (DB record) olishning 2 xil usulini misol keltiraman. Birinchi usulda agar object mavjud bo'lmasa exception chiqaradi va caller buni handle qilishi kerak. Ikkinchi usulda agar object mavjud bo'lmasa shunchaki None (null) qiymati qaytariladi.
2 573
Qiymat qaytarishi kerak bo'lgan (non-void) funksiya kutilmagan natijaga uchraganini bildirish uchun odatda qaysi usulni qo'llaysiz?
2 573
Kimdir Canonical(Ubuntuni support qiladigan kompaniya)ga ishga topshirmoqchi bo'lsa avval ichkaridagi hiring process haqida internetdagi fikrlarni o'qib ko'rishni tavsiya qilaman. Boshida o'qib ko'rib bular kompaniyaning haterlari bo'lsa kerak deb ishonmagandim.
O'zim shu processdan o'tgandan keyin ishondim. Recruitment process o'ta ko'p vaqt talab qiladi va yozuv-chizuv byurokratiyaga to'la. Offergacha o'rtacha 3 ta assesment (kamida to'liq 2-3 kun oladi) va 8-9 ta(!) interviewdan o'tish kerak bo'lar ekan. Shularning orasida IQga o'xshash test va o'zingiz haqingizda "essay" ham bor.
Recruiting team o'ta disrespectful. Faqat menda shundaymi desam yo'q, ko'pchilikda bo'lgan ekan. Hatto offer olganlar ham buni ochiqchasiga yozgan. Eng yomoni bir dunyo tasklar va interviewlardan yaxshi o'tib rejection olganindan keyin batafsil feedback so'raganimda 2 qatorli automated email oldim.
Bilmadim, kirgandan keyin ishlash muhiti yaxshiroq deyishayapti, lekin hiring process juda sifatsiz ekan.
P.S. Muammo Canonicaldami yo o'zi katta tech kompaniyalarda shunday ishlashadimi?
2 573
Hozirgi ko'pchilik dasturchilar hatto oddiygina fayllarga har xil uzunlikdagi nom bera olish imkoniyatini qo'shish uchun vaqtida OS designerlar qancha mehnat qilganini bilishganida dasturlashni va yoshi katta dasturchilarni boshqacha hurmat qilishgan bo'lardi menimcha.
2 573
Yana bir gap. Shu paytgacha functional programming va procedural programmingni bir-biriga yaqin, hatto ikkalasi bir xil deb yozgan resurslarni ham ko'rdim. Shunchaki aytib qo'ymoqchiman, bu ikkalasi bir-biridan butunlay farq qiladigan paradigmlar.
2 573
Programming paradigmlar haqida ko'proq o'qiganim sari har birining g'oyasini, o'rnini va paydo bo'lishiga sabab bo'lgan muammolarni yaxshiroq tushuna boshlayapman.
2 573
Aytgancha, o'zim ham ish izlayapman. Iloji boricha systems engineering sohasida yoki software qualityga rostdan yaxshi e'tibor qaratiladigan kompaniyada backend engineer sifatida.
2 573
Repost from Aleph Nought
Ish joyi kerak:
👨💼 Xodim: Muhammadxon Najimov
🕑 Yosh: 28
📚 Texnologiya: Javascript, Webgl, Wasm (Rust)
🇺🇿 Telegram: @Mathammed
🌐 Hudud: Toshkent Shahar
💰 Narxi: $3000 (minimum)
👨🏻💻 Kasbi: Computer Graphics Developer (Junior)
🕰 Murojaat qilish vaqti: 11:00 - 02:00
🔎 Maqsad: Pul, juda ko'p pul, commercial experience, networking
PS: Saidolim aka rozi bo'ling, UstozShogird botingizni shablonidan foydalandim). Tushunishimcha moderatordan o'tmadi. Shunga shu yerda share qilayapman.
PS: post fake emas
2 573
Shu paytgacha Javaning file(fayl)lar bilan ishlash usulini unchalik yoqtirmas edim. Yaqinda Pythonda yozilgan codebase ustida ishlashimga to'g'ri keldi. OOP paradigmda yozilgan, kod sifati ham ancha yaxshi.
Faqat file system bilan ishlash uchun hech qanday custom layer yozilmagan, Pythonda standard qanday bo'lsa shunday ishlatilgan.
Python filesystem bilan ko'proq functional styleda ishlagani uchun shu narsa kodning qolgan qismidan ajralib qolgan va ba'zi muammolarni keltirib chiqargan. Dasturning kattagina qismi file system bilan ishlashi sababli Pythonda filelar bilan object-oriented styleda ishlash imkonini beradigan "wrapper" yozishga qaror qildim.
Idealarni cheklamaslik uchun internetdan izlab ko'rishdan oldin biroz "brainstorm" qildim. Ikkita alohida-alohida ideani analiz qilib ko'rdim. Keyin ikkalasining yaxshi tomonlarini birlashtirishga harakat qilib ko'rdim. Boshida e'tibor bermagan ekanman, 1 soatlardan keyin qaytib kelib chizilgan designga qarasam Javaga ancha o'xshab qolibdi. Shular bir narsani bilsa kerak deb implement qilib ko'rdim. Yaxshi ishlayapti.
Javachilar uchun oldik ☕️
2 573
Kod yoki dokumentatsiya yozishda ba'zida ozgina hazil (a sense of humor) qo'shishga qanday qaraysiz? (Kommentda ustozlarning fikrini kutamiz)
2 573
Yaqinda bir dasturchi bilan gaplashib qoldim. Aytishicha, yaqinda hamma narsa cloudga o'tib ketar ekan. Natijada DevOps, System Engineer va hokazolarga umuman ish qolmas ekan. Xo'sh, o'sha cloudlarni kim qurib, maintain qiladi desam javob bera olmadi. Tushuntirishga harakat qildim, menimcha foydasi bo'lmadi. Sohani chuqurroq o'rganishga yana bir motivatsiya.
2 573
Virtual memory va umuman, operating system levelda memory management men o'ylagandan ko'ra ancha qiziq ekan.
Rasm manbaasi: Modern Operating Systems, 4th edition
2 573
Model K, birinchi half-adder. Elektron kalkulyator va komputerlar g'oyasining eng birinchi ko'rinishi. Boolean algebra va electromagnetism orasidagi ko'prik. Arifmetik amallarni bajarish uchun elektr tokidan foydalanish mumkinligini ko'rsatgan birinchi qurilma.
2 573
Webpage server-side render bo'layapti. O'zi shundoq ham serverda resurs yetmasligini bilib turib yana ortiqcha load qo'shish. Juda qiziq tanlov.
